30.03.2019 yildagi 263-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, madaniyat va aholi dam olish markazlarining faoliyatini yanada rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish, nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targʻib etish, xalq ogʻzaki ijodiyoti va havaskorlik sanʼatini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarorida madaniyat markazlari faoliyatini, jumladan, madaniyat markazlarini yangi qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) hamda 2019 — 2022-yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, mukammal taʼmirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli roʻyxati (keyingi oʻrinlarda manzilli roʻyxat deb ataladi) parametrlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ishchi guruhni shakllantirsin va qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manzilli roʻyxatga kiritilgan tuman (shahar) madaniyat markazlarini yangidan qurish ishlari madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yilda va undan keyingi yillarda manzilli roʻyxatga kiritilmagan tuman (shahar) madaniyat markazlarida qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari boʻyicha baholash tartibiga asosan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniyat markazlarini jihozlash ishlari, ularda tashkil etilgan toʻgaraklar, ijodiy jamoalar va tegishli mutaxassislar bilan taʼminlanganlik darajasidan kelib chiqib, manzilli roʻyxatda belgilangan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining talabnomasiga asosan pudratchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi har yili 1-iyulga qadar kelgusi yil uchun yangidan qurilishi va rekonstruksiya qilinishi belgilangan madaniyat markazlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, ularning belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida madaniyat markazlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) madaniyat markazlari binolarini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining markazlashgan xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mukammal taʼmirlanadigan madaniyat markazlarini jihozlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra, 2019-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda madaniyat markazlari binolarini mukammal taʼmirlash va jihozlash loyihalari uchun zarur mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi madaniyat markazlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-iyundagi 178-son qaroriga asosan 2013 — 2018-yillarda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari boshlanib, yakuniga yetkazilmagan madaniyat markazlarini 2019-yil 1-avgustga qadar taʼmirlash va jihozlash ishlarini toʻliq yakuniga yetkazsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda madaniyat markazlariga yangi bino qurish uchun belgilangan tartibda tegishli yer maydonlari ajratsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlarini maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish uchun zarur choralar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi madaniyat markazlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha bajarilayotgan ishlarning sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Samarasiz faoliyat yuritayotganligi sababli 2019-yil 1-apreldan eʼtiboran faoliyati tugatiladigan madaniyat markazlarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, madaniyat markazlarini maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar manzilli roʻyxatga asosan tashkil etiladigan madaniyat markazlarining ularni joriy saqlash bilan bogʻliq xarajatlariga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlarini maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish uchun zarur choralar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 30-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
263-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 263-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarasiz faoliyat yuritayotganligi sababli 2019-yil 1-apreldan eʼtiboran faoliyati tugatiladigan madaniyat markazlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Madaniyat markazi nomi

Tuman (shahar) nomi

Madaniyat markazi joylashgan bino

Andijon viloyati

1.

“Kengash” madaniyat markazi

Andijon shahri

Oʻz binosiga ega emas (7-son maktab binosida faoliyat olib boradi)

2.

“Bogʻishamol” madaniyat markazi

Andijon shahri

Oʻz binosiga ega emas (“Bogʻishamol” MFY binosida faoliyat olib boradi)

3.

“Gulobod” madaniyat markazi

Andijon tuman

Oʻz binosiga ega emas (“Nayman” MFY binosida faoliyat olib boradi)

4.

“Asaka” (shahar) madaniyat markazi

Asaka tumani

Oʻz binosiga ega emas (I. Buxoriy koʻchasida joylashgan maktab binosida faoliyat olib boradi)

5.

“Qoratepa” madaniyat markazi

Asaka tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qoratepa” MFY binosida faoliyat olib boradi)

6.

“Qoʻrgʻoncha” madaniyat markazi

Baliqchi tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qoʻrgʻoncha” MFY binosida faoliyat olib boradi)

7.

“Buloqboshi” madaniyat markazi

Buloqboshi tumani

Oʻz binosiga ega emas (M. Ismoiliy MFY binosida faoliyat olib boradi)

8.

M. Jalolov nomidagi madaniyat markazi

Boʻz tumani

Oʻz binosiga ega emas (19-son maktab binosida faoliyat olib boradi)

9.

“Yangiyoʻl” madaniyat markazi

Shahrixon tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Yangiyoʻl” MFY binosida faoliyat olib boradi)

10.

“Nargiz” madaniyat markazi

Xoʻjaobod tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Xoʻjaobod” MFY binosida faoliyat olib boradi)

11.

“Iftixor” madaniyat markazi

Qoʻrgʻontepa tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Iftixor” MFY binosida faoliyat olib boradi)

12.

“Nazarmaxram” madaniyat markazi

Shahrixon tumani

Oʻz binosiga ega emas (Nazarmaxram koʻchasi, 6-uyda joylashgan MFY binosida faoliyat olib boradi)

Namangan viloyati

13.

“Shodlik” madaniyat markazi

Namangan shahri

Oʻz binosiga ega emas (“Shodlik” MFY binosida faoliyat olib boradi)

14.

“Yortepa” madaniyat markazi

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Yortepa” MFY binosida faoliyat olib boradi)

15.

“Axcha” madaniyat markazi

Chust tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Axcha” MFY binosida faoliyat olib boradi)

16.

“Rovut” madaniyat markazi

Yangiqoʻrgʻon tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Rovut” MFY binosida faoliyat olib boradi)

17.

“Birlashgan” madaniyat markazi

Yangiqoʻrgʻon tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Birlashgan” MFY binosida faoliyat olib boradi)

Samarqand viloyati

18.

3-son “Soʻgʻdiyona” madaniyat markazi

Samarqand shahri

Oʻz binosiga ega emas (“Soʻgʻdiyona” MFY binosida faoliyat olib boradi)

19.

4-son “Amir Temur” madaniyat markazi

Samarqand shahri

Oʻz binosiga ega emas (3-son maktab binosida faoliyat olib boradi)

20.

2-son “Toshkent” madaniyat markazi

Kattaqoʻrgʻon shahri

Oʻz binosiga ega emas (25-son maktab binosida faoliyat olib boradi)

21.

4-son “Eski Jomboy” madaniyat markazi

Jomboy tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Eski Jomboy” MFY binosida faoliyat olib boradi)

22.

6-son “Haqiqat” madaniyat markazi

Ishtixon tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Haqiqat” MFY binosida faoliyat olib boradi)

23.

2-son “Payshanba” madaniyat markazi

Kattaqoʻrgʻon tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Payshanba” MFY binosida faoliyat olib boradi)

24.

6-son “Kattaming” madaniyat markazi

Kattaqoʻrgʻon tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Katta-ming” MFY binosida faoliyat olib boradi)

25.

3-son “Islom shoir” madaniyat markazi

Narpay tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Narpay” MFY binosida faoliyat olib boradi)

26.

5-son “Xoʻjakarzon” madaniyat markazi

Narpay tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Xoʻjakarzon” MFY binosida faoliyat olib boradi)

27.

3-son “Nurbuloq” madaniyat markazi

Nurobod tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Nurbuloq” MFY binosida faoliyat olib boradi)

28.

6-son “Koʻktepa” madaniyat markazi

Payariq tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Koʻktepa” MFY binosida faoliyat olib boradi)

29.

3-son “Suluv” madaniyat markazi

Paxtachi tumani

Oʻz binosiga ega emas (1-son maktab binosida faoliyat olib boradi)

30.

4-son “Bodoy” madaniyat markazi

Paxtachi tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Bodoy” MFY binosida faoliyat olib boradi)

31.

5-son “Olmazor” madaniyat markazi

Tayloq tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Yalangʻoya” MFY binosida faoliyat olib boradi)

32.

2-son “Qingʻir” madaniyat markazi

Urgut tumani

Oʻz binosiga ega emas (18-son maktab binosida faoliyat olib boradi)

33.

6-son “Moʻminobod” madaniyat markazi

Urgut tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Moʻminobod” MFY binosida faoliyat olib boradi)

34.

8-son “Qoratepa” madaniyat markazi

Urgut tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qoratepa” MFY binosida faoliyat olib boradi)

Surxondaryo viloyati

35.

“Tallimaron” madaniyat markazi

Angor tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qoratepa” QFY binosida faoliyat olib boradi)

36.

“Zartepa” madaniyat markazi

Angor tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Zartepa” MFY binosida faoliyat olib boradi)

37.

“Tortuvli” madaniyat markazi

Denov tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Tortuvli” MFY binosida faoliyat olib boradi)

38.

T. Shobirov madaniyat markazi

Jarqoʻrgʻon tumani

Oʻz binosiga ega emas (12-son maktab binosida faoliyat olib boradi)

39.

“Surxon” madaniyat markazi

Jarqoʻrgʻon tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Surxon” MFY binosida faoliyat olib boradi)

40.

“Yoshgʻayrat” madaniyat markazi

Shoʻrchi tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Yoshgʻayrat” MFY binosida faoliyat olib boradi)

41.

“Paxtakor 2” madaniyat markazi

Qiziriq tumani

Oʻz binosiga ega emas (tumandagi 13-son maktab binosida faoliyat olib boradi)

42.

“Qiziriq” madaniyat markazi

Qiziriq tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qiziriq” MFY binosida faoliyat olib boradi)

Toshkent viloyati

43.

“Oqqovoq” madaniyat markazi

Qibray tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Oqqovoq” MFY binosida faoliyat olib boradi)

44.

“Achamayli” madaniyat markazi

Boʻka tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Achamayli” MFY binosida faoliyat olib boradi)

45.

“Chigʻatoy” madaniyat markazi

Boʻka tumani

Oʻz binosiga ega emas (binosi avariya holatida boʻlganligi sababli 2018-yilda belgilangan tartibda buzilgan)

46.

“Xoʻjaqoʻrgʻon” madaniyat markazi

Boʻka tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Xoʻjaqoʻrgʻon” MFY binosida faoliyat olib boradi)

47.

“Qumovul” madaniyat markazi

Oʻrta Chirchiq tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Koʻktepa” QFY maʼnaviyat va maʼrifat markazi binosida faoliyat olib boradi)

48.

“Zarkent” madaniyat markazi

Parkent tumani

Oʻz binosiga ega emas (24-son maktab binosida faoliyat olib boradi)

49.

“Saryuz” madaniyat markazi

Bekobod tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Saryuz” MFY binosida faoliyat olib boradi)

50.

“Madaniyat” madaniyat markazi

Bekobod tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Madaniyat” MFY binosida faoliyat olib boradi)

51.

“Turkiston” madaniyat markazi

Zangiota tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Ittifoq” MFY binosida faoliyat olib boradi)

Fargʻona viloyati

52.

“Sholdrama” madaniyat markazi

Margʻilon shahri

Oʻz binosiga ega emas (17-son maktab binosida faoliyat olib boradi)

53.

“Soʻfon” madaniyat markazi

Quvasoy shahri

Oʻz binosiga ega emas (“Soʻfon” MFY binosida faoliyat olib boradi)

54.

“Qashqar” madaniyat markazi

Besharik tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qashqar” MFY binosida faoliyat olib boradi)

55.

“Yangi qishloq” madaniyat markazi

Besharik tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Yangi Qishloq” QFY binosida faoliyat olib boradi)

56.

“Fayziobod” madaniyat markazi

Oltiariq tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Fayziobod” QFY binosida faoliyat olib boradi)

57.

“Obishir” madaniyat markazi

Soʻx tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Obishir” MFY binosida faoliyat olib boradi)

58.

“Sultonobod” madaniyat markazi

Quva tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Ittifoq” QFY binosida faoliyat olib boradi)

59.

“Yambarak” madaniyat markazi

Fargʻona tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Yambarak” QFY binosida faoliyat olib boradi)

Qashqadaryo viloyati

60.

“Batosh” madaniyat markazi

Gʻuzor tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Gʻuzor” QFY binosida faoliyat olib boradi)

61.

“Gulshan” madaniyat markazi

Gʻuzor tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Jarariq” QFY binosida faoliyat olib boradi)

62.

“Poʻlati” madaniyat markazi

Koson tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Poʻlati” QFY binosida faoliyat olib boradi)

63.

“Qoratepa” madaniyat markazi

Qamashi tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qoratepa” MFY binosida faoliyat olib boradi)

64.

“Qorabogʻ” madaniyat markazi

Qamashi tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qorabogʻ” MFY binosida faoliyat olib boradi)

65.

“Qamay” madaniyat markazi

Qamashi tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qamay” QFY binosida faoliyat olib boradi)

66.

“Chim” madaniyat markazi

Qamashi tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Koʻktepa” MFY binosida faoliyat olib boradi)

67.

“Dam” madaniyat markazi

Chiroqchi tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Dam” MFY binosida faoliyat olib boradi)

68.

“Chiyali” madaniyat markazi

Chiroqchi tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Chiyali” QFY binosida faoliyat olib boradi)

69.

“Qatorbogʻ” madaniyat markazi

Kitob tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qatorbogʻ” MFY binosida faoliyat olib boradi)

70.

“Bektemir” madaniyat markazi

Kitob tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Bektemir” MFY binosida faoliyat olib boradi)

71.

“Qaynarbuloq” madaniyat markazi

Kitob tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Yoʻldosh shaharcha” MFY binosida faoliyat olib boradi)

72.

“Palandara” madaniyat markazi

Kitob tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Palandara” QFY binosida faoliyat olib boradi)

73.

“Qovchin” madaniyat markazi

Qarshi tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qovchin” QFY binosida faoliyat olib boradi)

74.

“Maʼrifat gulshani” madaniyat markazi

Yakkabogʻ tumani

Oʻz binosiga ega emas (“Qatagʻon” QFY binosida faoliyat olib boradi)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/263/2856-son; 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)