20.03.2019 yildagi PQ-4245-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlimni rivojlantirish, taʼlim faoliyatiga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish, kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, taʼlim xizmatlarining zamonaviy rivojlanish tendensiyasi tarmoqqa xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari ilgʻor tajribasini yanada joriy etish, ular bilan yaqin sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, taʼlim sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish zarurati mavjudligidan dalolat bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vebster universitetining (AQSH) (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Toshkent shahrida Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz oliy taʼlim muassasasi — yuridik shaxs shaklidagi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulk, mustaqil balansga ega, tasarrufidagi pul mablagʻlari va mol-mulk bilan oʻz majburiyatlari boʻyicha javobgar hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Universitet (keyingi oʻrinlarda — taʼsischilar) tomonidan taʼsis etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz taʼsischilar bilan kelishilgan holda taʼlimning bakalavriat bosqichi asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga muvofiq mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda oʻqitish kunduzgi taʼlim shaklida, toʻlov-kontrakt asosida, ingliz tilida, jumladan elektron taʼlim va masofaviy taʼlim texnologiyalarini qoʻllagan holda Universitet tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalar va dasturlar asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish narxi miqdori taʼsischilar bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda taʼlim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilangan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari, tadbirkorlik, tabiiy fanlar va pedagogika sohalarida xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, taʼlim oluvchilarning innovatsion gʻoyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika oliy taʼlim tizimiga zamonaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan oʻquv jarayonlarini joriy qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish, ochiq axborot-taʼlim muhitini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog kadrlarning professional mahorati darajasi va sifatini ogʻishmay oshirib borish, Markazning professor-oʻqituvchi xodimlarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida malaka oshirishi va stajirovka oʻtashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim va ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon taʼlimi va ilmiy hamjamiyatga uygʻun integratsiyalashuvi asosida mutaxassis va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim va ilmiy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Universitet:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini tatbiq etishni taʼminlashga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz mutaxassislari malakasini oshirish va professor-oʻqituvchi xodimlarini qayta tayyorlashni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz kutubxona fondini shakllantirish va uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan boyitishga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan oʻzaro bitimlar asosida qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitetning malakali professor-oʻqituvchilarini Markazda taʼlim berish va oʻquv jarayonini tashkil etish uchun jalb qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Markazga taʼlim oluvchilarni qabul qilish kvotalari manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda taʼsischilarning qoʻshma qaroriga binoan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Markaz faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov-kontrakt asosida talabalarni oʻqitishdan tushgan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining asoslangan buyurtmalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Markazni tashkil etish, uning moddiy-texnika va taʼlim bazasini shakllantirish, shuningdek, taʼmirlash-tiklash, bino va inshootlarni zarur mebel, inventar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalar bilan jihozlash boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Markaz professor-oʻqituvchilari, shu jumladan xorijdan jalb qilinadigan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va xizmat safari xarajatlari Universitet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Universitetga:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbolidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda taʼlimning bakalavriat bosqichi asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
professor-oʻqituvchi xodimlar, shuningdek, pedagogik va ilmiy ish olib borishga jalb etiladigan boshqa shaxslar mehnati, yashashi hamda transport xarajatlari uchun ularga belgilangan tariflar boʻyicha toʻlov amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahridagi Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy komissiya) 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahridagi Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazida taʼlimning bakalavriat bosqichi asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tashkiliy komissiya (A. Abduhakimov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2019-yil 1-avgustga qadar Markazning bino va inshootlari rekonstruksiya qilinishi, shuningdek, Markaz professor-oʻqituvchilari uchun yashash joylari tayyorlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2019-yil 31-avgustga qadar Markazni zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va tashkiliy texnika, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2020-yil 31-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda oʻquv auditoriyalari, taʼlim oluvchilar uchun turar joylar va professor-oʻqituvchi xodimlarining vaqtincha yashashi uchun mehmonxona tipidagi binolar nazarda tutilgan 400 oʻrinli oʻquv korpusining rekonstruksiya qilinishi va jihozlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazni joylashtirish uchun moʻljallangan binolar kompleksi hududida joylashgan oshxona oʻrnida trenajyor zali uchun yertoʻlaga ega boʻlgan sport zali qurilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 13-uyda joylashgan Toshkent arxitektura-qurilish institutining bino va inshootlari hamda unga tutash hudud operativ boshqaruv huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga oʻtkazilsin hamda keyinchalik bepul foydalanish uchun belgilangan tartibda Markazga berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Markazning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda jihozlash boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qoshidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Grand stroy proekt” MCHJ — bosh loyiha tashkiloti etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmachiga, istisno tariqasida, tanlov savdolarisiz, eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali Markazning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha bosh pudratchini belgilashga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Markazga ikkita, shu jumladan bitta shaxsiy biriktirilgan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 2022-yil 1-aprelga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz barcha turdagi soliqlar toʻlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatidan ham doimiy muassasa orqali, ham toʻlov manbaidan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Markazni jihozlash va faoliyatini taʼminlash uchun olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, inventar va moddiy-texnika resurslari, shuningdek, avtotransport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda Markazning ustavi va tuzilmasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmanomalariga koʻra mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari hamda Markazga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmanomalariga koʻra Markazning xorijiy professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlariga, shuningdek, ularning oila aʼzolari hamda Markazga qabul qilingan chet ellik talabalarga davlat bojini undirmagan holda koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 20-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4245-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4245-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahridagi Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Tashkiliy komissiya raisi

I.U. Madjidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri

Sh.M. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

A.X. Toʻxtayev

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

M.B. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

B.B. Ashrafxanov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

D.X. Axatov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

Dj. Shuster

Vebster universiteti (AQSH) katta prorektori (kelishuv asosida)

K.S. Rizayev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri, Tashkiliy komissiya kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Tashkiliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4245-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahridagi Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazida taʼlimning bakalavriat bosqichi asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Taʼlimning bakalavriat bosqichi asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining nomlanishi

I. Taʼlimning bakalavriat bosqichi asosiy yoʻnalishlari

1.

Boshqaruvning axborot tizimlari (fan bakalavri)

2.

Interfaol raqamli media (sanʼat bakalavri)

3.

Mediakommunikatsiyalar (sanʼat bakalavri)

4.

Grafik dizayn (sanʼat bakalavri)

5.

Reklama va marketing kommunikatsiyalari (sanʼat bakalavri)

6.

Informatika (fan bakalavri)

7.

Tadbirkorlik (sanʼat bakalavri)

8.

Iqtisodiyot (sanʼat bakalavri)

9.

Xalqaro munosabatlar (sanʼat bakalavri): xalqaro iqtisodiyotga eʼtibor qaratiladi

10.

Buxgalteriya hisobi (fan bakalavri)

11.

Yevropa tadqiqotlari (sanʼat bakalavri)

12.

Global jurnalistika (sanʼat bakalavri)

13.

Jamoatchilik bilan aloqalar (sanʼat bakalavri)

14.

Kino, televideniye va video ishlab chiqarilishi (sanʼat bakalavri)

II. Magistratura mutaxassisliklari

1.

Axborot texnologiyalar boshqaruvi (sanʼat magistri)

2.

Kommunikatsiyalar boshqaruvi (sanʼat magistri)

3.

Biznes boshqaruvi (biznesni boshqarish boʻyicha magistr)

4.

Biznes va tashkiliy xavfsizlik boshqaruvi (sanʼat magistri)

5.

Savdo boshqaruvi (sanʼat magistri)

6.

Mediakommunikatsiyalar (sanʼat magistri)

7.

Reklama va marketing kommunikatsiyalari (sanʼat magistri)

8.

Taʼlim va innovatsiyalar (sanʼat magistri)

9.

Taʼlim texnologiyalari (sanʼat magistri)

10.

Amaliy pedagogik psixologiya (sanʼat magistri)

11.

STEM (sanʼat magistri)

12.

Ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish (sanʼat magistri)

13.

Menejment va liderlik (sanʼat magistri)

14.

Ekologiya menejmenti (sanʼat magistri)

15.

Sogʻliqni saqlash boshqaruvi (sanʼat magistri)

16.

Sud hisobi (fan magistri)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2019-y., 07/19/4245/2798-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)