Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 13.03.2019 yildagi 218-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 13-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
218-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-son qaroriga
1-ILOVA

Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Auditorlik faoliyati faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar koʻrsatish bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda litseziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya auditorlik tashkilotining arizasiga koʻra beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyani olish yoki qayta rasmiylashtirish uchun arizada auditorlik tashkilotining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Litsenziyani olish yoki qayta rasmiylashtirish uchun arizada auditorlik tashkilotining elektron manzili koʻrsatilganligi uning litsenziyani olish yoki qayta rasmiylashtirish uchun arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga roziligi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar auditorlik tashkilotining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Litsenziyalovchi organning litsenziyani berish, berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini tugatish, oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki tiklash, shuningdek, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organning litsenziyani berish, berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini tugatish, oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki tiklash, shuningdek, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun mobaynida yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan auditorlik tashkiloti litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olishga arizani (keyingi oʻrinlarda litsenziya olish uchun ariza deb ataladi) mehnat daftarchalari (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va asosiy ish joyi boʻyicha shtatdagi auditorlarning ushbu Nizomda nazarda tutilgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga toʻgʻri keladigan miqdorda ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqlarning ish joyidan tasdiqlangan nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya olish uchun ariza taqdim etmagan tijorat tashkiloti oʻz nomida “auditorlik tashkiloti” soʻzlaridan foydalanishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari reyestri maʼlumotlarini belgilangan tartibda roʻyxatga olingan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi axborot bilan taqqoslashni har chorakda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Litsenziya olish uchun arizani koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Litsenziya olish uchun ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotining hujjatlarini koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddati litsenziya olish uchun ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kalendar kunni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Litsenziya olish uchun arizani litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining (litsenziyalovchi organga litsenziya olish uchun ariza taqdim etilgan kundagi) bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya olish uchun arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkiloti litsenziya olish uchun bergan arizasini qaytarib olgan holatlarda yigʻim qaytarib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Litsenziya uning amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi. Litsenziya mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda belgilangan namunadagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyani berish mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Litsenziyani berish toʻgʻrisidagi xabarnomada davlat boji toʻlanadigan bank hisob raqamining rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddatlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar litsenziyalovchi organ litsenziya olish uchun arizani koʻrib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, koʻrsatilgan muddat oʻtgandan soʻng auditorlik tashkiloti litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi. Bunda litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotining yozma xabarini olgandan keyin besh ish kuni mobaynida unga litsenziya berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan soʻng ikki kun muddatda litsenziya rasmiylashtiriladi va beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boji Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Litsenziyaning asl nusxasi reyestrga imzo qoʻydirgan holda auditorlik tashkiloti rahbariga yoxud auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan ishonchnoma asosida boshqa shaxsga beriladi. Litsenziya nusxasi litsenziyalovchi organda belgilangan tartibda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Litsenziyani berish quyidagi sabablarga koʻra rad etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlariga muvofiq boʻlmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga oʻn besh kun muddat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga litsenziya olish uchun ariza taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida amalga oshiriladi. Litsenziya olish uchun arizaning qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya olish uchun arizani takroriy koʻrib chiqishda litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha uni berishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish maqsadida berilgan muddat tugagandan soʻng litsenziya olish uchun taqdim etilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Auditorlik tashkiloti qayta oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan holatlarda, auditorlik tashkiloti yoxud uning huquqiy vorisi, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyani va tegishli oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari qoʻshib yuborilishi natijasida yangidan auditorlik tashkiloti vujudga kelgan taqdirda, litsenziyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab litsenziyalovchi organ tomonidan besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya oʻrniga, auditorlik tashkilotining arizasiga koʻra dublikat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Litsenziyaning qayta rasmiylashtirilganligi yoki dublikat berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar auditorlik tashkiloti faoliyatini ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. Mazkur Nizomning 13-bandi birinchi xatboshi talablari buzilgan holda auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiz faoliyat bilan shugʻullanganlik kabi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Auditorlik tashkilotiga nisbatan qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav kapitalida auditorlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ulushiga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav kapitalini auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablagʻlaridan shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti masʼuliyatini sugʻurta qilish polisiga ega boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shtatdagi auditorlar soni mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvi oʻtkazishda olingan axborotlarning sir saqlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik xizmatlari koʻrsatishda shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat ushbu auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorni tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq auditorlik hisobotini va auditorlik xulosasini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotlarida ichki standartlarning mavjud boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz pochta manzili oʻzgargani toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni oʻn kun muddatda xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir yilda bir marta, belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish, shuningdek, litsenziyalovchi organning talabiga koʻra auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa axborotlarni taqdim qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlar ishi sifatining nazoratini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi oʻzgarganligi toʻgʻrisida litsenziyalovchi organni besh kun muddatda xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining veb-saytida yoki Auditorlarning respublika jamoat birlashmasining veb-saytida oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari haqidagi axborotni eʼlon qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan shtatdagi auditorlarning eng kam soni kamida toʻrt nafarni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya olingandan soʻng ushbu band talablariga toʻgʻri kelmagan taqdirda auditorlik tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan boshlab besh kun davomida litsenziyalovchi organni bu haqda yozma ravishda yoki elektron aloqa vositalari orqali xabardor qiladi hamda koʻrsatilgan sanadan boshlab uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda yuzaga kelgan nomuvofiqlikni bartaraf etishi, yoxud belgilangan tartibda oʻz faoliyatini tugatishi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart. Auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu band talablariga koʻra nomuvofiqlik bartaraf etilgunga qadar auditorlik tekshiruvini oʻtkazish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablagʻlaridan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Litsenziyalovchi organ tomonidan Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari litsenziyalovchi organning veb-saytida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Litsenziyalovchi organ jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlarining buzilishi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlariga yoki auditorlik tashkiloti faoliyatini risk-tahlil natijalariga asosan auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirish tashabbusi bilan chiqishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, tiklash va litsenziyani bekor qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazishda qonun hujjatlarini buzish yoki litsenziya talablari va shartlarining buzilganligi aniqlanganda, shuningdek, litsenziyalovchi organning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmagan taqdirda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishga yoxud oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish, yoki tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilaydi. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etish uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan davrda auditorlik tashkiloti tomonidan faoliyatni amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar auditorlik tashkiloti tomonidan bartaraf etilganda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud koʻrsatib oʻtilgan holatlarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab uch kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Agar auditorlik tashkiloti koʻrsatib oʻtilgan holatlarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi holatlarda ham tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti tugatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotining faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda, bundan u qayta oʻzgartirilgan, shuningdek, yangidan vujudga kelgan auditorlik tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qoʻshib yuborilayotgan auditorlik tashkilotlarida litsenziya mavjud boʻlgan holatlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini ushbu bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda tugatish sud qaroriga koʻra, boshqa holatlarda esa — litsenziyalovchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida litsenziyalovchi organga qaytariladi va yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻlib hisoblanadigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qasddan soxta auditorlik xulosasini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya qilmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkiloti masʼuliyatini sugʻurta qilish polisining mavjud emasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Litsenziya quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish haqidagi qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy davomida litsenziyalovchi organga davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan boʻlsa, yoxud litsenziya bitimini imzolamagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlarda litsenziyani bekor qilish sud tartibida, boshqa holatlarda esa litsenziyalovchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Sudning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab litsenziya oʻn kun davomida litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya bekor qilingan taqdirda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish, shuningdek, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Litsenziyalovchi organ litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotining nomi va uning joylashgan joyi (pochta manzili);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa telefoni raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob-kitob raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron manzili (veb-sayt);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼsischilarning ustav kapitalidagi ulushlari toʻgʻrisida axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning auditor malaka sertifikati sanasi va raqami, shuningdek, ushbu tashkilotda ishlovchi auditorlarning malaka sertifikatlarining raqamlari va sanalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning berilgan sanasi va raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, qayta tiklash asoslari va sanalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish asoslari va sanalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Litsenziyalar reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida, shuningdek, “Litsenziya” kompleks axborot tizimlarining elektron reyestrida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat tashkiloti, agar u haqdagi axborot Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan boshlab uch oy davomida litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritilmagan boʻlsa, oʻz nomida “auditorlik tashkiloti” soʻzlaridan foydalanishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Litsenziyalovchi organning qarori, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun
‎ARIZA ‎‎

‎‎1. Auditorlik tashkilotining nomi ________________________________________________
‎‎2. Pochta manzili ______________________________________________________________ ‎aloqa bogʻlash telefoni (kodi bilan)
‎‎___________________________________________,
‎‎STIR __________________________________________________________________
‎‎Bank rekvizitlari ________________________________________________________
‎‎3. Elektron manzili (veb-sayt)
‎‎4. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati:
4.1.
4.2.
‎‎va boshqalar.
‎‎Rahbarning imzosi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎NAMUNA

(Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
LITSENZIYA

‎‎‎
‎‎Seriya ________________ № _________________‎‎
20 ____ yil “____” _____________

‎‎‎
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining‎‎
‎‎20__ yil “__”__________dagi ___-son buyrugʻiga muvofiq _____________________

‎‎_____________________________________________________________________
(auditorlik tashkilotining nomi) ‎‎

‎‎_____________________________________________________________________ ga (auditorlik tashkilotining pochta manzili va STIR)

‎‎
Oʻzbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

‎‎‎
Vakolatli shaxsning F.I.Sh va imzosi‎‎
M.Oʻ.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 62-modda) 3 va 4-bandlari, shuningdek qarorga 3-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 8-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilova 29-bandining “b” va “g” kichik bandlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish toʻgʻrisida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular koʻrsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-son qarori)” 2007-yil 17-maydagi 99-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 27-modda) ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 5-modda) ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 22-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2014-yil 3-sentabrdagi 247-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 36-son, 455-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 9-modda) ilovaning 7-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 33-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 59-modda) 1-ilovaning 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 292-modda) ilovaning 10-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 19-modda) ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-son Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)” 2018-yil 29-oktabrdagi 884-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 10-son, 274-modda) ilovaning 1-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 09/19/218/3766-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)