07.02.2019 yildagi PQ-4165-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikada atom energetikasini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5484-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublikada atom energetikasini mamlakatning yangi yuqori texnologiyali energetika tarmogʻi sifatida rivojlantirishning uzoq muddatli va mustahkam tizimini yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzatom” agentligi) tomonidan mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasi qurishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4048-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitimni 2018 — 2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tadbirlari amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi 2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan normativ-huquqiy bazani shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining yadro xavfsizligining global rejimida ishtirok etishi, atom elektr stansiyasini (keyingi oʻrinlarda — AES) ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot faoliyatini taʼminlash, atom energetikasini tartibga solishning asosini yaratish, yadro-energetika dasturining shaffofligi va jamoatchilik uchun ochiqligini taʼminlash, malakali kadrlar bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi AESni qurish, shu jumladan maydonchani tanlash va AESni joylashtirishni litsenziyalash, loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanishda atrof-muhit muhofazasini va odamlarni radiatsiyadan himoya qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsiz va iqtisodiy samarador yadro yoqilgʻi siklini tashkil etish, shu jumladan atom energetikasini yadro yoqilgʻisi bilan uzoq muddatli taʼminlash, ishlatib boʻlingan yoqilgʻi bilan bogʻliq ishlarni xavfsiz amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, uni qayta ishlash va chiqindilarni utilizatsiya qilishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energetikasini uzoq muddatli rivojlantirishni taʼminlash, shu jumladan, atom ilm-fani va texnologiyalarini rivojlantirish, AES qurilishi va uning ekspluatatsiya qilishni qoʻllab-quvvatlash uchun mamlakatimiz tashkilotlari tomonidan loyiha, konstruktorlik, ekologik va boshqa bilim va tajribani egallashni, kelajakdagi AESlar referent texnologiyalarini tanlash uchun yadro texnologiyalari tendensiyalarini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagi tadbirlarni bajarishni oʻz ichiga olgan 2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadro xavfsizligi sohasidagi xalqaro konvensiyalarga qoʻshilish yoki ularning qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilish, shuningdek atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida normalar va qoidalarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maydonchani tanlash va AESni joylashtirishni litsenziyalash, AES va uning tashqi infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni muhofaza qilish va radiatsiya himoyasi, shu jumladan ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisini olib chiqish va saqlash, shuningdek yangi va ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisi bilan ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom ilm-fani va texnologiyalarini, shu jumladan iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlari, uchun noenergetik yadro texnologiyalarini, yadro tibbiyoti va radiokimyoni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga — “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek uning bajarilishini har chorakda tanqidiy muhokama qilishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga — mustaqil ekspertlarni (maslahatchilarni), shu jumladan xorijiy ekspertlarni keng jalb etgan holda “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga — “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar doirasida fundamental va amaliy fanni rivojlantirishni, shuningdek atom energetikasi uchun malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Energetika vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda, aniq muddatlar va masʼul ijrochilarni koʻrsatgan holda, 2019 — 2021-yillarda qabul qilinishi kerak boʻlgan va Konsepsiyani amalga oshirishga yoʻnaltirilgan birinchi navbatdagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash rejasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida tasdiqlangan Konsepsiyaning maqsad va vazifalarini yoritish boʻyicha maqolalar hamda mavzuga oid koʻrsatuvlarni muntazam tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 7-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4165-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4165-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsepsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon hamjamiyati global energetika ehtiyojlarini qanoatlantirish muammosini hal etishni qayta tiklanadigan energiya manbalarini (quyosh, shamol va suv) rivojlantirish barobarida ayni paytda energetika ishlab chiqarish umumiy hajmining 11 foizidan oshgan atom energetikasini rivojlantirish bilan bogʻlamoqda. Dunyoning 5 davlati: Fransiya, Slovakiya, Ukraina, Vengriya va Belgiyada atom energiyasi elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojning 40 foizdan ortigʻini taʼminlamoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atom energiyasi ekologik toza energiya hisoblanadi. Atom elektr stansiyalarida (keyingi oʻrinlarda — AES) elektr va issiqlik energiyasi olishda koʻmir, mazut, gazda ishlovchi anʼanaviy koʻrinishdagi issiqlik elektr stansiyalaridan farqli oʻlaroq azot oksidi, oltingugurt, uglerod, kul kabi atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar hosil boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atom energetikasini rivojlantirishning foydasiga xizmat qiluvchi asosiy iqtisodiy omillardan biri AESning, uzaytirish imkoni bilan, 60 yildan kam boʻlmagan muddatni tashkil qiluvchi butun ishlash davrida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi narxining barqarorligini kafolatlash imkoniyati hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dunyoning 31 davlatida atom energiyasidan foydalanilmoqda va ularda umumiy quvvati qariyb 400 GVt boʻlgan 450 dan ortiq energiya bloklari faoliyat koʻrsatmoqda. Hozirgi vaqtda 60 ta yangi energiya bloklari bunyod etilmoqda va ulardan 39 tasi Osiyo mintaqasiga toʻgʻri keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika iqtisodiyotining elektr energiyasiga ortib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida (2030-yilga borib 117 milliard kVt/soat) 2018-yil 7-sentabr kuni Moskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston hududida atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik toʻgʻrisida bitim tuzildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitimda Oʻzbekiston Respublikasi hududida har birining belgilangan quvvati 1,2 GVt boʻlgan ikkita energiya blokidan iborat, zamonaviy va xavfsiz III+ avlod referent AES qurish, shuningdek milliy yadro infratuzilmasi, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish, atom energetikasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini yaratish, yadro yoqilgʻisini yetkazib berish, ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisidan foydalanish masalasi yuzasidan hamkorlik qilish nazarda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Asosiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu 2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish Konsepsiyasi atom energetikasi sohasida milliy siyosatning asosiy prinsiplari, atom energetikasini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari hamda ularni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar, atom energetikasini rivojlantirishning asosiy xavf-xatarlarini, moliyalashtirishning prognoz manbalari, asosiy tadbirlarni amalga oshirish monitoringi va nazorat qilish mexanizmini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish Konsepsiyasining tuzilmaviy sxemasi ushbu Konsepsiyaga ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Atom energetikasi sohasidagi milliy siyosatning asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar atom energetikasi sohasidagi milliy siyosatning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odamlar va atrof-muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning potensial zararli taʼsiridan himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning (keyingi oʻrinlarda — MAGATE) xavfsizlik talablariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadro qurolini tarqatmaslik rejimini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Atom energetikasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar 2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
infratuzilmasi rivojlangan milliy yadro energetikasini tashkil qilish, umumiy quvvati 2,4 GVt boʻlgan AESni qurish va undan xavfsiz foydalanishni boshlash orqali 2030-yilda mamlakatni ishonchli, xavfsiz, iqtisodiy jihatdan samarali va ekologik toza elektr energiyasi manbai bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom ilm-fani, texnologiyalari, noenergetik yadro texnologiyalar, malakali milliy kadrlarni tayyorlash orqali atom energiyasidan xavfsiz foydalanish infratuzilmasini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Asosiy maqsadlarga erishish uchun quyidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirishni taʼminlash zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan normativ-huquqiy bazani shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining global yadro xavfsizligi tartibotida ishtirok etishi, AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot faoliyatini taʼminlash, atom energetikasini tartibga soluvchi asoslarni yaratish, yadro energetika dasturining jamoatchilik uchun shaffof va ochiqligini taʼminlash, malakali kadrlar bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi AESni qurish, shu jumladan maydonni tanlash va AESni litsenziyalash, AESni loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanishda atrof-muhit muhofazasini va aholini radiatsiyaviy himoya qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsiz va iqtisodiy samarali yadro yoqilgʻi siklini tashkil etish, shu jumladan atom energetikasini yadro yoqilgʻisi bilan uzoq muddatga taʼminlash, ishlatib boʻlingan yoqilgʻidan xavfsiz foydalanish uchun sharoitlar yaratish, uni qayta ishlash va chiqindilarni utilizatsiya qilishni tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energetikasini uzoq muddatli rivojlantirishni taʼminlash, shu jumladan AESni qurish va undan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash uchun atom ilm-fani va texnologiyalarini rivojlantirish, mahalliy tashkilotlar tomonidan loyihaviy, konstruktorlik, ekologik va boshqa bilimlar hamda tajribani oʻrganish, boʻlajak AESlarning referent texnologiyalarini tanlash uchun yadro texnologiyalarining rivojlanish yoʻnalishlarini oʻrganish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Atom energetikasini rivojlantirish xavflarini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Atom energetikasini rivojlantirish sohasidagi maqsadlarga erishish quyidagi asosiy xavflarni bartaraf etish yoki kamaytirishga bogʻliq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) makroiqtisodiy xavflar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahonda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan mamlakatlarda iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi eksport qiladigan asosiy tovarlarga jahondagi narxlarining keskin va uzoq muddatli pasayishi ehtimoli bilan bogʻliq holda milliy iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energetikasini rivojlantirish loyihalarini, shu jumladan, milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirishni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishning zarur hajmlari yetarlicha baholanmaganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ijtimoiy xavflar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energetikasining ijtimoiy maqbulligi borasida aholi bilan ishlash yetarlicha tashkil qilinmaganligi sababli ijtimoiy taranglik yuzaga kelishi oqibatida yadro-energetika dasturini tugatish yoki toʻxtatib turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AES uchun tanlangan maydonni almashtirish zarurati yuzaga kelgan holatda koʻzda tutilmagan xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) operatsiya xavflari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qidiruv ishlari davomida yangi, avval kutilmagan man etuvchi yoki xavfli, shu jumladan, ekologik va suvni muhofaza qilish bilan bogʻliq omillarning aniqlanishi sababli tanlangan maydonni oʻzgartirish zarurati tufayli koʻzda tutilmagan xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikning bartaraf etib boʻlmaydigan cheklovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESning referent obyekt sifatidagi optimal qiymatini taʼminlaydigan qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlashning kechiktirilishi sababli AESni qurish qiymatining oshishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot va tartibga soluvchi organ yetarli darajada rivojlanmaganligi va kadrlar salohiyatining pastligi sababli litsenziyalash, loyihalashtirish va qurilish ishlarining kechikishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning talab etilgan malakaga ega ekspluatatsiya xodimlari bilan yetarlicha taʼminlanmasligi sababli AESni ishga tushirishning kechikishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AES uchun uskunalar yetkazib berish borasidagi jiddiy qiyinchiliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) siyosiy xavflar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pudratchilar, yetkazib beruvchilar, moliya institutlariga nisbatan xalqaro sanksiyalar qoʻllanilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yadro-energetika dasturini rivojlantirish xavflarini aniqlash va baholash, shuningdek xavflarni bartaraf etish va ular taʼsirining oldini olish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish loyiha ishtirokchilarining muvaffaqiyatli ishlashi uchun muhim omildir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Moliyalashtirishning prognoz manbalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quvvati 2,4 GVt boʻlgan birinchi AES qurilishini Oʻzbekiston Respublikasining oʻz mablagʻlari va Rossiya Federatsiyasining davlat krediti hisobidan moliyalashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. AES tashqi infratuzilmasi obyektlarini qurishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi) mablagʻlari, investorlar mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlamagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalarni Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, qisman Rossiya Federatsiyasining davlat krediti mablagʻlaridan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Inson resurslarini rivojlantirish loyihalarini, shu jumladan, kadrlar tayyorlash, malakali xodimlarni tanlash va saqlab qolish strategiyasini amalga oshirishni Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xorijiy tashkilotlar grantlari va Rossiya Federatsiyasi tomonidan bepul yoki yadro infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari doirasida taqdim etiladigan oʻqitish xizmatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ilmiy va texnologik salohiyatni rivojlantirish loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xorijiy tashkilotlar grantlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Atom energetikasini rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Milliy yadro-energetika dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasida yadro infratuzilmasini quyidagi asosiy yoʻnalishlarda rivojlantirish nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) atom energetikasini rivojlantirishning normativ-huquqiy asoslarini shakllantirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunini qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining yadro xavfsizligi sohasidagi xalqaro konvensiyalarga qoʻshilishi yoki ularning qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
referent AESdan chetga chiqishlar bilan bogʻliq chiqimlarni kamaytirish maqsadida yadro texnologiyalarini yetkazib beruvchi mamlakatlarning qonunchiligi ayrim qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilish imkoniyatlarini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalarga muvofiq atom energiyasidan foydalanish sohasida normalar va qoidalar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESni loyihalashtirish, qurish va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan standartlar, idoraviy normalar, reglamentlar, yoʻriqnomalar, nizomlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish (implementatsiya qilish, moslashtirish, ishlab chiqish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasining yadro xavfsizligi global rejimida ishtirokini taʼminlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESdan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi manfaatlariga daxl qilishi mumkin boʻlgan qoʻshni davlatlar bilan muloqotni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor mamlakatlar, nufuzli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish yoʻli bilan xavfsizlik manfaatlarida maslahatlashuvlarni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlik masalalarida maslahatlar olish, ekspluatatsiya qilishning xalqaro tajribasidan foydalanish maqsadida, shuningdek olingan saboqlarni hisobga olish uchun MAGATE bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAGATE normalariga rioya qilinishini taʼminlash va MAGATE xavfsizligi normalari negizida xavfsizlik masalalari, xavfsizlik masalasi boʻyicha olinadigan xizmatlar sifatini xalqaro koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning Butunjahon atom elektrostansiyalari operatorlari assotsiatsiyasiga (WANO) kirishi yuzasidan choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AES qurilishi va uni ekspluatatsiya qilish tajribasini Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllash uchun toʻliq darajada oʻrganish zarur boʻlgan xalqaro tarmoq hamjamiyatlarida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot faoliyatini taʼminlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni tashkil etish va rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yadro xavfsizligi, maydonlarni va barcha pudratchilarni tanlash, loyiha yechimlari, qurilish sifati, keyinchalik foydalanish, javobgarlikni moliyaviy taʼminlash hamda AESni qurish va ekspluatatsiya qilishning boshqa muhim jihatlari, shu jumladan, zarar uchun javobgarligini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maydonga talablar belgilanganidan boshlab, AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning AES qurilishi jarayonidagi ishtiroki;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Atom energetikasini tartibga solish asoslarini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish milliy organini uzoq muddatli rivojlantirish va unga atom energetikasi xavfsizligini tartibga solish sohasida maxsus vakolatlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanishni tartibga solish boʻyicha yadro texnologiyalarini yetkazib beruvchi davlatning tartibga soluvchi talablari, MAGATE normalari, xalqaro va xorijiy tartibga soluvchi tashkilotlar tajribasiga asoslangan normativ-huquqiy bazani rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energetikasi xavfsizligini tartibga solish sohasida qonunchilik talablari va MAGATE normalariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarishi uchun yetarli moliyaviy resurslardan uzoq muddat foydalanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energiyasidan foydalanish va xavfsizlik ekspertizasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash jarayonini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazorati tizimini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratish hamda rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi milliy organlarning atom energetikasi xavfsizligini tartibga solishga masʼul boʻlgan xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan keng hamkorligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarni ekspert qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy sektorni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) yadro-energetika dasturining jamoatchilik uchun ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rossiya Federatsiyasining koʻmagida Toshkent shahrida va AES quriladigan maydon joylashadigan hududda atom sohasida axborot markazlarini ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlarini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini ommaviylashtirish sohasida tizimli ishlarni tashkil etish va mamlakat aholisini zamonaviy yadro-energetika texnologiyalari, shuningdek ularning xavfsizligi va ekologik sofligi toʻgʻrisida xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energetikasini rivojlantirish borasidagi qarorlar loyihalarini koʻrib chiqish boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadro-energetika texnologiyalari sohasida xalqaro konferensiyalar va koʻrgazmalar tashkil qilish hamda oʻtkazish, shuningdek, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida xorijiy sheriklar tomonidan oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, koʻrgazmalar, seminarlarda ishtirok etish, ushbu maydonlardan aholiga texnologiyalar xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumot yetkazish uchun axborot manbai sifatida foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi qoshidagi AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzatom”) va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organda ularning oʻz ommaviy axborot vositalarini tashkil qilish;
(13-band “d” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom sohasidagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan hamda atom energetikasi sohasida oshkoralikka koʻmaklashadigan xalqaro madaniy va maʼrifiy loyihalarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) malakali kadrlar bilan taʼminlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik bilan bogʻliq sohalarda talab etiladigan bilimlar va tajriba hamda zarur xodimlar sonini umumiy aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan barcha tashkilotlar ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun yetarli boʻlgan mutaxassislarni jalb qilish, oʻqitish va saqlash strategiyasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot xodimlarini kontrakt turidan qatʼi nazar, xavfsizlikni taʼminlash majburiyatlariga muvofiq konstruksiyalar, tizimlar va elementlar sifatini tekshirish qobiliyatiga, oʻz darajasida litsenziyalash jarayonini boshqarishga tayyorlashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotda AESni radiatsiya xavfsizligi boʻyicha foydalanishga tayyorlash bilan bogʻliq ehtiyojlar, shu jumladan oʻqitish va bilimlarni tekshirish uchun ekspert resurslar mavjud boʻlishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AES va yadro infratuzilmasi uchun xodimlarni tayyorlash, shu jumladan mutaxassislarning xorijiy davlatlarda stajirovkadan oʻtish dasturlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzbek talabalarini xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish, shuningdek oʻzbekistonlik mutaxassislarni atom energetikasi va turdosh sohalarda tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filialida, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti va boshqa taʼlim muassasalarida atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash uchun tegishli oʻquv yoʻnalishlarini ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika atom sohasini davlat tomonidan tartibga soluvchi organ xodimlarini tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Birinchi AESni qurishning asosiy bosqichlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagilar birinchi AESni qurishning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESni joylashtirish uchun maydon tanlash va litsenziyalash (2019-2020-yillar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AES va uning tashqi infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish (2020 — 2022-yillar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESni qurish hamda ishga tushirish (2022 — 2030-yillar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Atrof-muhit muhofazasi va radiatsiya himoyasini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Milliy yadro-energetika dasturining rivojlantirilishi munosabati bilan atrof-muhit muhofazasi va radiatsiya himoyasi sohasidagi tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali boʻlgan yadro yoqilgʻisi siklini tashkil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali boʻlgan yadro yoqilgʻisi siklini tashkil qilish quyidagi bosqichlardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uran rudasini qazib olish va qayta ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadro yoqilgʻisi ishlab chiqarish uchun mamlakatning uran qazib olish salohiyatidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi yadro yoqilgʻisini xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisi bilan ishlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisini qayta ishlash uchun olib chiqish yoki qimmatbaho energetik material sifatida uzoq vaqt saqlashni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisi chiqindilarini uzoq vaqt saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yadro yoqilgʻisi sikli chiqindilarini butunlay koʻmish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Atom energetikasini uzoq muddatli rivojlantirishni taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Atom energetikasini uzoq muddatli rivojlantirishni taʼminlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AESdan foydalanish milliy sektorini rivojlantirish, shu jumladan, xorijiy va milliy investitsiyalarni jalb qilish, ilmiy-texnik hamkorlik va ekspert xizmatlari koʻrsatish sohasida qoʻshma korxonalar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelajakdagi AESlar referent texnologiyasini tanlash uchun yadro texnologiyalarining dunyo miqyosidagi rivojlanish jarayonlarini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun noenergetik yadro texnologiyalarini rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Chora-tadbirlar amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish uch darajali nazorat tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish orqali taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-daraja — “Oʻzatom” agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har haftada tezkor hisobot berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-daraja — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga har oyda hisobot berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-daraja — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yadro-energetika dasturini rivojlantirishning strategik va dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha har chorakda hisobot berishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019 — 2029-yillarda oʻzbekiston atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMAVIY SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi PQ-4165-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019 — 2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasining yadro xavfsizligi sohasidagi quyidagi xalqaro konvensiyalarga qoʻshilishi yoki ularning qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilish:

Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi;

Yadro avariyasi toʻgʻrisida tezkor xabar berish toʻgʻrisidagi konvensiyasi;

Yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiya;

Yadro avariyalari yoki radiatsiya avariya holatlarida yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi konvensiya.

Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash
va belgilangan tartibda kiritish

2019-yil noyabr

2019-yil noyabr

2020-yil
mart

2020-yil
iyul

Energetika vazirligi (Sultanov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),
Adliya vazirligi (Davletov),
FVV (Xudaybergenov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

2.

Atom energiyasidan xalqaro shartnomalarga muvofiq tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish

2020-yil

mart

Energetika vazirligi (Sultanov),
Adliya vazirligi (Davletov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
FVV (Xudaybergenov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),
“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov),
Davlat geologiya qoʻmitasi (Islamov),
Davlat ekologiya qoʻmitasi (Kuchkarov)

3.

AESni loyihalashtirish, qurish va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan standartlar, idoraviy normalar, reglamentlar, yoʻriqnomalar, nizomlarni qabul qilish (implementatsiya qilish, moslashtirish, ishlab chiqish).

Vakolatli davlat organlari tomonidan normativ hujjatlarni qabul qilish

loyihani amalga oshirish davrida

Energetika vazirligi (Sultanov),
“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov), FVV (Xudaybergenov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),
Adliya vazirligi (Davletov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),

Davlat geologiya qoʻmitasi (Islamov),
Davlat ekologiya qoʻmitasi (Kuchkarov)

4.

AESdan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi manfaatlariga daxl qilish mumkin boʻlgan qoʻshni davlatlar bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish.

Muzokaralar oʻtkazish

2019 — 2021-yillar

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov),
Adliya vazirligi (Davletov),

Energetika vazirligi (Sultanov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

5.

Manfaatdor davlatlar, nufuzli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali yadro obyektlarini ekspluatatsiya qilish xavfsizligi manfaatlari yoʻlida maslahatlashuvlar oʻtkazilishini taʼminlash.

Yadro obyektlari xavfsizligini kuchaytirish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va amaliy
chora-tadbirlarni amalga oshirish

2019 — 2030-yillar

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),

Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni tashkil qilish va rivojlantirish, shu jumladan uning tashkiliy tuzilishi jihatidan tayyorligi, malakali kadrlar bilan toʻldirilishi, zarur normativlar va tartib-taomillarning mavjudligi, uzoq muddat moliyaviy barqarorligini taʼminlash.

1. Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot faoliyatini tashkil etish

3. AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni rivojlantirish

2019-yil fevral

2019-yil noyabr

2021 — 2028-yillar

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
Adliya vazirligi (Istamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yadro xavfsizligi, maydonlar va pudratchilarni tanlash, loyiha yechimlari, qurilish sifati, keyinchalik foydalanish, moliyaviy taʼminlash, AESni qurish hamda undan foydalanishning boshqa muhim jihatlari, shu jumladan zarar uchun masʼuliyatini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2019-yil iyul

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
Adliya vazirligi (Istamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish milliy organini uzoq muddatli rivojlantirish va unga atom energetikasi xavfsizligini tartibga solish sohasida maxsus vakolatlar, shu jumladan xavfsizlikni tartibga soluvchi barcha davlat organlarning atom energetikasi xavfsizligi masalalarini muvofiqlashtirish funksiyalarini berish.

Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2019-yil iyun

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
Adliya vazirligi (Istamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organlari oʻz vazifalarini zarur tarzda bajarishi uchun yetarlicha moliyaviy resurslardan uzoq muddat foydalanilishini taʼminlash.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasini saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur moliyaviy mablagʻlar ajratilishini taʼminlash

har yili noyabrda

Moliya vazirligi (Xaydarov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov)

10.

Atom energiyasidan foydalanish va xavfsizlik ekspertizasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash jarayonini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2019-yil iyul

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),
Adliya vazirligi (Istamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va rivojlantirish.

Kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash

2019-yil avgust

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda ekspert jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy sektorni rivojlantirish.

Ekspert jihatdan qoʻllab-quvvatlash milliy sektorini rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritish

2019-yil dekabr

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov), Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Toshkent shahrida va dastlabki AES quriladigan maydon joylashgan hududda Rossiya Federatsiyasi yordamida atom sohasidagi axborot markazlarini ochish.

1. Toshkent shahrida axborot markazini tashkil etish

2. AES quriladigan maydon hududida axborot markazini tashkil etish

2019-yil avgust

2025-yil dekabr

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Oʻquv seminarlari, xorijdagi atom energetikasi obyektlariga matbuot-turlarini tashkil etish orqali ommaviy axborot vositalari vakillari, shu jumladan jurnalistlar va jamoatchilik fikrini oʻrganuvchilarning bilimini oshirish.

Oʻquv seminarlar, xorijdagi atom energetikasi obyektlariga matbuot-turlarini tashkil etish

rejaga muvofiq

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini ommalashtirish va mamlakat aholisini zamonaviy yadro-energetika texnologiyalari, ularning xavfsizligi va ekologik tozaligi toʻgʻrisida xabardor qilish sohasida tizimli ishlarni tashkil etish.

Telekoʻrsatuvlar, matbuotda materiallar eʼlon qilishni tashkil etish, ilmiy-ommabop filmlar yaratish va ularni namoyish qilish

rejaga muvofiq

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Allamjonov), MTRK (Xadjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,
tumanlar va shaharlar hokimliklari

16.

Yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik bilan bogʻliq sohalarda talab etiladigan bilimlar va tajriba hamda zarur xodimlar soni majmuini aniqlash.

Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2019-yil noyabr

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov)

17.

Yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan barcha tashkilotlar ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun yetarli boʻlgan mutaxassislarni jalb qilish, oʻqitish va saqlash strategiyasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2019-yil avgust

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov)

18.

AES va yadro infratuzilmasi uchun xodimlarni tayyorlash dasturlarini, shu jumladan mutaxassislarni xorijiy davlatlarda stajirovkadan oʻtkazish dasturlarini ishlab chiqish.

1. Mutaxassislarni qabul qilishning maqsadli jadvalini tasdiqlash.

2. Jadval asosida xodimlarni tayyorlash dasturlarini va ularni stajirovkadan oʻtkazish rejalarini ishlab chiqish
va qabul qilish.

2019-yil sentabr

har yili
20-yanvarga
qadar

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov)

II. Birinchi AESni qurishning asosiy bosqichlari

19.

AESni joylashtirish uchun maydonni tanlash va litsenziyalash (2019-2020-yillar).

1. Normativ-huquqiy hujjatni kiritish

2. Atrof-muhitga taʼsirni baholash, maydonni tanlash sifatini taʼminlash dasturlari va xavfsizlikni asoslash hisobotini

belgilangan tartibda taqdim etish asosida
AESni joylashtirishga xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organning litsenziyasini olish

2019-yil oktabr

2020-yil noyabr

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),

Davlat ekologiya qoʻmitasi (Kuchkarov),
Qurilish vazirligi (Toʻxtayev)

20.

AES va uning tashqi infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish (2020 — 2022-yillar).

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish

2021-yil
fevral

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),

Qurilish vazirligi (Toʻxtayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

AESni qurish va ishga tushirish (2022 — 2030-yillar).

1. AES qurilishiga Rossiya Federatsiyasining kreditini jalb etish toʻgʻrisida Hukumatlararo bitimni tayyorlash.

2. AES qurilishiga YERS shartnomasi doirasida Buyurtmachining majburiyatlarini moliyalashtirishning uzoq muddatli (10 yilga) rejasini tasdiqlash.

3. AES qurilishiga xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organining litsenziyasini olish.

4. AES qurilishi

5. Davlat qabul komissiyasi dalolatnomasini tasdiqlash

2019-yil dekabr

2019-yil noyabr

2021-yil dekabr

2022-yildan boshlab

energiya bloklari loyiha quvvatiga chiqqandan keyin

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), Moliya vazirligi (Xaydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov), Tashqi ishlar vazirligi (Asadov),

Qurilish vazirligi (Toʻxtayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Atrof tabiiy muhit muhofazasini va radiatsiya himoyasini taʼminlash

22.

Milliy yadro-energetika dasturining rivojlantirilishi munosabati bilan atrof-muhit muhofazasi va radiatsiya himoyasi sohasidagi tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Milliy yadro-energetika dasturini amalga oshirish davomida atrof-muhit muhofazasi va radiatsiya himoyasi sohasida
davlat nazoratini amalga oshirish

belgilangan tartibda

Davlat ekologiya qoʻmitasi (Kuchkarov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), FVV (Xudaybergenov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov)

IV. Xavfsiz va iqtisodiy samarali yadro issiqligi siklini tashkil etish

23.

Ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisini qayta ishlash uchun chiqarish yoki ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisini qimmatbaho energetik material sifatida uzoq vaqt saqlashni tashkil qilish.

Radioaktiv chiqindilar, ishlatib boʻlingan yoqilgʻi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasi va AESni ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash va kiritish

2019-yil noyabr

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), Tashqi ishlar vazirligi (Asadov), Adliya vazirligi (Istamov), FVV (Xudaybergenov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

24.

Ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisi bilan ishlash.

Ishlatib boʻlingan yadro yoqilgʻisi bilan ishlashni tartibga soluvchi normalar va qoidalarni, shuningdek xavfsizlik boʻyicha qoʻllanmalarni ishlab chiqish va qabul qilish

2020 — 2028-yillar

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (Kuchkarov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), FVV (Xudaybergenov), IIV (Bobojonov)

V. Atom energetikasini uzoq muddatli rivojlantirishni taʼminlash

25.

Atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish.

Atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish

har yili

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov),
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov)

26.

Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlari uchun noenergetik yadro texnologiyalarini, shu jumladan materialshunoslikni (yadro va termoyadro reaktorlar, mikroelektronika, aviatsiya va kosmik texnika uchun yangi materiallar olish), yadro tibbiyotini (tashxis qoʻyish va davolash uchun radiofarm preparatlar ishlab chiqarish, neytron-tutuvchi va proton terapiya, pozitron-emission tomografiyani rivojlantirish), yadro tahlili va radiokimyo hamda Respublika uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boshqa yoʻnalishlarni rivojlantirish.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun noenergetik yadro texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish

2019-yil noyabr

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov),
Moliya vazirligi (Xaydarov)

VI. Chora-tadbirlarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish

27.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Oʻzatom” agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazir va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldida hisobot berishini taʼminlash.

1. Konsepsiya amalga oshirilishi toʻgʻrisida “Oʻzatom” agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga tezkor
axborot kiritish.

2. Konsepsiyaning amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hisobot berish.

3. Yadro-energetika dasturini rivojlantirishning strategik va dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berish.

har haftada

keyingi oyning
5 sanasigacha

har chorakda, keyingi oyning
10 sanasigacha

Energetika vazirligi (Sultanov), “Oʻzatom” agentligi (Mirzamaxmudov),
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar,

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2019-y., 07/19/4165/2592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)