05.02.2019 yildagi 88-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro etish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, teatr va musiqa san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlarini uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan har oylik rag‘batlantirish tartibini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
fevral

-

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi,
vazirliklar va idoralar

2.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi rasmiy veb-saytini yaratish, musiqa va raqs san’atining rivojlanishi tarixi, uning yo‘nalishlari, afishalar, konsert dasturlari, musiqa va raqs jamoalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda aks ettirib borish. Shuningdek, veb-saytdagi ma’lumotlarni doimiy yangilab borish, chiptalarning onlayn buyurtma berish va xarid qilish tizimi va chiptalar hisobini yuritishning elektron dasturini yaratish.

2019-yil
fevral

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining o‘z mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi

3.

O‘zbekiston davlat fi�armoniyasi rahbarlari va ijodiy xodimlarining malaka toifalari va lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
fevral

-

Madaniyat vazirligi,
Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, vazirliklar va idoralar

4.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalarining namunaviy shtat jadvallarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
fevral

-

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi

5.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va hududiy bo‘linmalarning ijodiy jamoalarni musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlash me’yorlarini va ularning davlat standartlarini ishlab chiqish.

2019-yil
II chorak

-

Madaniyat vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi,
“O‘zstandart” agentligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,
vazirliklar va idoralar

II. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash

6.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etish uchun bo‘sh turgan binolarni ajratish va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish.

2019-yil

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining o‘z mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi

7.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va jihozlash (musiqa asboblari, tovush-chiroqli apparatura, sahna kiyim-kechaklari, mebel, kompyuter texnikasi va boshqalar).

2019-yil
II chorak

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

8.

“Turkiston” san’at saroyiga tutash hududda zamonaviy texnik vositalaridan keng foydalanilgan holda reklama lavhalari, panno va bannerlar o‘rnatish.

doimiy

Budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi,

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi

9.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan tashkil etiladigan konsert tomoshalariga aholini jalb etish maqsadida konsert dasturlari namoyishini ikki hafta oldin quyidagilar orqali keng yoritish:

Internet veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali zarur ma’lumotlarni (konsert tomoshalarining rejissori, xonandalari, repertuari, konsert tomoshalarga kirish narxlari va boshqa ma’lumotlarni) joylashtirish;

Viloyat va shahar (tuman)larning markaziy ko‘chalarida reklama bannerlarini joylashtirish.

doimiy

Budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Do‘stlik klubi”ni tashkil etish, bunda tashkil etiladigan klub doirasida besh yillik aniq chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2019-yil
II chorak

Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,
vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

11.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida sahna liboslari, mashg‘ulot liboslari va maxsus anjomlar, jihozlar (ayollar taqinchoqlari, maxsus raqs poyabzallari) tayyorlaydigan sex faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2019-yil
I chorak

Budjetdan ajratilgan mablag‘lar, budjetdan tashqari tushumlar, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, homiylik xayriyalari O‘zbekiston davlat filarmoniyasining o‘z mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

III. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi ijodiy jamoalar faoliyatini takomillashtirish

12.

O‘zbek milliy mumtoz va raqs san’atini hamda klassik san’atni aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida faoliyat yuritayotgan jamoalar har oyda
3 tadan 6 tagacha va uning hududiy bo‘linmalari 2 tadan 4 tagacha tuman (shahar)lardagi san’at saroylarida, madaniyat va aholi dam olish markazlarida, amfiteatrlarda va boshqa tomosha zallarida konsert dasturlari va ijodiy tomoshalarini tashkil etish.

doimiy

Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

13.

Hududlardagi musiqiy auditoriyani maqsadli kengaytirish hamda aholining musiqiy estetik talabini shakllantirish va qondirish yo‘lida har bir jamoa tomonidan yuqori badiiy saviyadagi turli janrlardagi yiliga kamida 4 ta yangi repertuarni yaratish.

Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish:

jamoalarning kadrlar salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish;

uzoq muddatli repertuar siyosatini shakllantirish;

ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish.

doimiy

Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalaridagi badiiy jamoalarini yangi musiqa asarlari, jumladan, milliy mumtoz va jahon klassik san’atiga doir asarlar bilan ta’minlash.

doimiy

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi

15.

O‘zbek milliy mumtoz va raqs san’atini keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalaridagi badiiy jamoalarni xorij davlatlariga gastrol safarlariga yuborish.

doimiy, tasdiqlangan reja asosida

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari,

budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

16.

Respublikaning chekka hududlarida tasdiqlangan reja asosida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tarkibidagi ansambllarning gastrol-konsert tomoshalarini tashkil etish

doimiy, tasdiqlangan reja asosida

Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

17.

Ustoz san’atkorlar xizmatini qadrlash, shoir, bastakor va xonandalarning yosh ijrochi va san’atkorlar bilan ijodiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali “Ustoz-shogird” maktablarini tashkil etish va shu asosda:

yosh iste’dodli san’atkorlarni aniqlash;

yosh ijrochi va san’atkorlar tomonidan yaratilgan yangi va eng yaxshi asarlar mualliflari hamda san’atkor ijrochilarni moddiy rag‘batlantirish;

yosh iste’dodlar tomonidan yaratilgan musiqiy asarlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish;

yosh ijrochi va san’atkorlarning ijodiy yutuqlarini, el yurtimizga manzur bo‘ladigan asarlarini davlat mukofotlariga tavsiya etish ishlarini tashkil etish.

2019-yil
II chorakdan boshlab doimiy

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlar uyushmasi

18.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi badiiy jamoalarning ijodiy yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida, teleradiokanallarda keng yoritish va targ‘ibot qilish.

doimiy

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi,
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlar uyushmasi

19.

Bugungi globallashuv jarayonida jamiyat hayotida o‘zbek milliy musiqa va raqs, jahon klassik san’atining o‘rni va ta’sirini kuchaytirish maqsadida konsert tomoshalarga tomoshabinlar tashriflarini uyushtirish bo‘yicha reja ishlab chiqish.

doimiy

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Madaniyat vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi

20.

Respublika hududlarida mashhur ijrochilar ishtirokida konsert-tomosha tadbirlari va ijodiy kechalarni tashkil qilish.

doimiy

Konsert faoliyatidan tushumlar, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

21.

Ommaviy axborot vositalarida keng yoritish orqali “Bahor nafasi” Xalqaro san’at festivalini o‘tkazish.

har yili

Madaniyat vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

22.

Respublikada faoliyat yuritayotgan ijodiy jamoalar (xodimlar) o‘rtasida turli yo‘nalishlarda musiqa, ashula va raqs tanlovlarini o‘tkazish

har yili, tasdiqlangan reja asosida

Madaniyat vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

23.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hududiy bo‘linmalari hamda uning tarkibida faoliyat yuritayotgan ansambllar faoliyatini monitoringini amalga oshirish va Filarmoniyaning Badiiy kengashida muhokama etish.

har chorakda

-

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi

IV. Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini baholash hamda rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, sohada ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish

24

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalaridagi rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish.

2019-yil
II chorak

-

Madaniyat vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

25.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tarkibidagi ijodiy jamoalar rahbar va xodimlarini Rossiya va Yevropa davlatlarida malaka oshirishlarini tashkil etish.

2019-yil
II chorakdan boshlab reja asosida

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi

26.

Filarmoniya yo‘nalishidagi xorijiy tajribadan jamoatchilikni xabardor qilib borish maqsadida:

boshqa mamlakatlardagi filarmoniyalar bilan hamkorlikda mahorat darslarini va “master klass”larni o‘tkazish;

xorijda t�jriba almashish va malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish, xalqaro miqyosdagi turli tanlov va festivallarda sohaning yetuk mutaxassislari va jamoalarini ishtirokini ta’minlash.

2019 ― 2028-yillar

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,
Tashqi ishlar vazirligi

27.

Filarmoniya va uning hududiy bo‘linmalarini malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanganlik holatni chuqur o‘rganish, shuningdek ularning istiqbolli talab-ehtiyojidan kelib chiqib tegishli oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash yuzasidan taklif kiritish.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

-

Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

a) “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
v) “Andijon viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
g) “Buxoro viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
d) “Jizzax viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
e) “Qashqadaryo viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
j) “Namangan viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
z) “Samarqand viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
i) “Sirdaryo viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
k) “Surxondaryo viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
l) “Farg‘ona viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin;
m) “Xorazm viloyati” bo‘limiga “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” so‘zlari qo‘shilsin.
b) 4-ilovaning “Primechaniye” matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Primechaniye” qismidagi “Gosudarstvennogo muzeya iskusstv Uzbekistana” so‘zlari “Muzei jertv repressii pri Kabinete Ministrov, Gosudarstvennogo muzeya iskusstv Uzbekistana” so‘zlari bilan almashtirilsin;