Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori, 11.11.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1187
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 11-noyabrda 1187-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarda moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror kuchga kirgandan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 1998-yil 12-yanvarda 12-04-14/13-son bilan tasdiqlangan “Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, barcha tipdagi maktab-internatlar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga bir martalik nafaqalar berish haqida Nizom” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamizda qoldiramiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq taʼlimi vaziri R. JOʻRAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
119-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01/30-93-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri S. GʻULOMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
301-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2002-yil 21-oktabrdagi 86, 119, 01/30-93, 301-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 2-son, 22-modda) muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida belgilangan tartibda vasiylik va homiylik organlari tomonidan aniqlanib, tegishli taʼlim muassasalariga joylashtirilgan ota-onasi vafot etgan, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ota-onalik huquqi cheklangan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan, kasal boʻlgan, uzoq muddat boʻlmagan, bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan, shu jumladan tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolasini olishdan bosh tortgan ota-onalarning bolalari, shuningdek, boshqa hollarda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ularga barcha turdagi umumtaʼlim maktablarini bitirib chiqayotganda va ishga joylashayotganda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar 2002-yilda — eng kam oylik ish haqining 80 baravarigacha, 2003-yildan — 100 baravarigacha miqdorida beriladi, shuningdek 2002-yilda eng kam oylik ish haqi miqdorining 3 baravarigacha va 2003-yildan 5 baravarigacha miqdorda pul nafaqasi ham beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu nafaqalar taʼlim muassasalarining bitiruvchisiga bir marta, yaʼni taʼlim muassasasini bitirib, ishga joylashayotganida beriladi. Agar ushbu muassasalarning tarbiyalanuvchisi 9-sinfni bitirib, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini bitirib, oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirsa, unda bitiruvchi har ikki nafaqani ushbu taʼlim muassasasida oʻqishni tugatgandan soʻng, shu muassasalardan oladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 37, 93, 71q/q, 46-qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 1187-1, 17.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 567-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar barcha turdagi umumtaʼlim maktablarini bitirib chiqayotganda va ishga joylashayotganda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olishi uchun toʻlanadigan nafaqalar va pul nafaqalari uchun qilinadigan xarajatlar miqdori ular tarbiyalanayotgan taʼlim muassasalarning yoki oʻqishni davom ettirayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining xarajatlar smetasida budjet xarajatlari iqtisodiy tasnifining tegishli moddasi boʻyicha koʻzda tutiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 37, 93, 71q/q, 46-qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 1187-1, 17.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 567-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bitiruvchiga yangi kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun toʻlanadigan nafaqa miqdoriga teng pul mablagʻi bitiruvchining bank muassasasida ochilgan omonat hisob-varagʻiga oʻtkaziladi, pul nafaqasi esa naqd pul bilan beriladi. Bitiruvchilarning shaxsiy omonat hisobvaragʻiga pul mablagʻini oʻtkazish va ularga naqd pul nafaqasini berish har yili 1-sentabrgacha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Taʼlim muassasalarining rahbarlari bitiruvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻdan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olishda ularga koʻmaklashadilar. Istisno tariqasida, ruhiy jihatdan rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bitiruvchilarning talabi bilan taʼlim muassasalarning rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasa bitiruvchisiga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun toʻlanadigan nafaqani pul bilan emas, balki shu nafaqa miqdorida muassasa tomonidan olib beriladigan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sifatida berilishini tashkil etishlari mumkin. Biroq, bu holda bitiruvchini nafaqa shaklini tanlashga majbur etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Pul nafaqasini berishda hamda bitiruvchiga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar uchun toʻlanadigan nafaqalarni buyum sifatida berishda, muassasa rahbarining buyrugʻi bilan tarkibi muassasa maʼmuriyati va pedagogik jamoa aʼzolari, shu muassasa tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari yoki talabalaridan iborat boʻlgan komissiya tuziladi va pul nafaqasi hamda buyumlar shu komissiya ishtirokida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Komissiya tomonidan pul nafaqasi va buyumlarning berilgan sanasi, ularni olgan bitiruvchining familiyasi, ismi, sharifi toʻliq koʻrsatilgan, shaxsiy imzosi qoʻyilgan 2 tadan nusxada tarqatish qaydnomasi (vedomosti) va shaxsiy hisob varaqasi, bitiruvchiga pul nafaqasi berilgani hamda unga berilgan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlarni hisobdan chiqarish haqida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarning bir nusxasi hisobot uchun buxgalteriyaga topshiriladi. Buxgalteriya mazkur hujjatlar va bitiruvchilarga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olingan boʻlsa, tegishli savdo tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlar yuk varaqasi, chek hamda ishonchnoma asosida hisobot tuzib, uni amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan shaklda va muddatlarda tegishli taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlariga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bitiruvchilarga beriladigan pul nafaqasi, kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar toʻlashga ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi boʻyicha javobgarlik bitiruvchiga nafaqalarni berayotgan muassasa rahbari, buni nazorat qilish esa taʼlimni boshqaruv boʻyicha vakolatli davlat organlari va ularni moliyalashtiruvchi organlar zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bitiruvchining istagiga muvofiq bitiruvchiga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar beriladigan boʻlsa, bitiruvchi taʼlim muassasasi rahbari nomiga oʻzi uchun zarur boʻlgan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar roʻyxatini koʻrsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi. Bunda bitiruvchi kiyim-bosh, poyabzal va anjomlarni tanlashda mazkur Nizom ilovasidagi roʻyxatdan foydalanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 37, 93, 71q/q, 46-qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 1187-1, 17.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 567-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bitiruvchining talabiga koʻra kiyim-bosh, poyabzal va anjomlarni sotib olish uchun toʻlanadigan nafaqalar unga buyum sifatida beriladigan boʻlsa, muassasalar rahbarlari ularni savdo tashkilotlariga pul oʻtkazish yoʻli bilan xarid qiladilar va bitiruvchilarga berilgan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar boʻyicha hisobotni tegishli savdo tashkilotlari tomonidan berilgan tasdiqlovchi hujjatlar — yuk varaqasi, chek hamda ishonchnoma asosida tuzib, amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan hisobot shaklida va belgilangan muddatlarda tegishli taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlariga topshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mehribonlik uylari va maktab-internatlarda tarbiyalanayotgan, umumtaʼlim maktablari, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida oʻqiyotgan toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar oʻqiydigan taʼlim muassasasi yashash joyidan 3 kilometrdan ziyod masofada joylashgan boʻlsa, ular jamoat transporti va oʻquvchilar uchun transportda imtiyozli yurish kartochkalari muomalada boʻlgan shahar va aholi punktlarida imtiyozli transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlanadilar, agar shaharda yoki aholi punktida bu turdagi kartochka tizimi boʻlmasa, u holda oʻquvchilarga ushbu shaharda yoki aholi punktida transportda imtiyozli yurish huquqini beruvchi boshqa turdagi kartochka beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Transportda yurish kartochkalari budjet mablagʻlaridan taʼlim muassasalari xarajatlar smetasida ularni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan sotib olinadi va budjet xarajatlari hisobotlarida budjet xarajatlari iqtisodiy tasnifining tegishli moddasida aks ettiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 37, 93, 71q/q, 46-qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 1187-1, 17.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 567-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Transportda yurish kartochkalariga haq toʻlash, taʼlim muassasalari tomonidan ushbu kartochkalarni muomalaga chiqargan tashkilot yoki oʻquvchilar qatnaydigan yoʻnalishda transport vositalari (taksidan tashqari) qatnovini yoʻlga qoʻygan avtokorxona bilan tuzilgan shartnomaga binoan naqd pulsiz, shu tashkilot yoki korxona hisobiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Transportda yurish kartochkalari har oyning yakunida, yaʼni shu oyning tugashiga 2 kun qolganida tarbiyalanuvchilarga tarqatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Transportda yurish kartochkalarini berish uchun taʼlim muassasalari rahbarlari oʻquv yili boshlanishidan oldin oʻquv muassasasi yashash joyidan uzoq masofada joylashgan bolalarning roʻyxatini tayyorlab, uni tasdiqlaydilar. Mazkur roʻyxat bolalarga bunday kartochkalarni berish uchun asos boʻladi. Transportda yurish kartochkalari faqat oʻqish davri uchun beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Agar bolaning yashash joyi yoki taʼlim muassasasining joylashgan joyi oʻzgarib, oʻquv muassasasining yashash joyidan uzoqligi 3 kilometrdan ortiq masofani tashkil etsa, bunday oʻquvchilar yangi yashash joyida ham transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlanadilar. Avval yashagan muassasasida bu bolaga ushbu maqsad uchun sarflanishi koʻzda tutilgan mablagʻ xarajati oʻquvchi muassasadan koʻchirilgan kundan eʼtiboran toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Taʼlim muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlovchi moliya idoralari toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarga va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga imtiyozli transportda yurish kartochkalari berilishi uchun budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlaydilar hamda ushbu maqsadda ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi ustidan qatʼiy nazorat olib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Transportda yurish kartochkalarini sotib olishga ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va ularni toʻgʻri taqsimlanishi yuzasidan javobgarlik taʼlim muassasalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur nizomning toʻliq matni muassasaning hamma koʻrishi mumkin boʻlgan joyiga osib qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga beriladigan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuz sochiq (paxta yoki zigʻir tolasidan toʻqilgan)
dona
1
1
2.
Paxmoq sochiq (hammom uchun)
dona
1
1
3.
Yostiqning ichki jildi
dona
1
1
4.
Yostiqning tashqi jildi
dona
2
2
5.
Jun adyol
dona
1
1
6.
Choyshab
dona
2
2
7.
Koʻrpa jildi
dona
2
2
8.
Oʻrin yopingʻichi
dona
1
1
9.
Paxtali toʻshak
dona
1
1
10.
Yostiq
dona
1
1
11.
Karavot
dona
1
1
12.
Tumbochka
dona
1
1
13.
Stol
dona
1
1
14.
Stul
dona
2
2
15.
Darparda
dona
2
2
Idish tovoqlar
1.
Oshxona idishlari
toʻplam
1
1
2.
Choy va ovqat idishlari
toʻplam
1
1
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2013-yil 25-sentabrdagi 37, 93, 71q/q, 46-qq-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1187-1, 17.10.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 567-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 567-modda)