18.01.2019 yildagi 46-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibida Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakultetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosini taʼminlash hamda respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish va real sektori tarmoqlari uchun yuqori malakali, xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek, oliy taʼlim tizimida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Belarus Respublikasining Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi oʻrinlarda universitet deb ataladi) tarkibida 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (Belarus Respublikasi) bilan hamkorlikdagi Oʻzbek-Belarus qoʻshma axborot texnologiyalari fakultetini (keyingi oʻrinlarda fakultet deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika iqtisodiyotining real sektori tarmoqlari uchun axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti, mobil tizimlarni dasturlash, sunʼiy intellekt sohalari boʻyicha malakali mutaxassislarni, ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti, mobil tizimlarni dasturlash, sunʼiy intellekt sohalari boʻyicha hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot texnologiyalari sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tashkil etish hamda taʼlim berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori malakali mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviyligi hamda uzluksizligi tamoyillari, shuningdek, jahon taʼlim va ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashish asosida rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ishlab chiqarish tarmoqlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni oʻrnatish, rivojlantirish va mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultet kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan universitet tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultetda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida rus tilida, kunduzgi taʼlim shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari talablari inobatga olingan holda universitetning Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultetga abituriyentlarni talabalikka qabul qilish va fakultet bitiruvchilarining attestatsiyasi Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida belgilangan tartib, talab va muddatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultetda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotasi kadrlarga boʻlgan zamonaviy talab va ehtiyojdan kelib chiqib, universitet va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultetning boshlangʻich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida unga ajratilgan bino va inshootlarni joriy taʼmirlash ishlari va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalari xarid qilish) bilan bogʻliq xarajatlar universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultetda oʻqish uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori milliy valyutada tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining bazaviy toʻlov-kontrakt summasidan kam boʻlmagan miqdorda universitet va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi hamda Belarus Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan, oʻzaro kelishuv asosida belgilangan namunadagi ikki tomonlama tan olinadigan universitet hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti diplomlari beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultet faoliyatini moliyalashtirish universitetga talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetidan fakultetning oʻquv jarayoniga jalb qilingan professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash va xizmat safari xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorining 4-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019-yil 1-avgustga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultetga universitet hududidagi binolardan mos joy ajratilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fakultet professor-oʻqituvchilari tarkibi kasbiy pedagogik mahoratga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini, shuningdek, nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalarda taʼlim olgan, malaka oshirgan, ilmiy darajalarni himoya qilgan iqtidorli pedagog kadrlar hamda amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni taʼlim jarayoniga keng jalb qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi universitet buyurtmanomalariga binoan fakultetni tashkil etishda va uning faoliyatida ishtirok etadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar, ilmiy va rahbar xodimlarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 24-iyuldagi 569-son qaroriga 1-ilovaning matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 18-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 46-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Universitet (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 09/19/46/2506-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)