17.01.2019 yildagi PF-5633-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (keyingi oʻrinlarda Xalq qabulxonalari deb yuritiladi) davlat organlari bilan aholi oʻrtasida ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, dolzarb muammolarni aniqlash, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan murojaatlarning koʻrib chiqilishini taʼminlashda oʻziga xos samarali mexanizmga aylandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalari tashkil etilishi aholini yillar davomida qiynab kelgan muammolarning aniqlanishiga, ularning aksariyati joyida hal etilishiga zamin yaratdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ikki yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga 2,5 milliondan ortiq murojaatlar kelib tushganligi, respublika ishchi guruhlari tomonidan uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish natijasida qoʻshimcha 1,1 milliondan ortiq turli muammolar aniqlanganligi joylarda yechimini kutayotgan masalalar koʻpligini, ayrimlari oʻrta va quyi boʻgʻindagi tashkilotlar darajasida hal etilmayotganligini koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar tahlili esa bu yoʻnalishda bir qator tizimli kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi. Xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, murojaatlar bilan ishlashning amaldagi tizimi aholining mavjud muammolarini toʻliq qamrab olish va tezkorlik bilan hal qilish imkonini bermayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, aniqlangan muammolarni tizimli tahlil qilish va hal etishda Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Xalq qabulxonalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona mexanizmi mavjud emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, tegishli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar hamda joylarda aniqlangan boshqa muammolar yetarli darajada aks ettirilmayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, Xalq qabulxonalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tizimi, ularning yetarli vakolatlarga ega emasligi ish sifati va samaradorligiga salbiy taʼsir qilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, joylardagi davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari aholi bilan bevosita muloqot qilish hamda uyma-uy yurish orqali muammolarni aniqlash va hal etishga, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni toʻliq va sifatli bajarishga yetarli eʼtibor qaratmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bevosita fuqarolar bilan ishlashga oʻtishini, ularning xalqqa, jumladan tadbirkorlik subyektlariga yaqin koʻmakchi boʻlishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2019-yil 1-fevraldan Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda, Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda sektorlar deb yuritiladi), davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish orqali muammolarni aniqlaydi hamda hal qilinishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) Xalq qabulxonalari boshchilik qiladigan sektorlar shtablari aʼzolaridan iborat ishchi guruhlar hududlarni mahallalar va xonadonlar (oilalar) kesimida tahlil qiladi, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va oʻrta muddatli manzilli tadbirlar rejalarini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qisqa muddatli manzilli tadbirlar rejalari ijrosi tuman (shahar) hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi va mudofaa sanoati masalalari kompleksi (A.Ramatov) tomonidan taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qisqa muddatli manzilli tadbirlar rejalari ijrosi tegishli Xalq qabulxonalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrta muddatli manzilli tadbirlar rejalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarda aks etgan tizimli muammolar davlat investitsiya dasturlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini, xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqishda inobatga olinadi. Ushbu dastur va loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari bilan kelishiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalari jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda hududlardagi ijtimoiy muhitni oʻrganish, aholi muammolarini hal qilishda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni taʼminlash choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari roʻyxati Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalari sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari majlisida muhokama qilish uchun har chorakda axborot kiritadi hamda ushbu axborot yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining hisoboti eshitiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika darajasida hal etiladigan muammolar toʻgʻrisida maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hal qilish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xalq qabulxonalariga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ommaviy va sayyor qabullar oʻtkazish tizimini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hududiy, tarmoq va davlat dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlarini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlari koʻrsatish faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi Xalq qabulxonalari mudirlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar) Xalq qabulxonalari mudirlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalarining boshqa xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalarining boshqaruv xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining xodimlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xalq qabulxonalariga quyidagi qoʻshimcha huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa obyektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatini tizimli oʻrganish, koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, shuningdek sektorlar faoliyatini baholashda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sektorlar shtabi tarkibiga kiritilgan davlat organlari hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslari va xodimlarini ragʻbatlantirish yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha yuqori turuvchi davlat organlariga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan faoliyati uchun zarur boʻlgan axborotlar hamda hujjatlarni soʻrash va olish, ularning mutaxassislarini jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ular faoliyati va koʻrsatadigan xizmatlariga oid tartib-qoidalarning aholiga toʻliq va tezkor yetkazilishini taʼminlashga qaratilgan choralar koʻrish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari koʻrsatilgan yangilangan namunaviy tuzilmalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, 2019-yil 20-yanvardan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Xalq qabulxonalari barcha xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yil yakunlariga koʻra faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan Xalq qabulxonalari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi taqdimnomasiga asosan mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bir martalik pul mukofoti va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xalq qabulxonalari boshqaruv xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandida nazarda tutilgan qoidalar tatbiq etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Xalq qabulxonalarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam ravishda chekka va olis hududlarda ommaviy qabullar oʻtkazish, aholi muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganishlarni tashkil etish maqsadida uch oy muddatda barcha tuman (shahar) Xalq qabulxonalarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan xizmat avtotransport vositalari bilan taʼminlasin va ularni saqlashga limit ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash va hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning hududlarda amalga oshirilishini, shu jumladan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtirsin va nazorat qilib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda Xalq qabulxonalari xodimlari uchun maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq qabulxonalari kadrlari tarkibi aholi bilan bevosita ishlash uchun zarur boʻlgan bilimga, tashkilotchilik va tahlil qilish qobiliyatiga, shuningdek maʼnaviy-axloqiy va psixologik fazilatlarga ega boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xalq qabulxonalarining yangilangan nizomi, Xalq qabulxonalarining sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi, Xalq qabulxonalari faoliyatini baholash tartibi va mezonlari, mahallalar hududlari holatini “namunali”, “yaxshi” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratish mezonlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar — kelajagimiz”, “Har bir oila — tadbirkor” va boshqa davlat dasturlari ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalariga taqdim qilib borilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy qurilishi, yoʻl qurilishi, elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya va boshqa kommunal xoʻjalik obyektlari, ijtimoiy soha obyektlarini qurish va taʼmirlash hamda boshqa davlat dasturlari, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish uchun ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tuman (shahar) kesimida joylashtirilishi va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nudud” axborot tizimi takomillashtirilishi va unga barcha Xalq qabulxonalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning integratsiya qilinishini hamda tizim faoliyatining doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlab borilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlimlari faoliyati va koʻrsatadigan xizmatlariga oid tartib-qoidalarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (mobil ilovalar, veb-saytlar, elektron toʻlov vositalari va boshqalar) orqali aholiga toʻliq va tezkor yetkazilishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning viloyat boʻlinmalari veb-saytlarini 2019-yilning 1-iyuliga qadar, tuman (shahar) boʻlinmalari veb-saytlarini 2020-yilning 1-yanvariga qadar tashkil qilish orqali fuqarolarning har bir davlat organi hududiy boʻlinmalariga bevosita elektron murojaat qilish imkoniyati yaratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini yoritish, shuningdek hududlarda aholini qiynab kelayotgan muammolar haqida doimiy ravishda tanqidiy-tahliliy materiallar berib borish tavsiya etilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 17-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5633-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namunaviy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Lavozimning nomlanishi

Shtat birliklari soni

Razryad

Guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

1.

Mudir

1

19

18

17

16

2.

Bosh mutaxassis

1

14

13

12

11

3.

Yetakchi mutaxassis

1

13

12

11

10

4.

Mutaxassis

2

12

11

10

9

5.

Referent

1

8

8

8

8

6.

Xoʻjalik ishlari mudiri

1

7

7

7

7

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami: 70 ta boshqaruv xodimi birligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining quyidagi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mudirga — shuʼba mudiri, bosh mutaxassisga — bosh inspektor, yetakchi mutaxassisga — yetakchi inspektor, mutaxassisga — referent. Bunda, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlarining tarif koeffitsiyentlari 85 foiz miqdorida qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yordamchi xodimlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining yordamchi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi PF-64-sonli Farmoniga asosan izoh bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namunaviy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Lavozimning nomlanishi

Shtat birliklari soni

Razryad

1-guruh

2-guruh

1.

Mudir

1

15

14

2.

Yetakchi mutaxassis

1

11

10

3.

Mutaxassis*

1-2

10

9

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami: 622 ta boshqaruv xodimi birligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Boshqaruv xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining quyidagi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mudirga — shuʼba mudiri, yetakchi mutaxassisga — yetakchi inspektor, mutaxassisga — referent. Bunda, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlarining tarif koeffitsiyentlari 70 foiz miqdorida qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yordamchi xodimlarga tuman (shahar) hokimliklarining yordamchi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari mudirlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari bilan kelishgan holda tuman (shahar)lardagi mutaxassis shtat birliklarini boshqa tuman (shahar)larga taqsimlash huquqi beriladi.
(2-ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi PF-64-sonli Farmoni tahririda)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 06/19/5633/2496-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)