12.12.2018 yildagi PQ-4061-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda mamlakatimizda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash, maʼnan yetuk va jismonan sogʻlom shaxsni kamol toptirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi, sport, shu jumladan, uning texnik va amaliy turlari bilan shugʻullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, Qurolli Kuchlarni jihozlash uchun keltirilayotgan zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar darajasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga tezkor va munosib ravishda eʼtibor qaratish zarurligini hamda chaqiruvgacha boʻlgan yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, unda mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish boʻyicha burch tuygʻusini shakllantirish borasidagi tadbirlar lozim darajada olib borilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan qator kamchiliklar mavjud, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportning mazkur turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning puxta tizimi yoʻlga qoʻyilmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport kadrlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimi joriy etilmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
terma jamoalarni tayyorlash va musobaqalar oʻtkazish uchun sport infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasi yetarli darajada rivojlanmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi, ayniqsa yosh avlod oʻrtasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha va fuqarolarni ommaviy texnik kasblarga sifatli tayyorlashni tashkil etish, sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha faoliyatni takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan 1-ilovaga muvofiq taʼlim muassasalari va avtodromlarni ularning asosiy vositalari, oʻquv va moddiy-texnik bazasi bilan birgalikda mulk qilib davlatga begʻaraz berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taʼlim muassasalari va avtodromlarni ularning asosiy vositalari, oʻquv va moddiy-texnika bazasi bilan birga operativ boshqarish huquqi asosida qabul qilib olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — mudofaa ishlari boshqarmalari) huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markazlarini (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash (pul taʼminoti) sharoitlariga koʻra mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz fuqaro xodimlarining ish haqi mudofaa ishlari boshqarmalarining fuqaro xodimlari uchun belgilangan tartib va meʼyorlarda toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mudofaa ishlari boshqarmalari Markazlarda tayyorgarlikdan, qayta tayyorgarlikdan oʻtgan va malakasini oshirgan avtomototransport vositalari haydovchilarining, shuningdek, ommaviy texnik kasblarning boshqa mutaxassislarining hisobini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlar faoliyati tashkil etilgunga qadar chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash amaldagi tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Markazlarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomototransport vositalarining haydovchilarini, shuningdek, ommaviy texnik kasblarning boshqa mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga pullik xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomototransport vositalari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy texnik kasblarning boshqa mutaxassislarini tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining oʻquv va moddiy-texnik bazasidan begʻaraz foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga Markazlarning pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish, keyinchalik ular boʻyicha toʻlangan foizlardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash faoliyatini amalga oshirish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining moddiy-texnik bazasini qurish, taʼmirlash, mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — “Vatanparvar” MKT) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar va fuqarolarni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga masʼuliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuygʻularini singdirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirilishi va ommalashtirilishini taʼminlash, sport tashkilotlari va jamoalari faoliyatiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalar, oʻsmirlar va chaqiruvgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida ommaviy sport ishlarini tashkil etish va oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar va fuqarolarni mudofaa sohasidagi boshlangʻich bilimlarga oʻqitishda va ularni harbiy xizmatga tayyorlashda davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomototransport vositalari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy texnik kasblar mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shunday yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-3898-son qarori bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy komissiyalari zimmasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Vatanparvar” MKTga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda unga yaqindan koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tashkil etish, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar samaradorligini oʻrganish, mavjud muammolarni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish majburiyati yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasidagi faoliyatni takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “Vatanparvar” MKT bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar orasida ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga masʼuliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuygʻularini tarbiyalash, mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish boʻyicha yuksak burch tuygʻusini shakllantirish borasidagi ishlarni kuchaytirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan turli sport va boshqa tadbirlarni, festivallar va tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazishni kengaytirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamon talablarini hisobga olgan holda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish hamda yoshlar va fuqarolarda yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy bazasini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportning texnik va amaliy turlari murabbiylari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy va xalqaro musobaqalarning gʻolib va sovrindorlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, sportning texnik va amaliy turlari murabbiylari va mutaxassislarini ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportning texnik va amaliy turlarining zamonaviy moddiy-texnik va oʻquv-mashq bazasini yaratish, shuningdek, sport anjomlari va uskunalarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish, yoshlarni seksiyalar va toʻgaraklarga faol jalb etish, ularning ommabopligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga innovatsion texnologiyalarni, shuningdek, sportchilarni tayyorlashning oʻquv-mashq jarayoniga ilgʻor uslublarni joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki, “Vatanparvar” MKT huzuridagi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha yuqori malakali sportchilarni tayyorlaydigan muassasa hisoblanib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportning texnik va amaliy turlari bilan shugʻullanish uchun zarur sport koʻnikmalariga ega iqtidorli va istiqbolli bolalarni sinchkovlik bilan tanlab olish, ularda tanlangan sport turi boʻyicha qobiliyatni, sport salohiyatini, kasbiy koʻnikma va mahoratni rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning terma jamoalari uchun sport zaxirasi va yuqori toifali sportchilarni tayyorlash boʻyicha eng yangi ilmiy-metodik tavsiyalar hamda yutuqlar asosida oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport zaxirasi va yuqori toifali sportchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish uchun zamonaviy infratuzilmani tashkil etish hamda malakali murabbiylar tarkibini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportchilar va murabbiylarning kasbiy mahoratini oshirish sohasida muntazam asosda tajriba almashishni tashkil etish orqali xorijiy sport muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari ikki oy muddatda “Vatanparvar” MKTning texnik va amaliy sport turlari hududiy markazlari faoliyatini tashkil etish uchun boʻsh yotgan binolarning tekin foydalanish huquqi asosida ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga umumiy qabul kvotalari doirasida sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash uchun kvotalar koʻzda tutiladi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda (Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatida) birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻrinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilariga tegishli oliy taʼlim muassasalariga taʼlimning ushbu sohadagi yoʻnalishlarga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida shartnoma asosida sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha sport tashkilotlarining seksiya va toʻgaraklari mutaxassislari va oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etilsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, “Vatanparvar” MKT va Oʻzbekiston Parashut sporti federatsiyasining parashut sporti boʻyicha sport seksiyalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Parashut sporti federatsiyasi va “Vatanparvar” MKT bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda parashut sportini rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash va ommalashtirish, fuqarolarning mazkur sport turiga qiziqishini shakllantirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parashut sporti boʻyicha sport seksiyalarining aviatsiya va havo-desant komplekslari, parashut tizimlari, anjomlar va trenajerlar bilan, shuningdek, oʻquv-metodik va koʻrgazmali qurollar bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Vatanparvar” MKT markazlari va taʼlim muassasalari negizida fuqaro yoshlarni “parashutchi” mutaxassisligi boʻyicha tayyorlashni tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Vatanparvar” MKT bilan birgalikda bir oy muddatda sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirishning media-rejasini tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashhur sportchilar, murabbiylar va mutaxassislar ishtirokida telekoʻrsatuvlar tayyorlash va namoyish etish, shuningdek, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi sport federatsiyalari (uyushmalari) va tashkilotlarining faoliyatini yoritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotsiologik soʻrovlar va tadqiqotlar, reklama kampaniyalari va ijtimoiy roliklar namoyishini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teleradiokanallarda, jumladan, mavzu boʻyicha studiyadagi va sayyor turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar, tok-shou koʻrsatuvlari orqali sportning texnik va amaliy turlari bilan shugʻullanish masalalari boʻyicha keng tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmogʻida axborot materiallarini joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportning texnik va amaliy turlari bilan faol shugʻullanishga aholini jalb etish uchun parklar, ommaviy dam olish joylari, soʻqmoqlar, trassa va yoʻlaklar imkoniyatlaridan foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramovga:
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklangan vazifalarning lozim darajada bajarilishi boʻyicha vazirlik va idoralarni muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu qarorning bajarilishini muntazam koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportchilarning xalqaro sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etishini taʼminlash, sport uskunalari va anjomlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanovga — chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklarga tayyorlash markazlari faoliyatini lozim darajada tashkil etish va mamlakatda parashut sportini rivojlantirish yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga — ushbu “Yoʻl xaritasi” va Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha inshootlarning uzluksiz ishlashini taʼminlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va lozim darajada jihozlash yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlarning oʻquv muassasalari, avtodromlari, oʻquv va moddiy-texnik bazasini taʼminlash va rivojlantirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Vatanparvar” MKT huzuridagi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazining alohida shtat birliklarini taʼminlash boʻyicha xarajatlarni, shuningdek, bu bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni moliyalashtirishga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 12-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4061-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4061-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining barcha asosiy vositalari, oʻquv va moddiy-texnik bazasi bilan birgalikda davlatga begʻaraz berilayotgan taʼlim muassasalari va avtodromlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Nomi

Yuridik manzili

1.

Nukus avtomobil maktabi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Qoraqalpogʻiston koʻchasi, 171-uy

2.

Avtodrom

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Oʻroq-bolgʻa qoʻrgʻoni

3.

Andijon birlashgan texnika maktabi

Andijon viloyati, Andijon shahri, Tinchlik koʻchasi, 9-uy

4.

Avtodrom

Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani, Xidirsho” MFY

5.

Buxoro avtomobil maktabi

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, A. Yassaviy koʻchasi, 5-uy

6.

Avtodrom

Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Xargush mavzesi

7.

Guliston avtomobil maktabi

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Stroitel koʻchasi, 5-uy

8.

Avtodrom

Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Ishonch suv xoʻjaligi uyushmasi

9.

Jizzax avtomobil maktabi

Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 10-uy

10.

Avtodrom

Jizzax viloyati, Sh. Rashidov tumani,Gandumtosh” MFY

11.

Jomboy avtomobil maktabi

Samarqand viloyati, Jomboy tumani, A. Qurbonov koʻchasi, 3-uy

12.

Qarshi avtomobil maktabi

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Jayxun koʻchasi, 2-uy

13.

Avtodrom

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Otchopar” MFY

14.

Namangan avtomobil maktabi

Namangan viloyati, Namangan shahri, I. Buxoriy koʻchasi, 1-uy

15.

Navoiy avtomobil maktabi

Navoiy viloyati, Navoiy shahri, S. Ayniy koʻchasi, 63-uy

16.

Avtodrom

Navoiy viloyati, Karmana tumani, Karnab” posti

17.

Termiz avtomobil maktabi

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Oytumor koʻchasi, 4-uy

18.

Avtodrom

Surxondaryo viloyati, Termiz tumani,Limonzor” suv xoʻjaligi uyushmasi

19.

Urganch birlashgan texnika maktabi

Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xonqa koʻchasi, 47-uy

20.

Avtodrom

Xorazm viloyati, Urganch tumani, Chalish qoʻrgʻoni

21.

Fargʻona birlashgan texnika maktabi

Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Yoshlik koʻchasi, 18-“B” uy

22.

Avtodrom

Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Aeroport koʻchasi, 13-uy

23.

Yangiyoʻl avtomobil maktabi

Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Samarqand koʻchasi, 47-uy

24.

Avtodrom

Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Qoʻshyogʻoch qoʻrgʻoni

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4061-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasidagi faoliyatni takomillashtirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl xaritasi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Ijro uchun masʼullar

I. Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash Markazlari faoliyatini tashkil etish

1.

Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlashning yangi tartibini joriy etishni nazarda tutadigan “Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun

2019-yil
1-fevralga qadar

Mudofaa vazirligi (A. Azizov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov)

2.

Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibi, muddatlari va moliyalashtirish mexanizmlarini muvofiqlashtiruvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil
1-fevralga qadar

Mudofaa vazirligi (A. Azizov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov)

3.

Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash Markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) faoliyatini tashkil etish va bunda quyidagilarni nazarda tutish:

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashining (keyingi oʻrinlarda — “Vatanparvar” MKT) davlat tasarrufiga oʻtkaziladigan mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish va roʻyxatini tuzish;

mol-mulklarni operativ boshqaruv huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga topshirish;

Markazlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash;

Markazlarni zarur oʻquv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari bilan jihozlash;

Markazlarni yuqori malakali, topshirilgan vazifalarni yetarli darajada bajara oladigan kadrlar bilan toʻldirish;

Markazlar faoliyati samaradorligini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, maqsadli koʻrsatkichlarga erishish ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
1-fevralga qadar

Mudofaa vazirligi (A. Azizov),

Davlat raqobat qoʻmitasi (N. Sharipov),

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

II. Yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy-vatanparlik ruhida tarbiyalash boʻyicha faoliyatni takomillashtirish

4.

“Vatanparvar” MKT faoliyati samaradorligini:

baholashning yagona mezonlari, koʻrsatkichlarini aniq va tezkor qayd etish tizimi, sifat standartlarini shakllantirish;

yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha dasturlarni amalga oshiradigan quyi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish orqali yanada oshirish.

“Vatanparvar” MKT Markaziy kengashi qarori

2019-yil
1-fevralga qadar

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan sport va boshqa tadbirlar, festival va koʻrik-tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Madaniyat vazirligi
(B. Sayfullayev),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov)

6.

Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy usullaridan keng foydalanish:

veb-texnologiyalar qoʻllash koʻlamini kengaytirish, “Vatanparvar” MKT faoliyatini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish;

efirning qulay vaqtlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, Vatanga muhabbat, mehnatga boʻlgan masʼuliyatni hamda harbiy xizmatga hurmatni oshirishga qaratilgan tele va videoroliklar, kinofilmlar namoyishini tashkil etish.

Tashkiliy-maʼrifiy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi(A. Xodjayev),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
(A. Koʻchimov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Mudofaa vazirligi (A. Azizov),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov)

III. Avtomototransport vositalari haydovchilari hamda ommaviy texnik kasblar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishni yanada takomillashtirish

7.

“Vatanparvar” MKT oʻquv muassasalarida avtomototransport vositalari haydovchilari hamda ommaviy texnik kasb xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yangi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oʻquv dasturlari

2019-yil
1-iyunga qadar

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Aholining keng qatlamlari orasida yoʻl-transport hodisalarini oldini olishga hamda yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish va tadbirlar oʻtkazish.

Tashkiliy-maʼrifiy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Ichki ishlar vazirligi(P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“Vatanparvar” MKT oʻquv muassasalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

oʻquv jarayoniga innovatsion texnologiyalar va uslublarni tatbiq etish, zamonaviy oʻquv-moddiy bazani yaratish;

Chora-tadbirlar dasturi

Ishlab chiqish —

2019-yil
1-fevralga qadar

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

oʻquv jarayonini rejalashtirish avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy qilish;

animatsion elektron oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yaratish hamda butun oʻquv jarayonini qamrab oluvchi videokontentni shakllantirish;

oʻquv muassasalarini avtomototransport vositalarini boshqarish koʻnikmalarini yanada sifatli oʻzlashtirishga yordam beruvchi zamonaviy elektron avtotrenajerlar bilan jihozlash;

oʻqishga boʻlgan jozibadorlikni oshirish, taqdim etilayotgan xizmatlarning ochiqligi, ommabopligi, asoslanganligini taʼminlovchi mexanizmlarni tatbiq etish.

Amalga oshirish —

2019 — 2021-yillar davomida

10.

Korxona, muassasa va tashkilotlar kadrlar xizmatlari, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish Markazlari bilan muntazam ravishda hamkorlik qilish orqali “Vatanparvar” MKT oʻquv muassasalarida tayyorlanadigan mehnat bozoridagi yuqori talab etilayotgan mutaxassisliklar roʻyxatini yanada kengaytirish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Sh. Kudbiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

11.

“Vatanparvar” MKT oʻquv muassasalarining pedagog kadrlarini oʻquv dasturlari hamda turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish boʻyicha qoʻllanmalarni oʻz ichiga olgan texnologik xaritalar bilan taʼminlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil
1-aprelga qadar

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi(I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi(Sh. Sadikov.), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv qoʻllanmani (jumladan elektron koʻrinishda) ishlab chiqish.

Oʻquv qoʻllanma

2019-yil
1-aprelga qadar

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),

Mudofaa vazirligi (A. Azizov),

Ichki ishlar vazirligi(P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

“Vatanparvar” MKTning texnik mutaxassisliklar boʻyicha oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro ilmiy-tadqiqot va konstruktor ishlanmalarini olib borish masalalari boʻyicha yaqin hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi(I. Madjidov), Fanlar Akademiyasi(B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi(I.Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4061-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chora-tadbirlar dasturi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish

1.

Manfaatdor vazirliklar, idoralar va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) oʻrtasida sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha memorandumlar tuzish.

Memorandumlar

2019-yil

1-mayga qadar

Jismoniy tarbiyava sport vazirligi (D. Nabiyev),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), “Vatanparvar” MKT(R. Niyazov),
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov)

2.

Qonunchilikka avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda (Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatida) birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻrinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilariga tegishli oliy taʼlim muassasalariga taʼlimning ushbu sohadagi yoʻnalishlariga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilish huquqini berishga yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil

1-fevralga qadar

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov)

3.

Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha musobaqalarni tashkil qilish va oʻtkazish uchun meʼyoriy hujjatlarni hamda sport texnikasi va inshootlariga boʻlgan talablarni ishlab chiqish.

Meʼyoriy hujjatlar

2019-yil

1-sentabrga qadar

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Respublikaning har bir hududida mavjud sport salohiyati, sport rezervlari, murabbiylar tarkibi va moddiy-texnik jihozlanganlikdan kelib chiqqan holda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Meʼyoriy

hujjat

Ishlab chiqish
va tasdiqlash —
2019-yil
1-iyunga qadar

Amalga oshirish–
2019 — 2021-yillar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar, murabbiylar va sportchilar faoliyatining samaradorligini baholash koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqish va joriy qilish.

Meʼyoriy

hujjat

2019-yil

1-mayga qadar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov)

II. Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha murabbiylar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish

6.

Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha mutaxassislar uchun tajriba almashish va malaka oshirish boʻyicha yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda seminarlar, kurslar hamda mahorat darslarini tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi

(D. Nabiyev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
“Vatanparvar” MKT
(R. Niyazov),

Milliy olimpiya qoʻmitasi (U.Axmadjonov)

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sportning texnik va amaliy turlari hududiy markazlari (keyingi oʻrinlarda-markazlar) negizida seksiyalar va toʻgaraklar rahbarlari uchun oʻquv-uslubiy seminarlar va mashgʻulotlar tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

“Vatanparvar” MKT
(R. Niyazov)

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida shartnoma asosida sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha sport tashkilotlarining seksiya va toʻgaraklari mutaxassislari va oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov)

9.

Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanmalar tayyorlash va nashr qilish.

Oʻquv-metodik qoʻllanma

2019 — 2021-yillar

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(D. Nabiyev),

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov)

III. Sportning texnik va amaliy trlari boʻyicha milliy va xalqaro musobaqalar gʻoliblari va sovrindorlarini ragʻbatlantirish hamda murabbiylar va mutaxassislarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash

10.

Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha quyidagilarni koʻzda tutuvchi toʻrt bosqichli sport musobaqalari tizimini joriy qilish:

I bosqich — sport seksiyalarining sportchilari oʻrtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar);

II bosqich — sport seksiyalari oʻrtasidagi musobaqalarda gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar);

III bosqich — tuman (shahar) sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar);

IV bosqich — hududiy sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar).

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Kalendar rejaga muvofiq doimiy

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari,

kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari,

homiylar

mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

11.

Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibiga kiritish uchun mamlakat hududlaridan tanlab olingan yosh iqtidorli sportchilar — milliy va xalqaro musobaqalar gʻoliblari va sovrindorlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-mayga qadar

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

12.

Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha yuqori sport natijalariga erishganOʻzbekiston Respublikasi milliy sport terma jamoalari va ularning zaxira sportchilari va murabbiylariga energetik sarflar oʻrnini toʻldirish va jismoniy resurslarini tiklash uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlashni taʼminlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

13.

Eng yaxshi trener, sportchi, sport hakami va boshqa mutaxassislar, shu jumladan sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilot rahbarlari va homiylar unvonini olish uchun Respublika tanlovini tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlar

Har yili

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

14.

Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha murabbiylar va mutaxassislarning ijtimoiy-maishiy va moddiy sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil

1-iyulga qadar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

IV. Sportning texnik va amaliy turlari uchun zamonaviy moddiy-texnik va oʻquv-mashq bazasini yaratish hamda sport anjomlari va uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish

15.

Markazlarni joylashtirish uchun Nukus, Guliston, Navoiy, Samarqand va Termiz, shaharlarida boʻsh turgan binolarni bepul foydalanish huquqi asosida ajratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-fevralga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimliklari, Davlat raqobat qoʻmitasi (N. Sharipov)

16.

Markazlarni joylashtirish uchun Nukus, Guliston, Navoiy, Samarqand va Termizshaharlarida ajratilgan binolarni kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha ishlarni tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2019–2020-yillar

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

“Vatanparvar” MKT
(R. Niyazov)

17.

2019-2020-yillar uchun sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik va oʻquv-mashq bazasini rivojlantirishning Kompleks dasturni tasdiqlash, unda sport tashkilotlariga sport texnikasi va anjomlarini sotib olishni hamda ularni ishlab chiqarishni tashkil qilishni koʻzda tutish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil

1-sentabrga qadar

Mahalliy budjet mablagʻlari,
ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi(D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT

(R. Niyazov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

18.

Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha barcha mavjud sport inshootlarini pasportlashtirish ishlarini tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2019-yil

1-iyunga qadar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

19.

Sportning texnik va amaliy turlari uchun sport anjomlari va uskunalarini ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish.

Oʻrganish natijalari boʻyicha sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish uchun zarur sport anjomlari va uskunalari roʻyxatini shakllantirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil

1-mayga qadar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),
Iqtisodiyot vazirligi
(B. Xodjayev),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

V. Sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish, yoshlarni seksiyalar va toʻgaraklarga faol jalb qilish, ularning ommabopligini taʼminlash

20.

Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha faol mashgʻulotlar uchun parklar, shahar tashqarisidagi maydonlar, ommaviy dam olish joylari, shu jumladan soʻqmoqlar, trassalar va yoʻlaklar imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019 — 2021-yillar

Madaniyat vazirligi
(B. Sayfullayev),
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi

(D. Nabiyev),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov)

21.

Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlarning xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019 — 2021-yillar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(D. Nabiyev),
Tashqi ishlar vazirligi (A Kamilov),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov)

22.

Mamlakatda sportning texnik va amaliy turlari rivojlanishi, sportning ushbu turlariga aholi turli toifalari, eng avvalo, yoshlar oʻrtasida talab va takliflar nisbati monitoringini oʻtkazish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil

1-avgustga qadar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(D. Nabiyev),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov)

23.

Sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish va targʻib qilish media-rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.

Media-reja

2019-yil

1-dekabrga qadar

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov),
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev)

24.

Ommaviy axborot vositalarida sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar faoliyatini keng yoritish, bosma nashrlarda va internet-resurslarda maqolalar eʼlon qilish hamda telekoʻrsatuvlar tayyorlash va videoroliklarni joylashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov)

25.

Qoʻshimcha seksiyalar va toʻgaraklar ochish yoʻli bilan bolalarni va yoshlarni, mehribonlik uylari va maktab-internatlar tarbiyalanuvchilarini hamda voyaga yetmaganlarni sportning texnik va amaliy turlari bilan shugʻullanishga jalb qilish uchun aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

Doimiy

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(X. Umarova),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

26.

Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha sifatli sport zaxirasini saralash va shakllantirishni amalga oshirish maqsadida bolalar-oʻsmirlar musobaqalarini va turnirlarini tashkil qilish va oʻtkazish.

Kalendar reja

2019 — 2021-yillar

Ijrochilar va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

VI. Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga innovatsion texnologiyalarni hamda sportchilarni tayyorlashning oʻquv-mashq jarayoniga ilgʻor usullarni joriy etish

27.

Oliy natijalar sportini rivojlantirish va oʻquv-mashq jarayoni texnologiyalarini takomillashtirish hamda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha terma jamoalarni tayyorlash masalalari boʻyicha ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etilgan adabiyotlarni sport tashkilotlari, federatsiyalari (assotsiatsiyalari) oʻrtasida taqsimlash.

Tashkiliy tadbirlar

2019 — 2021-yillar

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

28.

Yangi oʻq otish tirlarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiyalash, ularni zamonaviy uskunalar, kompyuter trenajyorlari va sport qurollari bilan jihozlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2019–2020-yillar

Ijrochilar
va buyurtmachilarning

oʻz mablagʻlari

“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

29.

Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalarini tayyorlashning ilmiy-metodik taʼminotini amalga oshirish va oʻquv-mashq jarayonini takomillashtirish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish uchun yetakchi sport mutaxassislaridan kompleks ishchi guruhlar tuzish va ishchi guruhlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

15-martga qadar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

30.

Sportning texnik va amaliy turlari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishni faollashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-sentabrga qadar

Ijrochilar
va homiylarning

mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
Fanlar akademiyasi
(B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov),
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov),
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4061/2309-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)