24.11.2018 yildagi PF-5583-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oxirgi yillarda respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish sohasida keng koʻlamli ishlar olib borildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, tahlil shuni koʻrsatadiki, hozirgi paytda tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini samarali rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan qator salbiy omillar mavjud, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlaridagi yuridik shaxslarning amaldagi tashkiliy-huquqiy shakllari birgalikdagi biznesni yuritish uchun bir qadar murakkab tartib-taomillarni nazarda tutadi. Natijada ayrim investorlar yangi yuridik shaxs tashkil etmasdan oʻzlarining boʻsh mablagʻlarini ogʻzaki shartnoma yoki qarz shartnomasi asosida yagona hissaga yoʻnaltiradilar yoki birlashtiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, potensial investorlarni, ayniqsa, mustaqil ravishda tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etishga kirishmaydigan va oʻz mablagʻlarini biznes yuritish uchun taklif qiladigan xorijiy investorlarni faol jalb qilish uchun huquqiy baza va tashkiliy platforma mavjud emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, rivojlangan davlatlardan farqli ravishda Oʻzbekiston Respublikasida biznesni yuritish asosan tavakkalchilik bir joyda toʻplangan sharoitlarda amalga oshiriladi, yaʼni pul mablagʻlarini jamgʻarish va ularni boshqarish bilan ayni bir shaxslar shugʻullanadi. Tavakkalchilikni taqsimlash mexanizmlari hamda investitsiya aktivlarini professional boshqaruvchilarining mavjud emasligi xorijiy investorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishda salbiy taʼsir qilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi munosabatlarning haddan ziyod tartibga solinishi ular oʻrtasida sherikchilik munosabatlarining rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda, buning natijasida biznesni yuritish va investitsiyalarni jalb qilishning zamonaviy prinsiplari amaliyotga asossiz ravishda sekin tatbiq etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Innovatsion gʻoyalar, startaplar, venchur loyihalarni moliyalashtirish, ilmiy-texnik ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq qilishni tezlashtirish va innovatsion mahsulotlarni xalqaro bozorga chiqarish tizimining barqaror zanjirini yaratish va rivojlantirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining investorlar, ayniqsa xorijiy investorlarning investitsiya hissalarini tezkor va samarali jalb etish maqsadida investitsiya va boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish amaliyotini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya kompaniyasi keyinchalik innovatsion va boshqa istiqbolli loyihalarga kiritish uchun malakali investorlarning investitsiya hissalarini shakllantirish va jamlash bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti hisoblanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv kompaniyasi investitsiya kompaniyasining investitsiya hissasini ular oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqaradigan tijorat tashkiloti hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
venchur fondi jamlangan pul mablagʻlarini faqatgina yuqori xavfli venchur loyihalariga investitsiya qilish uchun moʻljallangan, boshqaruv kompaniyasi boshqaruvidagi investitsiya kompaniyasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malakali investorlar milliy valyutada va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hissa kiritilgan kundagi kursi boʻyicha xorijiy valyutada 500 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdordagi investitsiya hissalarini investitsiya kompaniyalariga kiritgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy shaxslar hisoblanadi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya hissalari malakali investor tomonidan investitsiya kompaniyasiga investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan va investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga ulush hisoblanmaydigan investitsiyalar hisoblanadi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv va investitsiya kompaniyalari, agar qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda tutilgan boʻlmasa, har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar, davlat organlari, shuningdek siyosiy partiyalar, notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy tashkilotlar boshqaruv kompaniyasining taʼsischilari boʻlishi mumkin emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyati litsenziyalanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv kompaniyasi oʻzining taʼsis hujjati va qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tarkibda va tartibda ichki audit xizmatini tashkil etishga majbur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya kompaniyalari, boshqaruv kompaniyalari va malakali investorlar oʻrtasidagi munosabatlar faqatgina shartlari ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi, shu jumladan birgalikdagi faoliyat jarayonida paydo boʻladigan nizolarni hal qilish shakli va usullarini tanlash erkin boʻlgan shartnoma asosida tartibga solinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya kompaniyalari zayomlar, shu jumladan garov taʼminoti bilan yoki garov taʼminotisiz foizsiz zayomlar berish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya kompaniyasi oʻzining taʼsis hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili tashqi audit oʻtkazilishini tashkil etishga majbur;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyatini monitoring qilish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan quyidagilar 2023-yil 1-yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, barcha turdagi soliq toʻlashdan ozod qilingan:
(4-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyat mezonlari, turlarini belgilash va ularni, shu jumladan venchur moliyalashtirishni amalga oshirishdagi monitoringi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda investitsiya va boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish, shuningdek, ular faoliyatiga investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha doimiy ravishda keng tushuntirish va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda investitsiya va boshqaruv kompaniyalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Farmonning 2 — 4-bandlari yangi tuzilgan investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oʻrganish va baholash uchun tajriba tariqasida 2024-yil 1-yanvargacha amal qiladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-yanvargacha tashkil etilgan hamda oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan investitsiya va boshqaruv kompaniyalari oʻz faoliyatlarini belgilangan tartibda davom ettirishlari mumkin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika boʻyicha qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili, 1-dekabrga qadar, yangi tashkil etilgan boshqaruv va investitsiya kompaniyalari faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotni;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-yanvarga qadar muddatda, shu jumladan boshqaruv va investitsiya kompaniyalari, shuningdek, malakali investorlarning investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi “Sherikchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-yanvarga qadar muddatda keyinchalik tegishli qaror qabul qilish uchun oʻtkazilgan eksperiment natijasi boʻyicha takliflarni kiritsin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 24-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5583-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 06/18/5583/2221-son; 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)