O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda sudyalarga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 78-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
“Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son va “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son, “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”.
“Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq”;
uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti,” so‘zlari “prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,” so‘zlari bilan almashtirilsin.
“Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risida NIZOM”;
“1. Mazkur Nizom “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son, “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son,”Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq tijorat banklari tomonidan sudyalarga, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda sud organlari deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi”;
ikkinchi xatboshiga “sudyalariga (keyingi o‘rinlarda sudyalar deb ataladi)” so‘zlaridan keyin “sud organlari” so‘zlari qo‘shilsin;
“12. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan dastlabki badalni o‘tkazish uchun sudya, sud organlari xodimi ish joyida tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti direktori (keyingi o‘rinlarda sud organi rahbari deb ataladi) nomiga qarz berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Sudya, sud organlari xodimi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish to‘g‘risidagi ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
sudyaning, sud organlari xodimining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan ma’lumotnomalar yoki sudyaning, sud organlari xodimining va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
sudyaning, sud organlari xodimining oilasi tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma va uning pasporti nusxasi;
sudyani, sud organlari xodimini tayinlash (saylash) to‘g‘risidagi tegishli qaror (buyruq)ning nusxasi”;
“14. Sud organi rahbarining iltimosnomasi va ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) o‘rganish va tekshirish natijalariga ko‘ra Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashiga dastlabki badal uchun qarz berish mumkinligi to‘g‘risida xulosa kiritadi.
15. Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi sud organi rahbarining iltimosnomasini, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish to‘g‘risidagi arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va Departamentning xulosasini ko‘rib chiqib arizani qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Departament tomonidan xulosa berish va Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan qaror qabul qilish muddati sud organi rahbari tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish to‘g‘risidagi ariza va ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar ilova qilingan iltimosnoma taqdim etilgan kundan boshlab o‘n besh ish kunidan oshmasligi kerak”;
“16. Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Departament bu to‘g‘rida zudlik bilan sud organi rahbarini yozma ravishda xabardor qiladi va sudya yoki sud organi xodimi bilan qarz shartnomasi tuziladi”;
“18. Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda Departament bu to‘g‘rida zudlik bilan sud organi rahbarini yozma ravishda xabardor qiladi. Xabarnomada mablag‘ berishni rad etish sabablari ko‘rsatilishi kerak.
sudya yoki sud organi xodimi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lsa;
Sud organi rahbari Departamentdan xabarnoma olingan kundan boshlab bir kun muddatda sudyaga yoki sud organi xodimiga Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi qarorini yetkazadi”;
beshinchi xatboshiga “tayinlash (saylash) to‘g‘risidagi tegishli qarorning” so‘zlaridan keyin “sud organlari” so‘zlari qo‘shilsin;
“28. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun ipoteka krediti berish tijorat banki tomonidan sudya, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi nusxasi ilova qilingan holda sudyaning, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining yozma topshiriqnomasi asosida, sotuvchining (mulkdorning) omonat hisob raqamiga pul mablag‘larini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi”;
nomida “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bandining birinchi xatboshisida “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“3. Sudyaga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimiga pul kompensatsiyasi to‘lash sudya, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimi tayinlangan joyga kelgandan (saylangandan) keyin uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sudyaga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimiga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari to‘xtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi to‘lash to‘xtatiladi”.
“4. Sudyaga va sud organlari xodimiga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki ular uy-joy sotib olganda ular bir hafta muddatda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tegishli hududiy bo‘limi (keyingi o‘rinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida ariza berishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimiga xizmat turar joyi berilgan yoki u Toshkent shahrida turar joy sotib olgan taqdirda u bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi moliya-xo‘jalik departamentiga (keyingi o‘rinlarda tegishli organ deb ataladi) pul kompensatsiyasi to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida ariza beradi.
Prokuratura organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan (saylangan) joyida uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturasi hamda ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Davlat soliq xizmati organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan joyda uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri Davlat soliq boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Davlat bojxona xizmati organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan joyda uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Milliy kinologiya markazi (keyingi o‘rinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida ariza berishi shart”.
“6. Sudya, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari xodimlari va prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini ko‘rsatgan holda tegishli organ rahbariga ariza beradi”;
“sudyani, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimini tayinlash (saylash) to‘g‘risidagi qarorning nusxasi, sud organlari xodimini, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi”.