31.10.2018 yildagi PF-5566-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining yaqin hamkorligi asosida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalashni taʼminlash boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur faoliyatda mamlakatdagi kriminogen vaziyatni oʻta aniqlikda belgilash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha amaldagi mexanizmlarning dolzarb muammo va kamchiliklarini aniqlash, shuningdek, ularni takomillashtirishning har tomonlama oʻylangan istiqbollarini ishlab chiqish imkonini beruvchi jinoiy-huquqiy statistikani yuritish va jinoyatlarni tahlil qilishning samarali tizimini joriy etish muhim oʻrin egallaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, jinoyatchilik holati statistikasini yuritish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, tizimli tahlil va sifatli nazoratni yoʻlga qoʻyish, prokuror nazoratini amalga oshirishda maʼlumotlarning aniq, ishonchliligi va yanada malakali qayta ishlashni taʼminlovchi zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash boʻyicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoiy-huquqiy statistika tizimini takomillashtirish, jinoyatlar hisobini yuritishning shaffofligini taʼminlash, shuningdek, ularning sodir etilishi sabablarini maqsadli tahlil qilish yoʻli bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 06/21/6196/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bosh prokuratura va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Yagona axborot tizimi deb yuritiladi) joriy etish taklifiga rozilik berilsin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistik kartochkalarning elektron shakllarini tuzish orqali jinoyat ishlari, tergovga qadar tekshiruv materiallari, sud muhokamalari hamda sud qarorlari ijrosi natijalari, shuningdek, ayblanuvchi va jabrlanuvchi tariqasida jalb etilgan ishtirokchilar boʻyicha maʼlumotlarning yagona hisobini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
prokuratura, sud va boshqa davlat organlari oʻrtasida dastlabki tergov va surishtiruv organlarining elektron maʼlumot almashuv shaklini, shu jumladan, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish yoʻli bilan joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy-huquqiy statistikani yuritish tartib-taomillarini optimallashtirish va uni shakllantirish jarayonida inson omilini istisno etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan, ochilgan jinoyatlar yoki tergovning boshqa natijalari, shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxslar boʻyicha statistik maʼlumotlar elektron statistik kartochka shakllantiriladigan Yagona axborot tizimiga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyat ishlari hamda tergovga qadar tekshiruv materiallariga tartib raqamlari Yagona axborot tizimiga tegishli statistik maʼlumotlar kiritilgandagina beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud muhokamasi hamda sud qarorlari ijrosining natijalari, shuningdek, ayblanuvchi va jabrlanuvchi sifatida jalb etilgan shaxslar boʻyicha maʼlumotlar sudlar va sud qarorlari ijrosini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan elektron statistik kartochkalarni toʻldirish yoʻli bilan shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona axborot tizimida axborot almashuv mavjud maʼlumotlarni ruxsatsiz koʻrishga imkon bermaydigan, himoyalangan aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bosh prokuratura:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 10-yanvardan Yagona axborot tizimining sinov versiyasini, 2019-yil 1-martdan toʻliq versiyasini ishga tushirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona axborot tizimining boshqa axborot tizimlari bilan doimiy kuzatuvi va integratsiyalashuvi, uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Yagona axborot tizimining sinov versiyasi ishga tushirilishiga qadar hujjatlarning qogʻoz shaklidan, tizimning toʻliq versiyasi ishga tushirilishiga qadar — bir vaqtning oʻzida hujjatlarning qogʻoz va elektron shakllaridan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimini joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Yagona axborot tizimining ishlab chiqilishi, faoliyat koʻrsatishi va modernizatsiya qilinishi, shuningdek, undan foydalanish uchun zarur boʻlgan uskunalar, kompyuterlar, IP-telefoniya texnikalari, texnik vositalar, dasturiy taʼminot va boshqa moddiy-texnika vositalarini xarid qilish Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan istisno tariqasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazmagan holda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-oktabrga qadar oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlarga muvofiq bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilingan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyat ishlari, tergovga qadar tekshiruv materiallari, ishlarning suddagi muhokamalari va sud qarorlarining ijrosi natijalari, shuningdek, ayblanuvchi va jabrlanuvchi tariqasida jalb etilgan ishtirokchilar boʻyicha maʼlumotlarning Yagona axborot tizimiga oʻz vaqtida kiritilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi soʻroviga koʻra, axborot tizimlari va manbalarining jinoiy-huquqiy statistika maʼlumotlarini toʻlaqonli shakllantirish va Yagona axborot tizimining ishlashi uchun zarur boʻlgan integratsiyalashuvni taʼminlasin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 06/21/6196/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bosh prokuratura tuman (shahar) prokurorlari rahbarligida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan, jinoyatchilik sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qiladigan ekspert-tahlil guruhlarining faoliyatini tajriba tariqasida Shayxontohur tumanida, 2019-yil 1-fevraldan boshlab — Toshkent shahrining boshqa tumanlarida, 2019-yil 1-iyuldan boshlab — oʻtkazilgan tajriba natijalarini inobatga olgan holda respublikaning barcha hududlarida yoʻlga qoʻysin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 06/21/6196/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 06/21/6196/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagi majburiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida saqlab qolinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarining Davlatlararo axborot bankiga huquqiy statistik maʼlumotlarni taqdim etish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 06/21/6196/0240-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yilning 1-yanvariga qadar hisobot davrlarida toʻplangan huquqiy statistik maʼlumotlar arxivini saqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tezkor-maʼlumotlar boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni va uning yangilangan tuzilmasini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuraturada, shu jumladan, uning yangi tuzilayotgan boʻlinmalarida shakllantirilayotgan shtat birliklarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligining Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar bosh markazi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan (belgilangan boshqa qoʻshimcha va ustama haqlardan qatʼi nazar) lavozim maoshining 30 foizi miqdorida oylik ustama toʻlanadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda mazkur Farmonga muvofiq Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bosh prokuratura:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda yangi tuzilayotgan boʻlinmalar va kiritilayotgan shtat birliklarining mebel, aloqa vositalari va boshqa zarur moddiy-texnik resurslar bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda prokuratura organlarining yangi tuzilayotgan boʻlinmalarini, avvalo, tugatilayotgan ichki ishlar organlari axborot markazlari xodimlari hisobidan, malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yilning birinchi yarim yillik yakunlariga koʻra mazkur Farmon ijrosi samaradorligini oʻrgansin hamda zarurat boʻlganda, jinoiy-huquqiy statistika tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 31-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5566-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5566-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(koʻchirma)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5019-sonli Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “5 110 nafar” soʻzlari “5 363 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami prokuror-tergov xodimlari shtat birligi ― 364 ta”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Harbiy prokurorning kadrlar boʻyicha katta yordamchisi (yordamchisi) 2” bloki “Kadrlar boʻlimi 2” bloki bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Harbiy prokurorning milliy xavfsizlik organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻyicha katta yordamchisi (yordamchisi) 2” bloki “Harbiy prokurorning Davlat xavfsizlik xizmati organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻyicha katta yordamchisi (yordamchisi) 2” bloki bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-sonli Farmoni 4-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish, shuningdek hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlari boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“energiya resurslari isteʼmolini hisobga olish tizimi va asboblarini koʻzdan kechirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Belgilansinki, mazkur band talablari toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlash Byuro va uning hududiy boʻlinmalariga yuklatilgan boshqa koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarga ham tatbiq etiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 8-maydagi PF-5438-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“jinoyatlarning sodir etilishi sabab va sharoitlarini oʻrganish va diagnostika qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi holatini tahlil qilish, shu jumladan alohida turdagi jinoyatlarning oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoyatchilik holati oʻzgarishini kriminologik prognoz qilish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini metodologik va konsultativ taʼminlash”;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2833-sonli qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-banddagi “25” raqami “22” raqami bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “lavozim maoshining” va “lavozim maoshi” soʻzlari tegishincha “ish haqi fondining” va “ish haqi fondi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“16. Dastlabki tanlov sinovlarining biridan yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻta olmagan nomzod ularni takroran topshirishiga qoʻyilmaydi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 26.03.2021-y., 06/21/6196/0240-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son; 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)