Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2014 02.03.1992 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2014
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida standartlash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-son Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan, standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash milliy respublika tizimini yaratish zaruriyatidan kelib chiqib, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari oʻrtasidagi xoʻjalik, savdo, ilmiy-texnikaviy va boshqa munosabatlarni saqlab qolish, jahon mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikdagi texnikaviy toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat standartlash tizimining ilova qilinayotgan Asosiy prinsiplari tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3—5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi Ustav va Nizom loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi 1992-yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat standartlash tizimini ishlab chiqsin va respublikaning manfaatdor tashkilotlari bilan birgalikda tasdiqlasin. Ushbu davlat tizimiga barcha vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, kichik va qoʻshma korxonalar, kooperativlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa xoʻjalik organlarining amal qilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 1992-yilning II choragida standartlarni, texnikaviy shartlarni va metrologiya qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qaror tasdiqlangunga qadar sobiq SSR Ittifoqining davlat boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan standartlarni, texnikaviy shartlarni va metrologiya qoidalarini buzganlik uchun sanksiyalarni qoʻllanish boʻyicha amaldagi huquqiy normalarga amal qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9, 10-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda standartlash ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1985-yil 7-yanvardagi 13-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1985-yil 22-fevraldagi 100-son qarori (OʻzSSR QT, 1985-y., 2-son, 6-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 2-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 2-martdagi 93-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STANDARTLASh TIZIMINING ASOSIY PRINSIPLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi oʻrinlarda mahsulotlar deb yuritaladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida isteʼmolchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarning oʻzaro bir-birining oʻrnini bosishini va bir-biriga monandligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xoʻjaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilashga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xoʻjaligi obyektlarining xavfsizligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati toʻgʻrisidagi toʻliq va ishonarli axborot bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻlchovlarning yagonaligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) maʼlum qilgan mahsulot sifati toʻgʻrisidagi koʻrsatkichlarni tasdiqlash.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Respublikada standartlashga doir ishlarni maqbul darajada tashkil etish, muvofiqlashtirish va taʼminlash funksiyasini quyidagilar amalga oshiradilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umuman Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha — Oʻzbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va qurilish industriyasi sohasida —loyihalash va konstruksiyalash ham shunga kiradi —Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilishni tartibga solish sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sanoati tomonidan ishlab chiqariladigan tibbiyot maqsadlaridagi mahsulotlar, tibbiyot texnikasi buyumlari, dori-darmonlar va tarkibida inson uchun zararli moddalar boʻlgan mahsulotlar sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur idoralar va Sogʻliqni saqlash vazirligi (birkitilgan sohalar boʻyicha) amaldagi respublika standartlarini va ularga kiritilgan oʻzgartishlarni koʻrib chiqadilar, tasdiqlaydilar, muddatini uzaytiradilar va bekor qiladilar. Respublika standartlarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish yuqorida qayd etilgan organlar tomonidan tasdiqlangan grafikka muvofiq amalga oshiriladi. Respublika standartlari, texnikaviy shartlari va ularga oʻzgartishlar, ularni tasdiqlash darajasidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligida davlat roʻyxatiga olinishi kerak.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash ishlariga umumiy metodik rahbarlikni Oʻzbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligi taʼminlaydi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Standartlar va texnikaviy shartlarni ishlab chiqish buyurtmachilari vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar hamda tegishli mahsulot (xizmatlar) turlarini ishlab chiqaruvchi va ulardan foydalanuvchi boshqa tuzilmalardir. Bu ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash buyurtmachilarning mablagʻi, shu jumladan, shartnoma asosida markazlashtiriladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Standartlash boʻyicha bazaviy tashkilotlar, standartlashtirish boʻyicha texnikaviy qoʻmita toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga muvofiq tashkil etiladigan standartlashtirish boʻyicha texnikaviy qoʻmitalar shuningdek, tegishli mahsulot (xizmatlar) turlarini ishlab chiqaruvchi yoki foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa tuzilmalar standartlar va texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchilar hisoblanadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Standartlar va texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchi tashkilotlar shu standartlar va texnikaviy shartlarda majburiy va tavsiya etiladigan talablarni nazarda tutishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulotlar, atrof muhit, aholi salomatligi va mol-mulkining xavfsizligini taʼminlash, mahsulotlarning texnikaviy va axborot jihatdan bir-biriga monandligi, resurslarni tejashi, oʻzaro almashuvchanligini, ularni nazorat qilish, tamgʻalash usullarining birligini taʼminlash uchun belgilanadigan talablar va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablar idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar davlat korxonalari, tashkilotlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar tomonidan rioya qilinishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import qilinadigan mahsulot, agar uning majburiy talablar borasida Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standartlarga muvofiqligi tasdiqlanmagan boʻlsa, yetkazib berilishi va foydalanishi mumkin emas.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tavsiya etiladigan talablarga mahsulotning isteʼmol va boshqa xususiyatlarini aks ettiruvchi talablar kiradi. Ularni qoʻllanish zaruriyatini tayyorlovchi va isteʼmolchi (buyurtmachi) shartnomalar tuzilayotganda belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgust 410-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Korxonalar, birlashmalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa xoʻjalik organlari korxonaning yangidan yaratiladigan va chiqariladigan mahsulotiga standart ishlab chiqishlari va tasdiqlashlari mumkin. Buning uchun davlatlararo va respublika standartlarining mahsulotga nisbatan nazarda tutilgan majburiy talablariga rioya etgan holda bunday standartlarning talablari davlatlararo va respublika standartlari koʻrsatkichlaridan ortiq boʻlishi yoki isteʼmolchilarning talablarini qondiradigan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar standartlarning talablari xalq xoʻjaligi talablarini qondiradigan boʻlsa, Oʻzbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligi tomonidan belgilangan tartibda xalqaro, mintaqa va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini respublika standartlari va texnikaviy shartlari sifatida qoʻllanishga yoʻl qoʻyiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)