Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3069]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir I. MADJIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 9-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-2018-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrugʻiga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oliy taʼlim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom 2018-2019 oʻquv yilida, shuningdek keyingi oʻquv yillarida oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda qoʻllaniladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda qoʻllanilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Talabalar oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari tomonidan birinchi mashgʻulotda mazkur Nizom talablari bilan tanishtirilishi shart.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Talabalar bilimini baholashda malakaviy amaliyot, kurs ishi, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistratura bosqichida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Nazorat turlari va baholash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli boʻlimi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikmalarini baholash maqsadida oʻquv mashgʻulotlari davomida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oraliq nazorat turi har bir fan boʻyicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2-martagacha oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq nazorat turini oʻtkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlarida 4 akademik soatdan) kam boʻlgan fanlar boʻyicha oraliq nazorat turi oʻtkazilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashgʻulotlari va mustaqil taʼlim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashgʻulotlardagi faolligi fan oʻqituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabani oraliq nazorat turi boʻyicha baholashda, uning oʻquv mashgʻulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida (tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlarida fan yakunida) tegishli fan boʻyicha talabaning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini oʻzlashtirish darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yakuniy nazorat turini oʻtkazish shakli tegishli fan boʻyicha kafedra tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yakuniy nazorat turi oliy taʼlim tashkilotlarining tegishli fakultet dekani yoki oʻquv-uslubiy boʻlim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlarida oraliq va yakuniy nazorat turlari obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov yoki obyektiv tizimlashtirilgan imtihon shakllarida oʻtkazilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Talabalar bilimini baholash mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (aʼlo) baho;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talaba olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talaba fan dasturini oʻzlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Nazorat turlarini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning oʻzlashtirishini xolis (obyektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Talabalar bilimini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oraliq nazorat turini oʻtkazish va mazkur nazorat turi boʻyicha talabaning bilimini baholash tegishli fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan professor-oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy nazorat turini oʻtkazish va mazkur nazorat turi boʻyicha talabaning bilimini baholash oʻquv mashgʻulotlarini olib bormagan professor-oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan professor-oʻqituvchi yakuniy nazorat turini oʻtkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy nazorat turini oʻtkazishda kelishuv asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotlarining tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchilari jalb qilinishi mumkin.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlarida oraliq va yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish, shuningdek talabalarning bilimini baholash tegishli kafedra mudiri tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tarkibi tegishli fan professor-oʻqituvchilari va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarning soha mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oliy taʼlim tashkilotida nazorat turlarini oʻtkazilishi tegishli oliy taʼlim tashkilotining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi tomonidan doimiy ravishda oʻrganib boriladi. Bunda nazorat turlarini oʻtkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, oʻtkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan oʻtkazilishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Talaba tegishli fan boʻyicha yakuniy nazorat turi oʻtkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan boʻlishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Bir kunda 1 tadan ortiq fan boʻyicha yakuniy nazorat turi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish kamida 2 kun oraligʻida belgilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan koʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy taʼlim tashkiloti rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2-martadan koʻp boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan oʻta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini oʻtkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Berilgan muddat davomida mavjud boʻlgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba boʻyicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy taʼlim tashkiloti rektorini (boshligʻini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrugʻi asosida kursdan qoldiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) oʻzlashtirmagan semestr boshidan toʻlov-kontrakt asosida mazkur oʻquv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan oʻquv rejaga muvofiq oʻqishni davom ettiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Baholash natijasidan norozi boʻlgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-oʻqituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Talaba baholash natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, baholash natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Talabaning apellyatsiyasini koʻrib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni oʻzlashtirgani yoki oʻzlashtira olmagani koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Baholash natijalarini qayd qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Talabalar bilimini baholash tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchi tomonidan Talabalarning fanlarni oʻzlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Professor-oʻqituvchi qoʻshimcha ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professor-oʻqituvchi Jurnalda talabaga qoʻyilgan baholarni shu kunning oʻzida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida oʻtkazilgan boʻlsa, bunda professor-oʻqituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan koʻp boʻlmagan muddatda Jurnalga qayd etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Nazorat turi boʻyicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (aʼlo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Talaba nazorat turi oʻtkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda Jurnalga “0” belgisi yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Jurnal tegishli fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan professor-oʻqituvchi, kafedra mudiri va fakultet dekani tomonidan imzolanadi hamda fakultet dekanatida saqlanadi. Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Talabalarning yakuniy nazorat turi boʻyicha baholari Jurnalga qayd etilganda, shu kunning oʻzida talabaning Baholash daftariga ham yozib qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Yakuniy nazorat turi boʻyicha talabaning bilimi “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan yoki Jurnalga “0” belgisi yozib qoʻyilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Jurnalning oʻz vaqtida, toʻgʻri va toʻliq yuritilishi, shuningdek undagi baho va boshqa maʼlumotlarga asossiz oʻzgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va tegishli fan boʻyicha professor-oʻqituvchi masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Tegishli oʻquv yili yakuni boʻyicha ishchi oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (aʼlo) baho bilan baholangan talaba oliy taʼlim tashkiloti rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻiga asosan keyingi kursga oʻtkaziladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Baholash natijalari kafedra yigʻilishlari, fakultet va oliy taʼlim tashkiloti Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim tashkilotlarida talabalar oʻzlashtirishini baholash tizimini 5 baho yoki 100 ballik tizim va ilgʻor xorijiy davlatlar oliy taʼlim tizimida qoʻllaniladigan baholash tizimiga qiyosiy taqqoslash hamda ularga oʻtkazish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq jadvallar asosida amalga oshiriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-jadval
Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga oʻtkazish
JADVALI
5 baholik shkala
100 ballik shkala
5 baholik shkala
100 ballik shkala
5 baholik shkala
100 ballik shkala
5,00 — 4,96
100
4,30 — 4,26
86
3,60 — 3,56
72
4,95 — 4,91
99
4,25 — 4,21
85
3,55 — 3,51
71
4,90 — 4,86
98
4,20 — 4,16
84
3,50 — 3,46
70
4,85 — 4,81
97
4,15 — 4,11
83
3,45 — 3,41
69
4,80 — 4,76
96
4,10 — 4,06
82
3,40 — 3,36
68
4,75 — 4,71
95
4,05 — 4,01
81
3,35 — 3,31
67
4,70 — 4,66
94
4,00 — 3,96
80
3,30 — 3,26
66
4,65 — 4,61
93
3,95 — 3,91
79
3,25 — 3,21
65
4,60 — 4,56
92
3,90 — 3,86
78
3,20 — 3,16
64
4,55 — 4,51
91
3,85 — 3,81
77
3,15 — 3,11
63
4,50 — 4,46
90
3,80 — 3,76
76
3,10 — 3,06
62
4,45 — 4,41
89
3,75 — 3,71
75
3,05 — 3,01
61
4,40 — 4,36
88
3,70 — 3,66
74
3,00
60
4,35 — 4,31
87
3,65 — 3,61
73
3,0 dan kam
60 dan kam
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-jadval
Oliy taʼlimda talabalar oʻzlashtirishini baholash tizimlarini qiyosiy taqqoslash JADVALI
Taklif etilayotgan Oʻzbekiston tizimi
Rossiya tizimi
(MDU)*
Yevropa kredit transfer tizimi (ECTS — European Credit Transfer System)
Amerika tizimi
(A- F)
Britaniya tizimi
(%)
Yaponiya tizimi
(%)
Koreya tizimi
(%)
Oʻzbekiston tizimi
(%)
“5”
“5”
“A”
“A+”
70 — 100
80 — 100
90 — 100
90 — 100
“A”
“A-”
65 — 69
“4”
“4”
“B”
“B+”
60 — 64
70 — 79
80 — 89
70 — 89,9
“C”
“B”
50 — 59
“B-”
“3”
“3”
“D”
“C+”
45 — 49
60 — 69
70 — 79
60 — 69,9
“E”
“C”
40 — 44
“C-”
“D+”
60 — 69
“D”
“D-”
“2”
“2”
“FX”
“F”
0 — 39
0 — 59
0 — 59
0 — 59,9
“F”
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 10/18/3069/1965-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)