30.08.2018 yildagi 701-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl harakati xavfsizligi kunini oʻtkazish va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq haftaning har juma kuni “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin va ushbu kunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl harakati ishtirokchilari oʻrtasida yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirish, ularning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan samarali targʻibot tadbirlarini oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda fuqarolar bilan yoʻl harakati qoidalariga soʻzsiz rioya qilish, shu jumladan, yoʻl-transport hodisalari eng koʻp sodir etiladigan hududlarda aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish orqali tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keng jamoatchilik ishtirokida joylarda yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va bunga imkoniyat yaratayotgan shart-sharoitlar hamda ularni bartaraf etish borasida koʻrilayotgan choralarni tanqidiy muhokama qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va mahalliy tele - va radiokanallarda maxsus telekoʻrsatuv va radio eshittirishlarni tashkil etish orqali yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlari, piyodalar va transport vositalari haydovchilarining aybi bilan yuz bergan yoʻl-transport hodisalari hamda bu borada ularning javobgarlik masalalarini muntazam yoritib borish orqali keng jamoatchilikka profilaktik taʼsir koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl harakati xavfsizligi va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasi masalalari boʻyicha ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar chop etilishini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qilish, monitoringini olib borish, shuningdek, vakolatli organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirish Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni”ni oʻtkazish boʻyicha dastur 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” doirasida tadbirlarni tashkil etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni”ni oʻtkazish boʻyicha dasturning bajarilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda ushbu dasturda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi bilan birgalikda jamoat joylari va jamoat transportida yoʻl harakati xavfsizligiga bagʻishlangan ijtimoiy mavzudagi koʻrgazmali tashviqot materiallari (qoʻllanmalar, esdaliklar, flayerlar, plakatlar) joylashtirilishini (tarqatilishini);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilikni yoʻl harakati xavfsizligi kuni doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishga keng jalb etishni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda keng jamoatchilik ishtirokida har oyning uchinchi juma kunida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkazilishini yoʻlga qoʻysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda respublikaning barcha hududlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasini oʻtkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda targʻibot-tashviqot chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Avtomobilsiz kun” aksiyasini oʻtkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda targʻibot-tashviqot chora-tadbirlari dasturini tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Avtomobilsiz kun” aksiyasining mazmun-mohiyatini, uning ekologik holatni yaxshilashga, atmosfera havosini muhofaza qilishga chorlaydigan, shu jumladan transport vositalarisiz harakatlanish mumkinligini va zarurligini namoyish qilishni oʻzida mujassam etgan, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchilarni yoʻl harakati xavfsizligi, ekologik muhitni yaxshilashga qoʻshayotgan hissasi, haydovchining transport vositasisiz bir kunlik hayotini atroflicha yoritishga qaratilgan maxsus telekoʻrsatuvlar va radio eshittirishlar tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida tashkil etiladigan tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha masʼul boʻlgan ijrochilarning mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi belgilansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha taʼlim muassasalarida yoʻllarda, chorrahalarda va piyodalarni oʻtish joylarida harakatlanish asoslarini nazariy-amaliy va koʻrgazmali tarzda oʻqitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalari, yongʻinlarning oldini olish, yongʻinlar paytida, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha nazariy-amaliy koʻnikmalarni singdirish va mustahkamlash maqsadida “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” majburiy fanini joriy etish dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, davlat ommaviy axborot vositalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl harakati xavfsizligi kunini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar, yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mavzuga oid maxsus telekoʻrsatuvlar va ijtimoiy roliklar ishlab chiqilishini va ularning muntazam namoyish etilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzib kelayotgan haydovchi va piyodalarni aniqlash maqsadida maxsus reydlar tashkil etsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl harakati xavfsizligi mavzusida plakatlar, bukletlar va boshqa turdagi koʻrgazmali tashviqot materiallari chop etilishini tashkil etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 30-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
701-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 701-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl harakati xavfsizligi kuni”ni oʻtkazish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTUR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Tashkiliy tadbirlar

1.

“Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” davomida hududlarda amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish.

1. “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” davomida amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun masʼul xodimlarni belgilash.

2. Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni umumlashtirish hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha viloyatlar va Respublika idoralararo komissiyalarga taqdim etib borish.

3. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalar tomonidan profilaktika kuni davomida amalga oshirilayotgan tadbirlarni va masʼul ijrochilar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish amalga oshirish.

3 kun



Har juma kuni






Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi



IIV YHXBB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB YHXB


Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya

2.

“Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” tadbirlarini oʻtkazish va yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish.

1. Biriktirilgan masʼullar tomonidan “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni”ni oʻtkazish.

2. Oʻtkazilgan “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish.

3. Har oy yakunida tadbirda faol ishtirok etgan fuqarolarni va masʼullarni ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya raisiga taklif kiritish.

Har juma kuni


Har oyning oxirgi juma kuni

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya

3.

Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilishining ahvoli, qoida buzilishlarining kelib chiqish sabablarini tahlil va monitoring qilish asosida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.

“Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” tadbirlarini bevosita amalga oshiruvchi masʼul shaxslar tomonidan qonun buzish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish asosida takliflar ishlab chiqish.

Tadbirlar davomida

“Yoʻl harakati xavfsizligi kuni” tadbirlarini oʻtkazishga masʼullar

II. Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish, yoʻl-transport hodisalarining oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlari

4.

Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini, ularni buzish oqibatlarini tushuntirish va targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

Har bir korxona va tashkilotda, taʼlim muassasasida, mahallalarda seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va muhokama etishning boshqa shakllarini qoʻllagan holda yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va yoʻl-transport hodisalarining oqibatlarini tushuntirish.

Har juma kuni

IIV, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

5.

Yoʻllarda harakat ishtirokchilari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish borasidagi chora-tadbirlarni tashviqot vositalaridan foydalangan holda amalga oshirish.

1. Yoʻl harakati ishtirokchilari, xususan haydovchilar, piyodalar, velosiped haydovchilarini ogohlikka chaqiruvchi, ularning madaniyati va fuqarolik ongini oshirishga qaratilgan maxsus bukletlar va eslatmalar ishlab chiqish, ularni jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini keng jalb etgan holda haydovchilar, piyodalar va velosiped haydovchilari oʻrtasida tarqatish.

2. Mavzuli reklama-tashviqot vositalarini (plakatlar, bannerlar, stendlar va shu kabilar), yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga moʻljallangan boshqa vositalarni birinchi navbatda, transport vositalari jadal harakatlanadigan, umumiy foydalanishdagi, xalqaro va respublika ahamiyatiga molik yoʻllarda, temir yoʻl vokzallarida, Toshkent metropoliteni, shuningdek, taʼlim muassasalari, tashkilotlar, mahallalarda va boshqa jamoat joylarida oʻrnatish.

Har juma kuni







Har oyda

IIV, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi


QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

IIV, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

6.

Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohaga kiritilayotgan yangiliklarni aholiga yetkazish borasida targʻibot va tushuntirish ishlarini olib borish.

Mehnat jamoalari, mahallalar, taʼlim muassasalarida uchrashuvlar tashkil etish orqali yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohaga kiritilayotgan yangiliklarni yetkazish.

Har juma kuni

Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

7.

Yoʻl-transport hodisalarini, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni tanqidiy muhokama qilish va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.

1. Oʻtkaziladigan profilaktika kunlari doirasida keng jamoatchilik ishtirokida yoʻl-transport hodisalari, ularning kelib chiqish sabablari va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilish.

2. Yoʻl-transport hodisasi sodir etilishiga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etish borasida tegishli tashkilot va muassasalarga taqdimnomalar kiritish.

Har juma kuni




Har oyda

Ichki ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

Ichki ishlar vazirligi

8.

Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini qoʻpol va doimiy ravishda buzib kelayotgan shaxslarga nisbatan profilaktik taʼsir choralarini koʻrish maqsadida keng jamoatchilik ishtirokida sayyor sud muhokamalarini tashkil etish.

Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini qoʻpol va doimiy ravishda buzib kelayotgan haydovchilar tomonidan qonun buzish holatlarini oldini olish, aholini ogohlikka chaqirish va ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoʻllarda harakatlanish bilan bogʻliq huquqbuzarlik va jinoyatlarni keng jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilish va oʻtkazilayotgan sayyor sudlarda ularning ishtirokini taʼminlash.

Har juma kuni

Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

9.

Bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalari sodir etilishining oldini olish, yoʻllarda xavfsiz harakatlanish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

1. Yangi oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan 2 — 12-sentabr kunlari “Diqqat bolalar!” profilaktika tadbirlarini oʻtkazish.




2. Maktab oʻquvchilarining “Yoʻl harakati qoidalari” boʻyicha olgan bilimlarini mustahkamlash, ularda yoʻllarda xavfsiz harakatlanish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida toʻrt bosqichli “Yashil chiroq” musobaqalarini oʻtkazish.







3. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining tarbiyalanuvchilari va oʻquvchilari uchun moʻljallangan koʻrgazmali qoʻllanmalar, bukletlar va broshyuralar tayyorlash va tarqatish.





4. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kollejlar va litseylar oʻquvchilari oʻrtasida “Yashil rang”, “Yoʻl harakati qoidalari bilimdoni”, “eng namunaviy yoʻlovchi” kabi viktorinalarni hamda “diqqat, piyoda!”, “Diqqat, bolalar!” deb nomlangan profilaktika kampaniyalarini oʻtkazish.

5. Bolalarga yoʻl harakati qoidalarini, jumladan, velosiped haydash koʻnikmalarini va yoʻllardan oʻtish tartibini oʻrgatish.

Sentabr oyida







Qoʻshma qaror asosida










Doimiy ravishda








Har yili






Muntazam

Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, MTRK, EOAVMA,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi



Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Avtomobil transporti agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamoat fondi, MTRK



Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi


Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,


Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Ichki ishlar vazirligi

III. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va yoʻl-transport hodisalarining oldini olishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik

10.

Markaziy va viloyat telekanallarida yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq voqealarni, ularning vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini yoritishga bagʻishlangan maxsus koʻrsatuv va axborot dasturlarini, shuningdek, voqealarni yoritish guruhlari tomonidan yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joylardan ularni bartaraf etish boʻyicha tayyorlanadigan tezkor reportajlarni efirga uzatish.

1. Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari, ularga amal qilmaslik sabablari va oqibatlari, yoʻl harakati ishtirokchilarining javobgarlik masalalarini yoritish.

2. Yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlgan joylardan bevosita haydovchilar va yoʻlovchilar aybi bilan yuz bergan yoʻl-transport hodisalarini, jarohatlanganlar ishtirokida targʻibot koʻrsatuvlarini tashkil etish orqali keng jamoatchilikka namoyish etish.

Har juma kuni

MTRK,

EOAVMA,

Ichki ishlar vazirligi,

QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Bolalar oʻrtasida yoʻllarda harakatlanish va yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan qisqa metrajli videoroliklar va multiplikatsion filmlar yaratish.

Bolalarga yoʻllarda harakatlanish qoidalarini bola tilida 5 — 10 daqiqaga moʻljallangan videoroliklar va multiplikatsion filmlar yaratish orqali ommaviy axborot vositalari, ayniqsa “Bolajon” telekanalida, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida namoyish etish.

Doimiy ravishda

Oʻzbekfilm, MTRK, Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi

12.

Yoʻl harakati xavfsizligi va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasi masalalari, shu jumladan yoʻl harakati madaniyatini, yoʻl harakati qatnashchilarining oʻzaro bir-birini hurmat qilishini va birdamligini oshirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy roliklarni, maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida va Internet jahon axborot tarmogʻida uzatish (chop etish).

1. Yoʻl harakati xavfsizligi kunlari davomida amalga oshiriladigan tadbirlarni yoritib borish.

2. Yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatlanish madaniyatini targʻib qilish boʻyicha koʻrsatuv, tok-shou, lavhalar namoyish etish, eshittirishlarni efirga berish va maqolalar chop etish. Ushbu mavzuga bagʻishlangan maxsus videoroliklar tayyorlash va namoyish etish.

3. Yoʻl harakati xavfsizligi va yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq holatlarni aks ettiruvchi maqolalar, risolalar hamda ijtimoiy roliklarni tayyorlash va davriy bosma ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi eʼtiboriga yetkazish.

Har juma kuni

MTRK, Ichki ishlar vazirligi, EOAVMA, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

IV. Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarining oldini olish va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasini taʼminlashga qaratilgan maxsus tadbirlar

13.

Yoʻl harakati xavfsizligi sohasida qoidabuzarliklarni aniqlashga qaratilgan maxsus reydlar va tekshiruvlarni oʻtkazish.

1. Yoʻllarda harakatlanayotgan transport vositalarining haydovchilari va piyodalar tomonidan qonun buzish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish borasida maxsus reydlar tashkil etish orqali bartaraf etish choralarini koʻrish.

2. Transport vositalarining texnik holatini yaxshilash maqsadida texnik nosoz transport vositalarini aniqlash boʻyicha reydlar tashkil etish.

Har juma kuni

Ichki ishlar vazirligi, MTRK



Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil transporti agentligi

14.

Oʻquv mashgʻulotlari boshlanishi va tugashi arafasida yoʻl-patrul va patrul-post xizmatlari naryadlarining yoʻnalishlarini maktab, litsey, kollej va oliy taʼlim muassasalariga yaqinlashtirish.

Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida yoʻl transport hodisalari sodir boʻlishining oldini olish maqsadida oʻquv yillari davomida taʼlim muassasalariga tutash boʻlgan va yaqin yoʻllarga yoʻl-patrul va patrul-post xizmatlari naryadlarini joylashtirish.

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi

15.

Avtomobil yoʻllariga yaqin joylashgan taʼlim muassasalariga kirish joylarida oʻquvchi-yoshlarning xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish.

1. Oʻquvchi-yoshlarning yoʻllarni kesib oʻtishida xavfsizligini taʼminlash maqsadida “Mahalla posboni”, harbiy chaqiruvga tayyorlash fani oʻqituvchilari hamda Yoshlar ittifoqining yetakchilaridan yoʻl harakati jamoatchi navbatchisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Yoʻllarni kesib oʻtish joylarida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan olib kelish va ketishini tashkil etish.

Doimiy

ravishda

Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

16.

Tirbandlik xosil boʻlayotgan yoʻllarni monitoring qilish asosida uni bartaraf etish choralarini koʻrish.

Yoʻllarda tirbandliklar xosil boʻlish joylarini aniqlash asosida uning kelib chiqish sabablarini oʻrganish va bartaraf etish borasida chora-tadbirlar belgilash.

Doimiy ravishda

Ichki ishlar vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 701-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni doirasida tadbirlarni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 701-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyasi toʻgʻrisida” 1997-yil 2-iyuldagi 333-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash respublika komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 10-dekabrdagi 471-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/701/1820-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)