Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.11.2000 yildagi 465-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KASB-HUNAR KOLLEJLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish natijasida 1998—2000-yillar mobaynida respublikada 315 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar yangidan qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bular yangidan barpo etilgan oʻquvchi oʻrinlari sonini keskin koʻpaytirish imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni vaqtda joylarda koʻp hollarda yangi kollejlar va litseylar qurilishiga ustunlik berilmoqda, ularni qurish qiymatini oshirib yuborish hollari mavjud. Shu bilan birga koʻpgina tuman markazlarida va shaharlarda yonma-yon joylashgan bir nechta umumtaʼlim maktablari bor. Ularning bir qismi kam xarajatlar bilan kasb-hunar kollejlariga aylantirilishi mumkin. Odatda, ushbu maktablar aholi punktlari zich joylarda joylashgan va zarur muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999—2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablagʻ bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish, yangidan barpo etilgan oʻquvchi oʻrinlaridan maqbul va oqilona foydalanishni taʼminlash, litseylar va kollejlarni qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirilayotgan moliyaviy resurslarni yanada samaraliroq oʻzlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ayrim umumtaʼlim maktablarini kasb-hunar kollejlariga aylantirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maxsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman markazlarida va kichik shaharlarda joylashgan umumtaʼlim maktablarini, eng avvalo taʼlim muddati oʻn bir yil boʻlgan umumtaʼlim maktablarini xatlovdan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasb-hunar kollejlariga aylantiriladigan umumtaʼlim maktablari roʻyxatini aniqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Maxsus komissiya tomonidan aniqlangan umumtaʼlim maktablarini kasb-hunar kollejlariga aylantirish loyihalarini 2001-yil I choragi mobaynida ishlab chiqsinlar, loyihalarda ularni kollej yoʻnalishiga muvofiq ravishda ishlab chiqarish ustaxonalari va laboratoriya korpuslari, sport inshootlari, oshxonalar va boshqa zarur binolar bilan toʻliq taʼminlashni nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maxsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablarini kasb-hunar kollejlariga aylantirish jadvalini 2001-yil 15-aprelgacha ishlab chiqsin va 2001-yilda uni amalga oshirishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Isayev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 29-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
465-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 150-modda)