1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish koʻnikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, maʼnaviy va jismoniy sogʻlom avlodni kamol toptirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining 2018/2019 oʻquv yili davomida davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun zamonaviy yagona maktab formasini (keyingi oʻrinlarda maktab formasi deb yuritiladi) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, oʻquvchilarning davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni belgilashda ularning texnologik jihatdan ishlab chiqarish imkoniyatlari va hududiy joylashuvini (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida) inobatga olgan holda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar roʻyxatini hududlar boʻyicha shakllantirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda maktab formasi savdosini tashkil qilish maqsadida respublikaning har bir tuman (shahar) markazida aholiga qulay joylarda maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalarini tashkil etsin va ularning joylashish manzillarini ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi maktab formasining belgilangan standartlarga, sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli toʻqimachilik mahsulotlaridan tayyorlanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/271/0433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab maktab formasining davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtiyoriy joriy qilinishiga koʻmaklashsin;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar orasida davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga maktab formasida kelishning afzalliklari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tijorat banklariga aholining maktab formalarini xarid qilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha qisqa muddatli (olti oydan kam boʻlmaydigan) isteʼmol kreditlari ajratish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati, maktab formasi joriy qilinishining oʻquvchilar oʻrtasida ijtimoiy tenglikni mustahkamlashga va sifatli taʼlim-tarbiya olish uchun sharoit yaratishga xizmat qilishi ommaviy axborot vositalarida, jumladan, ijtimoiy roliklar orqali muntazam va keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/271/0433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 15-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
666-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalarining shakllari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 — 6-sinflar uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T.r
Kiyimlar
Rangi
Mato tarkibi
Izoh
1.
Koʻylak
oq
100% paxta
Oddiy klassik bichimda tikilgan, yengi kalta variantda ham tikiladi.
2.
Nimcha
koʻk, koʻk katak
65% paxta,
35% poliester
Oʻgʻil bolalar nimchasining old tarafida koʻk katak matodan foydalanilgan, qiz bolalar nimchasining yonida yolgʻon choʻntak tikilgan.
3.
Shim
koʻk
65% paxta,
35% poliester
Shimning old qismida stryelka va ikki yonida choʻntaklari bor. Shim kiyib yurilganida oyoqning toʻpigʻi yopiq holatda boʻlishi taʼminlanishi shart.
4.
Yubka
koʻk katak
65% paxta,
35% poliester
Trapetsiya shaklida tikilgan va yon qismida toʻrtta yigʻma mavjud. Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini toʻliq yopishi va tizzadan pastga koʻpi bilan 8 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.
5.
Yengil kurtka
koʻk
65% paxta,
35% poliester
Erkin bichimda tikilgan, yoqa va manjet qismida rezina material va ikki yonida choʻntaklari bor.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7 — 11-sinflar uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T.r
Kiyimlar
Rangi
Mato tarkibi
Izoh
1.
Koʻylak
oq
70% paxta,
30% poliester
Klassik uslubda tikilgan, yengi uzun va kalta variantlarda tikiladi.
2.
Nimcha
toʻq koʻk
45% paxta,
55% poliester
Oʻgʻil bolalarning nimchasida ikki qator tugma va qizlarnikida bir qator tugma mavjud.
3.
Shim
toʻq koʻk
45% paxta,
55% poliester
Shimning old qismida stryelka va ikki yonida choʻntaklari bor.Shim kiyib yurilganda oyoqning toʻpigʻi yopiq holatda boʻlishi taʼminlanishi shart.
4.
Yubka
toʻq koʻk
45% paxta,
55% poliester
Tizzadan yuqori boʻlmagan, klassik uslubda tikilgan.Yubka kiyib yurilganida tizzadan tepasini toʻliq yopishi va tizzadan pastga koʻpi bilan 12 santimetrgacha uzaytirilishi mumkin.
5.
Pidjak
toʻq koʻk
45% paxta,
55% poliester
Klassik uslubda tikilgan, relyef vitochkalari va choʻntaklari mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini (keyingi oʻrinlarda — maktab formasi) joriy etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom talablari taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom talablari ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari va maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktablari va maktab-internatlari uchun tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maktab formasining matosi oʻquvchilarning yoshiga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga toʻliq javob berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etishning maqsad va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maktab formasini joriy etishning maqsadi oʻquvchilarning bilimli, odob-axloqli, sogʻlom fikrli, har tomonlama barkamol shaxs boʻlib yetishishiga koʻmaklashish, oʻzaro tenglik va belgilangan tartib-qoidalarga itoatkorlik hissini uygʻotish, ularning salomatliklarini muhofaza qilish uchun shart-sharoit yaratish, oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yuzaga keltirishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar maktab formasini joriy etishning vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasalarida sogʻlom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida taʼlim-tarbiya berishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilar oʻrtasida oʻzaro ijtimoiy tenglik tamoyillarini qaror toptirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga toʻliq rioya etishlarini tartibga solish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga yot boʻlgan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash va ularga qoʻyilgan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻquvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiyimlarning oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan kamida 5 — 15 sm pastda boʻlishi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻgʻil bolalar uchun shimning uzunligi oyoq toʻpigʻidan pastda boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻquvchilar taʼlim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy oʻrta taʼlim dunyoviy xaraktyerga egaligi munosabati bilan oʻquvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, umumtaʼlim maktablarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻgʻil bola oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qoʻygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun boʻlgan va yorqin ranglarga boʻyagan holda kelishlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiz bola oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga boʻyagan, yuzini koʻzga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulogʻiga bittadan ortiq sirgʻa taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qoʻl tirnoqlarini boʻyagan va uzun qilib oʻstirgan holda kelishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, oʻquvchilar maktab formasining nimchasini yoki kostyumini, koʻylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin. Shuningdek, qishki oʻqish davrida oʻquvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Taʼlim muassasasi tomonidan maktab formasining namunaviy yagona shakllarining rangli rasmlari va texnik koʻrsatkichlari — matoning tarkibi va rangi haqidagi maʼlumotlar 1 — 6-sinflar va 7 — 11-sinflar kesimida taʼlim muassasasining barchaga koʻrinarli joyiga osib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Taʼlim muassasasi rahbariyati har yili 20-fevralga qadar oʻquvchilarning taxminiy soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sinflar va jins (oʻgʻil/qiz) kesimida tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari har yili 1-martga qadar oʻquvchilarning sinflar va jins (oʻgʻil/qiz) kesimidagi tuman (shahar) boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni (prognoz) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan tasarrufidagi taʼlim muassasalaridagi jami oʻquvchilarning sinflar va jins (oʻgʻil/qiz) kesimidagi soni (prognoz) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga har yili 10-martga qadar taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablari jami oʻquvchilarining sinflar va jins (oʻgʻil/qiz) kesimidagi soni (prognoz) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hududlar boʻyicha umumlashtirilgan holda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga har yili 20-martga qadar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi taqdim etilgan maʼlumotlarni hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili aprel-avgust oylari davomida hududlar boʻyicha maktab formalarining ishlab chiqarilishini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi maktab formalarining hududlar va tuman (shahar)lar boʻyicha ishlab chiqarish va savdosi tashkil etiladigan joylar toʻgʻrisidagi manzilli maʼlumotlarni har yili 20-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etadi va ommaviy axborot vositalari orqali savdosi tashkil etiladigan joylar toʻgʻrisidagi manzilli maʼlumotlarni eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ishlab chiqaruvchilar va savdo shohobchalarining manzillari haqidagi maʼlumotlar har yili 25-aprelga qadar barcha taʼlim muassasalarga yetkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan har yili 1-mayga qadar taʼlim muassasasining barchaga koʻrinadigan joylariga maktab formasini qayerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi toʻgʻrisida tegishli eʼlon joylashtiriladi hamda taʼlim muassasalari tomonidan ota-onalar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Oʻquvchilar tomonidan zamonaviy yagona maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻquvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday oʻquvchilarga quyidagi choralar qoʻllanishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ogohlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kundalik daftariga qayd etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va taʼlim muassasasidagi yigʻilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻquvchilarning taʼlim muassasasiga maktab formasida kelishlarini taʼminlash uchun ota-onalar masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Taʼlim muassasasida oʻquvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi taʼlim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/666/1768-son; 20.06.2019-y., 09/19/509/3316-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/271/0433-son; 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son, 04.10.2022-y., 09/22/558/0887-son)