Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.10.2019 21.11.2000 yildagi 455-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.10.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VILOYaTLAR, ShAHARLAR VA TUMANLAR HOKIMLIKLARI HUZURIDAGI NAZORAT INSPEKSIYALARI TUZILMASINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va koʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-martdagi PF-5690-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi nazorat inspeksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlarining joylardagi davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi ustidan taʼsirchan nazorat tashkil etilishini taʼminladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirish yoʻlini izchillik bilan amalga oshirish davlat nazorati tizimida eng avvalo davlatning nazorat va boshqarish funksiyalarini qisqartirishga, uning korxonalar xoʻjalik faoliyatiga aralashuvini cheklashga yoʻnaltirilgan yangi yondashuvlar va usullarni talab etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi nazorat inspeksiyalarining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2001-yil 1-yanvardan boshlab viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari nazorat inspeksiyalarining rahbarlari lavozimlari tugatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarining bajarilishini nazorat qilish, tegishli hududlarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ijro intizomini takomillashtirish masalalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari nazorat inspeksiyalari apparati negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish boʻyicha boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda nazorat boʻlimi deb ataladi) tashkil etilsin va ular bevosita viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysundirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat boʻlimlariga, shaharlar va tumanlar hokimliklarida bosh inspektorlar zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar bilan birgalikda korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilayotgan tekshirishlarni tartibga solish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash funksiyalari yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari nazorat boʻlimlarining tuzilmasi va inspektorlarining cheklangan soni ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga nazorat inspeksiyasi apparati tuzilmasini mazkur qarorga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga (1 va 2-ilovalarga) va 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qaroriga (1, 1a, 2, 2a, 3, 3a, 3b, 4 va 4a-ilovalarga) tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 21-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
455-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 455-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari nazorat boʻlimining tuzilmasi va inspektorlarning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
cheklangan soni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lavozimlarning nomi‎‏ Shtat birliklarining soni‎‏ Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari ‎‎
toifada boʻlmagan‎ 1 toifa‎ 2 toifa‎ 3 toifa‎
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Boʻlim boshligʻi

1‎ 16‎ 15‎ 14‎ 13
Bosh inspektor‎* 1‎ 14‎ 13‎ 12‎ 11‎
yetakchi inspektor‎ 1‎ 13‎ 12‎ 11‎ 10‎

Viloyatlar markazlarida shaharlar hokimliklari

Bosh inspektor‎ 1‎ —‎ 11‎ 10‎ —‎
Etakchi inspektor‎ 1‎ —‎ 10‎ 9‎ —‎

‎‎Viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari

Bosh inspektor‎ 1‎ —‎‎ 10‎ 10‎ —‎‎
‎‎Qishloq tumanlari hokimliklari
Bosh inspektor ‎ 1‎ —‎ 11‎ 10‎ —‎
‎‎Shaharlardagi tumanlar hokimliklari
Bosh inspektor ‎ 1‎ —‎‎ 10‎ 9‎ —‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* ) Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Fargʻona viloyatlari, Toshkent shahri — 2 tadan
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 144-modda)