Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.2023 10.08.2018 yildagi 645-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.08.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 330-sonli “Qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yagona elektron axborot markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Yagona elektron axborot markazi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar manfaatdor vazirlik va idoralarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligida foydaniladigan yer maydonlari, ekinlarni joylashtirish, kontraktatsiya shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) ajratilgan kreditlar, fermer xoʻjaliklariga yetkazib berilgan resurslar va koʻrsatilgan xizmatlar, shuningdek, qabul qilib olinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmlari va ular uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning monitoringini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma tomonidan ajratilgan kreditlar, mineral oʻgʻitlar hamda yonilgʻi-moylash materiallarini yetkazib berishning fermer xoʻjaliklari kesimida kafolatlangan hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman hokimining ekin yerlarini uzoq muddatli ijaraga berish va ekinlarni joylashtirish toʻgʻrisidagi qarori, yer ijara shartnomasi, kontraktatsiya, taʼminot va xizmat koʻrsatish shartnomalari reyestrini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi korxonalariga interaktiv davlat xizmatlaridan, jumladan, internet tarmogʻidagi shaxsiy kabinet orqali foydalanishda koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida ushbu imkoniyatlardan foydalanishni keng targʻib qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xoʻjaligi korxonalarida ish yuritish hujjatlari Yagona elektron axborot markazi tizimi orqali elektron hujjat shaklida tayyorlanishi va elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlanishiga toʻliq oʻtiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr qoʻmitasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yilning 1-oktabriga qadar fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarining yagona elektron bazasini (STIR raqamlari va kontur kesimida) shakllantirsin va uning tizimli yangilanib borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzneftmahsulot” AJ, ATB “Agrobank”, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Markazga quyidagi maʼlumotlarning muntazam yetkazib berilishi taʼminlansin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mineral oʻgʻit, yonilgʻi-moylash mahsulotlari, urugʻlik va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral oʻgʻit, yonilgʻi-moylash mahsulotlari, urugʻlik va boshqa moddiy resurslar yetkazib berilishi va xizmatlar koʻrsatilishi hamda ular boʻyicha tuzilgan shartnomalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hajmlari, turlari va qiymati boʻyicha tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi korxonalariga Jamgʻarmadan ajratilgan kreditlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar oʻz vaqtida, sifatli va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining elektron savdo maydonchasini qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun Yagona elektron axborot markazi doirasida bepul tashkil etsin hamda ushbu maʼlumotlarni “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining koʻrgazma-yarmarka savdolarida realizatsiya qilinishi, axborot tizimlarida avtomatlashtirilgan tartibda joylashtirib borilishini taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri B.T. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 10-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
645-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 645-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi

Moliyalashtirish manbai

Amalga oshirish muddati

Masʼullar

I. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmlari va turlari haqidagi maʼlumotlarning yagona elektron bazasini yaratish

1.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlari va ekin turlarining joylashtirilishi boʻyicha yagona elektron maʼlumotlar bazasini (konturlar kesimida) ishlab chiqish.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr qoʻmitasi va Q�shloq xoʻjaligi vazirligi mablagʻlari

2018-yil sentyabr

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga kreditlar ajratilishini elektron hujjatlar asosida tashkil etish hamda real vaqt rejimida monitoringini yuritish.

“Agrobank” ATB, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK mablagʻlari

2018-yil sentyabr

“Agrobank” ATB, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarning holati, agrotexnik tadbirlarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan yagona elektron monitoring tizimini joriy etish.

Manfaatdor
tashkilotlarning
oʻz mablagʻlari

2018-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

4.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mineral oʻgʻit, yonilgʻi-moylash mahsulotlari, urugʻlik va boshqa moddiy resurslarning yetkazib berilishi, xizmatlar koʻrsatilishi va shartnoma majburiyatlari bajarilishini monitoring qilish boʻyicha yagona elektron tizimni tashkil etish.

Manfaatdor
tashkilotlarning
oʻz mablagʻlari

2018-yil
noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda boshqa tashkilotlar

5.

Tayyorlov korxonalari tomonidan qabul qilib olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hajmlari va turlari, shuningdek, mahsulotlar uchun yakuniy toʻlovlarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishini real vaqt rejimida monitoring qilish boʻyicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish.

“Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK mablagʻlari

2018-yil
noyabr

“Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzpaxtasanoat” AJ,
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK,
“Agrobank” ATB,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

II. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi milliy veb-saytlar faoliyatini takomillashtirish

6.

Agroonline.uz (Qishloq xoʻjaligi vazirligi),
oziq-ovqat.uz (“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK), agromart.uz (Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi) va boshqa qishloq xoʻjaligi sohasidaixtisoslashtirilgan veb-saytlarning faoliyatini yanada takomillashtirish, ular orqali interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish imkoniyatlarini yaratish.

Xalqaro moliya institutlari
va tashkilotlar hamda
manfaatdor vazirlik
va idoralar mablagʻlari

2018-yil
noyabrdan
boshlab
doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

7.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari uchun yaratilgan elektron axborot tizimlari hamda veb-saytlarning imkoniyatlari, ulardan samarali foydalanish usullari boʻyicha joylarda sayyor oʻquvlarni tizimli tashkil etish.

Xalqaro moliya institutlari
va tashkilotlar hamda
manfaatdor vazirlik
va idoralar mablagʻlari

2018-yil
avgust-dekabr

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

III. Mahsulot tayyorlovchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi korxonalar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining birja savdolarida xarid qilinishini taʼminlash

8.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hajmlari va turlari boʻyicha maʼlumotlarni mahsulot tayyorlovchi, qayta ishlovchi hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga real vaqt rejimida yetkazib berish imkonini beruvchi yagona elektron axborot tizimini yaratish.

Manfaatdor
tashkilotlarning
oʻz mablagʻlari

2018-yil
noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

9.

Etishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hajmlari va turlari boʻyicha koʻrgazma-yarmarka savdolari platformasida hamda agromart.uz axborot tizimida avtomatlashtirilgan tartibda eʼlonlar joylashtirishni yoʻlga qoʻyish.

Manfaatdor
tashkilotlarning
oʻz mablagʻlari

2018-yil
noyabr

“Oʻzbekiston respublika
tovar-xomashyo birjasi” AJ,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa
yer egalari kengashi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/645/1692-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)