23.07.2018 yildagi 567-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan aholi oʻrtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi PQ-3729-son qaroriga muvofiq, shuningdek, gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan aholi oʻrtasida grippning oldi olinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti ilovaga muvofiq belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan, “Mehribonlik” uylari, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar kontingenti mavsumdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan, qolgan kontingent oʻz mablagʻlari va boshqa mablagʻlar hisobidan emlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab, Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan, “Mehribonlik” uylari, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar kontingentini emlash uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan, “Mehribonlik” uylari, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar kontingenti mavsumdan oldin oʻz vaqtida emlanishini;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi oʻrtasida va ommaviy axborot vositalarida gripp yuqtirish xavfi hamda uning ogʻir asoratlari toʻgʻrisida, shuningdek, gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar kontingentini emlash masalalari boʻyicha maʼrifat ishlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 23-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
567-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-iyuldagi 567-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxslar kontingenti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Homilador ayollar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 6 oylikdan katta bolalar va nafas olish organlari va yurak-qon tomir tizimlarining maʼlum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 60 yoshdan oshgan shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 6 oylikdan 59 oylikkacha boʻlgan bolalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tibbiyot xodimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Mehribonlik” uylari, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/567/1563-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)