18.07.2018 yildagi 547-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari haydovchilari, shu jumladan respublika hududiga tashrif buyuradigan turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 1-avgustdan boshlab, jismoniy va yuridik shaxslarga tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari old yon oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi — 30 foizdan kam boʻlmagan darajada, shuningdek, M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari (turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan subyektlarning M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari, shuningdek, minivenlari bundan mustasno) yon oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi — 30 foizdan kam boʻlmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) tasdiqlangan davlat standarti boʻyicha, shuningdek, xorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tusi yuqorida belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlmagan darajada oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar oʻrnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnomaga asosan amalga oshiriladi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) avtotransport vositalari orqa oynasining tusini, M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining, shuningdek, avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasiz, tasdiqlangan davlat standarti asosida amalga oshiriladi;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b1) oynalar tusini oʻzgartirishga ruxsat berilgan avtotransport vositasiga boʻlgan egalik huquqi oʻzgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining maʼlumotlarida oʻzgarish boʻlganda (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi oʻzgartirilganda) avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati 2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtomatik tarzda saqlab qolinadi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qaroriga asosan “b1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, xorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar oʻrnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan ushbu toifadagi avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsatnoma berish uchun toʻlov stavkalari:
(2-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/465/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
orqa va old yon oynalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari miqdorini va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn toʻrt baravari miqdorini tashkil etadi.
(2-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, xorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar oʻrnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan ushbu toifadagi avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsatnoma berish uchun toʻlov stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida belgilanadi.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/465/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g1) turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan subyektlarning M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari, shuningdek, minivenlar yon oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun bir martalik toʻlov stavkalari ushbu bandning “g” kichik bandiga muvofiq belgilanadi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 710-sonli qaroriga asosan “g1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish uchun tushadigan mablagʻlar quyidagicha yoʻnaltiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 foizi — Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ruxsatnomalar blanklarini va tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnomaning mavjudligini tasdiqlovchi maxsus emblema (gologramma)larni tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplashga, DYHXX moddiy-texnika bazasini va avtomobil parkini rivojlantirishga, raqamli texnologiyalarni joriy etishga, shuningdek, xodimlarini ragʻbatlantirishga maqsadli yoʻnaltiriladi.
(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan DYHXX xodimlarining (ishchi va xizmatchilar) qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan 15 AQSh dollari miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. 2019-yilning 1-sentabriga qadar avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun toʻlovlar stavkasi eng kam ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda oynalarning tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish uchun tushadigan mablagʻlarni taqsimlash hamda ulardan “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlar koʻrsatish markazi” DUKning oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga, shuningdek, DYHXX moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarini ijtimoiy ragʻbatlantirish uchun foydalanish tartibini bir oy muddatda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) boʻyicha davlat standartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish bepul amalga oshiriladigan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oynalarining tusi ruxsatnomasiz oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan foydalanganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 18-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
547-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 26-27-son, 298-modda) bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament 74-bandining birinchi xatboshiga “shuningdek, ichki ishlar organlari ruxsatnomasi asosida oynalarining tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalariga” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 09/18/547/1531-son, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son; 09.10.2020-y., 09/20/635/1360-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/465/0714-son; 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son; 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son)