Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.2004 31.01.1996 yildagi 44-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.2004
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI BOSh BOShQARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va tabiiy potensialini hisobga olish hamda baholashga yagona umumdavlat, yaxlit va kompleks yondashuvni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi (“Oʻzgeodezkadastr”)ga aylantirilsin, unga hozirgi vaqtda geodeziya va kartografiya boʻyicha bajarayotgan funksiyalari saqlab qolingan holda, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy resurslar va koʻchmas mulkning, ularni kompleks hisobga olish, baholash va monitoringini amalga oshirish uchun, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishning tamoyillarini, ilmiy prinsiplari va uslubiyatini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi kadastrlarni yuritish sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Barcha hududlarida topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq xoʻjaligi, ilm-fan, muhofaza tarmoqlarini va aholini geodeziya, kartografiya va kadastr axborotlari bilan taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar va shaharchalarda davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-dekabrdagi 534-sonli qaroriga muvofiq yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzgeodezkadastr” ning markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq 17 nafar xodimdan iborat qilib (xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bunga kirmaydi). “Oʻzgeodezkadastr” boshligʻiga belgilangan xodimlar soni va mehnat haqi fondi doirasida markaziy apparat tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilangan tartibga muvofiq aniqlangan hisobga olish uchastkalarining, maʼmuriy va boshqa hududiy tuzilmalarning huquqiy maqomi, topografiya-geodeziya, tarmoq kadastrlari maʼlumotlari va kadastr chegaralari Davlat kadastrlari yagona tizimining asosi hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki, shaharlar va shaharchalarning koʻchmas mulki kadastrlarini yaratish uchun, mulkchilik shakllari hamda qaysi idoraga boʻysunishlaridan qatʼi nazar, barcha yuridik shaxslar, shuningdek yer va koʻchmas mulkning egalari va foydalanuvchilari hisoblanadigan jismoniy shaxslar yer maydonlari va koʻchmas mulkning kadastr suratlari va sertifikatsiyalashga oid hujjatlarga ega boʻlishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, Davlat kadastrlari yagona tizimining maʼlumotlari va asoslashlari davlat boshqaruvining barcha organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga egadir. Kadastr hujjatlari mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllaridagi obyektlar toʻgʻrisidagi huquqiy, iqtisodiy va texnik maʼlumotlarning asl manbai sifatida qabul qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzgeodezkadastr” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat oʻrmon qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Boshgidromet”, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda qonun hujjatlari, tashkiliy-texnik tadbirlar, normativ hujjatlar, kadastr ishlarini amalga oshirish davlat standartlari loyihalarini ishlab chiqish uchun idoralararo komissiya tuzsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Davlat kadastrlari yagona tizimi toʻgʻrisidagi Nizomni hamda mavjud kadastrlarni takomillashtirish va Yangi kadastrlarni yaratishga doir tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklari 1996-1997-yillarda “Oʻzgeodezkadastr” bilan birgalikda shahar va shaharchalar koʻchmas mulki kadastrlarining xoʻjalik hisobidagi xizmatlarini tuzsinlar va ularni zarur xonalar, aloqa vositalari, jihozlar hamda tashkiliy texnik bilan taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablagʻ bilan taʼminlash hisob-kitoblariga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat kadastrlari yagona tizimining davlat yer kadastrini tashkil etish va uni yuritish bilan bogʻliq ishlarni;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-dekabrdagi 534-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr suratga olishlar, monitoringlar yuritish va kadastr axborotini shakllantirish, qayta ishlash va uzatishning kompyuter tarmogʻini yaratish uchun texnika vositalari hamda texnologiyalar xarid qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzgeodezkadastr” apparatini mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtoxoʻjaliklardan ikkita xizmat yengil avtomobilini yollash uchun limit belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bir oy muddatda “Oʻzgeodezkadastr” markaziy apparatini 2 ta hukumat aloqasi telefoni bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasida boshliqning 2 nafar oʻrinbosari, shu jumladan, 1 nafar birinchi oʻrinbosari va 7 kishidan iborat hayʼat boʻlishiga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Oʻzgeodezkadastr” boshligʻi va uning oʻrinbosarlariga tegishli ravishda respublika vaziri, vazirning birinchi oʻrinbosari va vazirning oʻrinbosarlari uchun belgilangan maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi davlat geodeziya nazorati toʻgʻrisidagi Nizom ushbu qarorga muvofiqlashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi (“Oʻzgeodeziya”) faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 24-martdagi 139-son qarori 1-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshi, 2, 3, 4, 6, 7, 8-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 31-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-yanvardagi 44-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi (“Oʻzgeodezkadastr”) topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini, shuningdek ularning bajarilishi ustidan davlat geodeziya nazoratini amalga oshiruvchi hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yurituvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aerogeodeziya korxonalari, kartografiya fabrikalari, hududiy geodeziya va kadastr xizmatlari, Geoinformatika va kadastr milliy markazi, Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi, ilmiy-tadqiqot boʻlinmalari, oʻquv yurtlari hamda tasdiqlangan ustavlar va nizomlar asosida faoliyat koʻrsatuvchi geodeziya va kartografiya yoʻnalishidagi boshqa muassasalar bosh boshqarmaga bevosita boʻysunadilar.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-dekabrdagi 534-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bosh boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa normativ hujjatlarga, ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar boshqarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar va shaharchalarda davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish, tabiiy va xoʻjalik resurslarning barcha turlarini kompleks hisobga olish, baholash va monitoringini amalga oshirish uchun tarmoq kadastrlari asosida tabiiy muhit va koʻchmas mulk obyektlarining Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-dekabrdagi 534-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish tamoyillarini, ilmiy prinsiplari va uslubiyatlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi kadastrlarni yuritish sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er va koʻchmas mulkdan foydalanishning maxsus qoidalarini belgilash, hududlarni baholash va rayonlashtirish uchun kadastr suratga olishlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq xoʻjaligi tarmoqlarini va aholini topografiya-geodeziya, kartografiya muhandislik-geodeziya va kadastr xizmatlari bilan taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bosh boshqarma asosiy vazifalariga muvofiq quyidagilarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rivojlantirish istiqbollarini belgilash, yangi geoaxborot texnologiyalari va tizimlarini joriy qilish sohasida ustuvor davlat ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi koordinatalar va balandliklarning yagona tizimida topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya va aerokosmik suratga olish ishlarini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy-resurs imkoniyatlarini eng toʻliq va ishonarli ifodalovchi tematik, geografik, tabiatni muhofaza qilish va boshqa maxsus kartalar, rejalar hamda atlaslarni aerokosmik va kadastr axborotini qoʻllagan holda yaratish, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid tavsiyalarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tabiiy resurslar va koʻchmas mulklarning geografik, huquqiy, xoʻjalik, ekologik va iqtisodiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, tartibga solish, tahlil qilish, saqlash va aktuallashtirish jarayonlarini boshqarishning yaxlit tizimi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari, shaharlari va shaharchalarining majburiy kuchga ega boʻlgan davlat kadastrlari yagona tizimini, geoaxborot tizimlarini yaratish hamda yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish stavkalarini aniqlash uchun yer va koʻchmas mulkni kadastr suratga olishlarni, yer maydonlarini sertifikatsiyalash va komasatsiyalashni, hududlarni baholash va rayonlashtirishni amalga oshirish, shaharlar va shaharchalar koʻchmas mulki kadastrlarini yaratish uchun koʻchmas mulkni — yuridik va jismoniy shaxslarni rasmiylashtirish tadbirida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor idoralar bilan birgalikda Davlat kadastrlari yagona tizimini va kadastr maʼlumotlaridan foydalanish qoidalarini yaratish va yuritishga oid qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat kadastrlari yagona tizimi xizmatining tarkibiy boʻlinmalariga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koordinatalar va balandliklarning yagona tizimini saqlash hamda aniqlash sohasida yaqin xorijiy davlatlarning geodeziya, kartografiya va kadastr xizmatlari bilan ilmiy-texnika hamda ishlab chiqarish aloqalarini oʻrnatish, geodeziya va kartografiya mahsulotlariga normativ-texnikaviy talablarni kelishib olish va birgalikdagi ishlarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegaralarini belgilashda, kartaga olishda va demarkatsiya qilishda qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda viloyatlar, tumanlar va aholi yashash joylarining maʼmuriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil etish va ularni olib borish;
(4-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-dekabrdagi 534-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruv organlarini soliqlarni undirish, xoʻjalik, loyiha va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur boʻladigan geodeziya, kartografiya va kadastr maʼlumotlari hamda asoslari bilan belgilangan tartibda taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor korxonalar, tashkilotlar, muassasalar hamda fuqarolarni zarur geodeziya, kartografiya va kadastr maʼlumotlari hamda asoslari bilan shartnoma asosida taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geodeziya tarmoqlarini, kartografiya va kadastr materiallari va maʼlumotlarini ularni doimo yangilab borish yoʻli bilan zamonaviy darajada saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining topografik-geodeziya, kartografiya, aerokosmik va kadastr axboroti davlat fondini tashkil qilish hamda yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geoaxborot tizimlarini tuzish va yuritish, topografik-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini amalga oshirishga oid normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bilan umumiy davlat chegaralariga ega boʻlgan davlatlar bilan shartnoma asosida geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda geodeziya, kartografiya va kadastr sohasi kadrlarini uzluksiz oʻqitish va tayyorlash tizimini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika va xorijiy oliy oʻquv yurtlari hamda akademiya institutlari bilan birgalikda davlat geodeziya tarmoqlarini, kosmik tabiatshunoslik, topografiya, kadastr va aerokosmik suratga olishlarni, muhandislik-geodeziya ishlarini, geoaxborot texnologiyalarini, geodeziya asbobsozligi va boshqalarni takomillashtirish hamda rivojlantirish muammolari boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni, ishlanmalarni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor idoralar bilan birgalikda tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalarda maxsus geoaxborot monitoringlarini tashkil qilish hamda yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaysi idoraga mansubligidan qatʼi nazar, barcha turdagi topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini metrologik taʼminlashni tashkil qilish va yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikani geodeziya va fotogrammetrik asbob-uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi yerlarni oʻzlashtirish, shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish, foydali qazilmalarni qidirish, shuningdek, mamlakat tarixini qayta tiklash va saqlashni ilmiy asoslash uchun aholi yashash joylari, suv manbalari, kon-ruda korxonalari, arxeologik va madaniy yodgorliklar, qishloq xoʻjaligi yerlari, tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar manbalari va shu kabilar topografiyasi hamda toponimikasi toʻgʻrisidagi tarixiy sana va maʼlumotlarni oʻrganish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar va shaharchalarda davlat yer kadastrini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasini aerokosmik sʼyomka materiallari, turli masshtablardagi reja-kartografiya asoslari, topografiya asoslari, topografiya ishlari va davlat yer kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar bilan belgilangan tartibda taʼminlash.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-dekabrdagi 534-sonli qaroriga muvofiq yigirma toʻrt va yigirma beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bosh boshqarmaga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarmada boshliq (Rais), oʻrinbosarlar, Bosh boshqarmaning boshqa rahbar xodimlari, shuningdek Mudofaa vazirligining Harbiy-topografiya xizmati boshligʻidan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼat aʼzolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarma xodimlari soni va tuzilmasini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bosh boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklarda, idoralarda, joylardagi davlat hokimiyati organlarida topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini rivojlantirishda ishtirok etish, turli maqsadlarda foydalanish manfaatlarini koʻzlab, shuningdek, parallelizm va bir-birini takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadlarida respublikada ularning bajarilishini muvofiqlashtirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaysi idoraga mansubligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarda topografiya-geodeziya, kartografiya, aerokosmik va kadastr materiallaridan hamda maʼlumotlaridan foydalanish tartibini belgilash va ushbu materiallarni hisobga olish, koʻpaytirish hamda saflashni nazorat qilishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida fizikaviy-geografik nomlar shakllarini standartlashtirish ishlarida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geodeziya, kartografiya va kadastr masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qilish, boshqa davlatlarning geodeziya va kadastr xizmatlari bilan munosabatlar oʻrnatish, chet ellarda hukumatlararo bitim va kontraktlarga muvofiq topografiya-geodeziya ishlarini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda qayta tuzish, tashkil qilish va tugatish, ularning ustavlarini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarni bajarish yuzasidan litsenziyalar boʻlmagan, aniqlik belgilangan standartlarga nomuvofiq boʻlgan va texnologiyalar buzilgan hollarda topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini qonunchilikda belgilangan butunlay toʻxtatib qoʻyishgacha boʻlgan taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk bilan boʻladigan barcha ishlarda va sud tekshirishlarida, zarur boʻlgan hollarda vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining kadastr xizmatlarini jalb qilib, kadastr hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotnoma va boshqa maʼlumotlarni vazirliklar, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlaridan, yuridik va jismoniy shaxslardan olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, joriy etish, xoʻjalik hisobidagi konsalting boʻlinmalarini va vaqtinchalik ijodiy jamoalarni tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi kadastr tizimlarini tashkil qilish ishlarini bajarish uchun ayrim vazirliklar va idoralarning ixtisoslashgan korxonalari hamda tashkilotlarini belgilangan tartibda jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bosh boshqarma oʻz vakolati doirasida, topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini amalga oshirishga doir, barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-texnikaviy hujjatlar chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bosh boshqarma boshligʻi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarmaning ushbu Nizomda belgilangan vakolati doirasida, Bosh boshqarma tizimidagi boʻlinmalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida topografiya-geodeziya, muhandislik-geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, yoʻriqnomalar va koʻrsatmalar chiqaradi, normativ-texnikaviy hujjatlarni tasdiqlaydi, zarur hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari bilan birgalikda qoʻshma hujjatlar chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha davlat organlarida va korxonalarida Bosh boshqarma manfaatlarini ifodalaydi, shartnomalar tuzadi, banklarda schyotlar ochadi, belgilangan xodimlar soni va mehnat haqi fondi doirasida Bosh boshqarma markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlar faoliyatini tashkil qiladi hamda muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarma tasarrufida boʻlgan davlat korxonalari va tashkilotlarining rahbarlarini kontrakt asosida lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bosh boshqarma geodeziya, kartografiya va davlat kadastri muammolari boʻyicha ilmiy-texnika va ishlab chiqarish jurnalini, ilmiy asarlarni, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni, axborot va referat toʻplamlarini, reklama prospektlarini nashr qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, yagona ilmiy-texnika siyosatini belgilash, mamlakatimiz va chet el fani, texnikasi, texnologiyasi va ilgʻor tajribasining eng yangi yutuqlaridan foydalanish va ularni joriy etish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish uchun Bosh boshqarmada olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlaridan iborat Ilmiy-texnika kengashi tashkil etiladi. Ilmiy-texnika kengashining tarkibi va uning haqidagi Nizom Bosh boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bosh boshqarma davriy hisobotni tuzadi hamda tegishli davlat organlariga taqdim etadi. Bosh boshqarma oʻziga biriktirilgan mulkni xoʻjalik jihatidan toʻliq yuritish huquqini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Bosh boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega boʻladi, oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar hamda tashkilotlarning balanslarini hisobga olgan holda yigʻma balans tuzadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻz nomi yozilgan muhrga, shuningdek, firma blanklariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-yanvardagi 44-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi markaziy apparati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Rahbariyat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Rahbariyat huzuridagi apparat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat kadastri boshqarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Topografiya-geodiziya va kartografiya ishlari va ishlab chiqarish boshqarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Moliya, buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Harbiy-safarbarlik tayyorgarligi boʻlimi
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 1-son, 4-modda)