02.07.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3031
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
 LexUZ sharhi
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tijorat banklarida statistik hisobotlarni (bundan buyon matnda statistik hisobotlar deb yuritiladi) yuritish tartibini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 27-oktabrdagi 25/3-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. 2022-yil 28-fevraldan kuchga kiradi.
mazkur Qoidalarning 1 — 31-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq Markaziy bankning Statistika va tadqiqotlar departamentiga har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar;
mazkur Qoidalarning 32 — 34-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq Markaziy bankning Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamentiga har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar;
mazkur Qoidalarning 35-36-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq Markaziy bankning Amaliyot departamentiga har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar;
mazkur Qoidalarning 37-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamentiga har oy hisobot oyidan keyingi oyning 4-sanasiga qadar;
 LexUZ sharhi
mazkur Qoidalarning 38-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamentiga har haftaning dushanba kuni;
 LexUZ sharhi
mazkur Qoidalarning 39-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamentiga har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar;
mazkur Qoidalarning 40-ilovasida keltirilgan hisobot shakliga muvofiq Markaziy bankning Monetar operatsiyalar departamentiga har o‘n to‘rt kunda;
mazkur Qoidalarning 41 — 46-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamentiga har oy hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 27-oktabrdagi 25/3-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan. 2022-yil 28-fevraldan kuchga kiradi.
mazkur Qoidalarning 1, 2, 4, 5, 7 — 18, 20, 21, 23 — 34-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar;
mazkur Qoidalarning 41 — 43 va 46-ilovalarida keltirilgan hisobot shakllariga muvofiq har oy hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)