27.06.2018 yildagi PQ-3808-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda oilani rivojlantirishga global darajada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ushbu sohada davlat siyosatini muvaffaqiyatli olib borishni toʻxtatib turuvchi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar oila institutini mustahkamlash sohasidagi islohotlarni toʻliq roʻyobga chiqarishga va belgilangan maqsadlarga erishishga toʻsqinlik qilmoqda. Chunonchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, tegishli idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilishning taʼsirchan tizimi mavjud emas, oilani rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektor hamkorligi past darajada;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, oila institutini mustahkamlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ixtisosligi tor, hozirgi hayot voqeligidan uzilib qolgan, ilmiy tadqiqotlar natijalari amaliyotga sust joriy etilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, oilaning demografik rivojlanishida oʻzgarishlar yuz bermoqda, oila ajralishlari soni oʻsmoqda, mazkur sohada salbiy tendensiyalar va muammolar sabablarini asoslovchi tadqiqotlar yetishmayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, oilada, taʼlim muassasalarida madaniy-tarixiy meros salohiyatidan sust foydalanilmoqda, milliy mentalitetimizga yot boʻlgan gʻoya va qarashlar taʼsirining oldini olish borasidagi ishlar samarasiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, oila institutini mustahkamlashning qonunchilik asoslari mukammal emas, huquqni qoʻllash amaliyotini va ilgʻor xorij amaliyotini oʻrganish asosida oilani himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asos mavjud emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, mutaxassislar yetishmaydi va kadrlar malakasi past darajada, taʼlim tizimida mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni prognozlashtirish mexanizmi yoʻlga qoʻyilmagan, oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish boʻyicha oʻquv dasturlari mukammal emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila institutini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu jarayonda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning yaqin hamkorligini hamda faol rolini taʼminlash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son Farmoniga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash boʻyicha asosiy yoʻnalishlar etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
demografik rivojlanishni ragʻbatlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilalarga taʼsirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda “Yoʻl xaritasi” deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar sifatli hamda toʻliq bajarilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda “Oila” markazi deb yuritiladi):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish jarayonining samarali muvofiqlashtirilishi hamda tizimli monitoringi, ularning ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishga bagʻishlangan axborot-tahliliy sharhlarni aniq koʻrsatkich va natijalarni koʻrsatgan holda muntazam ravishda tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borilishi choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, xalqaro tashkilotlar vakillarini, xorijiy ekspertlarni Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishda ishtirok etishga, shuningdek, oila institutini mustahkamlash boʻyicha dolzarb masalalarni muhokama qilishga jalb qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oila” markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va keng jamoatchilikning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi A/RES/47/237-son rezolyutsiyasi bilan eʼlon qilingan Xalqaro oila kunini respublikaning barcha hududlarida har yili nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oila” markazi respublikada 2019-yilda va keyingi yillarda Xalqaro oila kunini nishonlash toʻgʻrisidagi Hukumat farmoyishi loyihasini 2018-yil 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda muntazam ravishda sport va madaniy tadbirlarni tashkil qilsin hamda ularni Xalqaro oila kuni arafasida oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad, vazifalari va Konsepsiyaning amalga oshirilishini yoritib borish boʻyicha maqolalar eʼlon qilinishini va mavzuga oid koʻrsatuvlar efirga uzatilishini tashkil qilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oila” markazi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori D.G. Tashmuxamedova zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 27-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3808-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsepsiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijtimoiy siyosatining tarkibiy qismi hisoblangan oila siyosati aholi bandligini va real daromadlarini izchil oshirib borishga, fuqarolar farovonligini oshirishga, ijtimoiy muhofaza qilish va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro hamkorligi tizimining aniq ishlashi, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarini soʻzsiz amalga oshirish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash sohasidagi muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va samarali hal qilish ushbu maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, oila instituti hozirgi holatining tahlili mazkur sohadagi islohotlarni toʻlaqonli amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan qator muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda. Xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilishning taʼsirchan tizimi mavjud emas, oilani rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektor hamkorligi past darajada;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oila institutini mustahkamlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ixtisosligi tor, hozirgi hayot voqeligidan uzilib qolgan, ilmiy tadqiqotlar natijalari amaliyotga sust joriy etilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaning demografik rivojlanishida oʻzgarishlar yuz bermoqda, oila ajralishlari soni oʻsmoqda, mazkur sohada salbiy tendensiyalar va muammolar sabablarini asoslovchi tadqiqotlar yetishmayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilada, taʼlim muassasalarida madaniy-tarixiy meros salohiyatidan sust foydalanilmoqda, milliy mentalitetimizga yot boʻlgan gʻoya va qarashlar taʼsirining oldini olish borasidagi ishlar samarasiz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oila institutini mustahkamlashning qonunchilik asoslari mukammal emas, huquqni qoʻllash amaliyotini va ilgʻor xorij amaliyotini oʻrganish asosida oilani himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asos mavjud emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislar yetishmaydi va kadrlar malakasi past darajada, taʼlim tizimida mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni prognozlashtirish mexanizmi yoʻlga qoʻyilmagan, oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish boʻyicha oʻquv dasturlari mukammal emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila institutini qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash sohasidagi mavjud kamchiliklar joylarda yigʻilib qolgan muammolarni hal etish, mazkur sohada kutilayotgan ijobiy natijalarga erishish imkonini bermayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb yuritiladi) muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali, birinchi navbatda, “Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi” konseptual gʻoyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan yangi oila modelini shakllantirishning alohida mohiyatini hisobga olgan holda, davlat siyosatining quyidagi ustuvor vazifalari va asosiy yoʻnalishlari nazarda tutilmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Normativ-huquqiy hujjatlar normalarini ularning oila institutini mustahkamlash hamda rivojlantirishga taʼsiri nuqtai nazaridan baholash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Huquqni qoʻllash amaliyotini, tadqiqotlar natijalarini hamda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish asosida oilani himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash sohasida mustahkam huquqiy asosni yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Koʻp bolali oilalarga va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga imtiyozli kreditlar (ipoteka, isteʼmol va boshqa) berishni va yer maydonlarini taqdim etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini ifodalovchi hamda ularning hayoti va faoliyatining asosiy tendensiyalarini aks ettiruvchi statistika koʻrsatkichlari tizimini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tadqiqotlarni moliyalashtirishning moslashuvchan tizimini joriy etish, shu jumladan, oila institutini mustahkamlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratish, olib borilayotgan tadqiqotlarning oilalar real ehtiyojlari bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha idoralararo hamkorlikni hamda davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektorning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlab qolgan holda zamonaviy oila modelini shakllantirish uchun tarixiy-madaniy shart-sharoitlarni kompleks tadqiq etish, ularni keng targʻib qilish va hayotga joriy etish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, oiladagi mojaro va zoʻravonliklar, oilalar ajrashishi hamda ularning ijtimoiy oqibatlarini kompleks tadqiq etish asosida ularning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmogʻining oila mustahkamligiga va rivojiga taʼsirini oʻrganish, oilaviy turmush tarzi qadriyatlarini oshirishni targʻib qilishda, oilalardagi salbiy ijtimoiy holatlarni profilaktika qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Muqobil oilaviy vasiylikni tanlash, qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish (bola asrab oluvchi ota-onalarni topish va tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, farzand asrab olgan oilalarni professional qoʻllab-quvvatlash va vasiylik sifatini monitoring qilish tizimini yaratish) hamda xorij amaliyotini Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xayriya faoliyati holatini oʻrganish, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarni ogʻir turmush sharoitida qolgan oilalarni qoʻllab-quvvatlashga ragʻbatlantirishni nazarda tutadigan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oilaviy muammolar boʻyicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari doirasini kengaytirish hamda chuqurlashtirish, jahon ilm-fanida mahalliy ishlanmalarning raqobatdoshligini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xalqaro standartlarga javob beradigan ilmiy jurnal taʼsis etish, mahalliy va xorijiy olimlarning oilani mustahkamlash masalalariga doir nashrlarini koʻpaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Demografik rivojlanishni ragʻbatlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oilaning reproduktiv salomatligiga va demografik rivojlanishiga doir masalalarni, oilalarning farovonlik va xotirjamlik darajasini kompleks tadqiq etish hamda muammolarni omilli asosda tahlil qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtish tizimini takomillashtirish, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning, tugʻma nuqsonlar bilan bolalar tugʻilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha yagona yondashuvni ishlab chiqish va oʻquv dasturlarini tizimlashtirish, oilaning oqilona reproduktiv axloqini va oilani rejalashtirishni shakllantirish, sogʻlom turmush tarzi va ovqatlanish madaniyatini targʻib qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oilani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, manzilli ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan, voyaga yetmagan farzandlarni, nogironligi boʻlgan farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalarni, shuningdek, yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalarni ishga joylashtirishda koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oila aʼzolarini tadbirkorlik asoslariga oʻqitish, oilaviy tadbirkorlikni, kasanachilikni, hunarmandchilikni, yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish. Voyaga yetmagan farzandlarni, nogironligi boʻlgan farzandlarni tarbiyalayotgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalarga oʻzlariga tegishli yer uchastkalaridan samarali foydalanishida koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yosh avlodda maʼnaviy-axloqiy, odob qadriyatlarni va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oilaning birdamligini mustahkamlashga, oilada avlodlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqani saqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oilaviy anʼanalarni rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ota-onalari yoki vasiylari fuqarolik, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan voyaga yetmagan bolalarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ruhiy qoʻllab-quvvatlash tizim va mexanizmlari samaradorligini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oilalarda ichki oilaviy va shaxsiy munosabatlarni, xususan ota-ona va farzandlar, er va xotin, qaynona va kelin oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash, oilada mojaroli va ogʻir turmush sharoitini amaliy hal qilish mexanizmlarini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oilaviy notinchlik, bolalarning nazoratsizligi va qarovsizligi, shuningdek, bolalar orasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga doir samarali mexanizmlarni joriy qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻsmirlar, yoshlar, yosh ota-onalar bilan ularning bilim darajasini oshirish va ibratli ota-onalik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Oilalarga taʼsirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Demografiya, sotsiologiya, oilaviy psixologiya, ijtimoiy faoliyat boʻyicha kadrlarni tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasi faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish, nizolashish arafasida va nizoli vaziyatda boʻlgan oilalar bilan ishni tashkil qilishning yangi shakllari va usullarini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oilalarga tadbirkorlik faoliyati asosida ijtimoiy va psixologik yordam berishga qaratilgan xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun oilalarga taʼsirchan uslubiy, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida professional superviziya tizimini ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ogʻir turmush sharoitida qolgan shaxslarga moʻljallangan ijtimoiy moslashuv markazlari va “Ishonch telefonlari” faoliyatini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari ularni demografik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi davlat siyosatining boshqa yoʻnalishlari bilan muvofiqlashtirish zarurligini hisobga olgan holda belgilandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kutilayotgan natijalar samaradorligi va unga erishish darajasi Konsepsiyada koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning doimiy monitoringi natijalari asosida baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilani mustahkamlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va Oʻzbekistonda yangi oila modelini shakllantirishga qaratilgan quyidagilar mazkur Konsepsiyani amalga oshirish samaradorligining koʻrsatkichlari boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farzand tarbiyasida oilaning javobgarligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, saqlash va rivojlantirish, oila aʼzolarining huquqlariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilalarda tinch, doʻstona va ahillik muhitini yaratish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga aniq mazmun baxsh etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oila instituti sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning aniq maqsadga qaratilganligini hamda dolzarbligini taʼminlaydigan tizimni joriy qilish va tadqiqotlar natijalarini amaliyotda qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, oilalar farovonligini hamda tinch-totuvligini taʼminlash tizimini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilalarga taʼsirchan, sifatli, uslubiy va konsultativ yordam berish hamda ogʻir turmush sharoitida, ularning oilaviy muammolarini hal qilishda amaliy ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimi samaradorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari asosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda oilalardagi nizolar va ajrashishlarning oldini olish boʻyicha taʼlim tizimini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli vaziyatlarni hal qilish, ajrashishlarning oldini olish sohasida, shuningdek, oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bilan bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha kadrlar malakasini oshirishning samarali shakllarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda, mustahkam oilalarni shakllantirishda, sogʻlom farzandlar tugʻilishida, sogʻlom turmush tarziga amal qilishda, bolaning oilada yashash va tarbiya olish huquqini taʼminlashda, barkamol avlodni tarbiyalashda, munosib keksalikni taʼminlashda oilaning oʻrni va rolini oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyatda zamonaviy oila modelini hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini toʻliq roʻyobga chiqarish oila institutini mustahkamlash sohasidagi islohotlarni samarali amalga oshirishning pirovard natijasiga aylanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoʻl xaritasi”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Oila institutini mustahkamlashning institutsional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sherikchilikni kuchaytirish

1.

Tadqiqotlarni moliyalashtirishning moslashuvchan tizimini joriy etish, shu jumladan, oila institutini mustahkamlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratish, olib borilayotgan tadqiqotlarning oilalar real ehtiyojlari bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash.

Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot

2018-yil noyabr

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Innovatsiya vazirligi(I. Abduraxmanov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov)

2.

Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati statistikasini yuritish tizimini takomillashtirish. “Oʻzbekistonda oila” statistik toʻplamini nashr etish.

Yangi statistik shakllarni tasdiqlash

2018-yil dekabr

Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov),

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

“Mahalla” fondi (Sh. Javlonov)

3.

Qiyin hayotiy sharoitga ega va ijtimoiy xavfli guruhlarga mansub oilalar, ularning ahvoli va manzilli yordam xizmatining har xil turlariga ehtiyojlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida olish maqsadida “Oila” markazining yagona idoralararo axborot bazasini yaratish.

“Oila” markazi idoralararo axborot bazasining konsepsiyasini ishlab chiqish.

“Oila” markazi idoralararo axborot bazasining texnik talablarini ishlab chiqish.

“Oila” markazining idoralararo axborot bazasini ishga tushirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil



1-yanvargacha

1-martgacha

1 dekabrgacha

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(A. Axmedxodjayev),

IIV (P. Bobojonov),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Mehnat vazirligi (Sh. Qudbiyev),
“Mahalla” fondi (Sh. Javlonov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Normativ-huquqiy hujjatlar normalarini oila institutining mustahkamlanishi va rivojlanishiga salbiy taʼsirini tahlil qilish.

Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot

2019-yil fevral

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Inson huquqlari boʻyicha
milliy markaz (A. Saidov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha idoralararo hamkorlikni hamda davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektorning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish.

Oilani qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Hamkorlik memorandumlari
va chora-tadbirlar dasturi
Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot

2019-yil fevral


2019-yil iyul

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Mehnat vazirligi (Sh. Qudbiyev),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
IIV (P. Bobojonov),
“Mahalla” fondi (Sh. Javlonov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

6.

Oilaviy biznesni yanada rivojlantirish orqali oilalar farovonligi va xotirjamligini oshirish uchun qulay sharoit yaratishni nazarda tutuvchi “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2019-yil aprel

Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil(D. Kasimov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

“Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi (G. Maxmudova)

7.

Oilalarni qoʻllab-quvvatlash uchun ijtimoiy xizmatlar koʻlamini kengaytirish, oilalarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatining standarti hamda oilalarning ijtimoiy himoyasi boʻyicha xizmatlar taqdim etish sifatining monitoringi tizimini yaratishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga ijtimoiy xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2019-yil iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

“Nuroniy” jamgʻarmasi (Sh. Jalilov),

Nogironlar jamiyati (K. Abdullayev),
Inson huquqlari boʻyicha
milliy markaz (A. Saidov)

8.

Oila masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish va umumlashtirish asosida “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini mazkur kodeksning oilaviy huquqiy munosabatlarning javobgarlik mezonlarini aniqlash, alimentlarni belgilash, ajrashish vaqtida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalarini yanada takomillashtirish nuqtai nazaridan ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2019-yil sentabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy sud (K. Kamilov),
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Inson huquqlari boʻyicha
milliy markaz (A. Saidov)

9.

Koʻp bolali oilalarga va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga imtiyozli kreditlar (ipoteka, isteʼmol va boshqa) berishni va yer maydonlarini taqdim etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),
Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

II. Zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish

10.

Huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, oiladagi mojaro va zoʻravonliklar, oilalar ajrashishi hamda ularning ijtimoiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilish asosida ularning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Kompleks tadbirlar

2018-yil noyabr

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),
Bosh prokuratura (O. Murodov),
IIV (P. Bobojonov),
Oliy sud (K. Kamilov),
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),
Din ishlari boʻyicha qoʻmita (J. Akramov),
“Mahalla” fondi (Sh. Javlonov)

11.

Oila institutini mustahkamlash bilan bogʻliq materiallarni chop etish boʻyicha ilmiy jurnalni taʼsis etish. Xorijiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oilani mustahkamlash boʻyicha tadqiqotlar natijalarini respublika va xorijda keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish tizimini takomillashtirish.

Ilmiy jurnalni taʼsis etish

“Oila” markazining chora-tadbirlar dasturi

2018-yil dekabr

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Oʻzbekiston Matbuot
va axborot agentligi (L. Tangriyev),
“OʻzA” agentligi (A. Koʻchimov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),

ilmiy muassasalar

12.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmogʻining oila mustahkamligiga va rivojiga taʼsirini oʻrganish. Oilaviy turmush tarzi qadriyatlarini targʻib qilishda, oilalardagi salbiy ijtimoiy holatlarning profilaktikasi, bolalarni ularning sogʻligʻi va axloqiga zarar yetkazuvchi maʼlumotlardan himoya qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Tegishli vazirlik va idoralarga tavsiyalar kiritish

2019-yil iyun

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(A. Axmedxodjayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

13.

Oilaviy muammolar boʻyicha magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari doirasini kengaytirish hamda chuqurlashtirish, jahon ilm-fanida mahalliy ishlanmalarning raqobatdoshligini oshirish.

Tegishli vazirlik va idoralarga tavsiyalar kiritish

2019-yil sentabr

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmanov),

Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (

I. Madjidov),

ilmiy muassasalar

14.

Muqobil oilaviy vasiylikni tanlash, qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish (bola asrab oluvchi ota-onalarni topish va tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, farzand asrab olgan oilalarni professional qoʻllab-quvvatlash va vasiylik sifatini monitoring qilish tizimini yaratish) hamda xorij amaliyotini Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumot,
zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil oktabr

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi (G. Abidova),
Respublika bolalar ijtimoiy
adaptatsiyasi markazi (V. Alimova),
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

III. Demografik rivojlanishni ragʻbatlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish

15.

Nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtish va uning samaradorligini monitoring qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning, tugʻma nuqsonlar bilan bolalar tugʻilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish.

Tahliliy maʼlumot,
zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil

mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
ilmiy muassasalar

16.

Oila aʼzolarini tadbirkorlik asoslariga oʻqitish, oilaviy tadbirkorlikni, kasanachilikni, hunarmandchilikni, yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish. Voyaga yetmagan farzandlarni, nogironligi boʻlgan farzandlarni tarbiyalayotgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalarga qoʻshimcha daromad olish uchun oʻzlariga tegishli yer uchastkalaridan samarali foydalanishida koʻmaklashish.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha elektron materiallar tayyorlash hamda elektron ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish.

Kompleks tadbirlar

2019-yil yanvar




2019-yil
may

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

“Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi (G. Maxmudova),
Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha yagona yondashuvni ishlab chiqish va oʻquv dasturlarini tizimlashtirish. Aholining oqilona reproduktiv axloqini va oilani rejalashtirishni shakllantirish, bolalar nogironligining, bepushtlikning oldini olish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzi
va ovqatlanish madaniyatin targʻib qilish.

Metodik
va amaliy qoʻllanmalar

2019-yil iyul

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Sport vazirligi(Sh. Isroilov),
Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

“Sogʻlom avlod uchun” fondi (S. Inamova)

18.

Oilaning reproduktiv salomatligiga va demografik rivojlanishiga doir masalalarni, oilalarning farovonlik va xotirjamlik darajasini kompleks tadqiq etish hamda muammolarni omilli asosda tahlil qilish.

Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot

2019-yil oktabr

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

davlat statistika kumitasi (B. Begalov),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
ilmiy muassasalar

19.

Oilani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, manzilli ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan, voyaga yetmagan farzandlarni, nogironligi boʻlgan farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalarni ishga joylashtirishda koʻmaklashish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil dekabr

Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev),
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

IV. Oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash

20.

Yosh avlodda maʼnaviy-axloqiy, odob qadriyatlarni va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Doimiy

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),
Respublika Maʼnaviyat
va maʼrifat markazi (A. Qodirov),
Oliy va oʻrta maxsus

taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin),

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

21.

Oilaning birdamligini mustahkamlashga, oilada avlodlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqani saqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oilaviy anʼanalarni rivojlantirish.

Kompleks tadbirlar

2018-yil avgust

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Respublika Maʼnaviyat
va maʼrifat markazi (A. Qodirov),
“Nuroniy” jamgʻarmasi (Sh. Jalilov),

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev)

22.

Oilaviy notinchlik, bolalarning nazoratsizligi va qarovsizligi, shuningdek, bolalar orasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga doir samarali mexanizmlarni joriy qilish.

Kompleks tadbirlar

2019-yil yanvar

IIV (P. Bobojonov),
Bosh prokuratura (O. Murodov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Madjidov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Kuranbayev), Respublika Maʼnaviyat va
maʼrifat markazi (A. Qodirov)

23.

Oilalarda ichki oilaviy va shaxsiy munosabatlarni, xususan ota-ona va farzandlar, er va xotin, qaynona va kelin oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash, oilada mojaroli va ogʻir turmush sharoitini amaliy hal qilish mexanizmlarini joriy etish.

Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot

2019-yil
aprel

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), Fuqarolarning oʻzini oʻzi
boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha
respublika kengashi (Sh. Javlonov)

24.

Ota-onalari yoki vasiylari fuqarolik, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan voyaga yetmagan bolalarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ruhiy qoʻllab-quvvatlash tizim va mexanizmlari samaradorligini oshirish.

Tahliliy maʼlumot,
zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil
may

Respublika bolalar ijtimoiy
moslashuvi markazi (V. Alimova),
“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy sud (K. Kamilov),
Bosh prokuratura (O. Murodov),
IIV (P. Bobojonov)

25.

Oʻsmirlar, yoshlar, yosh ota-onalar bilan ularning ibratli ota-onalik koʻnikmalariga oid bilim darajasini oshirish boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirish. Ota-onalar uchun nogironligi boʻlgan farzandlarni toʻgʻri parvarishlash va tarbiyalash boʻyicha metodik hamda amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, patronaj va ijtimoiy xizmatlar yordamida ularning koʻnikmalarini oshirish.

Bolalar va yoshlar uchun oila, madaniyat va tarbiya masalalari boʻyicha oʻquv dasturlarini tayyorlash va joriy qilish.

Metodik
va amaliy qoʻllanmalar



Taʼlim muassasalari uchun fakultativ mashgʻulotlarning oʻquv dasturlari

2019-yil
may




2019-yil avgust

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Respublika bolalar ijtimoiy
moslashuvi markazi (V. Alimova),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

V. Oilalarga taʼsirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish

26.

Oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun oilalarga taʼsirchan uslubiy, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida professional superviziya tizimini ishlab chiqish.

Tegishli vazirlik
va idoralarga tavsiyalar kiritish

2018-yil sentabr

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

Respublika bolalar ijtimoiy
moslashuvi markazi (V. Alimova)

27.

Oilalarga tadbirkorlik faoliyati asosida ijtimoiy va psixologik yordam berishga qaratilgan xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish.

Tahliliy maʼlumot,
zarurat boʻlganda normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil dekabr

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),
“Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi (G. Maxmudova),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Demografiya, sotsiologiya, oilaviy psixologiya, ijtimoiy faoliyat boʻyicha kadrlarni tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot

2019-yil yanvar

Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),
ilmiy muassasalar

29.

Fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasi faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish, nizolashish arafasida va nizoli vaziyatda boʻlgan oilalar bilan ishni tashkil qilishning yangi shakllari va usullarini joriy etish.

Kompleks tadbirlar

2019-yil fevral

Fuqarolarning oʻzini oʻzi
boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha
respublika kengashi (Sh. Javlonov),
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova)

30.

Ogʻir turmush sharoitida qolgan shaxslarga moʻljallangan ijtimoiy moslashuv markazlari va “Ishonch telefonlari” tajribasini oʻrganish va faoliyatini takomillashtirish.

Aniq takliflar bilan tahliliy maʼlumot

2019-yil

mart

Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva),

“Oila” markazi (D. Toshmuhamedova),

Respublika bolalar ijtimoiy
moslashuvi markazi (V. Alimova),
manfaatdor vazirlik va idoralar

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2018-y., 07/18/3808/1410-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)