Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020 12.06.2018 yildagi 443-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-iyuldagi 546-sonli “Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish jarayonini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 4-maydagi PF-5429-son Farmonini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berishni ushbu qarorga qatʼiy muvofiq amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi va oqilona oʻzlashtirilishi yuzasidan amaliy nazorat qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar olish uchun buyurtmanomalar berishning elektron tizimini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni olish uchun oldin berilgan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni berishning ushbu qaror bilan belgilangan tartibiga muvofiq yakuniga yetkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻoliblari oldin oʻtkazilgan ochiq savdolarda aniqlangan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni berish ushbu qarorga muvofiq ular tomondan moliyaviy taklif summasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlanganidan soʻng belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islomov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 12-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
443-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 443-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri litsenziya asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologik oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qazib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Litsenziyalar, qoidaga koʻra, ushbu Nizomning 2-bandida belgilangan yer qaʼridan foydalanishning har bir turi uchun alohida-alohida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan, daryo oʻzanlari, kanallar va kollektorlarni tozalashda litsenziya olish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Geologik oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Geologik oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlarida (yer qaʼridan foydalanuvchining oʻz mablagʻlari hisobiga) noruda foydali qazilmalar konlarini izlash, baholash, qidirishga oid huquqni tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral — xomashyo bazani rivojlantirish va toʻldirish davlat dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobiga geologik oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga kelishiga belgilangan tartibda tasdiqlangan yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir loyiha-smeta hujjatlari asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya uning egasiga konni qazib olish, qazib olinayotgan mineral-xomashyoni qayta ishlash, shu jumladan, agar litsenziya shartlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, qazib olish jarayonida olingan texnogen mineral hosilalardan foydalanish (qayta ishlash) huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya noruda foydali qazilmalarning zaxiralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan kon boʻyicha uni qazib olish uchun beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya konning alohida uchastkasidagi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun berilishiga ruxsat etiladi, agar ushbu holat konni qazib olishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yomonlashtirmasa va konning qolgan qismlari (uchastkalari)ni oʻzlashtirishga toʻsqinlik qilmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bir konni bir necha yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalar berilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda konni qazib olish Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyati yuzasidan nazorat qilish inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) bilan kelishilgan, yer qaʼridan oqilona foydalanishni va atrof-muhit muhofaza qilinishini taʼminlovchi qazib olish tizimida amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalar bir vaqtning oʻzida bitta yer qaʼridan foydalanuvchiga berilishiga yoʻl qoʻyiladi, shu jumladan, oʻzaro yaqin joylashgan noruda foydali qazilmalar konlarini qazib olish uchun, agar bajarilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga koʻra ularni faqat birgalikda bir yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan qazib olish rentabelli boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bir vaqtning oʻzida noruda foydali qazilmalarning turli konlarini, ayrim turdagi qurilish materiallari va boshqa materiallar va buyumlarni ishlab chiqarish uchun zarur komponent sifatidagi mineral-xomashyolarni qazib olishga oid yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun bir necha litsenziyalar bitta yer qaʼridan foydalanuvchiga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya egasi unga berilgan kon ajratmasi doirasida qoʻshimcha litsenziyasiz yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir ishlarni, ularni Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondida davlat hisobiga qoʻyish sharti bilan olib borish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun oʻz ichiga noruda foydali qazilmalarni olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Texnogen mineral hosilalardan foydalanishga oid yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya uning egasining kon-qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarining tarkibida noruda foydali komponentlari mavjud chiqindilarini qayta ishlash ishlarini amalga oshirish huquqini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish va mineral-xomashyoni qayta ishlash jarayonida olingan texnogen mineral hosilalarga egalik huquqi noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyaga muvofiq litsenziya egasida yer qaʼri uchastkasidan foydalanish muddati mobaynida saqlab qolinadi. Bunday holda texnogen mineral hosilalardan foydalanishga (qayta ishlashga) litsenziya olish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Texnogen mineral hosilalardan foydalanishga oid yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya yer qaʼridan foydalanuvchi balansida hisobda turmaydigan yoki texnogen mineral hosilalar sotilgan yoki belgilangan tartibda boshqa yer qaʼridan foydalanuvchiga topshirilgan holda kon qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarining chiqindilarini qayta ishlash uchun beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yer qaʼridan foydalanish litsenziyada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning asosiy shartlariga yer qaʼridan foydalanish turlaridan kelib chiqqan holda “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33, 35, 36, 37, 40, 41, 43 va 45-moddalari bilan belgilangan shartlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning namunaviy shartlari Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarurat boʻlganda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Geologik oʻrganish uchun noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarning minimal hajmlari, ularni amalga oshirish muddatlari va yer qaʼri haqida olingan geologik yoki boshqa maʼlumotlarni hisobga olish hamda saqlash va ishlarni tizimlashtirish uchun Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondiga topshirish muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kon inshootlari va quduqlarni aholi hayoti va salomatligini, atrof-muhit xavfsizligini taʼminlaydigan holatga keltirish (rekultivatsiya qilish), shuningdek, foydalanishga yaroqsiz kon inshootlari va quduqlarni tugatish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noruda foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash uchun materiallarni Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga topshirish tartibi va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin toʻxtatilishi mumkin boʻlgan shart-sharoitlar nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, zaxiralarni qazib olish va kon maydonida (uchastkada) qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanganlik uchun toʻlovlarni toʻlash shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylari tashkil qilish, xodimlarni kasb boʻyicha tayyorlash va shu kabilar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchining investitsiya majburiyatlari;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 294-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/294/2917-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin toʻxtatilishi mumkin boʻlgan shart nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Texnogen mineral hosilalaridan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik loyihalar va kon ishlarini rivojlantirish rejalarini, texnogen mineral hosilalar (konlar) zaxiralarini qazib olish va kon maydonida (uchastkalarda) qulayliklar yaratish loyihalarini tuzish tartibi va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qazib olingan foydali qazilmaga egalik qilish huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanganlik uchun toʻlovlar toʻlash shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchining ijtimoiy majburiyatlari (mahalliy aholi uchun ish joylari tashkil qilish, xodimlarni kasb boʻyicha tayyorlash va shu kabilar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnogen mineral hosilalarni saqlash va qayta ishlash shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishning cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin toʻxtatilishi mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat geologiya qoʻmitasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida belgilangan hollarda noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼridan foydalanish shartlariga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari mineral-xomashyo va uni qayta ishlash mahsulotlari konʼyukturasining oʻzgarishi, yaʼni noruda foydali qazilmalarni qazib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi sababli, shuningdek, litsenziya berilgan vaqtdagiga nisbatan jiddiy farq qiluvchi vaziyat yuzaga kelgan hollarda yer qaʼridan foydalanuvchining iltimosiga koʻra ham koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya egasi noruda foydali qazilmalarni qazib olishni vaqtincha toʻxtatishi va oltmish kun oldin Davlat geologiya qoʻmitasiga yozma tarzda maʼlum qilgan holda belgilangan tartibda kon inshootlarini va yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilishi mumkin. Konservatsiya qilish muddati litsenziyaning umumiy amal qilish muddatiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼridan foydalanish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Geologik oʻrganish, noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qaʼri uchastkalari quyidagilar uchun belgilangan muddatlarga beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologik oʻrganish uchun besh yilgacha boʻlgan muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun foydali qazilmalarni yoki texnogen mineral hosilalarni qazib olishga doir texnik-iqtisodiy asoslash bilan belgilangan muddatga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Yer qaʼridan foydalanish muddatlari litsenziyada koʻrsatiladi va u yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Yer qaʼridan foydalanish muddati tugagunga qadar kamida olti oy oldin foydalanuvchi tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasiga yoʻllangan ariza boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan litsenziyada belgilangan shartlar bajarilgan taqdirda va yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir ishlarni tugallash, shuningdek, foydali qazilma konlarini qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish yoxud foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha korxonalarni tugatish yoki konservatsiya qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish zarur boʻlgan hollarda yer qaʼridan foydalanish muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanish muddatlarini uzaytirish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan ariza tushgan kundan boshlab yigirma kun ichida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishga litsenziyalar berishning umumiy shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Noruda, shu jumladan, keng tarqalgan foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishga litsenziyalar Davlat geologiya qoʻmitasi bilan olib boriladigan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar natijalariga koʻra beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxati ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishga oid litsenziyalar geologik jihatdan oʻrganish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan faqat qidirilgan noruda foydali qazilmalar konlariga hamda quyidagi mezonlar uygʻunligida ochiq savdolar asosida beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasining infrastruktura obyektlariga (elektr uzatish, temir yoʻl stansiyasi, avtomobil yoʻli) yaqinida (10 kilometrdan ortiq emas) joylashganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasining shahar aholi punkti va yirik qurilish obyekti yaqinida (10 kilometrdan ortiq emas) joylashganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noruda foydali qazilmalarning tavsiya etilayotgan zaxiralari hajmi (5 mln. m3/t.dan ortiq).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq savdolar noruda foydali qazilmalar koni ushbu bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida keltirilgan mezonlarga muvofiq boʻlishi sharti bilan ushbu Nizomning 27-bandi uchinchi xatboshiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Yer qaʼrini geologik oʻrganishga oid ishlarni moliyalashtirgan yer qaʼridan foydalanuvchilar aniqlangan kon boʻyicha foydali qazilmalar zaxiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil mobaynida ular tomonidan aniqlangan konda noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun litsenziyalar olishga mutlaq huquqqa ega boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni qazib olishga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar asosida, ochiq savdolar oʻtkazilmasdan yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir (toʻliq yoki qisman, noruda foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash va tasdiqlash bilan bogʻliq) ishlarni moliyalashtirgan shaxsning buyurtmanomasi boʻyicha beriladi, buyurtmanomaga moliyalashtirish manbai koʻrsatilgan holda konni qidirish boʻyicha ishlarni moliyalashtirishni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini oʻz mablagʻlari hisobidan olib borgan shaxs tomonidan u tomonidan qidirilgan konda noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqidan voz kechilgan holda kon ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ochiq savdolar natijalari boʻyicha boshqa shaxsga berilishi mumkin, bunda birinchi shaxsga u tomonidan sarflangan xarajatlar, shu jumladan, yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik va boshqa maʼlumotlar qiymati qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirgan ariza beruvchilarga berilgan mutlaq huquq muddati oʻtib boʻlganidan soʻng ham u tomondan qidirilgan kondagi foydali qazilmalarni qazib olish uchun litsenziya olishda ochiq savdolarda uning imtiyozli huquqi saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ariza beruvchilarga soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik yoki boshqa maʼlumotlar toʻplami Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan realizatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik yoki boshqa maʼlumotlar toʻplami soʻralayotgan, ariza beruvchi bilan kelishilgan yer qaʼri uchastkasining chegaralarini, u boʻyicha yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni yoki texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun yetarli boʻladigan hajmdagi kon-texnik, texnologik va boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik yoki boshqa maʼlumotlar toʻplami pullik asosda tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik yoki boshqa maʼlumotlar toʻplamini tayyorlash muddati va qiymati uning hajmiga bogʻliq hamda materiallarni va boshqalarni saralash, koʻchirish va nusxalarini olishga sarflanadigan xarajatlar doirasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ular boʻyicha geologik yoki boshqa maʼlumotlari toʻplami realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalari roʻyxati Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarur boʻlgan hollarda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchilar soʻroviga binoan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalari roʻyxatiga tegishli qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Bir nafar ariza beruvchiga realizatsiya qilingan bitta yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplami uch oy mobaynida boshqa ariza beruvchilarga realizatsiya qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplamini olgan ariza beruvchi tomonidan uch oy oʻtgach yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish tartibi boʻyicha zarur hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda yer qaʼrining soʻralayotgan uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplami boshqa ariza beruvchilarga realizatsiya qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplami uch oy oʻtganidan soʻng boshqa ariza beruvchiga realizatsiya qilinganda, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani olish uchun ilgari realizatsiya qilingan geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplami asosida tayyorlangan birinchi ariza beruvchining hujjatlari qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ariza beruvchilar noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziya olishga buyurtmanomalar topshirilishini qayd qilishning elektron tizimiga hamda ushbu Nizomning 33-bandiga muvofiq zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga yozma tarzda buyurtmanoma topshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat geologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi, zarur hollarda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchilar noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun bevosita Davlat geologiya qoʻmitasiga buyurtmanoma topshirish huquqiga egalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar asosida berish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun beriladigan buyurtmanoma quyidagilardan iborat boʻlishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining rahbarlari va mulk egalarining aloqa qilinadigan va pochta maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasining nomi va yer qaʼridan foydalanishning nazarda tutilgan turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organi tomonidan qabul qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan, tashkilotning oʻtgan yil uchun buxgalteriya balansi nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining ustav fondi toʻgʻrisidagi maʼlumot, u bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan kam boʻlmasligi lozim;
(33-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moʻljallanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud xodimlar tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumot (geologlar, konchilar, marksheydyerlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari tomonidan beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli jamgʻarmalar budjetlari oldida qarzi mavjud emasligini, ariza beruvchida oʻzining va yer qaʼri uchastkasidan foydalanishga doir ishlarni bajarish uchun jalb qilinadigan zarur mablagʻlarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining texnik va texnologik imkoniyatlari, shuningdek, u tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilinadigan texnika va asbob-uskunalar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar — yer qaʼrini geologik oʻrganish va noruda foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olish uchun berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik-iqtisodiy asoslar — yer qaʼri noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat korxonalari, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan va 50% va undan ortigʻi yuridik shaxsga tegishli boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng taqdim etiladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari;
(33-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanishning nazarda tutilgan turini amalga oshirish uchun tegishli yer uchastkasi ajratilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisida Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan ariza loyihasiga berilgan ijobiy xulosa;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya olishga oid buyurtmanomasini koʻrib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdoridagi toʻlovning Davlat geologiya qoʻmitasi hisob raqamiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
(33-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ushbu Nizomning 33-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplami ariza beruvchi tomonidan toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilganda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanomalarni boshqa sabablar boʻyicha qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari oʻn kun muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyat organlari bilan birgalikda soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasini, undan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash uchun tekshirib chiqadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
global pozitsion tizim asboblarini qoʻllab burchak koordinatalarini aniqlagan holda yer qaʼri uchastkasining joylashish oʻrnini aniqlashtiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noruda foydali qazilmalar ruxsatsiz qazib olinganligi izlarining mavjud boʻlishi mumkinligini aniqlashtiradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining texnik va texnologik imkoniyatlari, taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilganiga muvofiqligini oʻrganadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib borilgan ishlar natijalari boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tegishli maʼlumotlarni tayyorlaydilar va buyurtmanoma bilan birgalikda Davlat geologiya qoʻmitasiga yuboradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Noruda foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olish hollari aniqlanganda, Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan ularning oldini olish va aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Davlat geologiya qoʻmitasi besh kun muddatda buyurtmanomani va Davlat geologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarning tegishli maʼlumotlarini oʻrganib chiqadi hamda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Davlat geologiya qoʻmitasi noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng bir kun muddatda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolangan muddatni koʻrsatgan holda ariza beruvchiga yozma tarzda maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Ariza beruvchi uch kun muddatda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza beruvchi oʻttiz kun ichida yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolamasa, Davlat geologiya qoʻmitasi noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya berishni rad qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Litsenziya ariza beruvchi tomonidan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari imzolangan kundan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisobotlar va (yoki) texnik-iqtisodiy asoslash tegishli yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlariga kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni berish quyidagi hollarda rad qilinishi mumkin, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi oʻzi haqida yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar bersa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi ishlarni samarali bajarish uchun malakali mutaxassislar, zarur moliya va texnik vositalarning mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologik va boshqa maʼlumotlarni olmasdan turib texnik hujjatlar ishlab chiqilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasining chegaralari geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplamida keltirilganiga mos kelmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishga doir ish olib borish metodikasi geologiya-qidiruv ishlarini olib borish yoki yer qaʼridan oqilona foydalanishning belgilangan talablariga mos kelmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qazib olinayotgan xomashyo qiymati notoʻgʻri hisoblangan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa sabablar boʻyicha noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning rad qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning rad qilinishiga rozi boʻlmaslik holati yuzaga kelganda ariza beruvchilar rad etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishning rad qilinishi haqida qaror qabul qilingan taqdirda Davlat geologiya qoʻmitasi bir kun muddatda ariza beruvchiga va buyurtmanomani qabul qilgan Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasiga axborot tizimi orqali yozma va elektron shaklda rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etish va qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni topshirishi mumkin boʻlgan muddatlar koʻrsatilgan xabarnomani yoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ariza beruvchi tomonidan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish rad etilishi sabablari belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan taqdirda, rad qilish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmagan muddatda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish ishlari amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Ochiq savdolar oʻtkazish asosida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga ochiq savdolarni tashkil qilish va oʻtkazish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan kiritiladigan materiallar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq savdolarni oʻtkazish boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq savdolar asosida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya beriladigan yer qaʼri uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq savdolarga qoʻyiladigan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq savdolar qatnashchilariga qoʻyiladigan malaka talablari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq savdolar gʻoliblarini saralashning asosiy va qoʻshimcha mezonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq savdolarni oʻtkazish vaqti va joyi, shu jumladan, buyurtmanomalarni qabul qilish manzili va ularni qabul qilishning tamom boʻlish vaqti (sanasi va soati);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq savdolarda qatnashish uchun yigʻim va litsenziyalar berilganligi uchun yigʻim miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq savdolarga qoʻyilayotgan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplamining qiymati haqidagi maʼlumotlar belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Davlat geologiya qoʻmitasi ochiq savdolarni oʻtkazish boʻyicha Idoralararo komissiyaning ishchi organi hisoblanadi va ushbu Nizomning 26 va 44-bandlariga muvofiq ochiq savdolarni oʻtkazish uchun materiallar tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi raisi ochiq savdolarni oʻtkazish boʻyicha Idoralararo komissiya rahbari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Davlat geologiya qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qilinganidan soʻng uch kun muddatda uni oʻzining rasmiy veb-saytida va zarur hollarda ommaviy axborot vositalarida joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotlar joylashtirilishi (chop etilishi) ariza beruvchining ochiq savdolarda qatnashish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlashiga asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasining nomi va uning joylashish manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasidagi noruda foydali qazilmalarning prognoz resurslari va zaxiralarining hajmlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmanomalar qabul qilinadigan joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq savdolar qatnashchilariga qoʻyiladigan malaka talablari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq savdolar gʻoliblarini tanlashning asosiy va qoʻshimcha mezonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasi toʻgʻrisidagi geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplami qiymati haqidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari loyihasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylashtirilgan axborotlarning amal qilish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga oid buyurtmanomalarni koʻrib chiqish uchun miqdorlar boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Davlat geologiya qoʻmitasi Idoralararo komissiya tomonidan qaror qabul qilinganidan soʻng uch kun muddatda soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplamini tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplami soʻralayotgan yer qaʼri uchastkalari chegaralarini, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni yoki texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan hajmlarda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi geologik, kon-texnik, texnologik va boshqa maʼlumotlarni aks ettirishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻralayotgan yer qaʼri uchastkalari boʻyicha geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplami Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish boʻyicha oʻtkaziladigan ochiq savdolarda qatnashish uchun ariza beruvchilarga realizatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplamini tayyorlash muddatlari va qiymati uning hajmiga bogʻliq hamda materiallarni saralash, koʻchirish va nusxa olishga va boshqalarga sarflanadigan xarajatlar doirasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan foydali qazilmalardan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun ochiq savdolar Idoralararo komissiya qarori bilan belgilanadigan muddatlarga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq savdolarga qoʻyilayotgan tegishli yer qaʼri uchastkalari boʻyicha yer uchastkalarini berish toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatini olish Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Ochiq savdolarni oʻtkazish doirasida qatnashchilardan olingan barcha materiallar Davlat geologiya qoʻmitasida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi olingan buyurtmanomalar va materiallar saqlanishi va oshkor qilinmasligini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan foydali qazilmalardan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun oʻtkaziladigan ochiq savdolarda qatnashishga oid buyurtmanomada ariza beruvchi davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq oʻzining toʻliq nomini, soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasi nomini va yer qaʼridan foydalanishning nazarda tutilgan turini koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan foydali qazilmalardan foydalanish huquqi uchun oʻtkaziladigan ochiq savdolarda qatnashishga doir buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati keltirilgan ilova xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining rahbarlari va mulkdorlari toʻgʻrisidagi aloqa qilinadigan va pochta maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moʻljallangan faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud xodimlar tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (geologlar, konchilar, marksheydyerlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organi tomonidan qabul qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan tashkilotning oʻtgan yil uchun buxgalteriya balansi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari tomonidan beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlatning maqsadli jamgʻarmalari budjetlari oldida qarzi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar, ariza beruvchida uning ochiq savdolarda qatnashishi, yer qaʼridan foydalanish uchun bir martalik toʻlovlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan oʻz mablagʻlari va jalb qilinadigan mablagʻlarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining, shuningdek, u tomonidan pudratchi sifatida jalb qilinadigan boshqa tashkilotlarning texnik va texnologik imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ariza beruvchida yer qaʼri uchastkasida ish olib borish uchun texnologik vositalar va asbob-uskunalar, malakali mutaxassislarning, pudratchi sifatida jalb qilinadigan chet tashkilotlar bilan shartnomalarning mavjudligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisobotlar — yer qaʼri geologik oʻrganish va noruda foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olish uchun berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnik-iqtisodiy asoslash — yer qaʼri noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun berilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat korxonalari, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ustav fondida 50% va undan ortiq davlat ulushi va 50% va undan ortigʻi yuridik shaxsga tegishli boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng taqdim etiladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi;
(50-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitga taʼsiri toʻgʻrisida buyurtmanoma loyihasiga Davlat ekologiya ekspertizasi tomonidan berilgan ijobiy xulosa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq savdolarda gʻolib boʻlgan taqdirda ariza beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlanadigan mablagʻ miqdori aks ettirilgan moliyaviy taklif;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya olishga oid buyurtmanomasini koʻrib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdoridagi yigʻim Davlat geologiya qoʻmitasining hisob raqamiga toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
(33-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga oid ochiq savdolarda qatnashish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlarni va maʼlumotlarni, belgilangan tartibda axborotlar bilan hamkorlik qilish yoʻli bilan, shu jumladan, elektron shaklda mustaqil tarzda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlovda qatnashish uchun beriladigan buyurtmanoma belgilangan talablar buzilgan holda topshirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi oʻzi haqida yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi ishlarni samarali va bexatar bajarish uchun malakali mutaxassislar, zarur moliya va texnik vositalarning mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini olishga ochiq savdolarni oʻtkazishning ariza beruvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablar mezonlariga mos kelmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa sabablar boʻyicha ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanomalar qabul qilish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Soʻralayotgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun moliyaviy taklifning eng kam miqdori quyidagicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini geologik oʻrganish uchun — noruda foydali qazilmalar konlarini izlash va qidirish huquqi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bir martalik bonus stavkasi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noruda foydali qazilmalarni konlardan tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olish va qazib olish, shuningdek, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan bir martalik tijorat bonusi stavkasi miqdorida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Davlat geologiya qoʻmitasi buyurtmanomalarni topshirish muddatlari yakuniga yetgach bir kun muddatda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi va Davlat ekologiya qoʻmitasi bir hafta muddatda geologik oʻrganish, noruda foydali qazilmalarning texnogen mineral hosilalarini qazib olish va foydalanish uchun buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmanomalarni koʻrib chiqishda har bir ariza beruvchining malaka talablariga mos kelishi aniqlanadi, shuningdek, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisobotlar va texnik-iqtisodiy asoslar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan — buyurtmanomaga ilova qilingan hujjatlarning yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq belgilangan talablarga va ish olib borishning meʼyorlariga muvofiqligi, shuningdek, buyurtmanomaga ilova qilingan yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni bajarishga oid texnik va texnologik imkoniyatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning toʻgʻriligini, texnik va texnologik yechimlar usullarini ishlarni bexatar olib borishning belgilangan qoidalariga va meʼyorlariga mosligi yuzasidan, shuningdek, loyihaning asosiy moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan — tabiat muhofazasi chora-tadbirlari Davlat ekologiya ekspertizasi xulosasiga mosligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ekologiya qoʻmitasi asosiy xulosalar, mulohazalar va takliflarni bayon qilgan holda yozma xulosalarni Davlat geologiya qoʻmitasiga oʻz vaqtida yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoralarning xulosalari Idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli yer qaʼri uchastkalari boʻyicha ochiq savdolar gʻoliblarini aniqlash uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Idoralararo komissiya besh kun muddatda taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi va ochiq savdo gʻoliblarini aniqlaydi. Zarurat boʻlganda Idoralararo komissiya taqdim etilgan materiallarni mustaqil ekspertizadan oʻtkazishni belgilashi mumkin. Mustaqil ekspertizani oʻtkazish muddati va shartlari Idoralararo komissiyaning alohida qarori bilan belgilanadi va besh kundan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Tegishli litsenziya olinguniga qadar Idoralararo komissiyaga notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda ariza beruvchi ishtirokchilar yoki ochiq savdo gʻoliblari qatoridan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Moliyaviy taklifning eng yuqori miqdori ochiq savdolarni oʻtkazishda gʻolibni aniqlashning asosiy mezoni hisoblandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi tomonidan yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirish manbalari koʻrsatilgan holda moliyalashtirish asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda moliyaviy taklif miqdoriga yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirish uchun sarflangan xarajatlar qoʻshiladi. Bunda yer qaʼrini geologik oʻrganishga doir ishlarni moliyalashtirish boʻyicha xarajatlarning qoʻshimcha miqdori Oʻzbekiston Respublikasini Davlat budjetiga moliyaviy taklif sifatida toʻlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Savdo ishtirokchilari tomonidan taklif etilgan eng yuqori moliyaviy taklif miqdorining toʻqson foizidan ortiqni tashkil etuvchi moliyaviy taklifni bergan ishtirokchi qoʻshimcha mezonlar boʻyicha quyidagi barcha shartlar boʻyicha ochiq savdo gʻolibi deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalardan samarali va oqilona foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilma zaxiralarining maksimal oʻsishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarni toʻliq qazib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼrini va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarining samaradorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kerakli miqdorda texnik va moliyaviy vositalar, shuningdek, taqdim etilayotgan texnik va texnologik yechimlarga muvofiq noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarida tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan soha mutaxassislarining mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuqorida koʻrsatilgan mezonlarga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilarning buyurtmanomalari mos kelsa Idoralararo komissiya gʻolibni aniqlash uchun qoʻshimcha mezonlarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Idoralararo komissiya ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan muddatda taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha gʻolibni aniqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoralararo komissiyaning ochiq savdo gʻolibini aniqlash toʻgʻrisidagi qarori Idoralararo komissiyaning roʻyxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi ushbu qarorni yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoralararo komissiyaning qarori Idoralararo komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Idoralararo komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnoma keyinchalik rasmiylashtirish va ochiq savdo gʻoliblariga tegishli litsenziyalarni berish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Ochiq savdolarda gʻolibni aniqlash uchun malaka talablariga javob beradigan eng kam ishtirokchilar soni kamida ikki ariza beruvchidan tashkil topgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Davlat geologiya qoʻmitasi Idoralararo komissiya qarori qabul qilingandan soʻng ikki kun muddatda bank hisob raqami rekvizitlarini va moliyaviy taklif miqdorini toʻlov muddatini koʻrsatgan holda ochiq savdo gʻolibini yozma ravishda xabardor qiladi va qaror matnini Internet tarmogʻidagi oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va zarur hollarda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Gʻolib aniqlangandan soʻng Davlat geologiya qoʻmitasi ikki kun muddatda joyiga chiqqan holda soʻralayotgan yer qaʼri uchastkalarini besh kun muddatda qoʻshimcha tekshirishdan oʻtkazadigan ishchi guruhni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha tekshirish jarayonida global pozitsion tizim asboblarini qoʻllagan holda burchak nuqtalari koordinatalarini tasvirga tushirish yoʻli bilan uchastkaning joylashish oʻrni, shuningdek, noruda foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olishning boʻlishi mumkin boʻlgan izlari aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh ariza beruvchining texnik va texnologik imkoniyatlari oldin taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilganiga muvofiqligini ham oʻrganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha tekshirish natijalariga koʻra asosiy natijalar aks ettirilgan xulosa joyning oʻzida tuziladi. Xulosa Idoralararo komissiyaga taqdim etiladi va keyinchalik tegishli yer qaʼri uchastkalari boʻyicha materiallarni koʻrib chiqishda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Noruda foydali qazilmalarni ruxsatsiz qazib olish hollari aniqlanganda Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida ularning oldini olish va aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Ochiq savdo gʻolibi moliyaviy taklif miqdorini toʻlaydi va yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ochiq savdo gʻolibi litsenziya berish qarori qabul qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) kundan boshlab 30 kun mobaynida Davlat geologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga moliyaviy taklif miqdori toʻlanganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilmasa yoki yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini imzolamagan boʻlsa, Idoralararo komissiya oʻtkazilgan ochiq savdo natijalari boʻyicha ikkinchi yoki keyingi oʻrinlarni egallagan ariza beruvchilarga litsenziya berish huquqini taqdim qilgan holda tegishli qarorni bekor qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Idoralararo komissiyaning qarori noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya ochiq savdo gʻolibi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini imzolagan kundan boshlab bir kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq savdo gʻolibi tomonidan taqdim etilgan yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisobotlar va (yoki) texnik-iqtisodiy asoslash tegishli yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlariga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish ochiq savdo natijalari boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish, davlat roʻyxatidan oʻtish va davlat hisobiga olish va rasmiylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Litsenziya Davlat geologiya qoʻmitasining buyurtmanomasi boʻyicha “Davlat belgisi” DIChB tomonidan bosmaxona usulida tayyorlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 7-iyundagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan shakl boʻyicha) maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya blankalari hisobga olish seriyasi, tartib raqami, himoya qilish darajasiga ega qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat geologiya qoʻmitasida saqlanadi. Litsenenziyaga litsenziyaning ajralmas qismi boʻlgan quyidagi matnli, grafik shakldagi va boshqa qoʻshimchalar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkasi maydonining dastlabki parametrlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarini tavsiflovchi grafik materiallar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni olib borish uchun yer uchastkasini berish toʻgʻrisida yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining kafolati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan geologik oʻrganish va noruda foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yoʻsinida qazib olish uchun foydalanish huquqiga oid litsenziya yer qaʼridan foydalanuvchiga kerakli yer uchastkasi ajratilishi uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Konchilik-geologiya faoliyati yuzasidan nazorat qilish boʻyicha inspeksiya tomonidan berilgan kon ajratish dalolatnomalari noruda foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen hosilalardan foydalanish uchun yer qaʼridan foydalanuvchiga zarur yer uchastkasi ajratilishiga asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya asosida yer qaʼridan foydalanuvchining murojaatiga koʻra, tegishli yer uchastkalari belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻn kundan oshmagan muddatda ochiq savdolarsiz, toʻgʻridan toʻgʻri litsenziyaning amal qilish muddati va yer qaʼri uchastkasining chegaralariga muvofiq ajratib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalari yer uchastkalarining chegaralarini joyida belgilash ishlari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududlardagi boʻlinmalari tomonidan bir vaqtning oʻzida yer qaʼridan foydalanuvchi ishtirokida amalga oshiriladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 294-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/294/2917-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini amalga oshirish u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi. Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanishni Davlat roʻyxatiga olish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini Davlat roʻyxatiga olish reyestrga tegishli qaydlarni kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Har bir reyestrda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchi toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar (ismi, tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili, telefon va faks raqamlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkasining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish turlari va maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya berilgan sana va uning raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish va litsenziyaning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asosi va uning sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish yoki toʻxtatish asosi va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya reyestriga kiritilgan maʼlumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tanishib chiqish uchun berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya reyestridagi maʼlumotlar berilganligi uchun yer qaʼridan foydalanadigan bir foydalanuvchiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdoridagi toʻlov undiriladi.
(72-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya reyestridagi maʼlumotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga bepul beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Reyestrdan maʼlumotlar taqdim etilishi uchun yigʻim summasi Davlat geologiya qoʻmitasi hisob raqamiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Yer qaʼrining tegishli uchastkasidan foydalanish huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin davlat hisobiga kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Foydalanishga topshirilgan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarini davlat hisobiga olish Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondi tomonidan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat roʻyxatdan oʻtkazilishiga oid materiallar olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish va toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi yoki muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib qoʻyish yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini muddatidan oldin bekor qilish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan, shu jumladan, boshqa davlat nazorati organlarining taqdimotlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqining cheklanishi yuzaga kelgan xavf-xatar yoki yer qaʼridan foydalanishda yoʻl qoʻyilgan talablar va shartlar, ishlarni olib borish meʼyorlari va qoidalari bartaraf etilishigacha butun uchastkada yoki uning bir qismida ishlarning maʼlum turlari cheklanishiga, biroq 3 oydan oshmagan muddatga cheklanishiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqining toʻxtatilishi yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan barcha turdagi ishlar toʻxtatib qoʻyilishi sabablari bartaraf etguniga qadar amalga oshirilishi taqiqlanishiga, biroq olti oydan oshmaydigan muddatga taqiqlanishiga olib keladi, togʻ-kon inshootlari xavfsizligini taʼminlash, qurilishlar, inshootlar va uskunalarni odamlar va atrof-muhit uchun xavfsiz saqlab turishga oid ishlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchi bir yil ichida yer qaʼri uchastkasidan foydalanishni boshlamagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan yer qaʼri uchastkasidan foydalanishning asosiy shartlari buzilgan (yer qaʼri uchastkasini davlat roʻyxatiga qoʻyish, ekologiya talablariga rioya qilish, rejalashtirilgan qazib olish hajmini taʼminlash, ijtimoiy majburiyatlarni bajarish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning taʼsir zonasida aholi hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga xavf-xatarning mavjud boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼridan foydalanish uchun toʻlovlar muntazam toʻlanmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunning 33, 36, 37, 40 va 401-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar tizimli tavsifga ega boʻlsa yoki ushbu yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga ilgari cheklov va (yoki) toʻxtatib turish qoʻllangan holatlarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchilarga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan bu haqda uch kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda tegishli tuman hokimligiga yozma maʼlumot beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda, tegishli yer maydonlari tuman hokimligi tomonidan zaxiraga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan uzluksiz ikki yil davomida bajarilmagan taqdirda (fors-major holatlaridan tashqari), haqiqatda qazib olingan hajmdan kelib chiqqan holda, noruda foydali qazilmalar zaxiralarining oʻzlashtirilmay qoladigan qismi davlat balansiga va ular joylashgan yer uchastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlari zaxirasiga qaytariladi. Bunda ilgari berilgan litsenziya qayta rasmiylashtirilmasdan, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 294-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/294/2917-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini muddatdan oldin bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror davlat nazorat organlaridan yozma xabar olingan kundan eʼtiboran Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi toʻxtatilganidan keyin foydalanuvchi yer qaʼridan foydalanish chogʻida buzilgan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy obyektlarni keyinchalik ularni foydalanishga yaroqli holga keltirish, shuningdek, ushbu yer qaʼri uchastkasidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan kon inshootlari va infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish va tugatish ishlarini (qayta tiklash) bajarishga kirishishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Yer qaʼri uchastkasi foydalanish uchun berilgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanuvchining faoliyati tugatilishi yoki bekor qilinishi munosabati bilan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi bekor qilinganda Davlat ekologiya qoʻmitasi va boshqa manfaatdor organlar vakillari ishtirokida Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tashkil etiladigan maxsus komissiya yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq kon inshootlari va infratuzilma obyektlarini konservatsiya qilish va tugatish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart. Bunday holatlarda yer qaʼri uchastkalari Davlat geologiya qoʻmitasi balansiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs qayta tashkil qilinganda va nomi oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish muddati uzaytirilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan litsenziya egasining arizasi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki qayta oʻzgartirilganda ariza litsenziya egasi tomonidan qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yetti kun muddatda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizaga tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda tegishli reyestrga oʻzgartirishlar kiritiladi, litsenziya esa yangi blankada rasmiylashtiriladi, bunda oldin berilgan litsenziya Davlat geologiya qoʻmitasida saqlanadi va unga “Haqiqiy emas” degan muhr bosiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish zarur hujjatlar ilova qilingan holda ariza tushgan kundan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va nomi oʻzgarganda, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari oʻzgarganda — besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer qaʼri uchastkalarini foydalanish muddati uzaytirilganda — oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda — amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish muddatini uzaytirishga litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari bajarilishi toʻgʻrisida taqdim etilgan axborot Davlat geologiya qoʻmitasi va Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86. Noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya olishga doir buyurtmanomani koʻrib chiqish uchun toʻlangan summaning ellik foizi miqdorda yigʻim undiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun undiriladigan yigʻim Davlat geologiya qoʻmitasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlari yuzasidan nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Yer qaʼrini geologik oʻrganish, yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. Ariza beruvchilar noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishga doir ular tomonidan tayyorlagan, Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida keng tarqalgan foydali qazilmalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Argillitlar va alyevrolitlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarsangtoshlar, shagʻal va mayda shagʻallar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gillar (boʻyoq va sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dolomit.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ohaktosh (sement ishlab chiqarish va metallurgiya sanoatida ishlatishga yaroqlilaridan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ohaktosh-chigʻanoqtosh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tosh boʻlaklari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kvarsit (texnik kremniy ishlab chiqarish uchun yaroqli boʻlgan hamda dinasli va flyuslilardan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lyoss va lyossimon jinslar (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mergel (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilardan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻrsimon jinslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Marmar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qum (qoliplashda va shisha ishlab chiqarishda foydalaniladiganlaridan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qumtosh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Slanets (yonuvchi va qorasidan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suglinkalar (sement ishlab chiqarish uchun yaroqlilaridan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magmatik, metamorfik va vulqanogen jinslar (sement va oʻtga chidamli materiallar ishlab chiqarish uchun yaroqlilaridan tashqari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar asosida berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Ariza beruvchi

Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati bilan Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga buyurtmanoma beradi

Zarur boʻlganda


Davlat geologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda foydalanish imkoniyatini aniqlash uchun soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasini tekshiradilar;

global pozitsion tizim asboblaridan foydalangan holda burchak koordinatalarini tushirish yoʻli bilan yer qaʼri uchastkasining joylashish oʻrnini aniqlashtiradilar;

foydali qazilmalar ruxsatsiz qazib olingan boʻlishi mumkinligi izlarini aniqlashtiradilar;

taqdim etgan hujjatlar boʻyicha ariza beruvchining texnik va texnologik imkoniyatlarini oʻrganadilar;

texnik-iqtisodiy asoslashda keltirilgan xomashyoni qazib olish tannarxi toʻgʻri hisoblanganligini tekshiradilar;

olib borilgan ishlar natijalari boʻyicha tegishli axborotni tayyorlaydilar va buyurtmanoma bilan birga Davlat geologiya qoʻmitasiga yuboradilar.

10 kun


2-bosqich

Davlat geologiya qoʻmitasi

Buyurtmanomani va hududiy boʻlinmalarning tegishli maʼlumotlarini oʻrganib chiqadi hamda noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya berish yoki uni rad qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

5 kun


Davlat geologiya qoʻmitasi

Litsenziya berish haqida qabul qilingan qaror va yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolash zarurligi toʻgʻrisida ariza beruvchiga maʼlum qiladi.

1 kun


Ariza beruvchi

Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini imzolaydi.

3 kun


Davlat geologiya qoʻmitasi

Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun litsenziyani rasmiylashtiradi va topshiradi.

1 kun

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni ochiq savdolar natijalari boʻyicha berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Quyidagilarni aniqlaydi va tasdiqlaydi:

ochiq savdolarni oʻtkazish boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibi;

noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar ochiq savdolar asosida beriladigan yer qaʼri uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumot;

ochiq savdolarga qoʻyilayotgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari loyihalari;

ochiq savdolar qatnashchilariga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari;

ochiq savdolar gʻoliblarini aniqlashning asosiy va qoʻshimcha mezonlari;

ochiq savdolarni oʻtkazish vaqti va joyini, shu jumladan, buyurtmanomalarni qabul qilish joyi hamda qabul qilishning tugashi va vaqti (sanasi va soati);

ochiq savdolarda qatnashish va litsenziyalarni berish uchun yigʻimlar miqdori;

Yer qaʼri uchastkalari toʻgʻrisidagi geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplami qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Zaruratga qarab


Davlat geologiya qoʻmitasi

Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan soʻng oʻzining rasmiy veb-saytida oʻtkaziladigan ochiq savdolar toʻgʻrisidagi axborot joylashtiradi.

3 kun


Davlat geologiya qoʻmitasi

Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan soʻng soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasi boʻyicha geologik va boshqa maʼlumotlar toʻplamini tayyorlaydi va realizatsiya qiladi.

3 kun


2-bosqich

Buyurtmanoma beruvchi

Ochiq savdolarda qatnashish uchun buyurtmanoma topshiradi.

Belgilangan muddatlarda


Davlat geologiya qoʻmitasi

Buyurtmanomalarni topshirish muddati yakunlangach ularni koʻrib chiqish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasiga va Moliya vazirligiga kiritadi.

1 kun


Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi

Davlat geologiya qoʻmitasi buyurtmanoma berish muddati yakunlanganidan soʻng bir kun muddatda ularni koʻrib chiqish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasiga kiritadi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi va Davlat geologiya qoʻmitasi bir hafta muddatda noruda foydali qazilmalarni geologik oʻrganish, qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun beriladigan buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi.

7 kun

Buyurtmanomalarni koʻrib chiqishda har bir ariza beruvchining malaka talablariga muvofiqligi aniqlanadi, shuningdek, yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va texnik-iqtisodiy asoslash:

Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan — buyurtmanomaga ilova qilingan hujjatlarni yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarning qoidalari va meʼyorlariga mosligi, shuningdek, buyurtmanomaga ilova qilingan yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni bajarish boʻyicha texnik va texnologik imkoniyatlarga doir hujjatlarning toʻgʻriligi, texnik va texnologik yechimlar usullarini ishlarni olib borishning belgilangan qoidalari va bexatar ishlash meʼyorlariga mosligi, qazib olinadigan xomashyo tannarxining hisob-kitobi, shuningdek, loyihaning asosiy moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari yuzasidan;

Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan — atrof-muhit muhofazasi tadbirlarining Davlat ekologiya ekspertizasi xulosasiga mosligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkaziladi.

Davlat ekologiya qoʻmitasi Davlat geologiya qoʻmitasiga asosiy natijalar, fikr-mulohazalar va takliflarni bayon qilgan holda oʻz vaqtida yozma xulosalar yuborishi shart.

Idoralar xulosalari Idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli yer qaʼri uchastkalari boʻyicha ochiq savdo gʻoliblarini aniqlash uchun asos boʻladi.


3-bosqich

Idoralararo komissiya

Taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi va ochiq savdo gʻoliblarini belgilaydi.

5 kun


Davlat geologiya qoʻmitasi

Ochiq savdo gʻoliblarini bank hisob raqami rekvizitlarini va moliyaviy taklif miqdorini toʻlash muddatini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.

1 kun


Ishchi guruh

Soʻralayotgan yer qaʼri uchastkasini qayta tekshirishni amalga oshiradi.

5 kun


Ochiq savdolar gʻolibi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga moliyaviy taklif miqdorini toʻlaydi va yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini imzolaydi.

3 oy davomida


Davlat geologiya qoʻmitasi

Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalarni rasmiylashtiradi va beradi.

1 kun

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/443/1354-son; 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son, 10.04.2019-y., 09/19/294/2917-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)