1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek yer va suv resurslari hamda elektr energiyasidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xoʻjaligi korxonalari tasarrufidagi elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunalari bilan taʼminlangan nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirish uchun isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymati Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yilning 1-aprel holatiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari texnik holatini, ularga biriktirilgan sugʻoriladigan yer maydonlarini, jumladan paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiriladigan yerlarni xatlovdan oʻtkazsinlar hamda tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yil 10-iyulga qadar kelgusi yilda paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi prognoz qiymatini Davlat budjetidan qoplash boʻyicha asoslangan talabnomalarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qilib borsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi 10 kun muddatda suv manbalarining suvliligiga qarab suv olish limitlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlab joylardagi barcha suvdan foydalanuvchilarga yetkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini Davlat budjetidan qoplash boʻyicha taqdim qilingan talabnomalarga asosan zarur boʻlgan mablagʻlarni kelgusi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda eʼtiborga olsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Paxta va gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar tomonidan 2023-2024-yillarda paxta va gʻalla yetishtirishda foydalanilgan elektr energiyasi xarajatlarining bir qismini qoplash uchun “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali 2025-yil 1-yanvarga qadar taqdim etilgan arizalar boʻyicha subsidiya mablagʻlari istisno tariqasida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan 2025-yilda ajratib berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yilda paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirishda sugʻorish ishlariga sarflangan elektr energiyasi miqdori qishloq xoʻjaligi ekinlarini gidromodul rayonlashtirish va sugʻorish rejimidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda qiymati qoplab beriladigan elektr energiyasi miqdori haqiqatda sarflangan elektr energiyasi miqdorining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarini shartnoma asosida oʻz vaqtida elektr energiyasi bilan taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son )
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 3-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
320-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasini oʻrnatgan va uni belgilangan tartibda tuman elektr tarmoqlari tashkilotidan roʻyxatdan oʻtkazgan isteʼmolchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektor boshqaruviga berilgan davlat suv xoʻjaligi tizimidagi nasos stansiyalari va sugʻorish quduqlari, shuningdek isteʼmolchilarning paxta va gʻalla maydonlarida shoʻr yuvish, nam va yaxob suv berish tadbirlari, boshqa ekinlar hamda gʻalladan boʻshagan yerlarga takroriy ekinlarni sugʻorish uchun isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymati ularning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilar — paxta va gʻalla ekin maydonlarini nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari orqali sugʻoradigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya — paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan moliyaviy yordam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman ishchi guruhi — isteʼmolchilarga subsidiya ajratishda koʻmaklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiyalanadigan elektr energiyasi miqdori — tuman ishchi guruhining xulosasiga asosan Davlat budjetidan qoplab beriladigan isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻi isteʼmol qiladigan elektr energiyasi miqdori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agro-subsidiya” YAAT — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiya ajratish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishning yagona axborot tizimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Subsidiyalar isteʼmolchilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta xom ashyosi va gʻalla ekinlarini mavjud tomchilatib, yomgʻirlatib yoki diskret sugʻorish tizimlaridan (keyingi oʻrinlarda — suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasi) foydalangan holda sugʻorishda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining 100 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta va gʻalla maydonlarini suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasidan foydalanmagan holda sugʻorishda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarga subsidiya ajratish boʻyicha materiallarni jamlash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “Agro-subsidiya” YAAT orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. Subsidiya uchun talabnomalarni rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Har bir tumanda (Quvasoy shahrida) tuman (Quvasoy shahar) hokimligi (keyingi oʻrinlarda — tuman hokimligi) tomonidan Isteʼmolchilarning paxta va gʻalla maydonlarini sugʻorish uchun nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari sarflagan elektr energiya xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — tuman ishchi guruhi) 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi tuman ishchi guruhining ishchi organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tuman ishchi guruhi kelgusi yil uchun har kalendar yilning 1-iyuliga qadar (2024-yil uchun 10-fevralga qadar) isteʼmolchilarning paxta va gʻalla maydonlarini sugʻorishda sarflanadigan elektr energiyasi qiymatini davlat budjetidan qoplash boʻyicha tuman manzilli roʻyxatlarini ekin turi, yer maydonlari va kontur raqamlari, suv manbai, oʻrnatilgan nasos agregatlarining parametrlari (rusumi, quvvati, suv soʻrish quvurlari va bosimli quvurlar uzunligi hamda diametri, suvni koʻtarish balandligi va boshqalar), joriy qilingan yoki joriy qilinishi rejalashtirilgan zamonaviy suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasi turi va maydoni, isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi miqdori boʻyicha tuman manzilli roʻyxatlarini shakllantiradi, ishchi guruhining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi guruhining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, keyingi yilda sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻi chiqarib beradigan suvning oyma-oy miqdori tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi tomonidan “Suv yetkazib berish xizmati” DM bilan kelishilgan holda tegishli gidromodulli rayonlashtirish va sugʻorish rejimi boʻyicha hisob-kitob qilingan limitda belgilangan hajmda olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manzilli roʻyxatlar toʻgʻri shakllantirilganligiga tuman ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tasdiqlangan tuman manzilli roʻyxatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan umumlashtirilib, har kalendar yilning 10-iyuliga (2024-yil uchun 1-martga) qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manzilli roʻyxatlarni Suv xoʻjaligi vazirligi va Energetika vazirligi bilan kelishadi hamda zarur boʻlgan mablagʻlarni kelgusi yil budjet parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun har kalendar yilning 20-iyuliga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Isteʼmolchilarning asoslangan takliflari boʻyicha tuman manzilli roʻyxatlariga tuman hokimi tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Manzilli roʻyxatni ishlab chiqish va subsidiya miqdorini hisoblashda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Wee= Qed× tna/ηna (1)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Wee — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻi isteʼmol qiladigan elektr energiyasi miqdori, kVt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qed — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻi elektr dvigatelining quvvati, kVt /soat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tna — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining ishlash davomiyligi, soat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ηna — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining foydali ish koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining ishlash davomiyligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tna = Wsuv br / Qna (2)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qna — nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining suv sarfi, kub m/soat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Wsuv br — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻiga biriktirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini sugʻorishga sarflangan jami suv hajmi (suvning sugʻorish tarmogʻida yoʻqolishlarini hisobga olingan holda), kub m.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Wsuv br = Wsuv / ηst (3)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ηst — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻi chiqargan suvni ekin maydonigacha yetkazuvchi sugʻorish tarmogʻining foydali ish koeffitsiyenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Wsuv — isteʼmolchining nasos agregati va sugʻorish qudugʻiga biriktirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini sugʻorishga sarflangan suv hajmi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Wsuv = ωpaxta×qpaxta+ωdon×qdon (4)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ωpaxta — paxta maydoni, ga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ωdon — boshoqli don ekin maydoni, ga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
q paxta — gʻoʻzani sugʻorish meʼyori, kub m/ga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qdon — boshoqli don ekinlarini sugʻorish meʼyori, kub m/ga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Isteʼmolchilarning paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasining qiymatini qoplash “Agro-subsidiya” YAAT orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymati tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan isteʼmolchi oʻrtasida belgilangan tartibda tuzilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnoma asosida oyma-oy hisob-kitob qilib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-bobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tuman manzilli roʻyxatlariga kiritilgan isteʼmolchilar oʻzlarining hisobida boʻlgan nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi xarajatlari Davlat budjetidan qoplanishi yuzasidan tuman ishchi guruhiga “Agro-subsidiya” YAAT orqali 2-ilovaga muvofiq har kalendar yilning 5-dekabriga qadar elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga tuman elektr tarmoqlari tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma hamda oʻrnatilgan elektr hisoblagich (yoki qiyoslov va metrologik koʻrik) haqidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilardan boshqa hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tuman ishchi guruhi ariza tushgan kundan eʼtiboran uch ish kunida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning tasdiqlangan tuman manzilli roʻyxatlarida borligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekin turi, umumiy maydoni va sugʻorish turlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi belgilangan talablarga mosligini hamda uning koʻrsatkichlari sugʻorish uchun talab etiladigan va haqiqatda foydalanilgan suv miqdoriga mosligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilar yer maydonini sugʻorishda yondosh (boshqa) tumanning elektr tarmoqlari orqali sugʻorganda, ushbu tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari joylashgan tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻiga foydalanilgan elektr energiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻrganish natijasiga koʻra tuman ishchi guruhi isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari paxta va gʻalla maydonlariga bergan suv miqdorini hamda isteʼmol qilingan elektr energiyasini hisob-kitob qiladi va “Agro-subsidiya” YAAT orqali subsidiya ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan 3-ilovaga muvofiq xulosaga elektron imzo qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman ishchi guruhi aʼzolari tomonidan imzolangan xulosa tuman hokimi tomonidan elektron imzo bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, tuman ishchi guruhi aʼzolari isteʼmolchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi xarajatlarini qoplash boʻyicha xulosalarni rasmiylashtirishda quyidagilarga shaxsan masʼul hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman hokimi — ishchi guruh tomonidan isteʼmolchilarning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi rasmiylashtirilgan hujjatlarining haqqoniyligiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — arizalar belgilangan muddatda joyida toʻliq oʻrganilishiga va rasmiylashtirilishiga, shuningdek kelgusi yil uchun manzilli roʻyxatlar shakllantirilishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi — isteʼmolchilarning ekin turi, sugʻorilgan maydoni va sugʻorish turiga, shuningdek zamonaviy suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan maydonlarning oʻlchamiga va ishchi organ vazifasini bajarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari — nasos agregatining suv chiqarish qobiliyatiga, joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarining turiga hamda sugʻorish uchun amalda sarflangan suv miqdorini aniqlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi — elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi oʻrnatilganiga, uning koʻrsatkichlari haqqoniyligiga hamda ishchi guruhga taqdim etilgan hujjatlar arxivini shakllantirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi — isteʼmolchilarning tijorat bankidagi hisobvaragʻi va STIR raqami toʻgʻri kiritilishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi — isteʼmolchilarga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga hamda ularning huquqini himoya qilishga shaxsan masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tuman ishchi guruhi tomonidan rasmiylashtirilgan xulosalar koʻrib chiqish uchun “Agro-subsidiya” YAAT orqali belgilangan tartibda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasining xarajatlari qoplab beriladigan isteʼmolchilarning roʻyxatini ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunida Suv xoʻjaligi vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan kelishadi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-noyabrdagi 719-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2025-y., 09/25/719/1044-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-yanvardan boshlab paxta xomashyosi va gʻalla yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Yagona billing tizimi va Soliq qoʻmitasining “E-factura” axborot tizimidagi maʼlumotlar bilan solishtiradi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PQ-322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 07/25/322/1002-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy kelishilgan roʻyxatlarga muvofiq mazkur nizomning 10-bandiga asosan hisoblangan subsidiya mablagʻlarini isteʼmolchilarning arizada koʻrsatilgan tijorat banklaridagi hisob raqamlariga oʻtkazib beradi;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi PQ-322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 07/25/322/1002-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agro-subsidiya” axborot tizimi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Yagona billing tizimi va Soliq qoʻmitasining “E-factura” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 09/25/466/0655-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi isteʼmolchilarning elektr energiyasidan toʻgʻri va maqsadli foydalanishi, Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi isteʼmolchilarning suv resurslaridan toʻgʻri foydalanishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Isteʼmolchining nasos agregatlari va sugʻorish qudugʻidan oʻzaro kelishuvga koʻra boshqa fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini sugʻorish uchun foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun (paxta xom ashyosi va gʻalla bundan mustasno) sarflangan elektr energiyasi xarajatlari isteʼmolchilarning oʻz mablagʻi hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Elektr taʼminoti shartnomasi majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kelishmovchilik va nizolar muzokara oʻtkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokara oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha texnik ishchi guruh tomonidan ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning mahsulot yetishtirish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining IX bobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarning ekin maydonlarini sugʻorish uchun nasos agregatlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.
Tuman hokimi, Ishchi guruh rahbari
2.
Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
3.
“Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari
4.
Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
5.
Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki rahbari
6.
Tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi
7.
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, Ishchi guruh kotibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarning ekin maydonlarini sugʻorish uchun nasos agregatlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman ishchi guruhiga
“______________” rahbari ____________ tomonidan
ARIZA
____________ hududida faoliyat koʻrsatayotgan “____________” fermer xoʻjaligi (MCHJ) tomonidan 20___ yil jami ___ gektar yer uchastkasida, jumladan, ___ raqamli konturda ____ gektar, ___ raqamli konturda ___gektar, ___ raqamli konturda _____ gektar ekin maydonida paxta/boshoqli don yetishtirish uchun nasos agregati/sugʻorish qudugʻi oʻrnatilgan.
1. Nasos agregati/sugʻorish qudugʻi soni _____.
2. Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan maydon _________, jumladan, ___ raqamli konturda ____ gektar, ___ raqamli konturda ___gektar.
3. Texnik holati soz/nosoz.
4. Hisobot yili.
5. Hisobot oyi.
6. Hisobot oyi boshiga elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi koʻrsatkichi.
7. Hisobot oyi yakuniga elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi koʻrsatkichi.
8. Nasos agregati va sugʻorish qudugʻi isteʼmol qiladigan elektr energiyasi miqdori.
Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasining qiymatini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi __________ tumani ishchi guruhining xulosasini berishingizni soʻrayman.
Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki “______________”.
Hisobraqam: ______________
Sana: ______________
Tuman elektr tarmoqlari tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma ilova qilinadi.
“______________” fermer xoʻjaligi rahbari
________________
(imzo)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchilarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplashga subsidiya ajratish yuzasidan
XULOSA
Ushbu xulosa ________________________ _______________ tumani ishchi guruhi aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qarori talablariga muvofiq “_______________” ___________ murojaatini joyida oʻrganib chiqish yakuni boʻyicha rasmiylashtirildi.
1. Xulosa rasmiylashtirilgan sana Hisobot yili
Hisobot oyi
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar Nomi
Hudud/tuman nomi
STIR
Bank hisobraqami
Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi/MFO raqami
3. Jami ekin maydoni shundan paxta xom ashyosi (kontur raqami va gektar) va boshoqli don (kontur raqami va gektar) ekilgan maydon
jami paxta xomashyosi ekilgan maydon
shundan suvni tejaydigan sugʻorish tizimlaridan foydalanilgan maydon
jami boshoqli don ekilgan maydon
shundan suvni tejaydigan sugʻorish tizimlaridan foydalanilgan maydon.
4. Nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari soni
5. Nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarining texnik parametrlari Rusumi, nomi
Quvvati, kVt
suv soʻrish quvuri uzunligi,
metr
suv soʻrish quvuri diametri,
mm
bosimli quvur uzunligi,
metr
bosimli quvur diametri,
mm
suvni koʻtarish balandligi,
metr
6. Nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining ishlash davomiyligi, soat Nasos agregati yoki sugʻorish qudugʻining suv sarfi, kub m/soat
Ekinlarini sugʻorishga sarflangan jami suv hajmi, kub metr
shundan paxta xom ashyosi va boshoqli don uchun, kub metr
shundan paxta xom ashyosi uchun, kub metr
suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilgan holda, kub metr
suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilmagan holda, kub metr
shundan boshoqli don uchun, kub metr
suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilgan holda, kub metr
suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilmagan holda, kub metr
Hisobot oyi boshiga elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi koʻrsatkichi, kVt
Hisobot oyi yakuniga elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasi koʻrsatkichi, kVt
Nasos agregati va sugʻorish qudugʻi isteʼmol qiladigan elektr energiyasi miqdori, kVt
shundan paxta xom ashyosi va boshoqli don uchun, kVt
shundan paxta xom ashyosi uchun, kVt
suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilgan holda, kVt
suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilmagan holda, kVt
shundan boshoqli don uchun, kVt
suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilgan holda, kVt
suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari ishlatilmagan holda, kVt
7. Subsidiyalanadigan elektr energiya miqdori, kVt
8. Ajratilishi lozim boʻlgan subsidiya miqdori, mln soʻm.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)