Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2022 28.04.2018 yildagi 317-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-sonli “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, Hukumatning ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, aholining kam taʼminlangan qatlamlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini shakllantirish bilan bogʻliq keng koʻlamli tadbirlar izchil amalga oshirilayotgani, shuningdek, 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylariga alohida eʼtibor berilayotganini taʼkidlash zarur. 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish va ularga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2018-yil 1-maydan quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul taqdim etish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul taqdim etish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zarur kiyim-kechak va poyabzallar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini olish huquqiga ega boʻlgan 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar ushbu tovar va mahsulotlarni mazkur qarorda nazarda tutilgan tartibda oladilar.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni taʼminlashni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zarur kiyim-kechak va poyabzal bilan — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining 1941—1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini, zarur kiyim-kechak va poyabzallarni jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlari orqali xarid qilish va yetkazib berish boʻyicha qoʻshimcha vazifalarni jamgʻarmaga yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Xalq banki” ATBga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini, bir vaqtning oʻzida davlat pensiyalari va nafaqalarini ham yashash joyiga toʻlov undirmasdan yetkazib berish (topshirish) tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Nuroniy” jamgʻarmasi 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan har oyning 15 sanasigacha, zarur kiyim-kechak va poyabzallar bilan 1-oktabrdan kechiktirmasdan oʻz vaqtida taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi “Nuroniy” jamgʻarmasi, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarning roʻyxatlari har oyda shakllantirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 28-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
317-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-apreldagi 317-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul taqdim etish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tovarlar nomi

Oʻlchov birligi

1 kishi uchun bir oyga belgilangan norma

1.

Un (oliy nav)

kg

3

2.

Guruch

kg

1

3.

Grechka yormasi

kg

0,5

4.

Makaron mahsulotlari

kg

0,5

5.

Mol goʻshti (suyaksiz)

kg

1

6.

Uy parrandasi goʻshti

kg

1

7.

Sariyogʻ

kg

0,2

8.

Tuxum (dona)

dona

15

9.

Shakar

kg

1

10.

Kungaboqar yogʻi

l

1

11.

Koʻk yoki qora choy

kg

0,2

12.

Atir sovun

kg

0,1

13.

Kirsovun (65%)

kg

0,2

14.

Kir yuvish kukuni

kg

0,15

15.

Kattalar uchun taglik

dona

8

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-apreldagi 317-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul taqdim etish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zarur kiyim-kechak va poyabzallar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tovarlar nomi

Oʻlchov birligi

Soni

Taqdim etish davriyligi

Erkaklarga

1.

Kostyum

dona

1

Har yili

2.

Kurtka

dona

1

Har 2 yilda

3.

Bosh kiyim

dona

1

Har 2 yilda

4.

Poyabzal (qishki)

juft

1

Har yili

5.

Poyabzal (yengil)

juft

1

Har yili

6.

Koʻylak

dona

2

Har yili

7.

Ichki kiyim

dona

2

Har yili

8.

Ichki kiyim (qalin)

dona

1

Har yili

9.

Paypoq

juft

4

Har yili

10.

Sviter (qalin)

dona

1

Har yili

Ayollarga

1.

Koʻylak (qalin)

dona

1

Har yili

2.

Palto

dona

1

Har 2 yilda

3.

Roʻmol (yozgi, qishki)

dona

1

Har 2 yilda

4.

Poyabzal (qishki)

juft

1

Har yili

5.

Poyabzal (yengil)

juft

1

Har yili

6.

Koʻylak (yengil)

dona

1

Har yili

7.

Ichki kiyim

dona

2

Har yili

8.

Ichki kiyim (qalin)

dona

1

Har yili

9.

Paypoq

juft

4

Har yili

10.

Sviter (qalin)

dona

1

Har yili

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 09/18/317/1137-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)