Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-sentabrdagi 704-son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PQ-3634-son qarorini bajarish yuzasidan hamda kichik tadbirkorlik subyektlarining davlat moliyaviy koʻmagidan foydalanishini kengaytirish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-sentabrdagi 704-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2017-y., 37-son, 991-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining ijrochi direktori A.A. Kamalov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-aprel,
273-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 273-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-sentabrdagi 704-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-banddagi “Furqat koʻchasi, 1-uyda (7 va 8-qavatlar)” soʻzlari “Qoratosh koʻchasi, 1-uy (7-qavat)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Ilovada:
a) 4-banddagi “Furqat” soʻzi “Qoratosh” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 5-bandda:
beshinchi xatboshidagi “joylarini” soʻzidan keyin “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va” soʻzlari qoʻshilsin;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini boshqarish kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) belgilaydigan hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbus bilan chiqqan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandda:
“a” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foiz punkti miqdorida”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“milliy valyutada — jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga — banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 9-banddagi “(keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 12-bandning uchinchi xatboshidagi “resurslari” soʻzi chiqarib tashlansin;
e) 13-bandning oltinchi xatboshidagi “resurslar” soʻzi chiqarib tashlansin;
j) 21-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
z) 5-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
i) 35-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“milliy valyutada, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foiz punkti miqdorida”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“milliy valyutada — jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobiga ajratiladigan imtiyozli kreditlar boʻyicha, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalari asosida yosh tadbirkorlar tashabbus bilan chiqqan loyihalarni amalga oshirishga — banklarning xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli stavka miqdorida”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
k) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Milliy valyutada qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida kreditlar, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy valyutada kreditlar ajratadigan tijorat banklari Jamgʻarmaning kompensatsiyalarini oluvchilar hisoblanadi”;
l) 38-bandda:
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“budjetga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarga;
oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarda koʻrsatilgan cheklovlar, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbus koʻrsatgan loyihalarga tatbiq etilmaydi”;
m) 50-banddagi “hisobot davridan keyingi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
n) 53-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kichik tadbirkorlik subyektlarining va/yoki tijorat bankining taqdim etgan hujjatlarida ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda”;
o) 62-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“62. Kafillik berish boʻyicha Jamgʻarma xizmatlari pulli hisoblanadi. Jamgʻarmaning kafilligi berilganligi uchun kichik tadbirkorlik subyektlaridan milliy valyutada kafolat summasining 1 (bir) foizi miqdorida bir marttalik vositachilik haqi undiriladi”;
p) 64-bandning ikkinchi xatboshidagi “foizdan” soʻzidan keyin “(oilaviy tadbirkorlik subyektlari loyihalaridan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
r) 69-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “xulosani rasmiylashtiradi va unga kichik tadbirkorlik subyekti toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotni ilova qiladi” soʻzlari “bankni ijobiy qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
s) 72-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Jamgʻarma tomonidan kafillik boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilganda”;
t) 83-bandning birinchi xatboshidagi “yoki ushbu hujjatlar kafolat muddati tugagandan soʻng taqdim etilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
u) 90-banddagi “taqdim etilgan resurslar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
f) 91-banddagi “resurslar” soʻzi chiqarib tashlansin;
x) 94-banddagi “Jamgʻarma tomonidan ajratiladigan resurslardan maqsadli foydalanish, shuningdek” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/273/1045-son)