“___-son BILDIRIShNOMA | ||||
______________________________________________________________________________________________ning | ||||
(monopoliyaga qarshi organ nomi) | ||||
________________________________________________________________________________manzilida joylashgan | ||||
(pochta manzili) | ||||
________________________________________________________________________________________________ni | ||||
(xo‘jalik yurituvchi subyekt va (yoki) shaxslar guruhi nomi) | ||||
______________________________________________________________________________________________ning | ||||
(monopoliyaga qarshi organ nomi) | ||||
20__ yil “__”________dagi ___-son buyrug‘iga asosan 20__ yil “__” _______dan boshlab Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritish to‘g‘risida | ||||
1. ________________________________________________________________________________________________ | ||||
2. ________________________________________________________________________________________________ | ||||
Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz 30 kun mobaynida ko‘rsatib o‘tilgan ustun mavqeni egallab turgan tovar (xizmat)ga narxlar (tariflar)ni ________________________________________________________________________________________________da | ||||
(narxlarni boshqarish organi nomi) | ||||
deklaratsiya qilishingiz (yoki ilgari tasdiqlangan deklaratsiyani qayta rasmiylashtirishingiz), shuningdek ularning keyingi har bir oshishini deklaratsiya qilishingiz zarur*. | ||||
Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz yilning har choragida chorakning birinchi oyi 10-kunigacha | ||||
(monopoliyaga qarshi organning nomi) | ||||
tovarlarga narxlarni taqdim etishingiz zarur**. | ||||
Ushbu bildirishnoma o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda Sizga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qo‘llanadi. | ||||
__________________________ | ___________________________ |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.03.2018 yildagi 249-son
Дата вступления в силу
31.03.2018
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarorini ijro etish, shuningdek, monopol mahsulotlar ro‘yxati va turlarini tubdan qisqartirish, monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro prinsiplariga o‘tishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Tovar va moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini e’tirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“43. Xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki ularga narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha Reyestrga kiritilgan shaxslar guruhi ushbu narxlar (tariflar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narxlarni tartibga solish organida tasdiqlanishini amalga oshiradilar”.