23.06.2017 yildagi PQ-3080-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz milliy tarixi va madaniyatiga, dunyoda eng katta boylik boʻlgan intellektual va maʼnaviy salohiyatga chuqur hurmat bilan yondashish, uni asrab-avaylash va boyitish, shu asosda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jahondagi har bir davlat va jamiyatning moddiy va maʼnaviy taraqqiyotida, hech shubhasiz, hal qiluvchi oʻrin egallaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu borada dunyo tarixida ilk Sharq Uygʻonish davri — Musulmon Renessansi deb nom olgan oʻrta asrlar va undan keyingi zamonlarda bugungi Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning jahon ilm-fani va madaniyati, muqaddas islom dini rivojiga qoʻshgan bebaho hissasi dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. Xususan, IX — XI asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Maʼmun akademiyasi va “Bayt ul-hikma”, yaʼni, “Donishmandlik uyi” degan nom bilan shuhrat qozongan Bagʻdod akademiyasida, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo Ulugʻbekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan olimlar, oʻtmishda yurtimizda islom dinining mazmun-mohiyatini chuqur tadqiq qilish va targʻib etish boʻyicha betakror asarlar yaratgan ulamolar butun dunyoga dong taratganlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta asrlarning ilk davrida ulugʻ ajdodlarimiz tomonidan matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq fanlar bilan birga, tarix, geografiya, falsafa, madaniyat va sanʼat, arxitektura sohalarida yaratilgan buyuk ilmiy gʻoya va kashfiyotlar jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojida keskin burilish yasadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz davridagi barcha qiyinchilik va ogʻir sinovlarga qaramasdan, bu alloma va mutafakkirlar ilmu fan ravnaqi yoʻlidagi oʻz burchiga, gumanizm va maʼrifat gʻoyalariga hamisha sodiq qolib, haqiqiy maʼnaviy jasorat namunasini koʻrsatdilar va ularning xalqimiz va bashariyat oldidagi buyuk xizmatlari ayniqsa mustaqillik yillarida munosib hurmat va eʼtibor topib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulugʻ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda butun maʼrifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy meros faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning maʼnaviy mulki boʻlib, bu bebaho boylik yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, eng muhimi, yangi kashfiyotlar uchun mustahkam zamin boʻlib xizmat qilishi shubhasizdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni vaqtda taʼkidlash lozimki, ana shu betakror ilmiy merosning barcha qatlamlari hali toʻliq oʻrganilmagan va oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda. Birgina mamlakatimiz kitob fondlarida saqlanayotgan, asosiy qismi YUNESKOning madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan 100 mingdan ziyod qoʻlyozma asarlar ham shundan dalolat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan ana shunday noyob merosni ilmiy asosda har tomonlama chuqur oʻrganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uygʻotish, ular bilan aholimiz va jahon jamoatchiligini keng tanishtirish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yoʻlga qoʻyish, inson qalbi va ongini egallash uchun turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bugungi murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik gʻoyalar, milliy gʻurur va iftixor ruhida tarbiyalash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Respublika Milliy gʻoya va mafkura markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent islom universiteti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri boʻlib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tarkibidagi kutubxona va arxiv, qoʻlyozmalar fondlarini bugungi Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori atiqalar, shu yoʻnalishdagi zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlari, kitob va toʻplamlar, video va foto hujjatlar hisobidan shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tarkibidagi muzey ekspozitsiyasining mavzu yoʻnalishlarini chuqur oʻylangan, ilmiy asoslangan aniq reja boʻyicha shakllantirish va uni eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida namoyish etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk vatandoshlarimiz — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Najmiddin Kubro, Burhoniddin Margʻinoniy, Bahouddin Naqshband, Xoʻja Ahror Valiy kabi allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ularning ilmiy-maʼnaviy jasorati, ulugʻ insoniy fazilatlarini keng targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon ilm-fani tarixida oʻchmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulugʻbek, Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotidagi oʻrni va ahamiyatini, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va sanʼat namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islom dini odamlarni, barcha millat va xalqlarni hamisha nurli hayotga, ezgulik, oʻzaro doʻstlik va insoniylikka daʼvat etishini, uning asl, gumanistik mazmunini teran tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar jahon ahlini bir maqsad yoʻlida — jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish yoʻlida birlashishga chorlaydigan turli anjumanlar, maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning qadimiy tarixi va madaniyati, davlatchilik anʼanalari, xalqimizning turmush tarzi va dunyoqarashi islom sivilizatsiyasi bilan chambarchas bogʻliq holda shakllanib, rivojlanganini Samarqand, Buxoro, Xeva, Toshkent, Kesh, Nasaf, Termiz, Andijon, Margʻilon, Karmana, Qoʻqon singari qadimiy shaharlarimiz, ulugʻ allomalar va aziz-avliyolar xotirasiga bagʻishlab yurtimizda bunyod etilgan yodgorlik majmualari, muqaddas qadamjolar maketlari, ulugʻ siymolar, noyob qoʻlyozma va toshbosma asarlar, moddiy va nomoddiy meros, xususan, “Shashmaqom” namunalari kabi noyob eksponatlar orqali aks ettirish, shu yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalari asosida qomuslar, katalog va albomlar, ilmiy-ommabop toʻplamlar, telekoʻrsatuv, film va boshqa materiallar tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda, mahalliy va chet ellik mutaxassislarni keng jalb etgan holda, ilmiy tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish va ularning natijalaridan yurtimiz hamda jahon jamoatchiligini xabardor qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yevropa Renessansining shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatgan Musulmon Renessansi davrida ilm-fan, madaniyat va sanʼat, meʼmorlik rivoji toʻgʻrisidagi keng qamrovli maʼlumotlar pavilyonlarini tashkil etish orqali Markazda namoyish etiladigan ekspozitsiyalarni mazkur davrlarga oid eksponat va koʻrgazmali manbalar bilan boyitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon tarixida “Amir Temur va temuriylar renessansi” degan nom bilan alohida oʻrin egallaydigan davrda yaratilgan ilm-fan, madaniyat va meʼmorlik durdonalarini islom madaniyatining nafaqat yurtimizdagi, balki butun musulmon olamidagi taraqqiyot va yuksalish davri sifatida koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etayotgan dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining jahondagi nufuzi xalqaro ilmiy muassasa va tuzilmalar, jumladan, YUNESKO, AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy taʼlim muassasalariga ilmiy-tadqiqot va oʻquv-uslubiy masalalarda xamda oʻqituvchi va diniy xodimlarning malakasini oshirib borishda amaliy yordam koʻrsatish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktoriga, zarur hollarda, Markazning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha vasiylik kengashining tarkibi 2-ilovaga binoan tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 1-avgustdan boshlab Markaz direktori, uning ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha oʻrinbosari, ilmiy maslahatchisi va ilmiy xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 233-sonli qarorida nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari 2,3 baravar oshirilgan holda tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416-son Farmonida nazarda tutilgan oshirilgan koeffitsiyentlar Markaz direktori, uning ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha oʻrinbosari, ilmiy maslahatchisi va ilmiy xodimlariga tatbiq etilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 07/21/5186/0683-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha vasiylik kengashi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazining ustavini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning maʼmuriy va asosiy binolarini (keyingi oʻrinlarda — obyekt deb ataladi), uning tarkibidagi kutubxona va muzeyni hisobga olgan holda, Toshkent shahridagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasiga yondosh hududda qurish, uning zarur moddiy-texnik bazasi va infratuzilmalarini barpo etish hamda rivojlantirish loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish, Markaz faoliyatiga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorda quyidagi vazifalar belgilanishi nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektning qurilish-montaj va jihozlash ishlarida qoʻllanadigan hamda pudrat tashkiloti va buyurtmachi tomonidan olib kelinadigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimizda ishlab chiqariladigan va chet eldan keltiriladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni tender oʻtkazmasdan, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning eng yaxshi namunalar boʻyicha takliflari asosida sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt uchun moʻljallangan, chet eldan keltiriladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni bosh pudratchining ombor maydonlarida (IM-74) (bojxona ombori) bojxona rejimida joylashtirishga ruxsat berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqish, uning muzey va kutubxonasi faoliyatini va fondlarini shakllantirish, ekspozitsiyalarini tashkil qilish tartiblarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilmiy-tarixiy konsepsiyani ishlab chiqishga xorijiy mutaxassislarni jalb etish va bu boradagi ilgʻor chet el tajribasini oʻrganish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Toshkent shahar hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt qurilishi uchun tanlangan yer maydonidagi turar-joy binolari va boshqa inshootlarni belgilangan tartibda buzib olish va koʻchirish ishlarini ikki oy muddatda amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda obyekt qurilishi uchun tegishli yer maydoni ajratilishini ikki hafta muddatda taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning madaniy-gumanitar sohadagi nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlardagi mazkur yoʻnalishda faoliyat koʻrsatayotgan muassasalar bilan ilmiy hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirishda amaliy yordam bersin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning murojaatiga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda kelgusida oʻtkaziladigan tadbirlarda (konferensiya, simpozium, forum va boshqalar) ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga vizalarning konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaz tomonidan beriladigan buyurtmanomalarga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan tegishli xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Markazning shtat jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlardan tushadigan ixtiyoriy badallar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriya mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan loyiha va grantlardan ajratilgan mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Markazning maʼmuriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar mashhur vatandoshimiz, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning homiylik xayriya mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mahalliy va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarning Markazni tashkil etish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan homiylik xayriya mablagʻlari daromad soligʻidan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-apreldagi F-4891-sonli farmoyishi asosida tashkil etilgan Tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi hajmini va tarkibini tanqidiy tahlil qilish, import oʻrnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish boʻyicha Komissiya bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida bosh pudratchi tomonidan Markaz uchun olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi mazkur obyekt qurilishi doirasida qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventar va jihozlarni sotib olish boʻyicha shartnomalarni oʻn kun muddatda ekspertizadan oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK Markaz buyurtmanomalariga binoan Markazni tashkil etish, uning faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan yuqori martabali mehmonlarga Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining VIP zali orqali bepul xizmat koʻrsatilishini, xorijiy mutaxassislarga mazkur aeroportning VIP zali orqali belgilangan tartibda xizmat koʻrsatilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligiga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PQ-3420-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X. Sultonov, R. Komilov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 23-iyunya,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3080-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vasiylik kengashi

Ilmiy maslahatchi

Direktor

Ilmiy kotib

Direktorning ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Direktorning axborot texnologiyalari masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Direktorning ekspluatatsiya va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

3

Ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi

4

Kadrlar boʻlimi

2

Kompyuter va axborot-texnologiyalari boʻlimi

5

 

Xoʻjalik boʻlimi

8

Islom dini merosini saqlash boʻlimi

3

Yuridik boʻlim

2

Axborot-multimedia boʻlimi

15

 

Qadimiy yozma manbalar davlat reyestrini yuritish boʻlimi

10

Xalqaro aloqalar va protokol boʻlimi

3

Kutubxona va arxiv hujjatlari boʻlimi

8

 

Ijro nazorati va devonxona boʻlimi

3

Ziyorat turizmi ilmiy-tadqiqot boʻlimi

2

Samarqand qogʻozi, muqovasozlik va xattotlikning qadimiy anʼanalarini tiklash boʻyicha ustaxona-laboratoriya

Malaka oshirish va oʻquv kurslari

Moliya-hisob boʻlimi

3

Muzey va eksponatlar ilmiy boʻlimi

19

Birinchi boʻlim

1

Nashrlar boʻlimi

3

Qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish laboratoriyasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Xodimlarining cheklangan umumiy soni — 100 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 79 nafar.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha vasiylik kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A. Aripov

Bosh vazir, Vasiylik kengashi raisi

2.

Sh. Minovarov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

3.

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi-Spichrayteri

4.

B. Musayev

Bosh vazir oʻrinbosari

5.

J. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri

6.

S. Umurzakov

Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdovaziri

7.

A. Abduhakimov

Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri

8.

A. Komilov

tashqi ishlar vaziri

9.

O. Nazarbekov

madaniyat vaziri

10.

A. Toshqulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

11.

T. Ishmetov

moliya vaziri

13.

R. Davletov

adliya vaziri

12.

B. Zokirov

qurilish vaziri

13.

M. Azimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

14.

J. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

15.

A. Usmonov

Rossiyalik tadbirkor

16.

S. Toshboyev

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

17.

U. Alimov

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

18.

B. Yoʻldoshev

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

19.

J. Ismoilova

Oʻzbekiston davlat tarixi muzeyi direktori

20.

M. Xodjimatov

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

21.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktoriningilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 07/21/5186/0683-son)