Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2018 22.09.2004 yildagi 441-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻZBEKISTON SAVDO-SANOAT PALATASI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyundagi PQ-3068-son va ““Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3393-son qarorlari)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-iyuldagi PF-3453-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining samarali faoliyatini tashkil etishni taʼminlash, uning faoliyatiga respublika tadbirkorlarini keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi muassislarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasining uch yilda kamida bir marta chaqiriladigan qurultoyi Palataning yuqori boshqaruv organi hisoblanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurultoy delegatlari tomonidan saylanadigan Savdo-sanoat palatasi Markaziy kengashi qurultoylar oʻrtasidagi davrda Palataning rahbar organi hisoblanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatida Savdo-sanoat palatasi Markaziy kengashiga bevosita hisobot beradigan Savdo-sanoat palatasining Ijro etuvchi qoʻmitasi Palataning ijro etuvchi organi hisoblanishi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Taʼsis konferensiyasi tomonidan qabul qilingan Palataning boshqaruv organlari tuzilmasi, tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 42 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi Ijro etuvchi qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Savdo-sanoat palatasi Markaziy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi Ijro etuvchi qoʻmitasini moliyalashtirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Markaziy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Ijro etuvchi qoʻmitasi, respublika tadbirkorlik tuzilmalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 va 3a-ilovalarga muvofiq Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan hududiy boshqarmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin. Zarurat boʻlganda Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari shaharlar va tumanlarda qayta tashkil etilayotgan tuman (shahar) tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari negizida oʻz filiallarini tashkil etishlari mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari aʼzolarini Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi aʼzolari sifatida eʼtirof etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining daromadlari manbai etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Palataga kirish badallari va aʼzolik badallari, ularning miqdorlari Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Ustavida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasidan tushadigan mablagʻlar maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini moliyalashtirishga;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
grantlar va homiylar mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olingan daromaddan faqat ustavda qayd etilgan faoliyatni bajarish uchun foydalaniladi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi aʼzolari oʻrtasida taqsimlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyotni, tadbirkorlikni va tashqi savdoni rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni va normativ hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda Vazirlar Mahkamasining majlislarida oʻz raisi ishtiroki bilan qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunlar hamda Palata va uning aʼzolari faoliyati masalalariga taalluqli boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilayotgan har qanday tekshirishlarda qatnashish va oʻz aʼzolarini huquqiy qoʻllab-quvvatlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimiga koʻra Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi, Boj-tarif kengashi, Jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish va isloh qilishga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish hamda maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish komissiyasi, Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi tarkibiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi materiallari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek respublikada kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining statistika maʼlumotlari majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda chet ellarda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining vakolatxonalarini ochish toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Ularga respublika tadbirkorlariga xorijiy sheriklar va investorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish va kengaytirishda, Oʻzbekiston tadbirkorlarining eksport mahsulotlari tashqi bozorlarga kirib borishida hamda respublikaga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda koʻmaklashish vazifalari yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining buyurtmanomalariga koʻra xalqaro biznes-forumlar, savdo-sanoat koʻrgazmalari va mahsulotlar yarmarkalarini oʻtkazishda xorijiy tadbirkorlar vakillariga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Ijro etuvchi qoʻmitasi bilan birgalikda Palata doimiy joylashadigan joy masalasini hal etishni tezlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar, Buxoro koʻchasidagi 6-uyga vaqtincha joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalarini joylashtirishda koʻmaklashsinlar va ularning faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratuvchi zarur chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ilgari Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasida oʻrnatilgan barcha aloqa turlarini Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida saqlab qolsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish boʻyicha uning faoliyatini televideniye va matbuotda keng yoritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 22-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
441-son

Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 22-sentabrdagi 441-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqaruv organlarining tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 22-sentabrdagi 441-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Ijro etuvchi qoʻmitasining tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 246-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 22-sentabrdagi 441-son qaroriga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boshqarmalari namunaviy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 22-sentabrdagi 441-son qaroriga
3a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahridagi hududiy boshqarmasi namunaviy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-con, 424-modda; 2005-y., 32-33-son, 246-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda)