28.02.2018 yildagi PQ-3573-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan davr mobaynida xom ashyo bazasini yaratish va rivojlantirish, sifatli va raqobatbardosh vinochilik va alkogolli mahsulotlarni (keyingi oʻrinlarda alkogolli mahsulotlar deb yuritiladi) realizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirib borish, shuningdek, ushbu sohaga chet el investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, tizimga oid bir qator muammolar va kamchiliklar sohaga alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish, eksport salohiyatining barqaror oʻsishini taʼminlash, sohani boshqarishning samarali tizimini yaratish imkonini bermayapti, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, uzumning texnik navlari maydonlarining keskin qisqarib ketishi, ularni yetishtirish boʻyicha ilgʻor usullarning sust joriy etilishi, uzumzorlar hosildorligining pastligi, shuningdek, fermer xoʻjaliklarining yetarlicha manfaatdor boʻlmasligi vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari pasayib ketishi va qayta ishlash quvvatlaridan samarasiz foydalanishning tizimli sababiga aylandi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, oziq-ovqat etil spirti, pivo pishirish, likyor-aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish boʻyicha qoʻllanayotgan texnologik siyosat samaradorligining past ekanligi, ularga mavjud muammolarni samarali hal etish, shuningdek, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilishda koʻmaklashish imkonini bermayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini istiqbolli boshqarishning rejali metodi ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqarish hajmini sotish bozoridagi ishlarning amaldagi holatini hisobga olib mustaqil belgilash, shuningdek, eksport ulushini oshirish va milliy brendni xorijiy bozorlarga ilgari surish imkonini bermayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, alkogolli mahsulotlarni avtomatlashtirilgan nazorat qilish va hisobga olish tizimlari tatbiq etilishining past darajadaligi sifatsiz va sertifikatlashtirilmagan alkogolli mahsulotlar aylanmasi uchun shart-sharoitlar yaratmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ tarkibida sohaga oid boʻlmagan korxona va tashkilotlarning mavjudligi ortiqcha moliyaviy xarajatlarga, shuningdek, ularning sohadagi faoliyati samaradorligining kamayishiga olib kelmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, xalqaro hamkorlikning yetarlicha darajada boʻlmaganligi ishlab chiqarish siklini takomillashtirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish, alkogolli mahsulotlarning marketing siyosatini va ularni brendlashtirishni kuchaytirish, yangi sotish bozorlariga olib chiqish imkoniyatlariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish, sohani boshqarishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va korxonalarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzvinosanoat-xolding” AJ va uning Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tegishlicha “Oʻzsharobsanoat” AJ va “Oʻzsharobsanoat” AJning Rivojlantirish jamgʻarmasi deb qayta nomlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Vinagroimpeks” MCHJni oʻrnatilgan tartibda tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohaga oid boʻlmagan korxonalarni “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibidan 1-ilovaga muvofiq chiqarish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yilning 1-aprelidan vinochilik mahsulotlari uchun yaroqlilik muddatini belgilash toʻgʻrisidagi talab istisno etiladi va bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilarga ularni saqlash muddatini mustaqil belgilash huquqi taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yilning 1-iyulidan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga oʻz vinochilik mahsulotlarini turistik yoʻnalishlarida tashkil etilgan zavodga tegishli degustatsiya hududlarida (joylarida) chakana realizatsiya qilish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yilning 1-yanvaridan tabiiy vinolar, vinomateriallar va konyak spirtini ishlab chiqarish, shuningdek, uzumni qayta ishlash boʻyicha faoliyatni uzumning meva beruvchi texnik navlarini yetishtirish boʻyicha 100 gektardan kam boʻlmagan plantatsiya maydoniga, shuningdek, vino-konyak mahsulotlarining saqlanishi va yetilishi uchun eman bochkalariga ega korxonalar, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarga rioya qilgan holda, amalga oshirishlari mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yilning 1-yanvaridan oʻz uzumzor plantatsiyalarining xom ashyosidan ishlab chiqarilgan tabiiy uzum vinolarini qishloq xoʻjaligi mahsuloti toifasiga kiritgan holda, ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash bekor qilinadi. Bunda ushbu faoliyatga mazkur bandning toʻrtinchi xatboshi talablari tatbiq etilmaydi;
(2-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzumning texnik navlarini yetishtirish uchun yer maydonlarini ajratish “Oʻzsharobsanoat” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda yuqori hosil olish uchun zarur boʻlgan tuproqning unumdorligi, suv bilan taʼminlash manbalarining mavjudligini hisobga olib amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Etil spirti, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha respublika komissiyasi 2018-yilning 1-apreligacha amaldagi litsenziya talablarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish asosida alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibini takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan oʻtkir alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha mavjud boʻlgan yillik ishlab chiqarish quvvatlarini kamida 60 foiz ishlatish toʻgʻrisidagi talablar evaziga bunday mahsulotlar ishlab chiqarishni kvotalash tizimini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda istiqbolda uzumning texnik navlari plantatsiyalarini joylashtirish va ushbu hududlarda keyinchalik ishlab chiqarish obyektlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyishni hisobga olgan holda suv bilan taʼminlashning aniq manbalarini aniqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzumning texnik navlari plantatsiyalarining hududini sugʻorish uchun suv quduqlarini burgʻulash uchun ruxsatnoma berishga har tomonlama koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsharobsanoat” AJ, M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, boshqa manfaatdor idoralar va muassasalar bilan birgalikda 2018-yilning 1-iyunigacha muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekish materiallarining talabgir navlarini import qilish maqsadida, mahalliy tabiiy-iqlim va boshqa shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, uzumning mashhur texnik navlarini yetishtirish va koʻpaytirish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasidan, shu jumladan joyiga chiqib oʻrgansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganish yakunlari boʻyicha uzumning mashhur texnik navlarini yetishtirish va koʻpaytirish, shuningdek, respublika hududida ekish materiallarining mashhur navlarini ekish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarish kompleksini yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq takliflarni Maxsus komissiyaga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va “Oʻzsharobsanoat” AJ davlat ichki tartibotlarni tezlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin va 2018-yilning 1-mayigacha muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro vinochilik va uzumchilik tashkilotiga kirish uchun buyurtmasi berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Amaliyotga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy turistlar, turli mamlakatlarning vinochilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislarni keng jalb qilgan holda har yili respublikada vino festivali va Xalqaro degustatsiya tanlovi oʻtkazilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy vinochilik mahsulotlarining koʻrgazma-yarmarkalarini xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda oʻtkazilishi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ bir oy muddatda 2018-yilda Toshkent shahrida vino festivali va Xalqaro degustatsiya tanlovi oʻtkazilishi toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi doimiy asosda “Oʻzsharobsanoat” AJga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va muassasalarni keng jalb etgan holda har yili vino festivali va Xalqaro degustatsiya tanlovi oʻtkazishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy vinochilik mahsulotlarining koʻrgazma-yarmarkalarini xorijiy mamlakatlarda oʻtkazishda koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzsharobsanoat” AJ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish siklini takomillashtirish, marketing siyosatini kuchaytirish va alkogolli mahsulotlarni brendlash, ularni yangi sotish bozorlariga olib chiqish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud vinochilik bazasida ikkilamchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni (uzum yogʻi, oziq-ovqat boʻyoqlari va boshqa turdagi mahsulotlar) chuqur qayta ishlashni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ vino-konyak korxonalarida vinolar va konyaklarning sifatini yanada yaxshilash va eksport qiymatini oshirish, shuningdek, vino materiallarini saqlash uchun zanglamaydigan poʻlatdan sigʻimlar ishlab chiqarish maqsadida ular yetilishiga joylashtirish uchun eman sigʻimlar parkini yaratish boʻyicha choralar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vinochilik korxonalari Oʻzbekiston Respublikasida yetarli hajmlarda ishlab chiqarilmaydigan, vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan va foydalaniladigan materiallar, xom ashyo, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va buyumlar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat asosida olib kirilishi uchun 2025-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Oʻzsharobsanoat” AJ zimmasiga oziq-ovqat etil spirti, pivo pishirish, likyor-aroq, vinochilik va boshqa alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni modernizatsiya qilish va qayta texnik jihozlash boʻyicha koʻmaklashish yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yilning 1-yanvaridan boshlab pivo pishirish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻrnatilgan tartibda “Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibiga shartnoma asosida uyushgan aʼzolar sifatida kiritilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ oʻz ulushi bilan ishtirok etadigan tijorat tashkilotlari faqat jamiyat kuzatuv kengashining qarori asosida aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini rejalashtirish jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qarori asosida, talab va taklif konyunkturasi tahlili, tayyor mahsulot qoldiqlari, shuningdek, tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasini hisobga olib amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Oʻzsharobsanoat” AJ tashkiliy tuzilmasi, shuningdek, boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 74 nafar boʻlgan uning ijro apparati tuzilmasi 4 va 5-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ boshqaruvi raisiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida ijro apparati tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzsharobsanoat” AJ boshqaruvining raisi va uning oʻrinbosarlari jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi, lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzsharobsanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab vinochilik sohasi uchun oliy malakali kadrlarni tayyorlovchi fakultetni tuzish va uning faoliyatini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Belgilab qoʻyilsinki, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari vinochilik sohasida mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha amaliyotni tizimli asosda bevosita ishlab chiqarish va oʻzga korxonalarda, shu jumladan “Oʻzsharobsanoat” AJda oʻtaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. “Oʻzsharobsanoat” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzurida Vinochilik sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, taʼlimning samarali interaktiv uslublarini qoʻllab vinochilik korxonalari xodimlarining bilim va koʻnikmalari darajasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vinochilik iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishi hisoblangan xorijiy mamlakatlarning vinochilik korxonalari ish tajribasi bilan tanishtirish, shu jumladan u yerda mamlakat mutaxassislarining tajriba oʻrganishini tashkil etish, vinochilik sohasini rivojlantirish uchun malakali xorijiy ekspertlarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vinochilik sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, innovatsion yondashuvlar asosida vinochilik sohasi xodimlari uchun birgalikdagi oʻquv mashgʻulotlari va kurslari oʻtkazilishini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. 2020-yilning 1-yanvaridan barcha alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, ularni ishlab chiqarish hajmlari (turi, nomi va boshqa maʼlumotlar) toʻgʻrisida hamda “ishlab chiqaruvchi — ulgurji sotuvchi — chakana sotuvchi — isteʼmolchi” halqasi asosida realizatsiya qilinishi toʻgʻrisida batafsil axborotni oʻzida jamlagan alkogolli mahsulotlar harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) tuzilsin va joriy etilsin, bunda quyidagilar koʻzda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimi “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va quvvatlab turish boʻyicha yagona integrator” tomonidan ishlab chiqilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimi ishlab chiqilishini moliyaviy taʼminlash manbalari — 50 foizi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi va 50 foizi “Oʻzsharobsanoat” AJ Rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzsharobsanoat” AJ, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar mutaxassislaridan iborat axborot tizimi yaratilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruhini shakllantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot tizimiga ulanishning oxirgi muddatlari quyidagicha belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ ulushi 51 foiz va undan koʻproqni tashkil qiluvchi alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun — 2022-yilning 1-yanvarigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar uchun — 2022-yilning 1-iyunigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sharobsavdo” ixtisoslashgan ulgurji savdo bazalari uchun — 2022-yilning 1-oktabrigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun — 2022-yilning 1-dekabrigacha.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti korxonalarning axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻliq ulanishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirsin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yilning 1-iyunigacha muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy amaliyot va alkogolli mahsulotlar bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, shuningdek, “Sharobsavdo” ixtisoslashgan ulgurji savdo bazalarining faoliyatini tanqidiy oʻrganish natijalari boʻyicha alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishning bozor mexanizmlarini kengaytirish boʻyicha, shu jumladan ishlab chiqaruvchilarga oʻzlarining mahsulotlarini ularga tegishli boʻlgan firma doʻkonlari hamda ushbu mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanayotgan boshqa yuridik shaxslarga realizatsiya qilish huquqini berish orqali takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ Rivojlanish fondi va homiylar mablagʻlari hisobidan 2018 — 2023-yillar uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarida vinochilik va uzumchilik sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha Dastur kiritsin, bunda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakani oshirish kurslarini tugatgandan soʻng mutaxassislar uchun mehnat faoliyatini “Oʻzsharobsanoat” AJ korxonalarida davom ettirish boʻyicha majburiyatlar belgilab qoʻyilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda vinochilik mahsulotlarini reklama qilishda cheklovlarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha korxonalarda moliyaviy inspektorlarning faoliyati tanqidiy oʻrganilishini tashkil etsin, bunda ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ korxonalari tomonidan energiyaning muqobil manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va kengaytirish Dasturini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Hisob palatasi “Oʻzsharobsanoat” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2018-yilning 1-avgustiga qadar “Oʻzsharobsanoat” AJ korxonalarining bandligi, shtat birliklari, xarajatlarning oqilonaligi, tashkiliy tuzilmalarini tanqidiy oʻrgansin hamda ularni maqbullashtirish va xarajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarishning rentabelligini yaxshilash maqsadida faoliyat samaradorligini yanada oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti ikki oy muddatda taʼlim, sport muassasalari va diniy muassasalardan besh yuz metrdan kam radiusda alkogolli va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilayotgan subyektlarni aniqlash boʻyicha chakana savdo obyektlarini inventarizatsiyadan oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat hokimlari “Oʻzsharobsanoat” AJga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. “Oʻzsharobsanoat” AJ Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 28-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3573-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ tarkibidan chiqarilayotgan korxonalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Korxonaning nomlanishi

Faoliyat turi

1.

“Navigul-agro eksport” MCHJ

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish

2.

“Mikro biznes grup” MCHJ

Eksport va import qilish operatsiyalari

3.

“Zarbdor zamini saxovati” MCHJ

Mevalarni eksport qilish va konsalting xizmatlari

4.

“Navroʻz-S” MCHJ

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va konsalting xizmatlari

5.

“Sam avangard stroy servis” MCHJ

Qurilish-montaj ishlari

6.

“Umarov Zayniddin” FX

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish

7.

“Sintez progress” MCHJ

Sellyuloza, yelim ishlab chiqarish va ularni eksport qilish

8.

“Shashmoxkashob impekssavdo invest” MCHJ

Eksport va import qilish operatsiyalari

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASHKILIY TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi

Kuzatuv kengashi

Boshqaruv

Agrofirmalar — 42

Isteʼmol etil spirti ishlab chiqarish tashkilotlari — 4

“Sharobsoz” MCHJ

“Sharobsavdo” unitar korxonalari — 82

“Sentralnaya laboratoriya” UK

Alkogol, likyor-araq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkilotlari — 44

Firma doʻkonlari — 508

Oddiy va bezatilgan steklotaralar ishlab chiqarish tashkilotlari — 3

Uzumni qayta ishlash tashkilotlari — 17

Boshqa tashkilotlar — 13

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Nomlanishi

Umumiy shtat

Shundan

Boshqaruv

Ishlab chiqarish

Texnik

Yordamchi

Agrofirmalar

159

91

67

0

1

Isteʼmol etil spirti ishlab chiqarish tashkilotlari

2 083

86

1 838

104

55

Alkogol, likyor-araq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkilotlari

6 215

534

4 777

427

477

Uzumni qayta ishlash tashkilotlari

305

50

221

22

12

“Sharobsavdo” UK

2 372

245

622

688

817

Firma doʻkonlari

568

0

0

568

0

“Sharobsoz” MCHJ

6

2

4

0

0

“Sentralnaya laboratoriya” UK

15

2

6

3

4

Oddiy va bezatilgan steklotaralar ishlab chiqarish tashkilotlari

477

42

405

18

12

Boshqa tashkilotlar

115

37

45

8

25

Jami

12 315

1 089

7 985

1 838

1 403

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami korxona va tashkilotlar — 715
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-fevralidagi PQ-3573-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzsharobsanoat” AJ ijro etuvchi apparati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi

Kuzatuv kengashi

Taftish komissiyasi

Korporativ konsultant

Boshqaruv raisi

Ichki audit xizmati

Kotibiyat

2

Ishlab chiqarish menejmenti, innovatsiyalar va sanoat uzumchiligini rivojlantirish boʻyicha raisning birinchi oʻrinbosari

Moliyaviy menejment, investitsiyalar va istiqbolli rivojlanish boʻyicha rais oʻrinbosari

Yoshlar ishlari boʻyicha maslahatchi

1

Sanoat korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va standartlashtirish boshqarmasi

5

Tashqi iqtisodiy faoliyat, logistika va innovatsiyalar bosh boshqarmasi

1

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida siyosatni amalga oshirish boshqarmasi

4

Strategik rejalashtirish va moliya menejmenti bosh boshqarmasi

1

Spirt sanoati korxonalarini monitoring qilish boʻlimi

2

Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi

5

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish boʻlimi

3

Strategik rejalashtirish va iqtisodiy tahlil boshqarmasi

5

Alkogol mahsulotlar aylanmasi hisobi shuʼbasi

2

Logistika va transport boʻlimi

2

Korporativ menejment va xalqaro tajribani tatbiq etish boʻlimi

2

Moliya menejmenti va buxgalteriya hisobi boshqarmasi

5

Sanoat uzumchiligi va xomashyoni rivojlantirish boshqarmasi

5

Brendlash va zamonaviy dizaynni joriy qilish boʻlimi

2

Marketing va bozor konyunkturasini oʻrganish boshqarmasi

4

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi boʻlimi

2

Innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

2

Investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi

5

Kadrlar boʻlimi

2

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va energiya resurslar isteʼmolini monitoring qilish boʻlimi

2

Bosh yuriskonsult

1

Matbuot kotibi

1

Mobilizatsiya va maxsus ishlar boʻlimi

3

Ofis-menejer xizmati

2

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 74 nafar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/18/3573/0830-son, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)