“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda iste’molchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun jamoatchilikni keng jalb etish, ichki iste’mol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi tovarlar sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirishga doir ishlarni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmalari tomonidan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikni keng targ‘ib qilish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa talablarini ta’minlash monitoringlarini o‘tkazish;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borish va o‘zaro hamkorlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan monitoring olib borish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda tasdiqlangan O‘zbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi rejalari asosida amalga oshiriladi.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining 1 va 2-ilovalarga muvofiq tuzilmasi to‘g‘risidagi;
bir oy muddatda tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini hamda ikki oy muddatda – hududiy va respublika konferensiyalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini o‘tkazishga doir tashkiliy masalalarni hal etishda zarur yordam ko‘rsatsinlar.
Belgilansinki, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparati, tuman, shahar jamiyatlari, shuningdek ularning hududiy birlashmalari ijro etuvchi apparatlarining ta’minoti har oylik a’zolik badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, xalqaro tashkilotlarning, O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan iste’molchilarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaroqlilik muddati, saqlash va xizmat ko‘rsatish muddatini buzgan holda realizatsiya qilganlik uchun jarima solishiga ruxsat berilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi natijasida tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) tomonidan olingan mablag‘lar iste’molchilarga qaytariladi yoxud iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga olib qo‘yiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, “O‘zstandart” agentligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
iste’molchilarning jamoat tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini sertifikatlash va ekspertizadan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida axborot olishda zarur yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, sanitariya sohasidagi qonun hujjatlari, davlat standartlari va sertifikatlash qoidalari talablariga rioya etilishini tekshirish ishlariga iste’molchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilsinlar;
iste’molchilarning jamoat tashkilotlari taqdimnomalariga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xavfsizlik talablariga muvofiqligini o‘zlariga qarashli laboratoriyalarda ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda sinovdan o‘tkazsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Idoralararo kengash bilan birgalikda 2003/2004 o‘quv yilidan boshlab belgilangan tartibda respublikaning barcha ta’lim muassasalari dasturlariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus kurslarni kiritsinlar.
advokatlik idoralarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grantlarini jalb etishda ko‘maklashsin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga ularning ustavdagi vazifalarini hal etishda ko‘maklashsinlar hamda Federatsiya markaziy apparatini, hududiy birlashmalarni, tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarini bir oy muddatda:
ijara shartlarida, ijara haqi undirmasdan va kommunal xizmatlarga imtiyozli tariflar bo‘yicha haq to‘lagan holda xonalar bilan;
11. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tuman, viloyat va respublika konferensiyalari keng yoritilishini ta’minlasinlar;
televideniye va radiokanallarda, davriy matbuot nashrlarida “Iste’molchi” rukni tashkil etilishini ta’minlasinlar, unda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatini, bu sohadagi muammolar va kamchiliklar hamda ularni hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni, iste’mol madaniyatini va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha an’analarni keng va muntazam yoritib borishni nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
** mintaqalar | jamiyatlar: | |
tuman | shahar | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar: Andijon Buxoro Jizzax Qashqadaryo Namangan Navoiy Samarqand Sirdaryo Surxondaryo Toshkent Farg‘ona Xorazm Toshkent shahri | 15 14 13 12 14 12 9 17 9 14 15 16 10 11 | 2 3 2 1 1 1 2 2 3 1 6 4 1 |
Jami: | 181 | 29 |
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
2. Nizom Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ( keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi)ning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uni shakllantirish va undan foydalanish tartibini nazarda tutadi.
4. Jamg‘arma jamoat birlashmalarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatining iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarini, kafolatlarini hamda rag‘batlantirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish;
harakatning samarali faoliyat ko‘rsatishini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tadbirlarning rivojlantirilishini va amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jamg‘arma xalqaro tashkilotlarning, O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik hayriyalari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining maxsus hisob raqamida jamlanadi.
8. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyati (tadbirlari) xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashga quyidagi maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha foydalaniladi:
jamoatchilikni hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi muammolarni o‘rganish bo‘yicha mutaxassislarni jalb etgan holda monitoringlar, ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikka doir materiallarni e’lon qilish, sharhlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, plakatlar, bukletlar, davriy nashrlarni ishlab chiqish, ommaviy-axborot vositalarida chiqishlarni, axborotlarni, seminarlarni, davra suhbatlarini hamda iste’molchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlarni tashkil etish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tovarlar (ishlar va xizmatlar)ning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarini aniqlashga va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tanlovlar, viktorinalar, olimpiadalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
9. Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.