Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 244-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 352-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining Markaz huzurida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish instituti negizida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2004-yil 25-avgustgacha Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti Ustavini, tuzilmasini va shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 26-fevraldagi 82-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 5-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-iyul,
342-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 291-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 77-son qarorida:
1-bandning ikkinchi—oʻn birinchi xatboshi, 4-bandning ikkinchi—sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 2-ilova 17-bandining “Markaziy apparat” satrida toʻrtinchi va beshinchi ustunlardagi “5” va “10” raqamlari chiqarib tashlansin, oltinchi ustundagi “46” raqami “58” raqami bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 333-modda; 2006-y., 48-50-son, 489-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 28-son, 291-modda, 34-35-son, 352-modda)