23.11.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2951
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori, 23.11.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2951
Дата вступления в силу
24.11.2017
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:

T/r

Kasalliklar va nuqsonlar nomi

1.

Qo‘pol harakat buzilishlari bilan kechadigan asab tizimi kasalliklari:

insult va uning asoratlari;

og‘ir bosh miya jarohati va uning asoratlari;

turg‘un harakat nuqsonlar bilan kechadigan o‘tkir ensefalit, miyelit, ensefalomiyelit, Giyen-Barre-Landri poliradikulonevritlar;

nasliy miyacha ataksiyalar (Pyer-Mari, Fridreyx kasalliklari);

ekstrapiramida tuzilmasining zararlanishi bilan kechadigan asab tizimi kasalliklari (Parkinson kasalligi, Gentington xoreyasi, gepatotserebral distrofiyasi);

demiyelinuvchi kasalliklar (tarqoq skleroz, yonlanma amiotrofik skleroz, Shilder leykoensefaliti)

2.

Tutqanoq talvasalar bilan kechadigan kasalliklar (epilepsiya va tutqanoq sindromlari).

3.

Kognitiv (aqliy) faoliyati buzilishi bilan kechadigan nerv tizimining degenerativ kasalliklari (Alsgeymer, Pik kasalliklari va boshqalar).

4.

Markaziy nerv tizimi faoliyatining yaqqol buzilishi bilan kechadigan hajmli hosilalar.

5.

Shizofreniya, shizotipik va alahlashli buzilishlar (shizofereniya barcha turlari va boshqalar).

6.

O‘pka va boshqa a’zolar sil kasalliklari faol davri.

7.

Moxov kasalligi.

8.

Surunkali alkogolizm.

9.

Giyohvandlik, toksikomaniya.

10.

Faoliyatning turg‘un buzilishi bilan kechuvchi endokrin tizim kasalliklari:

tug‘ma yod tanqisligi sindromi;

buqoqsiz tug‘ma gipoterioz;

diffuz buqoqli tireotoksikoz, III-IV daraja oftalmopatiya bilan kechuvchi dekompensatsiya holatida, og‘ir shakli;

insulinga muhtoj bo‘lgan 1 tur qandli diabet kasalligi, og‘ir shakli, labil kechishi va dekompensatsiya holati;

og‘ir kechuvchi ikkilamchi qandli diabet va ko‘p sonli suyak sinishlari bilan kuzatiladigan osteoporozga olib keluvchi Itsenko-Kushing kasalligi;

pangipopituitarizm va ikkilamchi qandli diabetning og‘ir asoratlari bilan kechadigan akromegaliya kasalligi;

gipofizar nanizm;

faoliyatning turg‘un buzilishi bilan kechadigan endokrin a’zolarining o‘smalari.

11.

Gemoblastozlar:

surunkali miyeloleykoz blastli kriz davri;

limfogranulomatoz (remissiyadan tashqari)

o‘tkir oq qon (remissiyadan tashqari).

12.

Surunkali yurak yetishmovchiligi III bosqich.

13.

Yurak ishemik kasalligi: zo‘riqish stenokardiyasi FS (funksional sinf) IV.

14.

Gipertoniya kasalligi III bosqich, tez-tez krizli kechishi.

15.

Yurak kasalliklari ritm va o‘tkazuvchanlik buzilishlari bilan:

sinus tuguni zaifligi, AV blokada II-III daraja, yurak urishi sonining 1 minutiga 40 tadan pasayishi yoki xushdan ketish bilan kechadigan holatlar;

paroksizmal qorinchalar taxikardiyasi, qorinchalar ekstrasistoliyasi (Laun bo‘yicha IV a, b gradatsiya);

paroksizmal qorinchalar usti taxikardiyasi (WPW sindrom, bo‘lmachalar fibrillatsiyasi, tugunli taxikardiya va boshqalar) nomuqim gemodinamika bilan — arterial qon bosimining keskin pasayishi, bosh miya qon aylanishining buzilishi, o‘pka shishi.

16.

Aorta va arteriyalar anevrizmalari va qatlamlanishi.

17.

Jigar tsirrozi portal gipertenziya bilan.

18.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi II-III daraja.

19.

Muvozanat (vestibulyar) analizator faoliyatining buzilishi, shuningdek, Menyer kasalligi og‘ir shakli.

20.

Asab tizimi rivojlanishining tug‘ma nuqsonlari (siringomiyeliya va siringobulbiya).

21.

Eshitishning bir yoki ikki tomonlama turg‘un pasayishi (shivirlashda tovush eshitilishi kamida 3 metr) elektroakustik moslamalarda eshitish o‘zgarmasligi (eshitish moslamasi bilan tovushning eshitilishi kamida 6 metr).

22.

Ikkala ko‘zda ko‘rlikga olib kelgan ko‘z yoki umumiy kasalliklar.

23.

Ikkala qo‘l yoki ikkala oyoqning yo‘qligi.

24.

Nutqning yo‘qligi.