29.09.2017 yildagi PQ-3301-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, zamonaviy servis xizmatlari koʻrsatish, mintaqadagi mavjud tabiiy, ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan toʻla-toʻkis hamda samarali foydalanish asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash yoʻli bilan Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrining iqtisodiy salohiyatini kompleks rivojlantirish va mustahkamlashni, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifati yanada oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish va aholisi bandligini taʼminlashning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy raqobatbardosh sanoat mahsuloti, shu jumladan qurilish materiallari, tikuvchilik va trikotaj buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik, shu jumladan tuyachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani tobora rivojlantirish, muqobil energiya manbalarini tatbiq etish loyihalarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga, uning sogʻlomlashtirish va madaniy hordiq chiqarishini tashkillashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2017 — 2019-yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida kafolatlangan ish oʻrinlari yaratish hamda yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Dastur parametrlarini bajarishni taʼminlash yuzasidan mahalliy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ijroiya hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika ishchi guruhi (A.J. Ramatov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oshirilishini doimiy nazorat qilish va davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatilgan hududlardagi aholi bandligi boʻyicha tegishli uy-joy va maishiy sharoitlarni yaratish bilan birga kechiktirilmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi tashkillashtirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muammoli masalalarni muntazam oʻrganib borish va ularni tezkorlik bilan hal etishda amaliy choralar koʻrilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda Dasturga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning manzilli roʻyxatini oʻn kun muddatda tasdiqlasin, ularni moliyalashtirilish manbalari, masʼul ijrochilari va amalga oshirish muddatlarini aniq koʻrsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari, Nurota tumanidagi Dehibaland, Sentob, Temirkovuk, Qizilcha, Gum va Choʻya aholi punktlari hamda Zarafshon shahri hududlarini kompleks rivojlantirish hamda aholisining turmush sharoitlari sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirishni ishonchli va barqaror moliyalashtirishni taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati hokimligida Maxsus jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarma) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib kuyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navoiy viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Maxsus jamgʻarmani shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari, Nurota tumanidagi Dehibaland, Sentob, Temirkovuk, Qizilcha, Gum va Choʻya aholi punktlari hamda Zarafshon shahri hududida 2017-yilning 1-oktabridan 2028-yilning 1-yanvariga qadar boʻlgan davrda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida (savdo va avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlari aylanmadan olinadigan soliqdan ozod qilinadi va yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini hudud uchun belgilangan eng kam stavkaning toʻrtdan bir qismi miqdorida toʻlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik va tuyachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu hududlarda roʻyxatga olingan va faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini hudud uchun belgilangan eng kam stavkaning toʻrtdan bir qismi miqdorida toʻlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu hududlarda roʻyxatga olingan va faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar muassislari tomonidan olingan dividendlar daromad (foyda) soligʻidan ozod qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 2017-yilning 1-oktabridan boshlab Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida joylashgan “Barkamol avlod” markazlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, musiqa va sanʼat maktablarida bolalarni oʻqitish uchun har oylik ota-onalar toʻlovi respublika boʻyicha oʻrnatilgan hajmning 50 foizi miqdorida belgilansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tijorat banklariga Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan loyihalar manzilli roʻyxatiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka boʻyicha kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, tijorat banklari tomonidan mazkur kreditlarni ajratishda ularga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan 4 foizgacha summada oshadigan xarajatlarini qoplashga Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan subsidiya (yordam puli) beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida joylashgan foydalanilmay boʻsh yotgan davlat obyektlarini ushbu obyektlar negizida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan tekin foydalanish huquqi asosida oʻn yil muddatgacha ijaraga berilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, “Qizilqumsement” AJ, “Navoiyazot” AJning Tomdi tumanida 1,5 ming bosh tuya va 10 ming bosh koʻy boqishga moʻljallangan chorvachilik komplekslari tashkil etish, shuningdek, ushbu hududlarda mahalliy aholi orasidan 1000 nafar kishining ish bilan kafolatlangan tarzda qamrab olinishi uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan tikuv mashinalari xarid qilinishini taʼminlash yoʻli bilan ushbu hududlarda tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqarishni tashkillashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mobil aloqa kompaniyalari bilan birgalikda, zaruratga qarab, aloqa bilan taʼminlanmagan alohida hududlarda bazaviy stansiyalar oʻrnatilishini hamda olis qishloqlar va ovullarda raqamli televideniye tarmoqlari xizmati koʻrsatilishini tashkillashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bir oy muddatda ushbu hududlarda razvedka qilingan foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlasin hamda Respublika ishchi guruhiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xayitov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 29-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3301-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3301-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2019-yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida kafolatlangan ish oʻrinlari yaratish hamda yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TADBIRLARI DASTURI

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Sarf-xarajatlar

(mlrd sm)

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. YANGI ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARINI YARATISH, QISHLOQ XOʻJALIGI, SHU JUMLADAN CHORVACHILIK TARMOGʻINI HAMDA XIZMAT KOʻRSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH ORQALI AHOLI BANDLIGINI TAʼMINLASH

1.

Sanoat sohasida 144 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 4,7 mingtadan koʻproq yangi ish oʻrinlarini yaratish.

681,4

Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2017 — 2019-yillar

Navoiy viloyati hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari

2.

Xizmatlar va servis infratuzilmasini rivojlantirish sohasida 154 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 932 tadan koʻproq yangi ish oʻrinlarini yaratish.

47,9

3.

Qishloq xoʻjaligi sohasida 72 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 884 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish.

48,1

4.

Birinchi navbatda xorijiy investorlarni jalb qilish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy korxona tashkil etish.

Biznes rejaga muvofiq

Xorijiy investitsiyalar, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

2017 — 2019-yillar

Oʻzqurilishmateriallari AJ, Davlat geologiya qoʻmitasi, Navoiy viloyati hokimligi, tijorat banklari

5.

Korxonalarga tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun asbob-uskunalarni taqdim etish orqali ularda qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish.

Shu jumladan:

Tomdi tumanida — 50 ta;

Uchquduq tumanida 250 ta;

Konimex tumanida 100 ta;

Nurota tumanida 100 ta;

Zarafshon shahrida 500 ta.

Hisob-kitoblarga muvofiq

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK mablagʻlari

2018 yil
II chorak

Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK, Oʻztoʻqimachiliksanoat” Uyushmasi, Navoiy viloyati hokimligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Ushbu maqsadlar uchun Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida binolar (ishlab chiqarish maydonlari)ni ajratish.

2017 yil
IV chorak

II. CHORVACHILIK TARMOGʻINI, SHU JUMLADAN TUYACHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH, CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNI RAGʻBATLANTIRISH

6.

Tomdi tumanida 1,5 ming bosh tuya va 10 ming bosh qoʻy boqishga moʻljallangan chorvachilik komplekslarini tashkil etish.

Bunda tuya va mayda shoxli hayvonlarni chetdan, jumladan quyidagilarni tashkil etish orqali olib kelish:

500 bosh tuya va 3000 bosh qoʻy boqishga moʻljallangan chorvachilik kompleksi;

4,0

Qizilqumsement” AJ mablagʻlari

2017-2018-yillar

“Qizilqumsement” AJ, Navoiy viloyati hokimligi

500 bosh tuya va 3000 bosh qoʻy boqishga moʻljallangan chorvachilik kompleksi;

4,0

“Navoiyazot” AJ mablagʻlari

“Navoiyazot” AJ, Navoiy viloyati hokimligi

500 bosh tuya va 4000 bosh qoʻy boqishga moʻljallangan chorvachilik kompleksi.

4,5

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK mablagʻlari

2017-2018-yillar

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, Navoiy viloyati hokimligi

7.

Chetdan olib kelingan 1000 bosh tuyalarni agrofirmalar orqali sotib olish uchun aholiga imtiyozli kreditlar ajratish.

10,0

AT Xalq banki mablagʻlari

2017-2018-yillar

AT Xalq banki, Navoiy viloyati hokimligi

8.

Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarining suv taʼminotini 87 ta yangi suv quduqlarini qazish orqali yaxshilash.

Hisob-kitoblarga muvofiq

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga ajratiladigan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar mablagʻlari

2018-2019-yillar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

III. YOʻL-TRANSPORT, MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA VA IJTIMOIY INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH

9.

51,6 km yoʻlni kapital taʼmirlash, 54,12 km yoʻlni joriy taʼmirlash.

27,5

Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻi

2017 — 2019-yillar

Navoiy viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi. Respublika yoʻl jamgʻarmasi

10.

Ayrim hududlarning yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish. Hududlarning aholi punktlarini bogʻlovchi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish qilish rejasini ishlab chiqish.

Ishlab chiqilgan rejaga muvofiq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va qurish.

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Respublika yoʻl jamgʻarmasi, respublika va mahalliy budjet mablagʻlari

2017 — 2019-yillar

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Navoiy viloyati hokimligi

11.

Dagistov, Xolmurod, Momiqchi aholi punktlarini, shuningdek fosforit zavodi hududini mobil aloqa tarmogʻi bilan qamrab olishni taʼminlash:

12 km optik tolali aloqa liniyasini qurish;

past kuchlanishli 34 ta raqamli teleuzatkichlarni oʻrnatish.

3,2

Mobil aloqa operatorlari, zbektelekom” AK

2017 — 2019-yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

12.

Hududlarning elektr uzatish liniyalari tarmogʻini qurish va modernizatsiya qilish.

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Oʻzbekenergo AJ va mahalliy budjet mablagʻlari

2017-2018-yillar

Oʻzbekenergo AJ,
Navoiy viloyati hokimligi

13.

Muqobil energiya manbalarini joriy qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan quyosh va shamol energiyasi asosida energiya tizimlarini rivojlantirish.

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

“Oʻzbekenergo” AJ mablagʻlari, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

2017 — 2019-yillar

Oʻzbekenergo AJ, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Navoiy viloyati hokimligi

14.

86,9 km suv quvurlari tarmogʻini qurish.

17,2

Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi, “Toza ichimlik suvi” jamgʻarmasi mablagʻlari

2017 — 2019-yillar

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,
Navoiy viloyati hokimligi

15.

46 ta umumtaʼlim maktabi va 28 ta maktabgacha taʼlim muassasalarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda ularni rekonstruksiya qilish.

74,4

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2017 — 2019-yillar

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi. Iqtisodiyot vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

16.

Maktablarni qozoq tilidagi oʻquv materiallari va kitoblari bilan taʼminlash hamda oʻqituvchilar bilan butlash.

0,1

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2017 — 2019-yillar

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

17.

Tomdi agroiqtisodiyot kolleji negizida 100 nafar oʻquvchiga moʻljallangan maktab-internatni tashkil etish.

0,1

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2018-yil
II chorak

Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

18.

19 ta sogʻliqni saqlash muassasalarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda ularni rekonstruksiya qilish.

31,0

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2017 — 2019-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

IV. HUDUDNING HAYVONOT VA OʻSIMLIK DUNYOSI NOYOB TURLARINI SAQLAB QOLISH VA ULARNING SONINI KOʻPAYTIRISH ORQALI EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH

19.

Hududlarning hayvonot va oʻsimlik dunyosi noyob turlarini saqlab qolish va ularning sonini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish.

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

2017-2018-yillar

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Navoiy viloyati hokimligi

20.

Turistlarni jalb qilish uchun zarur infratuzilmani tashkil qilgan holda ekoturizmni rivojlantirish, mehmon uylari (oʻtovlar)ni tashkil qilish.

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

2017-2018-yillar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzsanoatqurilishbank ATB,

“Ipoteka bank” ATIB, “Asaka” ATB

21.

Ov faoliyatini tashkil qilish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish.

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

2017 — 2019-yillar

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Navoiy viloyati hokimligi

22.

Ayrim hududlarning diqqatga sazovor joylari va turistik salohiyatini televideniyeda yoritish.

2018-yil
I chorak

Milliy teleradiokompaniya, Navoiy viloyati hokimligi

V. AYRIM HUDUDLARNING BAND BOʻLMAGAN AHOLISINI HUNARMANDCHILIK VA BOSHQA MUTAXASSISLIKLARGA OʻQITISH HAMDA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH

23.

Band boʻlmagan aholini hunarmandchilik va boshqa mutaxassisliklarga oʻqitish, ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

0,1

Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

2017 — 2019-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

24.

Har yili 500 nafar band boʻlmagan aholini jamoat ishlariga jalb qilish.

0,6

Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari

2017 — 2019-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3301-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastur parametrlarini bajarishni taʼminlash yuzasidan mahalliy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ijroiya hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ boshqaruvi raisi, respublika ishchi guruhi rahbari

2.

K.B. Tursunov

Navoiy viloyati hokimi, respublika ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

3.

S.X. Bekenov

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, respublika ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

4.

A.A. Xaitov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

5.

A.K. Shadmanov

sogʻliqni saqlash vaziri

6.

U.I. Inoyatov

xalq taʼlimi vaziri

7.

A.Ya. Haydarov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

D.A. Nazarmuxamedov

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

10.

B.R. Parpiyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

11.

A.A. Abduvaliyev

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisi

12.

B.T. Qoʻchqorov

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

13.

R.A. Gulyamov

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

14.

A.X. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

15.

A.X. Toʻxtayev

qurilish vaziri

16.

K.S. Sanaqulov

Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK bosh direktori

17.

U.M. Mustafoyev

Oʻzbekenergo AJ raisi

18.

A.S. Mustafayev

OʻztransgazAJ raisi

19.

M.Yu. Fayziyev

OʻzneftmahsulotAJ raisi

20.

D.S. Azimov

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari

21.

B.K. Zaripov

Oʻzqurilishmateriallari AJ raisi

22.

M.B. Jumaniyazov

Vazirlar Mahkamasi ATD mudiri, respublika ishchi guruhi kotibi

23.

lavozim boʻyicha

tijorat banklari (AT Xalq banki, Oʻzsanoatqurilishbank ATB, Ipoteka bank ATIB, Asaka ATB) rahbarlari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 07/17/3301/0040; 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)