15.09.2017 yildagi PQ-3281-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3893-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(5 — 5.13-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3893-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6 — 6.13-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3893-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3893-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3893-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Boshoqli don ekinlari va sholini joylashtirish hamda yetishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar

1.

2017-yil hosiliga o‘rtacha shakllangan narx bo‘yicha davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlarini yetishtirishni kreditlash.

Muddatlar va texnologik xaritalarga asosan kutilayotgan xarajatlarga muvofiq

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi

2.

Respublika elita-urug‘chiligi xo‘jaliklari buyurtmanomalariga asosan 2017-yilda kuzgi ekish uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna boshoqli don ekinlarining superelita urug‘larini olib kelish.

2017-yil 10-oktabrga qadar

“O‘zdonmahsulot” AJ, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Boshoqli don ekinlari navlarini tasdiqlangan joylashtirilishiga qat’iy rioya qilgan holda, xo‘jaliklarni 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi oldindan to‘lov shartlari asosida faqat sertifikatlari mavjud bo‘lgan, dorilangan holatdagi yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘lari bilan ta’minlash.

2017-yil 20-sentabrga qadar.

“O‘zdonmahsulot” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Boshoqli don ekinlarini urug‘likka ekish uchun joylashtirish bo‘yicha xo‘jaliklar ro‘yxatini belgilangan tartibda t�nlov asosida qayta ko‘rib chiqish.

2018-yil 1-fevralga qadar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermerlar uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

5.

Sholi yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlar va fermer xo‘jaliklarini tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minoti, sholi yetishtirish tajribasi asosida belgilab olish.

2018-yil 1-fevralga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi

6.

Mahsulot va urug‘lik sholini xarid qilish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzishni ta’minlash.

2018-yil 1-martga qadar

“O‘zdonmahsulot” AJ, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

7.

Respublika ilmiy muassasalari va elita-urug‘chiligi xo‘jaliklari buyurtmanomalariga asosan xorijiy ilmiy muassasalardan 200 tonna superelita va elita guruch urug‘larini olib kelish.

2018-yil 1-aprelga qadar

“O‘zdonmahsulot” AJ, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

8.

Guruchning yuqori hosilli, tezpishar hamda kasalliklar va zararkunandalarga chidamli sifatli urug‘ navlarini tayyorlash.

2018-yil 1-martga qadar

“O‘zdonmahsulot” AJ

9.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitini hi�obga olgan holda, suv yetkazib berish kafolati bilan guruchni tumanlar va fermer xo‘jaliklariga joylashtirish.

Maqbul agrotexnik muddatlarda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

Mavjud maxsus texnikalar parkidan foydalangan holda guruchni sepish usuli orqali ekish texnologiyalarini keng qo‘llash.

Urug‘lik guruch yetishtiruvchi urug‘chilik fermer xo‘jaliklarini o‘z vaqtida tanlash.

2018-yil 1-martga qadar

10.

Sholini qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha zamonaviy texnologik liniyalarni olib kirish va o‘rnatish, shuningdek, sexlarni modernizatsiya qilish.

2018-yil yakuniga qadar

“O‘zdonmahsulot” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

“O‘zdonmahsulot” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar buyurtmanomalariga asosan sexlarni modernizatsiya qilish va zamonaviy texnologik liniyalarni xarid qilish uchun kredit resurslarini ajratish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish.

Arizalarga muvofiq

“Agrobank” ATB, “O‘zdonmahsulot” AJ

12.

Guruchning tezpishar va serhosil navlarini o‘stirishning yangi zamonaviy usullarini joriy etish, navlarni sinovdan o‘tkazishni sifatli bajarish, elita urug‘lari va ularning keyingi avlodlarini ilmiy muassasalar va urug‘chilik xo‘jaliklarida jadallik bilan ko‘paytirishni nazarda tutuvchi Guruch seleksiyasi va urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil 1-yanvarga qadar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi

13.

Guruch, sabzavot va dukkakli ekinlarning serhosil va tezpishar yangi navlarini yaratish, shuningdek, ularni yetishtirishning zamonaviy ag�otexnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dolzarb ilmiy muammolarni Davlat ilmiy-texnik dasturlarga kiritish.

2018-yil 1-yanvarga qadar

Fan va texnologiyalar agentligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

II. G‘o‘zani joylashtirish hamda yetishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar

14.

Sug‘urtalangan zaxirani hisobga olgan holda, urug‘lik paxta xomashyosini tozalash va saralash, shuningdek ekiladigan g‘o‘za chigitini tuksizlantirish va dorilash.

2018-yil 1-fevralga qadar

“O‘zpaxtasanoat” AJ, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

15.

G‘o‘za navlarini tasdiqlangan joylashtirilishiga qat’iy rioya qilgan holda, xo‘jaliklarni 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi oldindan to‘lov shartlari asosida faqat sertifikatlari mavjud bo‘lgan, dorilangan holatdagi yuqori sifatli urug‘lar bilan ta’minlash.

2018-yil 1-martga qadar

“O‘zpaxtasanoat” AJ, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

16.

G‘o‘zani urug‘likka ekish uchun joylashtirish bo‘yicha xo‘jaliklar ro‘yxatini belgilangan tartibda tanlov asosida qayta ko‘rib chiqish.

2018-yil 1-fevralga qadar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermerlar uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

17.

G‘o‘zaning yangi navlarini ilmiy-tadqiqot institutlarining tajriba bazalarida, bazaviy xo‘jaliklarda, yangi navlarni dastlabki ko‘paytirish xo‘jaliklarida va davlat nav sinash uchastkalarida sinovdan o‘tkazish.

Agrotexnik muddatlarda

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekis�on fermerlar uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

III. Takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish hamda yetishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar

18.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va suv ta’minotini hisobga olgan holda, takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlari turlarini fermer xo‘jaliklari kesimida joylashtirish bo‘yicha tuman hokimlarining qarorlarini qabul qilish.

2018-yil 1-iyunga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari i rayonov

19.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining va viloyat hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari rahbarligida boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarni somondan tozalashni tashkil etish hamda takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlari turlarini fermer xo‘jaliklari kesimida joylashtirish bo‘yicha ishchi guruhlarini tuzish.

2018-yil 1-iyunga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining va viloyat hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida yerlarni haydash, tayyorlash, takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va yetishtirish maqsadida moddiy-texnik resurslar, shu jumladan urug‘lar, mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhlarini tuzish.

2018-yil 1-iyunga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

20.

Mahsulot ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari va buyurtmachi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish.

2018-yil 5-iyunga qadar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

21.

Fermer xo‘jaliklariga 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi oldindan to‘lov shartlari asosida faqat sertifikatlari mavjud bo‘lgan, dorilangan holatdagi yuqori sifatli takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetkazib berish.

2018-yil 10-iyunga qadar

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ,

22.

Mahsulot ishlab chiqaruvchilarga fermer xo‘jaliklari bilan qayta ishlovchi tashkilotlar hamda mahsulot eksporti va zaxirasini shakllantirish bo‘yicha tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq, shartnoma summasining 40 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans mablag‘lari to‘lanishi choralarini ko‘rish.

2018-yil 20-iyunga qadar

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ, “O‘zpaxtayog‘” AJ, tijorat banklari

23.

Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yerlarda takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i-moylash materiallari va mineral o‘g‘itlarni davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga yetkazib beriladigan narxlar bo‘yicha yetkazib berishni ta’minlash.

2018-yil 10-iyunga qadar

“O‘zneftmahsulot” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

24.

Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yerlarda takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishni quyi tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilgan holda, nazorat o‘lchovidan o‘tkazish.

2018-yil 10-avgustga qadar

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi

25.

Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ularning zaxirasini belgilan�an hajmda shakllantirishga mo‘ljallangan muzlatkichlar va omborxona binolarini tayyorlash.

2018-yil 1-sentabrga qadar

“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

26.

Respublikaning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda sabzavot, poliz, dukkakli, moyli ekinlar va kartoshkani joylashtirish hamda ularni yetishtirish agrotexnikasi bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joylarga yetkazish.

2018-yil 10-iyunga qadar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK

IV. “To‘qsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini joylashtirish va yetishtirish bo‘yicha chora-tadbirlar

27.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va sug‘oriladigan suv ta’minotini hiso�ga olgan holda “to‘qsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini fermer xo‘jaliklari kesimida joylashtirish bo‘yicha tuman hokimlarining qarorlarini qabul qilish.

2018-yil 25-avgustga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

28.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining va viloyat hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari rahbarligida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan bo‘shagan maydonlarni tozalash va tayyorlashni tashkil etish hamda “to‘qsonbosdi” usuli bilan qishloq xo‘jaligi ekinlari turlarini fermer xo‘jaliklari kesimida joylashtirish bo‘yicha ishchi guruhlarini tuzish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining va viloyat hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida “to‘qsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini ekish va yetishtirish, moddiy-texnik resurslar, shu jumladan urug‘lar, mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhlarini tuzish.

2018-yil 25-avgustga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vilo�tlar va tumanlar hokimliklari

29.

Fermer xo‘jaliklariga 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi oldindan to‘lov shartlari asosida dorilangan va sertifikatlangan, yuqori sifatli, avgust oyida ekiladigan piyoz va sarimsoqpiyoz, shuningdek sabzavot ekinlari urug‘larini yetkazib berish.

2018-yil 25-avgustga qadar

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ

30.

Mahsulot ishlab chiqaruvchilarga fermer xo‘jaliklari bilan Toshkent shahar yarmarkalari, tayyorlov tashkilotlari hamda eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq, shartnoma umumiy qiymatining 40 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans mablag‘lari to‘lanishini ta’minlash.

2018-yil 10-sentabrga qadar

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zagroeksport” AJ, tijorat banklari

31.

Fermer xo‘jaliklari, shu jumladan tayyorlov tashkilotlari, qayta ishlovchi tashkilotlar, eksportyorlar, agrofirmalar va xarid qiluvchi korxonalar o‘rtasida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish.

2018-yil 10-sentabrga qadar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zagroeksport” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

32.

“To‘qsonbosdi” usuli bilan avgust oyida ekiladigan piyoz va sarimsoqpiyoz, shuningdek sabzavot ekinlari uchun respublikada yetarli bo‘lmagan urug‘larni xorijdan olib kirishni ta’minlash.

2018-yil 20-iyulga qadar

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

33.

“To‘qsonbosdi” usuli bilan a�gust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini ekish uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i-moylash materiallari va mineral o‘g‘itlarni davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga yetkazib beriladigan narxlar bo‘yicha yetkazib berishni ta’minlash.

2018-yil 1-sentabrga qadar

“O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zneftmahsulot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

34.

“To‘qsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini ekish uchun tovar ishlab chiqaruvchilar va xarid qiluvchi tashkilotlarni zarur kredit mablag‘lari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2018-yil 20-avgustga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari

35.

“To‘qsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini ekish bo‘yicha ko‘rgazmali-amaliy o‘quv seminarlarini o‘tkazish.

2018-yil 25-avgustga qadar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

36.

Respublikaning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda “to‘qsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini navlar bo‘yicha ochiq yerlarda, bog‘ va uzumzorlar qator oralarida joylashtirish, ekish va yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joylarga yetkazish.

2018-yil 20-sentabrga qadar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

37.

Ekish ishlarining doimiy monitoringini olib borish asosida “to‘qsonbosdi” usuli bilan avgust oyida piyoz va sarimsoqpiyozni, shuningdek sabzavot ekinlarini ekish ustidan nazoratni ta’minlash, shuningdek, ekinlarni fermer xo‘jaliklari kesimida nazorat o‘lchovidan o‘tkazish.

2018-yil 25-dekabrga qadar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermerlar uyushmasi

 LexUZ sharhi