Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2022 05.09.2017 yildagi 700-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3074-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi), Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligining Markaz joylashgan binoning tegishli xonalarini mukammal taʼmirlash boʻyicha:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi etib Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov savdolari asosida aniqlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazsin hamda mukammal taʼmirlash ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Markaz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish, Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yilgi xarajatlar smetasini hamda shtatlar jadvalini ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 5-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
700-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 700-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hisobot beradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Markaz oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilot hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank, jumladan xorijiy valyutalardagi hisob raqamlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida hisob raqamlariga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasi — reyestrini yaratish va uni muntazam yangilab borish, shuningdek, ana shu tarixiy eksponatlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish, tegishli ilmiy markazlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borib, erishilgan natijalarni ilmiy muomalaga kiritish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat yoʻnalishi boʻyicha xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan oʻzaro madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyish, turli anjumanlar, konferensiya va koʻrgazmalar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish va zarur chora-tadbirlar koʻrish, bu borada xalqaro miqyosdagi ilgʻor tajribani oʻrganish va amaliyotga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro shartnomalar va umumeʼtirof etilgan normalarni milliy qonunchiligimiz nuqtai nazaridan atroflicha oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, global Internet tarmogʻida keng yoritish, ular haqidagi bibliografik toʻplamlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻplangan materiallarni mamlakatimiz va jahon miqyosida ilmiy muomalaga kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Markaz oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasi — reyestrini yaratish va uni muntazam yangilab borish, shuningdek, ana shu tarixiy eksponatlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish, tegishli ilmiy markazlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borib, erishilgan natijalarni ilmiy muomalaga kiritish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasi — reyestrini yaratish va uni muntazam ravishda yangilab borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarga oid tarixiy eksponatlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish ishlarini hayotga tatbiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid yurtimizga olib kelingan madaniy boyliklarni aks ettiruvchi eksponatlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini, tegishli ilmiy muassasa hamda markazlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlarni olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ilmiy tadqiqotlari natijalari yuzasidan hisobotlarni tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etilishini taʼminlash;
(9-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ilmiy tadqiqotlari natijalarini axborot byulletenlari va boshqa rasmiy nashrlarda chop etilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) faoliyat yoʻnalishi boʻyicha xorijiy davlatlardagi muzey va fondlar, arxivlar, ilmiy-madaniy muassasalar bilan oʻzaro madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyish, turli anjumanlar, konferensiya va koʻrgazmalar tashkil etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlar muzey va fondlari, arxivlari, ilmiy-madaniy muassasalari bilan, jumladan, qoʻshimcha ilmiy loyihalarni bajarish orqali xalqaro ilmiy-madaniy hamkorlikning samarali shakllari va yoʻnalishlarini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz xodimlarini xorijdagi yetakchi ilmiy-madaniy va taʼlim muassasalarida oʻqishini, tajriba orttirishini, malakasini oshirishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro tajriba almashish, ish usullari va yangi ilmiy-tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish hamda yosh ilmiy-madaniy kadrlarni tayyorlash uchun yetakchi xorijiy olimlarning jalb etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy ilmiy-madaniy va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning xalqaro ilmiy grantlarini jalb etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni tadqiq etish asnosida olingan maʼlumotlarni ilm ahliga yetkazishda hamda buyuk mutaffakirlar, mashhur fan va adabiyot arboblari sharafiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy, ilmiy-madaniy kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni tashkil etish va oʻtkazishda, shuningdek, xalqaro ilmiy va madaniy jurnallarning tahrir hayʼatlari ishlarida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish va zarur chora-tadbirlar koʻrish, bu borada xalqaro miqyosdagi ilgʻor tajribani oʻrganish va amaliyotga joriy etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni aniqlash, ular saqlanayotgan tashkilotlar bilan ilmiy aloqalar oʻrnatish hamda mazkur boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan xorijdagi mutasaddi muassasa va tashkilotlarni aniqlash ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda va uning yordamida chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish uchun zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish va zarur chora-tadbirlar koʻrishda xalqaro miqyosdagi ilgʻor tajribani oʻrganish va amaliyotga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat tugʻilgan holda xalqaro miqyosdagi ilgʻor tajriba asosida chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga tegishli takliflar kiritadi;
(9-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro shartnomalar va umumeʼtirof etilgan normalarni milliy qonunchiligimiz nuqtai nazaridan atroflicha oʻrganish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniy boyliklarni olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniy boyliklarni olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlili natijasida, vaziyat taqozo etgani hollarda, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniy boyliklarni olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar va umumeʼtirof etilgan normalarni milliy qonunchiligimiz nuqtai nazaridan atroflicha oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni ommaviy axborot vositalarida, jumladan, global Internet tarmogʻida keng yoritish, ular haqidagi bibliografik toʻplamlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etib borish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni respublika ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklar va ularning ilmiy tahlilini global Internet tarmogʻida keng yoritish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni chuqur ilmiy oʻrganish asnosida olingan ilmiy maʼlumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik toʻplamlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etish ishlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) toʻplangan materiallarni mamlakatimiz va jahon miqyosida ilmiy muomalaga kiritish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni chuqur ilmiy oʻrganish asnosida olingan ilmiy maʼlumotlar va ularning tahliliy natijalarini keng targʻib etish maqsadida ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarni uyushtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni tadqiq etishga oid respublika va xorijdagi turli darajalardagi konferensiyalarda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarga bagʻishlangan turkum koʻrsatuvlarni tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Markazning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Markaz oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va xoʻjalik yurituvchi subyektlardan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar oʻtkazish hamda boshqa tashkilotlar oʻtkazadigan tadbirlarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz xodimlarining ijtimoiy himoyasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot ishlariga respublikadagi va xorijdagi mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda Markaz xodimlari va jalb qilingan mutaxassislarni xorijiy ilmiy-tadqiqot hamda taʼlim muassasalariga ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi uchun yuborish;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlash;
(10-band yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda xodimlarning moddiy ragʻbatlantirish fondini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirish va asosiy fondlar rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga tegishli takliflar kiritish.
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Markaz oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va uning ixtiyoridagi boshqa mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Markazga belgilangan tartibda Madaniyat vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktorning Madaniyat vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Markaz direktori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Markaz nomidan vakillik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ilmiy-tadqiqot va boshqa jarayonlarni tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish, manfaatdor ilmiy va oʻquv idoralari, muassasalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishning barcha masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi, ilmiy va uslubiy maʼlumotlar va axborotlarni muhokama qiladi, ilmiy ishlarni nashr qilish va saqlashga tavsiya etadi, ilmiy va faxriy unvonlarni berish toʻgʻrisida iltimosnomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq maqsadga yoʻnaltirilgan dastur va tanlov mavzularini, shuningdek, alohida topshiriq va buyurtmalarni amalga oshirish maqsadida Markazda vaqtinchalik tadqiqot guruhini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda ijro intizomi holati boʻyicha bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining oʻrinbosari va Markaz xodimlarining vakolatlari, majburiyatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz boʻlimlari nizomini va Markaz xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat tugʻilgan hollarda, Markazning tarkibiy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida Markaz xodimlari tomonidan bajarish uchun majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga yuklatilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi, xodimlar bilan tuzilgan shartnomalar, rejalarning bajarilishi va natijalari, ilm-fan va texnikaviy yutuqlarni jalb qilish chora-tadbirlari hamda Markaz va maʼmuriyatning boshqa faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi oldida hisobot beradi.
(13-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Markaz direktori vaqtincha yoʻqligida uning vazifalarini uning oʻrinbosari bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Markaz direktorining oʻrinbosari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlimlarga bevosita rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda boʻlimlarda ijro intizomi holati uchun shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha hujjatlar loyihasini va materiallarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashni tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz ish rejasida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarni talab qilinadigan davr mobaynida amalga oshirish va muvofiqlashtirishni taʼminlaydi hamda oʻrganilgan masalalarning tanqidiy tahlili asosida Markaz direktoriga muhokama uchun takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlarida muhokama qilishga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar tayyorlash uchun boʻlim boshliqlari va mutaxassislar bilan majlislar oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktoriga tegishli mutaxassislar majburiyatlarini taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz direktoriga boʻlimlar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazifalar taqsimotiga koʻra boshqa tegishli vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat buyurtmasi asosida ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratiladigan grant mablagʻlari.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz mutaxassislari va boshqa tashkilotlardan jalb qilinadigan ekspertlarni xorijiy davlatlarga xizmat safarlariga yuborish va chet ellik mutaxassislar (ekspertlar)ni jalb etish xarajatlari va Markaz faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlar uchun tadbirkorlik faoliyatidan, jumladan, noshirlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 964-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)