Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-apreldagi PQ-2868-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-apreldagi PQ-2868-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmedxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-avgust,
651-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorida:
a) 3-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi va Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi (fuqaro xodimlari boʻyicha), Davlat statistika qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rahbar xodimlari va mutaxassislarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari va tarif koeffitsiyentlari”;
b) 9-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, moliya va soliq boshqarmalari, Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlari, Tashqi savdo vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi vakolatli vakillari, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalari, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari rahbar xodimlari va mutaxassislarining mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
razryadlari va tarif koeffitsiyentlari”.
razryadlari va tarif koeffitsiyentlari”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 331-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 9/19/331/2970-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi”;
yettinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 331-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 9/19/331/2970-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 8-avgustdagi 285-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari tegishli ravishda “Iqtisodiyot vazirligi” va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz” respublika savdo-koʻrgazma markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining “Oʻzekspomarkaz” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning “Masʼul bajaruvchilar” ustunida:
1-banddagi “Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti, Investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringini muvofiqlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7, 8, 9 va 10-bandlardagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot bankiga aʼzoligi toʻgʻrisida” 2003-yil 27-avgustdagi 371-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.M. Gʻaniyev” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi A.I. Axmedxodjayev” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun berilayotgan imtiyozli kreditidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-apreldagi 159-son qarorining 7-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qarorida:
a) 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
5-bandning ikkinchi xatboshidagi va 6-bandning oltinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovadagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshidagi, 9 va 14-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi va 12-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovadagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2022-y., 09/22/346/0566-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 26-iyuldagi 241-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-dekabrdagi 400-son qarorining 5-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-martdagi 129-son qaroriga 4-ilovaning beshinchi xatboshidagi “Tulyaganov Sh.A.” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari” soʻzlari tegishli ravishda “Qudratov L.Sh.” va “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash muassasalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-apreldagi 191-son qarorining 7-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 199-son qarorining 3-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 893-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son, 19.04.2019-y., 9/19/331/2970-son, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 25.06.2022-y., 09/22/346/0566-son)