15.08.2017 yildagi 630-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining saylov jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda saylov jarayoniga Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda SYAER deb ataladi) joriy etish ishlari amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYAER “Elektron hukumat” tizimini yaratish doirasida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYAERni yaratish va SYAERni shakllantirishga yoʻnaltirilgan idoraviy axborot tizimlarini takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda SYAERning ishlashini texnikaviy taʼminlash uchun koʻmaklashishga Koreya Respublikasi tomonidan ajratiladigan grant mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYAERni yaratish boʻyicha bosh pudratchini belgilash yuzasidan bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil dekabr oyida boʻlib oʻtadigan Toshkent shahri xalq deputatlarining tumanlar Kengashlariga saylovlar davomida axborot tizimining SYAERni shakllantirish va yuritishni nazarda tutuvchi tajriba tartibida foydalanilishi huquqiy eksperiment sifatida amalga oshirilishini, 2018-yilning 1-apreligacha esa — SYAERni yaratishni va butun mamlakat boʻyicha ishga tushirishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda — jismoniy himoya va axborot xavfsizligini taʼminlash yuzasidan zaruriy choralar taʼminlanishini hisobga olgan holda SYAERni amalga oshirish tadbirlari rejasini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 15-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
630-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 630-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”, “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda SYAER deb ataladi) shakllantirish, yuritish, yangilash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. SYAER Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan (shu jumladan saylov kuni), doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manziliga ega boʻlgan, saylovda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va sudning qarori asosida mahrum etilmagan fuqarolari (keyingi oʻrinlarda saylovchi fuqarolar deb ataladi) kiritiladigan davlat axborot resursi hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda boʻlsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi (davlat tilida, lotin yozuvida), tugʻilgan sanasi (yyyy.oo.kk), doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash joyi manzili va uning kadastr raqami Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar toʻgʻrisidagi axborotlar hisoblanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. SYAERga kiritilgan saylovchi fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlaridan iborat boʻlgan axborotlar bilan ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda MSK deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. SYAER saylov jarayonini boshqarish boʻyicha axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda SJBAT deb ataladi) vositasida shakllantiriladi va uning tarkibiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar SJBATning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsiz aloqa kanallari boʻyicha idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalash orqali SYAERni shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYAERga tuzatish kiritish imkoniyati bilan saylov uchastkalari boʻyicha saylovchi fuqarolarni taqsimlash vositalarini taqdim etish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylovchi fuqarolarga oʻz saylov uchastkalariga oid axborotlar bilan tanishishga va saylov uchastkasini oʻzgartirishga soʻrovnoma yuborish imkonini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYAERda saqlanadigan maʼlumotlardan foydalanuvchilarning foydalanish va saylov uchastkalari boʻyicha roʻyxatlarga tuzatish kiritish huquqlarini taqsimlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYAERdagi maʼlumotlarni saylov uchastkalari chegaralari doirasida avtomatik ravishda taqsimlash.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi SJBAT va uning tarkibiga kiruvchi SYAER egasi hamda SJBAT va SYAERni yanada takomillashtirish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. SJBAT operatori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi SJBAT operatori (keyingi oʻrinlarda Operator deb ataladi) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar Operatorning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SJBATni yanada takomillashtirish va unga texnikaviy xizmat koʻrsatish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SJBATning samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SJBATni idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SJBATning axborot xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. SYAERni shakllantirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. SYAER:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan ushbu Nizomning 2-bandiga muvofiq taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar toʻgʻrisidagi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saylov kampaniyasi davrida saylovchilar roʻyxatlarini aniqlashtirish orqali saylov komissiyalari tomonidan taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar toʻgʻrisidagi axborotlar asosida shakllantiriladi va yangilab boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SYAER har olti oyda bir marta, saylov kampaniyasi davrida esa MSK tomonidan Agentlik va Operator bilan kelishilgan holda tasdiqlangan jadvalga muvofiq yangilanadi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagi davlat organlari (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) Agentlikka tegishli maʼlumotlarni elektron shaklda taqdim etadilar:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning doimiy va/yoki vaqtinchalik yashash manzili toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroligi belgilangan tartibda tugatilgan shaxslar toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, saylovda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilgan shaxslar toʻgʻrisida;
(9-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtash muassasalaridan ozod etilgan shaxslar va saylovda ishtirok etish huquqi qayta tiklangan shaxslar toʻgʻrisida;
(9-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan fuqarolar toʻgʻrisida — saylov boshlanishidan uch oy avval;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan va vazirlik tizimi harbiy qismlaridagi fuqarolar toʻgʻrisida — saylov boshlanishidan olti oy avval;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi — fuqarolarning oʻlimini roʻyxatga olish toʻgʻrisida;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik tizimidagi oliy harbiy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan fuqarolar toʻgʻrisida — saylov boshlanishidan ikki oy avval;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan, harbiy qism hududidagi kazarmalar, yotoqxonalar va xizmat turar joylarida yashayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari toʻgʻrisida — saylov boshlanishidan toʻrt oy avval;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oylik harbiy yigʻin oʻtayotgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari toʻgʻrisida — saylov oʻtkaziladigan oyning ikkinchi oʻn kunligiga qadar;
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — sudlar tomonidan muomalaga layoqatsiz (layoqatli) deb topilib, saylovda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilgan (saylovda ishtirok etish huquqi qayta tiklangan) fuqarolar toʻgʻrisida.
(9-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash davlatini (Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarini) koʻrsatgan holda doimiy yoki vaqtinchalik konsullik hisobida turgan fuqarolar toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan oʻsha davlat hududida turgan fuqarolar toʻgʻrisida;
(9-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi — fuqarolarning koʻchmas mulk obyektlari kadastr raqamlari, ular joylashgan manzili va geolokatsiya (geokod) toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik (tashkilot) tizimidagi oliy harbiy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan fuqarolar toʻgʻrisida — saylov boshlanishidan uch oy avval;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan va harbiy qismlardagi fuqarolar toʻgʻrisida — saylov boshlanishidan toʻrt oy avval.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qaroriga asosan “e” va “j” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vakolatli organlar ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq Agentlikka maʼlumotlarni elektron shaklda jismoniy shaxsning identifikatsiya raqamini (agar mavjud boʻlsa), pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda boʻlsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami, tugʻilgan sanasi (yyyy.oo.kk), jinsi, millati, familiyasi, ismi va otasining ismini (davlat tilida, lotin yozuvida) koʻrsatgan holda, fuqarolarning yashash joyi manzili (davlatlar, Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari, tumanlari, aholi punktlari va koʻchalari, kadastr raqamlari, ular joylashgan manzili va geolokatsiya (geokod) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni esa Agentlik va Operator bilan oʻzaro kelishilgan texnik yoʻriqnomadagi maʼlumotnomalar (keyingi oʻrinlarda maʼlumotnomalar deb ataladi) asosida yuboradilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik quyidagilarni taʼminlaydi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 9-10 bandlariga muvofiq vakolatli organlardan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish va shakllantirish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlardan kelgan maʼlumotni identifikatsiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatidan saylash huquqiga ega boʻlmagan fuqarolarni chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq saylovchi fuqarolar toʻgʻrisidagi axborotni elektron shaklda Operatorga taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. SYAERni yangilash Agentlik tomonidan Operatorga harbiy xizmatchilardan tashqari, saylovchi fuqarolar toʻgʻrisidagi roʻyxatni elektron shaklda uzatish yoʻli bilan quyidagilarni koʻrsatgan holda amalga oshiriladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda boʻlsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tili lotin yozuvida familiyasi, ismi va otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining tugʻilgan sanasi (yyyy.oo.kk), jinsi va millati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotnomalar asosida joylashuv (yashash) joyi manzillari.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. SYAERdan foydalanishni tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. SJBAT “Oʻzbektelekom” AKning maʼlumotlarni qayta ishlash markazida belgilangan tartibda joylashadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. MSK SJBATdagi Oʻzbekiston Respublikasining saylovchi fuqarolari roʻyxatiga kirish imkoniyatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalari SJBATdagi tegishli hudud boʻyicha saylovchi fuqarolar roʻyxatidan foydalanish imkoniyatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MSK va tegishli saylov komissiyalarining SJBATdan foydalanish imkoniyatlari “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SJBATda saylov komissiyalarining masʼul xodimlari identifikatsiyasi avtorizatsiya axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Saylovchi fuqarolar roʻyxatini saylov uchastkalari boʻyicha taqsimlash va u bilan tanishish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Saylovchilarning huquqlarini amalga oshirish, ularga tegishli maʼlumotlar bilan tanishish hamda ovoz berishni oʻtkazish uchun har bir saylov uchastkasi boʻyicha saylovchi fuqarolarning roʻyxati shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchi fuqarolarni roʻyxatlar boʻyicha taqsimlash SJBATda okrug saylov komissiyalari tomonidan saylov uchastkalarining belgilangan chegaralari doirasida amalga oshiriladi. Buning uchun SJBATda saylovchi fuqarolarning roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasining aholi punktlari va koʻchalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining chel eldagi vakolatxonalari boʻyicha taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan taqdim etilgan saylov uchastkalarining dislokatsiyalari asosida saylov uchastkalariga tegishli hudud chegaralari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan saylov okruglari va uchastkalarining geolokatsiyali elektron xaritasi tuziladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Saylov uchastkalarining soni yoki chegaralari oʻzgargan taqdirda okrug saylov komissiyasi 24 soat mobaynida SJBATga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Saylovchi fuqarolar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi asosida hammaning tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Saylovchi fuqaro oʻzi biriktirilgan saylov uchastkasi, manzili va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini yoki pasport yoxud identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqamini kiritish yoʻli bilan MSK rasmiy veb-sayti orqali saylov uchastkasining joylashuvi (dislokatsiyasi)ga oid axborot bilan tanishish imkoniyatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar roʻyxatini saylovga oʻttiz yetti kun qolganidan boshlab, saylovga besh kun qolguniga qadar uyma-uy yurib aniqlik kiritadi. Oʻrganish davomida saylovchining shaxsiga yoki yashash joyiga oid maʼlumotlar oʻzgarganligi aniqlangan taqdirda, SYAERga tegishli oʻzgartirish kiritadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. SYAERda saylovchi fuqaro boʻlmaganda yoki uning saylov uchastkasi mos kelmagan taqdirda saylovchi fuqaro uchastka saylov komissiyasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi boʻyicha ariza bilan yozma yoki MSKning rasmiy veb-saytida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda murojaat qilish huquqiga ega.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. SYAERni shakllantirish va yuritish tartibi sxemasi ilovada keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Vakolatli organlar SYAERni shakllantirish va yangilab borish uchun maʼlumotlarning ishonchliligi, dolzarbligi va oʻz vaqtida taqdim etilishi yuzasidan masʼuldirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 859-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)