10.08.2017 yildagi PQ-3196-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo oʻyinlari hamda jahon chempionatlarida yuksak natijalarga erishgan, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan sportchilar va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularning boy hayotiy tajribasi va salohiyatidan keng foydalanish, xalqaro sport aloqalarini yanada mustahkamlash, jahonda Oʻzbekistonning obroʻsini yanada yuksaltirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalar (uyushmalar) bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekistonning mashhur sportchilarini jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarishga faol koʻmaklashish, jamoat va sport ishlariga bosqichma-bosqich jalb etishga doir “Katta sportdan keyingi faoliyat” harakatlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2018-yil 1-yanvardan boshlab nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish miqdorlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining tegishli yil uchun Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻlanishini nazarda tutsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari bir yilda bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar uchun toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad soligʻisiz amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Oʻzbekiston sportchilariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularni sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yuborish yoʻllanmalari hamda yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga bir martalik pul mukofotlari berishning moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi (A.N. Aripov) tomonidan koʻrib chiqiladi va taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari uchun toʻlanadigan umrbod oylik toʻlovlar va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlagan trenerlarga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oʻzbekistonning yuqori malakali sport mutaxassislarini va mashhur sportchi vatandoshlarimizni mamlakatimizga xorij mamlakatlardan olib kelish, ularni jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish ishlariga jalb etish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, mehnatlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, mamlakatimizning nufuzli sport musobaqalari gʻolib va sovrindor sportchilari trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ular uchun 3 va 6 oylik qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslari tashkil etsin;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan maxsus oʻquv kurslarini bitirgan Oʻzbekistonning mashhur sportchilariga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun imtiyozli ravishda ruxsat berish tartibini joriy qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oʻzbekistonning nomdor sportchilarini xususiy sport muassasalarini tashkil etishga koʻmaklashish, biriktiriladigan homiy tashkilotlarning amaliy yordam berish turlari (bino va inshootlardan bepul foydalanish, mablagʻlar hamda sport anjomlari bilan taʼminlash va h.k.) boʻyicha takliflari va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilovchi tizimni yaratish boʻyicha choralar koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Respublika oliy sport mahorati maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va Respublika sport maktablarida “Sportchi” lavozimini joriy etish, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilashni oʻz ichiga olgan Hukumat qarorini qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab sirtqi boʻlimni tashkil etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Olimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar xususiy sport muassasalarini tashkil etishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi taqdimnomasiga asosan:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari tomonidan imtiyozli va uzoq muddatli kreditlar ajratilishi tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) bilan birgalikda bir oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo oʻyinlari hamda jahon chempionatlari gʻolib va sovrindorlarining boy hayotiy tajribasi va salohiyatidan keng foydalanish, ularni yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlariga faol jalb etish, xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, jahonda Oʻzbekistonning obroʻsini yanada yuksaltirishda ularning rolini kuchaytirish boʻyicha hamkorlikdagi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari ishtirokidagi reklama mahsulotlarini imtiyozli joylashtirish tartibini ishlab chiqsin va 2018-yil 1-yanvardan joriy etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekistonning iqtidorli sportchilarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yetakchi xorijiy sport muassasalarida shartnoma asosida malaka oshirishlarini tashkillashtirish, xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash maqsadida “Oʻzbekiston sport agentlari va seleksionerlari uyushmasi”ni tashkil etish va uning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir barcha masalalarni hal etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi yuqori mahoratli sportchilar hamda ularning trenerlari faoliyati va erishgan yutuqlarini yosh avlodga oʻrnak qilib koʻrsatish maqsadida bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholi orasida muntazam va keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 10-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3196-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi qaroriga
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SHARH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston milliy terma jamoalari sportchilarining Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarni qoʻlga kiritishlari, dunyoda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtibori, sport salohiyati va yutuqlari tizimli ravishda oshib borishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida tobora ommalashib borayotgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada sport musobaqalarini oʻzida mujassamlagan uch bosqichdan iborat yaxlit tizim yaratildi. Mazkur tizim orqali nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan mashhur sportchilar yetishib chiqmoqda.

Bugungi kunda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda mashaqqatli mehnat va katta kuch talab etilishini inobatga olgan holda sportchilarning oʻz mahoratlarini muntazam oshirib borishlari, jismonan va maʼnan yetukligini taʼminlash bilan birga, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirib borish zarur.

Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq keng miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Jumladan, Oʻzbekistonning mashhur sportchilarini jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarishga faol koʻmaklashish, jamoat va sport ishlariga bosqichma-bosqich jalb etishga doir “Katta sportdan keyingi faoliyat” harakatlar dasturi ishlab chiqilishi belgilangan.

Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish miqdorlari belgilangan. Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, nufuzli xalqaro sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar uchun umrbod toʻlanadigan oylik toʻlovlar va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad soligʻisiz amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Yuqori mahoratli sportchilar uzluksiz ravishda oʻquv-mashgʻulot jarayonida boʻlishlarini taʼminlash maqsadida, 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida sirtqi boʻlim ochish yuzasidan aniq taklif kiritish belgilandi. Bu, oʻz navbatida, sportchilarga mashgʻulot va musobaqalar bilan bogʻliq faoliyatlaridan ajralmagan holda taʼlim olishlariga hamda jismoniy tarbiya va sport sohalaridagi bilimlarini oshirishga va kelajakda murabbiylar safiga qoʻshilishlariga imkoniyat yaratadi.

Qarorga muvofiq, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari bir yilda bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga ega boʻladilar.

Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, mamlakatimizning nufuzli sport musobaqalari gʻolib va sovrindor sportchilari trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida 3 va 6 oylik qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslari tashkil etilishi va Oʻzbekistonning mashhur sportchilariga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun imtiyozli ravishda ruxsat berish tartibi joriy etilishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekistonning mashhur sportchilariga xususiy sport muassasalarini barpo etib, oʻzlarining mahorat maktablari faoliyatini keng yoʻlga qoʻyish imkoniyatini yaratish maqsadida ularga “nol” qiymatida binolar berish, yer hamda banklardan kreditlar ajratish, boshqa imtiyozlar berish yuzasidan zarur choralar koʻrish belgilandi.

Mazkur qaror Oʻzbekistonda sportchi va murabbiylarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, dunyoga mashhur sportchilarimizga xususiy sport muassasalarini ochish yoʻli bilan nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etadigan sportchilar zaxirasini tayyorlashda munosib hissalarini qoʻshishlariga imkoniyat yaratadi.

Qaror doirasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi jismoniy tarbiya va ommaviy sportning jamiyatimiz hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan Oʻzbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilar va ularning trenerlari mehnatini munosib ragʻbatlantirish, qolaversa, nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan mashhur sportchilarimiz saflarini tobora kengaytirishga xizmat qiladi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 806-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)