Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.01.2018 31.07.2017 yildagi 562-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.01.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 7-sonli “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlar tasdiqlanishiga hamda ularning oʻz faoliyatini ushbu nizomlar asosida tashkil etishiga koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 31-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
562-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-iyuldagi 562-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi oʻrinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisida iltimos bayon etilgan murojaat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan murojaat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bayon etilgan murojaat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ular haqida yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
murojaatning dublikati — aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
takroriy murojaat — avvalgi murojaatlar boʻyicha qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilingan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan, shuningdek agar takroriy murojaat tushgan paytda koʻrib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan boʻlsa, avvalgi murojaat oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan murojaat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron murojaat — elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan elektron hujjat shaklidagi murojaat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Murojaatlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga telefon orqali qilingan murojaatlar ogʻzaki murojaat sifatida ushbu Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, roʻyxatga olinadi va koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rasmiy veb-sayti orqali yoki ularning rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa tashkilotlarning portallari orqali tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa boʻlib murojaat etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida boʻlishi kerak. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat etuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Murojaatlarni berish muddatlari, qoidaga koʻra, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar bu fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini oʻz vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni taʼminlash zaruratiga bogʻliq boʻlsa, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra, tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni koʻrib chiquvchi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tiklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ushbu Nizom talablariga muvofiq murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Fuqarolar yigʻinlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va koʻrib chiqish uchun yuborish, shuningdek uning koʻrib chiqilishini nazorat qilish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining masʼul kotibi (keyingi oʻrinlarda masʼul kotib deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Elektron murojaatlar tushgan kunida qogʻozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom boʻlgandan keyin tushgan taqdirda esa — navbatdagi ish kunida qogʻozga bosib chiqarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yozma va elektron (qogʻozga bosib chiqarilgan) murojaatlar masʼul kotib tomonidan murojaatlarni roʻyxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olish kartochkasini toʻldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi oʻng qismida roʻyxatga olish shtampini qoʻyish yoʻli bilan masʼul kotib tomonidan roʻyxatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatlarni roʻyxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi toʻgʻrisidagi belgi, ijrochi etib belgilangan shaxsning ismi, sana koʻrsatilgan holda ijro etish toʻgʻrisida belgi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etish shtampida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining rasmiy nomi, murojaatning tushgan sanasi va qayd raqami koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Murojaat pochta orqali konvertda solib berilganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konvertda murojaatning mavjud emasligi yoki uning yaroqsizlanganligi, shuningdek murojaatda koʻrsatilgan ilovalarning yoʻqligi aniqlanganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida qoladi, ikkinchisi murojaat qiluvchiga konvertda koʻrsatilgan manzil boʻyicha joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushgan murojaatlar konvertlari murojaat etuvchining manzilini, murojaatning joʻnatilgan va olingan vaqtini aniqlash uchun saqlab qolinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ogʻzaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining boshqa masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olish kartochkasi toʻldiriladi. Hisobga olish kartochkasi ogʻzaki murojaat sifatida roʻyxatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga ogʻzaki murojaat etishganda ular tomonidan taqdim qilingan yozma murojaatlar hamda boshqa materiallar qabul qilinishi va ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq toʻldirilgan hisobga olish kartochkasiga ilova qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Roʻyxatga olingan murojaatlar tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ga yoki uning oʻrinbosariga kiritiladi, u masʼul xodimni belgilagan holda murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha rezolyutsiya (topshiriq beradi) qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qoʻyilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida masʼul kotib murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xodimiga imzo qoʻydirgan holda beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga tushgan murojaatlar ularning ish yurituviga qabul qilinishi yoki tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻzining vakolati doirasiga kirmaydigan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga tushgan murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirmay fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan imzolangan xat bilan tegishli organlarga yuboriladi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatni koʻrib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa organlarga oʻtkazish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchilarga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Murojaatni toʻliq, xolis va oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha maʼlumotlar, maʼlumotnomalar va materiallarga zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda murojaatni koʻrib chiquvchi murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida — belgilangan tartibda boshqa organlardan qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Agar murojaatda joyning oʻzida oʻrganishni talab etuvchi holat bayon qilingan boʻlsa, shuningdek boshqa zarur hollarda murojaatni koʻrib chiquvchi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi murojaatni joyning oʻzida koʻrib chiqishni taʼminlashi mumkin. Murojaatni joyning oʻzida koʻrib chiqish fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ning topshirigʻi yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Murojaatni murojaat qilgan yoki boshqa shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqishning imkoniyati boʻlmaganda, ular fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmagan taqdirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkin emasligi toʻgʻrisida javob yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agar murojaatda oʻrtaga qoʻyilgan masalalar xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga daxldor boʻlsa, ularning vakillari murojaatni koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Zarur hollarda murojaatlarni koʻrib chiqish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoxud elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatni qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi qarorni fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning oʻrinbosarlari qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatga javob xatida murojaatda koʻrsatilgan har bir masala boʻyicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslar (zaruriyatga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Murojaatga javob xati fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Jismoniy yoki yuridik shaxslar jamoa boʻlib murojaat qilgan taqdirda, ularning murojaatlari qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqiladi. Bunda murojaatga javob murojaat qilganlarning roʻyxatida birinchi boʻlib koʻrsatilgan shaxsga yoki, ularning talabiga koʻra, boshqa shaxsga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Murojaat, unda koʻtarilgan barcha masalalar qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda koʻrib chiqilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kun murojaatni koʻrib chiqish tugallangan kun hisoblanadi, bu haqda masʼul kotib murojaatlarni roʻyxatga olish jurnaliga va hisobga olish kartochkasiga belgi qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq javoblar berilgan va toʻliq koʻrib chiqilmagan murojaatlar ijrodan yoki nazoratdan olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Agar murojaatni koʻrib chiqish jarayonida murojaatning dublikati olinsa, ushbu murojaat avval tushgan murojaat bilan birgalikda koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha yagona javob beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar murojaatning dublikati murojaat koʻrib chiqilgan va javob yuborilgandan keyin olinsa, u holda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi murojaat qiluvchini bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Nazoratga olingan murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan nazoratdan va ijrodan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz murojaatlarini ular koʻrib chiqilgunga qadar va koʻrib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish yoʻli bilan qaytarib olish huquqiga ega. Bunday ariza tushgan taqdirda murojaatni koʻrib chiqish toʻxtatiladi va uch kun mobaynida murojaat fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining xati bilan murojaat qiluvchiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaatni qaytarib olish toʻgʻrisidagi ariza fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrilishini istisno etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Koʻrib chiqilgan murojaatlarni va ular bilan bogʻliq materiallarni saqlash masʼul kotib tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etish shart boʻlgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun mobaynida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, ularni koʻrib chiqish muddatlari tegishli fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan, istisno tariqasida, koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Taklif fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan olingan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga oʻn kun muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ayrim hollarda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning oʻrinbosarlari murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Murojaatlar bilan ishlash muddatlari ular fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga tushgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tegishli muddatning oxirgi kuni dam olish va bayram kunlariga toʻgʻri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Murojaatlarni koʻrmay qoldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anonim murojaatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Murojaatni anonim deb eʼtirof etish masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat anonim deb eʼtirof etilganda bu haqda xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb eʼtirof etish uchun asoslar koʻrsatiladi. Murojaatni anonim deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi xulosa fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga telefon orqali kelib tushgan murojaatlar qonunda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb eʼtirof etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Anonim deb eʼtirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar tushganda, masʼul kotib ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlmasa, bu haqda masʼul kotib tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab ushbu murojaat koʻrib chiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoxud boshqa vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ushbu fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, zaruriyat boʻlganda, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish uchun alohida xona ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Qabul qilish jadvallari va uni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek qabul qilish tartibi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi maʼmuriy binosida hamda mahalla goʻzarlaridagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs ogʻzaki murojaat etayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa — oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Masʼul kotib qabulga kelgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni, shuningdek jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish masʼul kotib ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning oʻrinbosarlarining koʻrsatmasi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining boshqa xodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki boshqa vakolatli shaxslar tomonidan sayyor shaxsiy qabullar tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sayyor shaxsiy qabullar vaqtida masʼul kotib va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining boshqa masʼul xodimlari ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sayyor shaxsiy qabullar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda jadvalda nazarda tutilmagan sayyor shaxsiy qabullar oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sayyor shaxsiy qabullarni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi toʻgʻrisidagi axborot ushbu Nizomning 43-bandida belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullar vaqtida berilgan ogʻzaki murojaatlari ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi va roʻyxatga olinadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatni qabul qilish va koʻrib chiqish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Murojaat fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan koʻrib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs murojaat koʻrib chiqilishining borishi haqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni koʻrib chiqish natijalari bilan tanishish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq murojaatlarni koʻrib chiqishda boshqa huquqlardan ham foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining murojaatni koʻrib chiquvchi mansabdor shaxslari yoki boshqa vakolatli shaxslari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarga ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
murojaatni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi, shuningdek agar jismoniy yoki yuridik shaxslarga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki maʼnaviy ziyon yetkazilgan boʻlsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning oʻrnini qoplash yoki maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish chora-tadbirlarini koʻrishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
murojaatni koʻrib chiquvchi mansabdor shaxslar yoki boshqa vakolatli shaxslar koʻrib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat koʻrib chiqilganidan soʻng zudlik bilan murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat yuzasidan qaror qabul qilgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxsi, agar jismoniy yoki yuridik shaxs qarorga rozi boʻlmasa, uning yuzasidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Murojaatlar koʻrib chiqilishini nazorat qilish. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Masʼul kotib murojaatlar koʻrib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning oʻz vaqtida va zarur tarzda koʻrib chiqilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul kotib murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va ijrochilar tomonidan buzilishi toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ni darhol xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul kotib monitoring natijalari boʻyicha har oyda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ga murojaatlar koʻrib chiqilishining holati toʻgʻrisidagi axborotni, zaruriyat boʻlganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har chorakda murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tahlil natijalari boʻyicha masʼul kotib fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ga murojaatlarni koʻrib chiqishning qonuniyligini taʼminlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari va tartibi buzilganligi uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun taʼqib qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Qonun va ushbu Nizom talablariga rioya etishni taʼminlash uchun javobgarlik fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)ga, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilariga, masʼul kotibiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisiga, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbarlariga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎(Old tomoni)

‎‎Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qayd etish kartochkasi

Tartib raqami:‎ ‎‎Savol:
‎Murojaat qiluvchi:
Manzili:
Murojaat tushgan sana:‎

‎‎Murojaat qiluvchilar soni:

Murojaatning shakli:‎ ‎‎Varaqlar soni:
Qabul shakli:‎ ‎‎Dublikat/takroriy
Murojaatning turi:‎ ‎‎Oldingi murojaatning sanasi va raqami:
Nazorat turi:‎ ‎‎
‎Murojaatning qisqacha mazmuni:
Rezolyutsiyani (topshiriqni) imzolagan rais:
‎‎Raisning (oqsoqolning) rezolyutsiyasi (topshirigʻi): Bajarish muddati:‎
‎Tarkibiy boʻlinma: Ijrochi:‎


‎‎‎(Orqa tomoni)

‎Murojaatlarni koʻrib chiqishning holati

Yuborilgan sana‎

Qayerga yuborilgan‎

‎‎Javob xatining raqami va sanasi

‎‎
Muddati uzaytirilgan:‎

‎‎‎Kim tomonidan: (imzo)

Javob xati kelgan sana:‎
Koʻrib chiqish natijalarining qisqacha mazmuni:
Nazoratdan olindi (kim tomonidan):‎‎
��
Sana:
‎Bajaruvchining imzosi:
‎‏
‎‎Bajarilgan sana:
‎‎Murojaatni koʻrib chiqish muddati buzilganligi haqidagi belgi:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 777-modda)