Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2465-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/11-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2465-8, 13.04.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-son qarori (roʻyxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-iyun,
14/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/7-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 14-band quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“rahbar va bosh buxgalterning (bosh buxgalter koʻzda tutilmagan hollar bundan mustasno) familiyasi, ismi, otasining ismi hamda ularning imzolari (chek bundan mustasno);”.
2. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Agar taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, hisob-kitob hujjatlarini toʻldirishda mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchining qisqartirilgan firma nomidan foydalanish mumkin.”.
3. 27-banddagi “mazkur bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi buxgalterning” degan soʻzlar “mazkur operatsiyani amalga oshirgan masʼul xodimning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Memorial orderlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning toʻgʻriligi uchun bank rahbari, bosh buxgalteri va ushbu operatsiyani amalga oshirgan masʼul xodim javobgar hisoblanadi.”.
5. 32-bandning toʻrtinchi xatboshisi “yozma ruxsati” degan soʻzlardan keyin “yoki elektron shakldagi murojaati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 39-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toʻlov talabnomasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga taqdim etilishi mumkin.”.
7. 58-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Inkasso topshiriqnomasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga taqdim etilishi mumkin.”.
8. 59-bandda:
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlarni undirish uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlarni undirish uchun;”;
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
“v” kichik banddagi “sud ijrochilari” degan soʻzlar “davlat ijrochilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “v1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v1) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni isteʼmolchilar — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlariga;”.
9. 61-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ijrochilari tomonidan qoʻyiladigan inkasso topshiriqnomalari davlat ijrochisining qaroriga ilova qilingan holda taqdim qilinadi.”.
10. 66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66. Mazkur Nizomning 59-bandida nazarda tutilgan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega boʻlgan subyektlar inkasso topshiriqnomalarini elektron shaklda mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etishi yoki chaqirib olishi mumkin.
Inkasso topshiriqnomasi bitta operatsiya boʻyicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, dastlabki inkasso topshiriqnomasi mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka kelib tushmagan hollar bundan mustasno.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 710-modda)