Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 17-noyabrdagi PF-4857-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 16-noyabrdagi PQ-2658-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 17-noyabrdagi PF-4857-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 17-noyabrdagi PQ-2658-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzagromashservis” uyushmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 9-noyabrdagi 438-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-iyun,
442-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1999-yil 30-oktabrdagi 486-son qarorida:
a) 3 va 4-bandlar hamda 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 6-banddagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” lizing kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-banddagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 70-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 85 foizi (2013-yildan boshlab 85 foizigacha, 2015-yildan boshlab esa — 80 foizigacha) “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan unga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) tomonidan qarz asosida beriladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.”;
b) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga” soʻzlari “Oʻzagrolizing” AJga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasining” soʻzlari “Oʻzagrolizing” AJning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzagrolizing” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” lizing kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzagrolizing” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 6-bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzagrolizing” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 1-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Har yili 1-oktabrgacha “Oʻzagrolizing” AJ fermer va shirkat xoʻjaliklari, mashina-traktor parklari va qishloq xoʻjaligiga xizmat qiluvchi “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlaridan (keyingi oʻrinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) tushgan buyurtmanomalar asosida qishloq xoʻjaligining lizing shartlarida yetkazib beriladigan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan ehtiyoji prognozini shakllantiradi.
Qishloq xoʻjaligining texnikaga boʻlgan ehtiyoji prognozidan kelib chiqib “Oʻzagrolizing” AJ va “Agrobank” ATB har yili 10-oktabrdan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishning, shuningdek lizing oluvchilarning toʻlovlarni amalga oshirishining prognoz hajmlarini hisobga oluvchi kelgusi yil uchun (oylarga boʻlgan holda) Jamgʻarma mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj prognozini taqdim etadilar”;
4-banddagi, 9-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshidagi, 14 va 18-bandlardagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasiga” soʻzlari “Oʻzagrolizing” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi, 7-bandning birinchi xatboshidagi, 8, 11, 13, 15 va 16-bandlardagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi soʻzlari “Oʻzagrolizing” AJga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Buyurtmaga muvofiq “Oʻzagrolizing” AJ har yili 30-oktabrgacha keyingi yilda sotib olish maqsadida zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishga, uning haqini toʻlash va yetkazib berish muddatlarini koʻrsatgan holda, ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyuterlari bilan oldi-sotdi shartnomalari tuzadi (shartnomaviy kompaniya)”;
10-banddagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzagrolizing” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan lizingga rasmiylashtirilgandan keyin shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy distribyuterlari tomonidan lizing oluvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beriladi.
“Oʻzagrolizing” AJ Jamgʻarmaga zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing oluvchilarga yetkazib berilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Jamgʻarma buyurtmalar va tuzilgan shartnomalarga asosan uch bank kuni mobaynida “Oʻzagrolizing” AJ ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy disribyuterlari bilan uzil-kesil hisob-kitob qilishi uchun lizingga berilgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 70 foizi (2013-yildan boshlab — 50 foizigacha, 2014-yildan boshlab — 45 foizigacha, 2015-yildan boshlab — 40 foizigacha, 2016-yildan boshlab — 30 foizigacha) miqdorida pul mablagʻlarini “Oʻzagrolizing” AJning operatsiya hisob raqamiga oʻtkazadi”;
17-banddagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi” va “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasining” soʻzlari “Oʻzagrolizing” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 30-modda) 6-ilova II-boʻlimining 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-martdagi 300-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida lizing xizmatlarini yanada kengaytirish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 18-iyundagi 123-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 25-26-son, 262-modda) 2-bandidagi “Oʻzselxozmashlizing” lizing kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzagrolizing” AJ, “Oʻzmashlizing” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 17-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisida” 2011-yil 4-fevraldagi 30-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 7-modda):
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzneftmahsulot” AK va “Oʻzagroservis” AJ, “Agrotexservis” MCHJ, “Oʻzagrolizing” AJ, “Oʻzmashlizing” MCHJ rahbarlari zimmasiga — fermer xoʻjaliklaridan tushgan ijobiy tafovut mablagʻlarining tarmoq korxonalarining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzlarini qoplashga maqsadli yoʻnaltirilishi uchun masʼuliyat yuklansin”;
b) ilovada:
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Ijobiy tafovutning 50 foizi miqdoridagi mablagʻlarni jamlash va ulardan maqsadli foydalanish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi), “Oʻzpaxtasanoat” AJ hududiy filiallariga, “Oʻzkimyosanoat” AJ paxta tozalash korxonalari va tashkilotlariga, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzneftmahsulot” AK, “Oʻzagroservis” AJ, “Agrotexservis” MCHJ, “Oʻzagrolizing” AJ, “Oʻzmashlizing” MCHJ (keyingi oʻrinlarda xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar deb ataladi), shuningdek fermer xoʻjaliklariga 23226-son maxsus hisob raqami ochiladi”;
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” ALK, “Oʻzmashlizing” SHK” soʻzlari “Oʻzagrolizing” AJ”, “Oʻzmashlizing” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 49-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ–2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 56-modda):
a) 1-ilovadan “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” aksiyadorlik-lizing kompaniyasi” qatori va 5-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzagrosanoatmash-xolding” XKning Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 30-iyundagi 221-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi, 2016-y., 27-son, 328-modda):
a) muqaddimadagi “Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning birinchi va uchinchi xatboshilardagi “Oʻzagrosanoatmashxolding” XK” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzagrotexmash” AJ” va “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ–2454-son qarorining bajarilishi haqida” 2016-yil 5-avgustdagi 252-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 32-son, 388-modda):
a) 1-ilovaning “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” ALK” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
v) 3-ilovada:
“Agromashservis” uyushmasi” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“Oʻzagrosanotmashxolding” XK” boʻlimidagi “Oʻzagrosanotmashxolding” XK” soʻzlari “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovadan 1, 32, 34, 36, 41, 57, 58, 61, 84, 100, 104 va 133 pozitsiyalar hamda “Buxoro viloyati” va “Navoiy viloyati” qatorlari chiqarib tashlansin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishida:
a) Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning 2-roʻyxati 4.4-bandida:
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
4.4.5-kichik banddagi “Oʻzagrosanotmashxolding” xolding kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning 2-roʻyxatida:
5.5-bandning 5.5.4-kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5.6-bandda:
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band “b” kichik bandining toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
5.6.18. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari — “Oʻzagroservis” AJ bosh direktori”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 26-son, 593-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2019-y., 09/19/300/2929-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)