T/r | Chora-tadbirlarning nomlanishi | Ijro muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar | Hujjat turi, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija |
I. YERGA OID MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISh SOHASIDAGI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI | |||||
1. | O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga; O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga; O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga; “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonunga; “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi “Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2017-yil sentyabr | — | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | Qonun loyihasi. Yer egalarining, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer resurslarini saqlash va ulardan samarali foydalanish borasidagi majburiyatlari, shuningdek “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlarining yerlardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashdagi vakolati qonunchilik asosida to‘ldiriladi. Yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalarini belgilashda yer maydoni va tuproq unumdorligini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan tarzda yondoshish ta’minlanadi. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibi takomillashtiriladi. |
2. | O‘zbekiston Respublikasining Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2017-yil | — | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | Vazirlar Mahkamasi qarori. Yerga oid munosabatlarning samarali tartibga solinishi va yerlar muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi va unin� hududiy bo‘linmalari vazifa va funksiyalari hamda ular faoliyatini tashkil etish takomillashtiriladi. |
3. | Yerga oid munosabatlar va davlat kadastrini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2017-yil | — | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Moliya vazirligi | Vazirlar Mahkamasi qarori. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasi yaxshilanadi. |
4. | O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2017-yil | — | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | Vazirlar Mahkamasi qarori. Yerga oid qonunchilik buzilishlari o‘z vaqtida aniqlanishi va bartaraf etilishi ta’minlanadi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha davlat inspektorlarini maxsus formali kiyim-kechak bilan ta’minlash, ularning huquqlarini, javobgarlik choralarini va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni nazarda tutuvchi tartib joriy etiladi. |
II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QO‘MITASINING SAMARALI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI | |||||
Yer tuzish va yerdan foydalanish sohasida: | |||||
5. | Xalqaro grantlarni jalb etgan holda ArcGIS dasturiy mahsuloti negizida “Yer-axborot tizimi” dasturini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: qishloq xo‘jaligi yerlarining tavsifi, huquqiy maqomi, miqdor va sifat jihatdan baholanishi, shuningdek yerdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi axborotni hisobga olgan holda elektron ma’lumotlar bazasini va materiallar xaritalarini yaratish; kosmik suratlarni qabul qiluvchi stansiyalar o‘rnatish; har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi va ekinzorlari, ekilgan ekinlari va ularning maydonlari to‘g‘risida muntazam yangilanib turiladigan ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan bazasini shakllantirish. | 2018 — 2021-yillar | Xalqaro tashkilotlar grantlari, Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyal�ri | Xalqaro grant loyihasi. Qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi yerlardan foydalanish samaradorligi oshadi, har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi to‘g‘risida yozma ravishda va son bilan ifodalangan yangilangan hisob axborotini tezkorlik bilan olish ta’minlanadi. |
6. | Joylarda yerlarni sifatli nazorat qilishni tashkillashtirish, erga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va boshqa agrotexnika tadbirlarini o‘tkazishning uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida tizimli monitoringini olib borish. | har yili | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi | Yillik ishlar rejasi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda yerlardan foydalanish samaradorligi va yerlar talon-taroj qilinishining oldini olish chora-tadbirlari natijadorligi oshadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari o‘z vaqtida ishlab chiqilishi ta’minlanadi. |
7. | Zamonaviy geoaxborot texnologiyalari va asboblarini qo‘llagan holda respublika hududida ma’muriy chegaralarni o‘rnatish (tiklash) ishlarini o‘tkazish. | har yili | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | Yillik ishlar rejasi. Yerlardan foydalanishning huquqiy asosi, ma’muriy tuzilmalar yer maydonlarining miqdorlari va �egishli ravishda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar to‘g‘risidagi axborotning ishonchliligini, chegaraoldi nizolarining tezkor hal etilishini ta’minlaydi. |
8. | Yangi yerlarni o‘zlashtirish va yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | doimiy | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi | Ichki idoraviy normativ hujjat. “O‘zdaverloyiha” DILI tuzilmasida maxsus bo‘linma — yerlarni o‘zlashtirish va buzilgan yerlarni qayta tiklash loyihalarini ishlab chiqish bo‘limi tuziladi. Qishloq xo‘jaligi va O‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplashdan tushadigan mablag‘lar hisobiga ilmiy asoslangan loyiha ishlarining bajarilishi ta’minlana�i. |
9. | Tabiiy yaylovlar va pichanzorlardan samarali foydalanishni tashkillashtirish. | doimiy | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | Yillik ishlar rejasi. Geobotanik tekshirish ma’lumotlari asosida yaylovzorlar holati va yaylovlarning cho‘llashuvi va yomonlashuvining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar natijadorligi baholanadi. |
10. | Sug‘oriladigan va lalmi yerlarning sifatini baholash bo‘yicha ishlar bajarilishining muntazamligini ta’minlash. | har yili | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | Yillik ishlar rejasi. Sug‘oriladigan yerlar (har 5 yilda) va lalmi yerlar (har 10 yilda) tuproq unumdorligi muntazam asosda baholanib, yangilangan tuproq va er-baholash xaritalari tuziladi, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyanomalar bilan ta’minlash. |
11. | Qishloq xo‘jaligi ekinzorlari tuprog‘ini monitoring qilish bo‘yicha ishlarning bir vaqtda va to‘la miqyosda olib borilishini ta’minlash. | har yili | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | Yillik ishlar rejasi. Tuproq holatiga ta’sir o‘tkazuvchi ifloslantiruvchi va boshqa ekologik omillarni aniqlash bo‘yicha muntazam ishlar olib borilishi ta’minlanadi. Qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining tuproq holatidagi o‘zgarishlar o‘z vaqtida aniqlanishi, ularning baholanishi va salbiy jarayonlarning oldini olish hamda ularning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilishi ta’minlanadi. |
Davlat kadastrini yuritish sohasida: | |||||
12. | Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarini doimiy asosda inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va elektron ma’lumotlar bazasini yangilash. | 2017-yil dekabr | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Adliya vazirligi | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat. Tumanlar (shaharlar) ko‘chmas mulk obyektlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi axborotni real vaqt rejimida yangilash tartibi o‘rnatiladi. |
13. | Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarining ma’lumotlar bazasini to‘liq shakllantirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida, ma’lumotlarni tegishli vazirliklar va idoralar bilan idoralararo integratsiyalash. | 2017-yil dekabr | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar | Ko‘chmas mulk kadastri bazasi shakllantirilishini ta’minlaydigan ma’lumotlarning axborot bazalarini boshqarish mavjud tizimi doirasida dasturiy mahsulot joriy etiladi. Maxsus dasturiy mahsulotdan ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadi. |
14. | Davlat kadastrlarini yuritish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va viloyat darajasida hududlar kadastri ma’lumotlar bazasini yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish. | 2017-2018-yillar | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | Davlat kadastrini yuritish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar hududlar kadastrining ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda axborotni doimiy asosda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazish chora-tadbirlarini muttasil amalga oshirib turadilar. |
15. | Yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ta’minlash hamda davlat kadastrlarini yuritish masalalarini reklama roliklarida va ommaviy axborot vositalarining boshqa ko‘rsatuv va eshittirishlarida yoritish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | doimiy | — | O‘zbekiston MTRK, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi | Chora-tadbirlar dasturi. Yerlardan oqilona va maqsadli foydalanish sohasida aholining va boshqa yerdan foydalanuvchilarning huquqiy madaniyati oshadi, shuningdek yer resurslariga nisbatan tejamli munosabatda bo‘lish ta’minlanadi. |
Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida: | |||||
16. | Davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish maqsadida turli miqyoslardagi elektron-raqamli kartografiya asoslarini yaratish. | 2017-2018-yillar | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi | Respublikaning butun hududi bo‘ylab 1:2000 miqyosidagi shaharlar va tuman markazlarining raqamli topografik planlarini, 1:10000 miqyosdagi qishloq xo‘jaligi yerlarining xaritalarini, shuningdek 1:25000 miqyosdagi topografik xaritalarning yaratilishi ta’minlanadi. |
17. | �avlat kadastri obyektlari to‘g‘risidagi geoaxborot ma’lumotlarini to‘liq shakllantirish maqsadida respublikaning butun hududi bo‘ylab mahalliy koordinatalar tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda ulardan turli tarmoqlarda keng foydalanilishini ta’minlash. | 2018-yil dekabr | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi | Respublikaning butun hududi bo‘ylab mahalliy koordinata tizimlari, mahalliy koordinatalar tizimida geodeziya punktlarining kataloglari ishlab chiqiladi. Foydalanuvchilarga kadastr ma’lumotlarini taqdim etishdagi cheklovlar olib tashlanadi. |
18. | Zamonaviy talablarga mos keladigan kartografik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasini qo‘shimcha uskunalar bilan ta’minlash. | 2018 — 2020-yillar | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi va xalqaro grant mablag‘lari hisobidan | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi | Kompleks tadbirlar rejasi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, qo‘l mehnatidan voz kechish maqsadida qo‘shimcha yangi zamonaviy yuqori unumli texnologiyalar bilan jihozlash. |
III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QO‘MITASI TIZIMINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI YANADA MUSTAHKAMLASh, AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISh | |||||
19. | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining binolarini qurish va rekonstruksiya qilish. | 2018 — 2021-yillar | Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Faoliyatni samarali tashkil etish uchun idoraga qarashli muassasalar namunaviy binolar bilan ta’minlanadi. |
20. | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi hududiy boshqarmalari va bo‘linmalari quyidagi miqdorda texnik va texnologik jihatdan ta’minlanadi: a) DAMAS avtomobillari bilan (193 ta); b) er inspektorlari uchun keys-komplektlar bilan (1068 dona); v) tuproqni tezkor ekspertiza qilish uchun mobil laboratoriya komplekslari bilan (17 ta); g) er usti va qishloq xo‘jaligi ekinzorlarini monitoring qilish uchun uchuvchisiz uchar apparatlari bilan (168 ta). | 2017 — 2021-yillar | Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi va “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Idoraviy hujjat. Yer inspektorlari ish�ning sifati va samaradorligi sezilarli darajada oshiriladi. Tuproqning sifat tarkibi tezkorlik bilan aniqlanadi. Yer tuzilishini ilmiy asosda loyihalashtirish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Yer yuzasi va qishloq xo‘jaligi ekinzorlarini monitoring va nazorat qilish jarayonlari avtomatlashtiriladi. |
21. | Qo‘mita tuzilmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari Jamg‘armasini shakllantirish uchun yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan bajariladigan ishlar uchun tushumlar hajmining ko‘pi bilan 5 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘larni nazarda tutish. | 2017-yil | — | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | Vazirlar Mahkamasi qarori. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tizimining tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini modernizatsiyalash va axborotlashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash imkonini beradi. |
22. | Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, shuningdek mazkur sohadagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish. | 2017-yil | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi | Loyihani amalga oshirishning texnik hujjatlari. Murojaatlarning turlarini tasniflash va shikoyatlar sonini qisqartirish ta’minlanadi. |
23. | Davlat kadastri xizmatlarini taqdim etish jarayonini inventarizatsiya qilish, aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish. Zarur bo‘lganda qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlagan holda davlat xizmatlarini modernizatsiyalash va axborotlashtirish rejasini tasdiqlash va amalga oshirish. | 2017-yil sentyabr | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | Chora-tadbirlar amaliy rejasi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish tadbirlari o‘tkaziladi. Davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish orqali mavjud n�zomlarga o‘zgartirishlar kiritiladi. Barcha darajalardagi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi xodimlarning vazifalari, funksiyalari va javobgarligi chegaralanib qo‘yiladi, bir-birini takrorlovchi va dolzarbligini yo‘qotganlari bekor qilinadi. |
24. | Hududiy boshqarmalar va tuman bo‘limlarida mahalliy tarmoqlarni va himoyalangan yagona korporativ tarmoqni takomillashtirish, shuningdek himoyalangan elektron hujjatlar aylanishining yagona tizimini ishlab chiqish va joriy etish. | 2017-2018-yillar | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | Chora-tadbirlar rejasi. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, tarmoq usku�alari va boshqa uskunalarni xarid qilish, ularni montaj qilish va ishga tushirish ta’minlanadi. Virtual tarmoq orqali markazlashtirilgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalariga ulanish, shuningdek axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etish. |
25. | Qo‘mitaning hududiy boshqarmalarini quyidagilar bilan bosqichma-bosqich jihozlash: kompyuter va ofis texnikasi, zamonaviy aloqa vositalari, dasturiy ta’minot bilan; axborot xavfsizligini ta’minlaydigan maxsus texnik vositalar va uskunalar bilan. | 2017-2018-yillar | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | Chora-tadbirlar rejasi. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, raqamli vositalar va uskunalar (serverlar, aloqa kabellari, konferens aloqa va hokazolarni) sotib olish ta’minlanadi. Qo‘yilgan vazifalarni hal etishda mehnat unumdorligi, tezkorlik va mobillik oshishiga ko‘maklashuvchi operatsion jarayonlar tizimlashtiriladi. |
IV. TARMOQNI MALAKALI KADRLAR BILAN TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI | |||||
26. | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organlari tizimi uchun oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv rejalari va o‘quv predmetlari dasturlarini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash. | 2017-yil | — | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Iqtisodiyot vazirligi | Chora-tadbirlar dasturi. Tarmoqni malakali mutaxassislar bilan ta’minlashning ilmiy asoslangan tizimi yaratiladi. |
27. | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining professional hamda malakaviy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun ularni attestatsiyadan o‘tkazish. | 2017-yil sentyabr | — | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish grafigi. Rahbar xodimlar va mutaxassislarning yuqori darajadagi professional tayyorgarligi ta’minlanadi. |
28. | Kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va joriy etish maqsadida rivojlangan mamlakatlarning yetakchi turdosh tashkilotlari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish. | doimiy | Xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | Bitimlar va memorandumlar. Xorijiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari bilan tajriba ayirboshlash. |
29. | Oliy ma’lumotli iste’dodli yoshlarni tarmoqqa jalb etish, ularni xizmat uy-joyi bilan ta’minlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish. | doimiy | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi | Chora-tadbirlar dasturi. Yer resurslariga nisbatan tejamkorlik ruhida tarbiyalangan, oliy ma’lumotga ega yoshlarni tarmoqqa jalb etish ta’minlanadi. |
30. | Masofaviy o‘qitish tamoyili bo‘yicha tarmoq barcha xodimlarining malakasini oshirish. | doimiy | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish grafigi. Tarmoq xodimlarining zamonaviy texnologiyalar va axborot tizimlarini zarur darajada egallashi ta’minlanadi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 31.05.2017 yildagi PQ-3024-son
Дата вступления в силу
13.06.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi “Yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni nazoratini kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5065-sonli Farmonini ijro etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasini yanada rivojlantirish, 2017 — 2021-yillarda sohaga ilg‘or fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy- texnika bazasini yangilash, tarmoqqa xalqaro grantlarni jalb etish chora-tadbirlari Dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari mas’ul ijrochilari zimmasiga 6-ilovada ko‘rsatilgan chora- tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari, ularning vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan da’vo va arizalari bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Innovatsion rivojlanish agentligiga fundamental, amaliy va innovatsiyaviy davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini shakllantirishda, ularga yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini ilmiy boshqarish va meliorativ holatini yaxshilash hamda iqlimning o‘zgarishi hisobiga sug‘oriladigan yerlarning degradatsiyasiga uchrashining oldini olish bo‘yicha innovatsiyaviy va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiquvchi ilmiy loyihalarni kiritishni ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kadastr agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
ikki oy muddatda yangilangan “xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari Klassifikatori” asosida yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning nazoratini kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyati bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashda oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, yo‘nalishlar, kasb va ixtisosliklari bo‘yicha ro‘yxatni belgilash, ularni amalga oshiradigan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini aniqlash, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bilan bog‘liq korxonalar va tashkilotlarda o‘qitish, amaliyot o‘tkazish va tajriba orttirish majburiyatini hisobga olgan holda, ular bo‘yicha ta’lim standartlarini, o‘quv rejalari va dasturlarini zamonaviy talab va xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, qaytadan tanqidiy ko‘rib chiqsin;
har yili, ixtisoslashgan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul kvotasini shakllantirishda yer tuzish, geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida malakali kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni hisobga olsin;
oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tanlagan kasb va ixtisosliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining korxona va tashkilotlariga ishga joylashtirishni, avvalo o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbarlarining bu boradagi mas’uliyatlarini nazorat qilish va kuchaytirishning amaliy mexanizmini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
LexUZ sharhi