02.05.2016 yildagi 440-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining qoʻshma qarori, 02.05.2016 yildagi 440-III-son
Дата вступления в силу
02.05.2016
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-403-sonli Qonunini roʻyobga chiqarishga doir tadbirlarning kompleks rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunini samarali roʻyobga chiqarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-403-sonli Qonunini roʻyobga chiqarishga doir kompleks tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Qoʻshma qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. Otamuratov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S. Artikova zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 2-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
440-III-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 2-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KQ-85-III-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 2-maydagi № 440-III/KQ-85-III-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-403-sonli Qonunini roʻyobga chiqarishga doir
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KOMPLEKS TADBIRLAR REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro etish muddati

Masʼul ijrochilar

I. “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) qabul qilinganligi munosabati bilan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish

1.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining nazorat-tahlil faoliyatini tartibga solib turuvchi qonun hujjatlarini, shu jumladan palatalarning reglamentlarini Qonun talablariga muvofiqlashtirish.

2016-yil
may-iyun

Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oliy Majlis palatalari devonlari, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Adliya vazirligi

1.1. Qonunlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish.

1.2. Zarur boʻlganda tegishli qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish va ularni Oliy Majlis palatalari koʻrib chiqishi uchun kiritish.

2.

2. Hukumat qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish, shuningdek Qonunga zid boʻlgan qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarining qayta koʻrib chiqilishini va bekor qilinishini taʼminlash.

2016-yil
may-iyun

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.1. Qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish.

2.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va ularni manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan kelishib olish.

2.3. Vazirlar Mahkamasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini kiritish.

II. Deputatlar va senatorlarning Qonunni roʻyobga chiqarish borasidagi professional malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlar

3.

Deputatlar, senatorlar, olimlar, davlat boshqaruvi organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunni samarali roʻyobga chiqarish boʻyicha deputatlar hamda senatorlarning birinchi galdagi vazifalari” mavzusida seminar tashkil etish va oʻtkazish.

2016-yil iyun

Qonunchilik palatasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti

4.

Parlament soʻrovi hamda Qonunchilik palatasi deputatining soʻrovini uyushtirish va ularni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga yuborishga doir uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2016-yil iyun

Qonunchilik palatasi

5.

Parlament soʻrovi hamda Senat aʼzosi soʻrovini uyushtirish va ularni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga yuborishga doir uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2016-yil iyun

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi, Senat devoni

6.

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan qonunlar ijro etilishining, huquqni qoʻllash amaliyotining holati oʻrganilishini uyushtirish va oʻtkazishga hamda qonunosti hujjatlari qabul qilinishini monitoring qilishga doir uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil may

Qonunchilik palatasi

7.

Senat qoʻmitalari tomonidan qonunlar ijro etilishining, huquqni qoʻllash amaliyotining holati oʻrganilishini uyushtirish va oʻtkazishga hamda qonunosti hujjatlari qabul qilinishini monitoring qilishga doir uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil may

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi, Senat devoni

8.

Deputatlar, senatorlar, olimlar, davlat boshqaruvi organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida “Parlament soʻrovini va Qonunchilik palatasi deputati, Senat aʼzosi soʻrovini yuborishning oʻziga xos jihatlari” mavzusida seminar tashkil etish hamda oʻtkazish.

2016-yil iyun

Qonunchilik palatasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

9.

Deputatlar, senatorlar, olimlar, davlat boshqaruvi organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida “Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari tomonidan qonunlar ijro etilishining, huquqni qoʻllash amaliyotining holati oʻrganilishini hamda qonunosti hujjatlari qabul qilinishini monitoring qilish uslubiyati” mavzusida seminar tashkil etish hamda oʻtkazish.

2016-yil iyul

Qonunchilik palatasi, Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari

qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi

10.

Parlament nazorati oʻtkazilayotganda deputatlar va senatorlar amaliy foydalanishi uchun materiallar va hujjatlardan iborat risolalarni tayyorlash.

2016-yil iyul

Qonunchilik palatasi, Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari

qoʻmitasi

III. Qonunning mazmun va mohiyatini tushuntirishga doir tadbirlar

11.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari uchun Qonunning mazmun-mohiyatini ularga yetkazishni nazarda tutuvchi respublika seminarini tashkil etish.

2016-yil may

Qonunchilik palatasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi

12.

Tele- va radiokoʻrsatuvlar uzatish, matbuotda hamda elektron ommaviy axborot vositalarida, davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati toʻgʻrisida maqolalar chop etish boʻyicha qoʻshma media-rejani tasdiqlash.

Tasdiqlangan media-rejaga muvofiq

Qonunchilik palatasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, OʻzA, MRTK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, OʻzEOAVMA

13.

Siyosiy partiyalarning barcha fraksiyalari vakillari, ularning elektorati, shuningdek senatorlar ishtirokida “Oʻzbekiston” teleradiokanalida “Parlament nazorati samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari — milliy tajriba va uni yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida tok-shou oʻtkazish.

2016-yil iyul

Qonunchilik palatasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, MRTK

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 5-son, 149-modda)