Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.11.2017 20.04.2017 yildagi PQ-2907-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.11.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gaz taʼminoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi PQ-3384-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gaz taʼminoti tizimini samarali boshqarishni shakllantirish va bozor mexanizmlarini keng joriy etish, uni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni har taraflama jalb etish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻztransgaz” AK va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini amalga oshirish uchun, gaz taʼminotining tuman (shahar) filiallariga yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz taʼminoti obyektlarini tanlovlar oʻtkazish natijalariga koʻra, 2017-yilning 1-iyunidan boshlab xususiy operatorlarga ishonchli boshqaruvga topshirish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy operatorlar ishonchli boshqaruviga topshiriladigan gaz taʼminoti tuman (shahar) filiallariga yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz taʼminoti obyektlarining roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini amalga oshirish uchun ishonchli boshqaruvga topshiriladigan xususiy operatorlarni tanlab olish boʻyicha tanlov komissiyasining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xususiy operatorlarni tanlab olish boʻyicha tanlov komissiyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy operatorlarga ishonchli boshqaruvga topshiriladigan gaz taʼminoti tuman (shahar) filiallariga yoki ularning uchastkalariga biriktirilgan gaz taʼminoti obyektlarini tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy operatorlarga sotilgan tabiiy gaz qiymatining 21 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda vositachilik mukofotini belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy operatorlar xodimlar sonidan qatʼi nazar, yagona soliq toʻlovchilari hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy va suyultirilgan gazni sotishdan tushadigan mablagʻlar bevosita “Oʻztransgaz” AKning hisobvaraqlariga tushiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy operatorlar tabiiy gaz sotish ishonchli boshqaruv shartnomalari asosida tabiiy gaz sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya olmasdan, litsenziya talablari va shartlariga soʻzsiz rioya qilgan holda amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yilning 1-iyunidan boshlab, yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun qarzi boʻlib, tarmoqdan uzib qoʻyilgan isteʼmolchilar gaz taʼminoti tarmoqlariga qayta ulanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorda toʻlov undiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 496-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy isteʼmolchilarga tabiiy gazni hisoblash zamonaviy elektron uskunalarini xarid qilish, oʻrnatish va keyinchalik xizmat koʻrsatish “Oʻztransgaz” AKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 496-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda gaz taʼminoti obyektlarini topshirish jarayonlarini, gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini amalga oshirish uchun ishonchli boshqaruvga topshirish va xususiy operatorlarni tanlab olish boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish tartibini nazarda tutgan holda, Gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gaz sotish funksiyalarini amalga oshirish uchun gaz taʼminoti obyektlarini xususiy operatorlarga ishonchli boshqaruvga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda, yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun iqtisodiyot tarmoqlarining energetika, neft-gaz, kimyo va qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi va mexanizmini nazarda tutadigan takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi respublika gaz taʼminoti tizimiga xususiy operatorlarni jalb etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlari keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 20-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2907-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 18-son, 312-modda, 24-son, 496-modda)