1-ILOVA
|
T/r |
Bankning nomlanishi |
Mikrokreditlarni taqdim qiluvchi tijorat banklari filiallarining soni |
Tijorat banklari tomonidan 2017-yilda taqdim etiladigan mikrokreditlarning prognoz qilingan miqdori (mlrd soʻm) |
|
1. |
Oʻzmilliybank |
16 |
35,0 |
|
2. |
Oʻzsanoatqurilishbank |
16 |
35,0 |
|
3. |
Xalq banki |
12 |
30,0 |
|
4. |
Ipoteka bank |
10 |
27,0 |
|
5. |
Asaka bank |
5 |
27,0 |
|
6. |
Mikrokreditbank |
1 |
12,0 |
|
7. |
Aloqa bank |
2 |
10,0 |
|
8. |
Qishloqqurilish bank |
1 |
6,0 |
|
9. |
Boshqa tijorat banklari |
63 |
95,0 |
|
Jami |
126 |
277,0 | |
2-ILOVA
|
T/r |
Faoliyat turining nomi* |
|
1. |
Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari, hisoblash va kompyuter texnikasi, printer texnikasi taʼmirlash, oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish. |
|
2. |
Transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qoʻriqlash signalizatsiyalarini taʼmirlash va oʻrnatish, kuzovni yuvish, polirovkalash, unga himoya va bezak qoplamalarini qoplash, salonni tozalash xizmatlari). |
|
3. |
Milliy shirinliklar, pishloq mahsulotlari, non va patir, qandolat mahsulotlari, frezerda muzqaymoq tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va oʻtirish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish. |
|
4. |
Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, shuningdek, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va koʻpaytirish bilan bogʻliq xizmatlar. |
|
5. |
Metallni taʼmirlash ishlari (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni taʼmirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy taʼmirlash). |
|
6. |
Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha poyabzal tikish, poyabzalni taʼmirlash, boʻyash va tozalash. |
|
7. |
Gilam va gilam buyumlarini taʼmirlash va tozalash. |
|
8. |
Optika, soatlarni taʼmirlash va metall, plastmassa, sopol, fayans, tosh, kartondan mahsulotlarda oʻymakorlik ishlari (qavariq yozuvlar va tasvirlar tushirish). |
|
9. |
Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash. |
|
10. |
Oyna (oyna, rangli shisha va boshqa materiallardan yasalgan oynalar) ishlari, shishaga badiiy ishlov berish. |
|
11. |
Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va toʻqimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni taʼmirlash va tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, trikotaj mahsulotlarini toʻqish, kashtachilik. |
|
12. |
Kir yuvish xizmatlari, kir yuvish ishxonasini, shuningdek, dazmollash xizmatlarini tashkil etish. |
|
13. |
Dizayn (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek, chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik sanʼati boʻyicha xizmatlar. |
|
14. |
Jamoat hojatxonalari xizmatlari. |
|
15. |
Mebel yigʻish va taʼmirlash. |