R.S. Azimov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri, Komissiya rahbari |
G.K. Saidova | — | iqtisodiyot vaziri, Komissiya rahbarining o‘rinbosari |
D.A. Xidoyatov | — | Davlat raqobat qo‘mitasi raisi, Komissiya rahbarining o‘rinbosari |
U.J. Sunnatov | — | Bosh prokur�r o‘rinbosari |
kelishuv bo‘yicha | — | Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari |
F.X. Bakiyev | — | Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma ATD mudiri |
N.E. Maksumov | — | Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD mudiri |
R.M. Mamadaliyev | — | Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari ATD mudiri |
M.M. Ikramov | — | adliya vaziri |
S.A. Arabov | — | “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi |
I.B. Turamuratov | — | Davlat geologiya qo‘mitasi raisi |
M.M. Mirzayev | — | moliya vazirining o‘rinbosari |
A.A. Yuldashev | — | Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
A.R. Toxtayev | — | Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
S.S. Xodjayev | — | Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari |
K.S. Sanakulov | — | “Navoiy kon-metallurg�ya kombinati” bosh direktori |
V.N. Tyan | — | “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori |
S.X. Gafarov | — | Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 17.10.2016 yildagi PQ-2635-son
Дата вступления в силу
17.10.2016
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Iqtisodiyot raqobatbardoshligining yanada o‘sishini ta’minlash, davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning iqtisodiy samarali mexanizmlarini kengaytirish, ular faoliyatini tashkil etish va boshqarishning xalqaro standartlari asosida ularning shaffofligi va hisobdorligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan Iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib:
1. Iqtisodiyot va infratuzilmani rivojlantirishda strategik o‘ringa va ahamiyatga ega davlat ulushi ishtirokidagi korxonalar aksiyadorlik jamiyati shaklida saqlab qolinsin va ularning faoliyati korporativ boshqaruvning xalqaro standartlariga, shu jumladan faoliyatining shaffofligi, ijro organining qat’iy hisobdorligi va boshqaruv tizimining samaradorligiga qo‘yiladigan talablarga qat’iy muvofiq holda ta’minlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
oddiy aksiyalari to‘liq holda davlatga tegishli bo‘lgan strategik aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxatini 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash;
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini 2016-2017-yillarda aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
3. Quyidagilar davlat ulushi ustuvor bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
barcha jamiyatlarda Korporativ boshqaruv kodeksining me’yorlari va qoidalarini, birinchi navbatda, faoliyatning shaffofligi va ijro organining hisobdorligi bo‘yicha talablarni jamiyat faoliyatining o‘ziga xosligi va sohaviy ixtisoslashuvini hisobga olgan holda joriy etish;
ishlab chiqarishni doimiy ravishda modernizatsiya qilish va yangilash, yuqori texnologiyali, tashqi bozorda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologik va investitsiyaviy siyosatni ishlab chiqish va yuritish;
yillik moliyaviy, shu jumladan nufuzli xalqaro kompaniyalar tomonidan mustaqil tashqi auditdan majburiy tartibda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan jamlangan hisobotlarni moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq tuzish;
xalqaro standartlarga muvofiq, ijro organi faoliyatining samaradorligi ustidan ichki va tashqi nazoratni, Kuzatuv kengashi va aksiyadorlar oldida uning hisobdorligini ta’minlash;
investitsiyalar, bozor samaradorligiga erishish, foydalilik va yuqori dividend daromadliligining aniq maqsadli mo‘ljallarini tasdiqlash;
yillik hisobotlarni, xalqaro amaliyotga muvofiq majburiy oshkor etilishi lozim bo‘lgan muhim voqealar to‘g‘risidagi va boshqa axborotlarni majburiy tartibda, shu jumladan Internet tarmog‘ida e’lon qilish, zarur hollarda, davlat sirlarini va belgilangan tartibda qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarning saqlanishini ta’minlash;
aksiyadorlik jamiyatlari rahbar va boshqaruv xodimlarining, kuzatuv kengashlari a’zolarining, menejerlari va mutaxassislarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish.
4. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushi hisoblanadi;
xo‘jalik boshqaruvi organlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushi hisoblanmaydi, shuningdek, qonunchilik bilan ularni tasarruf etish va boshqa shaxsga o‘tkazish mexanizmi bo‘yicha qo‘shimcha talablar o‘rnatilishi mumkin.
1-ilovada ko‘rsatilgan aksiyadorlik jamiyatlariga davlatga tegishli bo‘lmagan oddiy aksiyalarni imtiyozli aksiyalarga aylantirishga ruxsat berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi:
davlat unitar korxonalari faqat Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida tashkil etilishi bo‘yicha talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin;
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.