Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018 30.03.2001 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI,OʻRMON XOʻJALIGI BOSh BOShQARMASI, SUV XOʻJALIGI DEPARTAMENTI, OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZI, ShARTNOMA MAJBURIYATLARI BAJARILIShINI NAZORAT QILISh BOSh DAVLAT INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son va 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni bajarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 16-avgustdagi 322-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995y., 8-son, 28-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996y., 11-son, 33-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisida 1997-yil 12-martdagi 136-son qaroriga 3-ilova;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999y., 4-son, 22-modda)ga 1-ilovaning 14-bandi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 13-modda)ga 2-ilova;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-yil, 1-son, 2-modda)ga 2-ilova 2-boʻlimining 8-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 30-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Markaz qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari hamda boshqa ilmiy va ilmiy-yordamchi tashkilotlarning birlashmasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Markaz ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublika ilmiy muassasalari va oliy oʻquv yurtlari tomonidan agrosanoat kompleksi sohasida oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirib boruvchi organ vazifasini bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Markaz oʻz ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda olib boradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyruqlari va qarorlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan muhrga va shtampga, xos blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi banklarida hisob raqamlariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Markazning asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vatanimiz va jahon ilm-fani va amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan toʻlaroq foydalanishni hisobga olgan holda respublika agrosanoat kompleksining eng muhim muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. Ularning natijalarini qishloq xoʻjaligi samaradorligini yanada oshirish maqsadida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻoriladigan, lalmi yerlarning va oʻrmon yerlarining, togʻli, choʻl hududlari va yaylovlarning unumdorligini hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirish, hosilini saqlash va qayta ishlashning, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishning samarali texnologiyalarini asoslash va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻoʻza, gʻalla va boshqa ekinlar seleksiyasi va urugʻchiligi sohasidagi tadqiqotlarni kengaytirish, seleksiya yutuqlarini sinab koʻrish va muhofaza qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik, baliqchilik va naslchilik ishlarining ilmiy muammolarini nazariy asoslarini ishlab chiqish;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 32-son, 814-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklarni himoya qilishning biologik va uygʻunlashtirilgan usullari sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish, kam zaharli gerbitsidlarni, pestitsidlarni, oʻstirish koʻmakchilarini hamda atrof muhit va ekologik jihatdan toza mahsulot olish uchun xavfsiz boʻlgan boshqa yuqori samarali birikmalarni qidirib topish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlar sohasida shartnoma munosabatlarini tashkil etish, tugallangan ishlanmalarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy qilish uchun ilmiy xodimlar va mutaxassislarning manfaatdorligini ragʻbatlantiruvchi hamda masʼuliyatini oshiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Markazning funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgʻor agrotexnologiyalarni, yuqori unum bilan ishlaydigan va mustahkam qishloq xoʻjaligi mashinalari va mexanizmlarining yangi turlarini yaratish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuproqning, ayniqsa oʻrtacha va kuchli shoʻrlangan yerlarda tuproqning unumdorligini tiklash va oshirishni hisobga olgan holda almashlab ekish sxemalarini ishlab chiqishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eskidan sugʻorib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, sugʻorishning ilgʻor usullarini va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligini tashkil etish va yuritishning jahon ilgʻor tajribasini oʻrganish va ijodiy qoʻllash, xalqaro va xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tasarrufidagi tashkilotlar ilmiy xodimlarining chet el ilmiy muassasalarida malaka oshirishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori malakali ilmiy kadrlar (fan doktorlari va nomzodlari) tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada hamda xorijda qishloq va suv xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institutlar va olimlarning ilmiy asarlarini nashr etish, ilmiy bilimlarni ommalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va innovatsiya loyihalarini muvofiqlashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz muassasalari kuchi bilan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning muhim yoʻnalishlariga doir fundamental hamda amaliy tadqiqotlar loyihalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ularning filiallarini va tasarrufidagi boshqa tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agrosanoat kompleksining muhim dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, yigʻilishlar, simpoziumlar uyushtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fundamental va amaliy tadqiqotlarning muhim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalar tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika agrosanoat kompleksini rivojlantirishning ilmiy-texnika potensialini rivojlantirish, ilm-fanning moddiy bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining topshiriqlariga, vazirliklar va idoralar soʻrovlariga binoan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning yirik ilmiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazadi, oʻz vakolatlari doirasida manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda ularni muhokama qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy axborotlarning amaliy bankini tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz xar yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga hisobot topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Fan va texnika yutuqlarini joriy etish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa idoralari bilan birgalikda dehqonchilik va chorvachilikning, tuproq unumdorligini, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi serhosil navlarini mintaqalashtirish boʻyicha resurslarni va energiyani tejovchi zamonaviy texnologiyalarning ilmiy asoslangan tizimi dasturini tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tashkilotlari tomonidan bajarilgan ilmiy va texnik ishlanmalarning dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya, melioratsiya va oʻrmon xoʻjaligiga joriy etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligining fan yutuqlariga nisbatan taʼsirchanligini oshirish, joriy etish xizmatini yaxshilash, ilmiy muassasalar, qishloq xoʻjaligi hamda suv xoʻjaligi korxona va tashkilotlari oʻrtasidagi xoʻjalik hisobi munosabatlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning urugʻchilik xoʻjaliklarini boshoqli don ekinlarining, gʻoʻza, sholi, sabzavot, yem-xashak va boshqa ekinlarning eng sara va sara urugʻlari bilan taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mollarning yangi zotlarini yaratish boʻyicha naslchilik ishlarini yaxshilashga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalash va konstruktorlik tashkilotlarining qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, yer tuzish, melioratsiya va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorligini mustahkamlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish uchun xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalarni belgilangan tartibda tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Markaz faoliyatiga rahbarlik qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Markaz oʻziga qarashli boʻlinmalarning mustaqilligini har tomonlama taʼminlab oʻz ishini kollegiallik, yakkaboshchilik va markazlashtirilgan rahbarlikni uygʻunlashtirish asosida tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan bosh direktor boshchilik qiladi. Markazning bosh direktori ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining qishloq xoʻjaligida ilmiy-texnika va texnologiya siyosati masalalariga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Markazda bosh direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tayinlanadigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari lavozimlari joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Markazda ilmiy-texnik kengash va hayʼat tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Markaz hayʼatining qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Markaz oʻz oldida turgan vazifalar doirasida vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va oliy oʻquv yurtlaridan Markazning faoliyati uchun zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish huquqiga egadir. Zarurat boʻlganda Markaz boshqa vazirliklar, idoralar va muassasalar bilan birgalikda qarorlar, buyruqlar va yoʻriqnomalar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Markazning bosh direktori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, joriy masalalarni hal etadi, Markazdagi ishlarning ahvoli yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oldida shaxsan javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari, ilmiy muassasalar va xorijiy tashkilotlarda Markaz nomidan vakillik qiladi, uning manfaatlarini himoya qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnik kengash, Markaz hayʼati va uning apparati ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadqiqotlar dasturlarini tasdiqlaydi, eng muhim ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy asarlar nashr etilishi rejalarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlariga rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dolzarb ilmiy va ilmiy-texnik muammolarni hal etish, shuningdek tashkiliy masalalarni hal qilish uchun olimlar va mutaxassislarning doimiy va vaqtinchalik ilmiy va maslahat jamoalarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz moliyaviy resurslarining bosh tasarrufchisi hisoblanadi hamda ulardan toʻgʻri foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning belgilangan soni doirasida Markaz markaziy apparati, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning shtat jadvalini, oʻziga qarashli muassasalar va tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlar (ustavlar)ni tasdiqlaydi, zarurat boʻlganda shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida markaziy apparat tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra Markazning Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan ozod qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz apparati xodimlarini, oʻziga qarashli institutlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbar xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz barcha tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining va apparati xodimlarining javobgarligi darajasini belgilaydi, belgilangan tartibda ragʻbatlantirish va jazo choralarini qoʻllaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻp yillik mehnati, oʻz vazifalariga vijdonan munosabatda boʻlganligi, alohida muhim vazifalarni bajarganligi uchun markaziy apparat xodimlarining ayrim toifalari, oʻziga qarashli institutlar va tashkilotlarning rahbarlari lavozim maoshlariga ustamalar belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
markaziy apparat, hududiy boʻlinmalar va oʻziga qarashli institutlar, korxonalarning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini davlat mukofotlari bilan mukofotlashga va faxriy unvonlar berishga belgilangan tartibda taqdim etadi, xodimlarni Markazning faxriy yorliqlari, qimmatli sovgʻalar yoki pul mukofotlari bilan taqdirlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Markazning tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Markaz tarkibiga Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat boʻlimlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, eksperimental zavodlar, xoʻjaliklar, kutubxonalar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-yordamchi boʻlinmalar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Markaz, uning Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar boʻlimlari, mustaqil ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar Markaz hayʼati tomonidan tasdiqlanadi. Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar boʻlimlari ixtiyoriga berilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining filiallari va tajriba xoʻjaliklari oʻz ishlab chiqarish va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qoladilar, boʻlimlar oldida ilmiy-metodik jihatdan hisob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Markazning ilmiy-texnik kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Markazda ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi, Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri uning raisi, Markaz bosh direktori uning oʻrinbosari hisoblanadi. Kengash tarkibiga lavozimiga koʻra bosh direktor oʻrinbosarlari va Markaz bosh ilmiy kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Fanlar akademiyasi prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash axborot-tahlil departamenti mudiri, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshligʻi, shuningdek, yetakchi olimlar va mutaxassislar kiradi. Ilmiy-texnik kengash aʼzolarining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi (uning tarkibiga lavozimiga koʻra kiruvchi shaxslar bundan mustasno).
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ilmiy-texnik kengash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda agrar ilm-fan rivojlanishining muhim masalalarini koʻrib chiqadi va uni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining agrosanoat kompleksini rivojlantirish muammolariga oid ilmiy-tematik rejalari Markazning ilmiy-texnik kengashi bilan kelishiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika agrosanoat kompleksidagi innovatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni eshitadi hamda fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishni faollashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Markazning hayʼati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Markazda 11 aʼzodan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi. Markazning bosh direktori, uning oʻrinbosarlari va bosh ilmiy kotib lavozimlariga koʻra hayʼat aʼzolari hisoblanadilar. Hayʼat aʼzolarining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Markaz hayʼati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlar rejalarini hamda fan va texnika yutuqlarini joriy etish rejalarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning tegishli boʻlimlari orqali ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilm-fanning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy maʼruzalarni va axborotlarni eshitadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi va ularning ilmiy darajasini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agrar ilm-fanning eng muhim muammolari boʻyicha ilmiy kengashlar, qoʻmitalar, komissiyalar tarkibini tasdiqlaydi va ular faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot, ilmiy-yordamchi muassasalar va korxonalar tashkil etadi, ushbu muassasalar, korxonalar toʻgʻrisidagi nizomlarni va ularning ustavlarini tasdiqlaydi, shuningdek tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ish yoʻnalishini va ixtisoslashuvini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy konferensiyalar va kengashlar chaqiradi, munozaralar oʻtkazadi, tadqiqot ekspeditsiyalari tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning fan va texnikani rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tizimida malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha rejalarni muhokama qiladi va ushbu ishlarga rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz boʻlimlari va ilmiy muassasalarning ilm-fanga ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy muassasalar va korxonalarning xalqaro aloqalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
institutlarning taqdimnomasi va Markaz boʻlimlarining tavsiyasi boʻyicha ilmiy muassasalar ilmiy kengashlari tarkibini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dissertatsiyalarni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tarkibini Oliy attestatsiya komissiyasi tasdiqlashi uchun taqdim etadi hamda ixtisoslashtirilgan kengashlar raislarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalaridan amaliyotda foydalanilishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning barcha muassasalari va mansabdor shaxslari tomonidan mazkur Nizomga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh direktorning respublika tashkilotlari va hududiy boʻlimlar rahbarlarini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqlarini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Markaz hayʼati uning majlisida oʻz aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Hayʼat qarorlari ochiq ovoz bergan holda koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Hayʼat qarorlari Markaz bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Markazning ilmiy-tadqiqot muassasalari (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Markazning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy-tadqiqot muassasalarida (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari va boshqa muassasalarda) olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari oʻz faoliyatini Markaz ijro etuvchi apparati boʻlimlarining uslubiy rahbarligida amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari, direktorlarning oʻrinbosarlari Markazning bosh direktori tomonidan yirik olimlar, odatda, fan doktorlari orasidan kontrakt asosida 5 yilgacha muddatga tayinlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari direktorlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda fan yutuqlari ishlab chiqarishga joriy etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Institutning ilmiy kotibi, ilmiy-tadqiqot boʻlinmalari (institut, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi boʻlimi, shuʼbasi, laboratoriyasi) mudirlari direktor tomonidan kontrakt asosida, odatda, tanlovdan oʻtgan fan doktorlari yoki fan nomzodlari orasidan tayinlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari huzurida belgilangan tartibda sanoat korxonalari, konstruktorlik, texnologiya va loyihalash byurolari, hisoblash markazlari, eksperimental xoʻjaliklar, shuningdek kooperativlar, kichik va qoʻshma korxonalar tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ilmiy-tadqiqot muassasalari (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari) va Markazning barcha ishlab chiqarish tuzilmalari mazkur Nizom va Markaz hayʼati tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy ustavlar asosida faoliyat koʻrsatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Markazning mol-mulki va faoliyatining iqtisodiy asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Markazning tasarrufidagi asosiy fondlar va boshqa mol-mulk davlat mulki hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Markaz faoliyatining iqtisodiy asosini ishlab chiqarish fondlari hamda tezkor boshqarish uchun unga davlat tomonidan berilgan boshqa mol-mulk, institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa ilmiy muassasalarning, shuningdek Markaz tizimiga qoʻshib olingan ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish fondlari va mol-mulki tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Markaz va uning muassasalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar Markazni va uning ilmiy muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Markazning xoʻjalik hisobidagi muassasalari, birlashmalari va tashkilotlari oʻz xoʻjalik, tadbirkorlik, ilmiy va innovatsiya faoliyatini ushbu faoliyatdan olinadigan mablagʻlar va daromadlar hisobiga amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Markazning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari joriy va boshqa ishlarni bajarish uchun asosiy fondlardan va uning ixtiyoridagi aylanma mablagʻlardan foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Markaz oʻz mablagʻlari (budjet mablagʻlaridan tashqari) va oʻz muassasalarining xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning bir qismi, shuningdek boshqa jalb qilingan mablagʻlar hisobiga maxsus moliyaviy va innovatsiya jamgʻarmalari (budjet tashkilotlarini rivojlantirish, olimlarni ijtimoiy himoya qilish, innovatsiya va boshqa jamgʻarmalar) tashkil etishi mumkin. Mablagʻlarni shakllantirish va sarflash tartibi Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan maxsus nizomga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Markaz oʻziga ajratilgan budjet mablagʻlarini markaziy apparat, oʻziga qarashli ilmiy muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, ularning xarajatlar smetasini, shtat jadvallarini, mehnatga haq toʻlash fondi va miqdorlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Markaz faoliyati qonunda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-iyuldagi 320-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 14-son, 116-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 6-son, 35-modda;2003-y., 12-son, 98-modda;14-son, 116-modda; 17-18-son, 143-modda, 156-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2005-y., 14-son, 103-modda; 15-16-son, 114-modda; 32-33-son, 247-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda, 32-son, 814-modda, 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)